#SESSIYA #Zangiota_tumani Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining VII chaqiriq XXXIX sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet ijrosi, infratuzilmani yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga oid qator muhim masalalar o‘rin oldi. Sessiyada dastlab tuman hokimi Erkin Rustamov tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining 2026-yil 9 oyi davomida bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Shuningdek, tuman hokimining tegishli qarorini tasdiqlash, mahalliy budjetning 2026-yil III chorak ijrosi, hokimlik huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, tuman Soliq inspeksiyasi tomonidan respublika va mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkiçlarini bajarish borasida amalga oshirilgan ishlar, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumi uchun suv limitlarini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etish va tumanning 2026-yilgi «yaşil dasturi»ni ishlab çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sessiya davomida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining saylovçilar bilan uçraşuvlarida ko‘tarilgan muammolarni hal etiş bo‘yiça çora-tadbirlar rejasi loyihasi hamda Kengashning avvalgi qaroriga tegishli o‘zgartiriş kiritiş masalalari ham ko‘rib çiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, muhokamalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi. ✅Telegram 📹YouTube💬Fecebook 🌐Website📸Instagram Kanalga ulanish👈
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 206 |
| 1 h | 316 |
- After 1 hour206
- Total to date316








