AQShda 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda muxolifatdagi Demokratlar partiyasi Kongressning har ikki palatasida ko‘pchilik nazoratni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba Amerika siyosatini qanday va qanchalik o‘zgartirishini hali biror siyosatshunos to‘la modellashtirib, tushuntirib berolmasa kerak. Chunki vaziyat va kutilmalar juda murakkab. Ammo nima bo‘lganda ham, saylov natijalari Amerikaning ichki va tashqi siyosatiga demokratiya va inson huquqlari ustuvorligini qaytarishidan umidvorman. Eng muhimi, bu g‘alaba bugun dunyo ko‘z o‘ngida G‘azoda musulmonlarga nisbatan qilinayotgan ayovsiz qirg‘inlarni to‘xtatishi, Putinning Ukraina zaminidagi harakatlarini cheklaydigan qaror va sanksiyalarga sabab bo’lishi, Eronga qaratilgan harbiy hujumlar va tahdidlarni to’xtatishi kerak. Xalqaro maydondagi adolat bilan birga, butun dunyoda matbuotning bo‘yniga solingan qo‘llar tortilishi, haqiqatni gapirayotgan ovozlarga erkinlik berilishi ham bu siyosiy burilishning bosh mezoni bo‘lishidan umid qilaman. @haqiqatdailyos
Open in Telegram
Ilyos Safarov
📌Reklama uchun: @me_f_14 📩 Yangilik va murojaatlar uchun: @Ilyos_SafarovChatBot 💵 Homiylik va donatlar uchun: https://tirikchilik.uz/@Ilyos_Safarov
Subscribers, 30 days
Oct 22 – Nov 4+14 (+0.2%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Oct 22, 2026 | 8,930 |
| Oct 23, 2026 | 8,942 |
| Oct 24, 2026 | 8,953 |
| Oct 25, 2026 | 8,950 |
| Oct 26, 2026 | 8,960 |
| Oct 27, 2026 | 8,964 |
| Oct 28, 2026 | 8,968 |
| Oct 29, 2026 | 8,968 |
| Oct 30, 2026 | 8,968 |
| Oct 31, 2026 | 8,965 |
| Nov 1, 2026 | 8,964 |
| Nov 2, 2026 | 8,954 |
| Nov 3, 2026 | 8,948 |
| Nov 4, 2026 | 8,944 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 6, 2026 | 5,151 |
| Oct 7, 2026 | 5,173 |
| Oct 9, 2026 | 6,050 |
| Oct 12, 2026 | 10,513 |
| Oct 14, 2026 | 5,597 |
| Oct 19, 2026 | 2,685 |
| Oct 20, 2026 | 2,781 |
| Oct 21, 2026 | 4,116 |
| Oct 23, 2026 | 35,922 |
| Oct 24, 2026 | 4,924 |
| Oct 25, 2026 | 4,748 |
| Oct 26, 2026 | 4,155 |
| Oct 27, 2026 | 2,895 |
| Oct 29, 2026 | 19,033 |
| Nov 2, 2026 | 2,245 |
| Nov 4, 2026 | 1,083 |
Most viewed this month
- 01Views36KForwards60Reactions28Comments—
- 02Views35.9KForwards47Reactions81Comments—
- 03Views10.5KForwards62Reactions1.04KComments—
- 04Views8.59KForwards175Reactions207Comments—
- 05Views7.4KForwards61Reactions168Comments—
Latest posts
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Rossiyani Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) kuzatuvchi maqomida qabul qilish haqidagi taklifi nafaqat tushunarsiz, balki o‘ta xavfli va sharmandali ham. Bu xuddi qal’a darvozasidan o‘zi bilan dushmanni olib kirgan va oxir-oqibat o‘sha davlat zavoliga sabab bo‘lgan “Troya oti”ni eslatadi. Qozog‘istonning bu tutumi bugun butun turkiy dunyoning kelajagiga soya solmoqda. To‘qayev nahotki tushunmasa, turkiy xalqlar necha asrlar davomida aynan Rossiya imperiyasi va SSSR siyosati tufayli bir-biridan uzilib qoldi, aloqalari sovuqlashdi, o‘zligidan mahrum bo‘ldi. Nahotki u bu tashkilotga Rossiyaning kirishi bilan endigina iliqlashayotgan qardoshlik rishtalariga yana darz ketishini, ochilayotgan chegaralar yopilishini va Rossiyadan qisman mustaqillik nafini olayotgan davlatlarning yana qaramlik botqog‘iga botishini anglamayotgan bo‘lsa? Axir shu paytgacha Markaziy Osiyo davlatlarining har qanday mustaqil integratsiya urinishlari ham aynan Rossiya va Putin siyosati tufayli yo‘qqa chiqmaganmidi, o‘z mazmunini yo‘qotmaganmidi? Ba’zi tahlilchilar bu tashabbusni tashkilotda Turkiyaning gegemonligiga qarshi balans sifatida ham izohlamoqda. Ammo To‘qayevning bu harakatlari muvozanat saqlashdan ko’ra Kreml va Putinning kuchli bosimi hamda ta’siri ostida qolganidan dalolat beradigandek. Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan Putin Turkiy davlatlar tashkiloti orqali o’zini biroz bo’lsa-da o’nglab olish va birato’la undan mustaqillikka intilayotgan Markaziy Osiyo davlatlarini yana jilovga olishga intilayotgan ko’rinadi. Buning isboti sifatida, To‘qayev bu taklifni bildirishi bilan Rossiya tomoni tezda uni qo’llab chiqdi. Bu esa To’qayev tilidan yangragan g‘oya aslida kimning manfaatiga xizmat qilishini ko‘rsatib turibdi. Yaxshiki, hozircha Turkiya tomoni qat’iy pozitsiya bildirib, rasmiy tili turkiy bo‘lmagan davlatlar tashkilotga a’zo bo‘lolmasligini eslatib qo‘ydi. Siyosatning turli yuzlari bo’ladi. Ammo nima bo’lganda ham To‘qayev oxirgi paytlarda turkiy birlik va mintaqaviy mustaqillikka putur yetkazuvchi qadamlari bilan o‘zini o‘ta noo‘rin tutyapti. @haqiqatdailyos
Open in TelegramForwarded from Muhammad Temur A’zam
2,5 ёшли болакайнинг соғайишига ҳисса қўшинг! Муҳаммад Мақсуд Исроилов туғруқдаги асоратлар, мия шикастланиши ва ўз вақтида даволанмагани сабабли тез-тез қайталанаётган хуружлар (судорога) ҳамда кучли аллергиядан азият чекмоқда. Моддий имконсизлик сабаб қолдирилган муолажалар асоратларни янада чуқурлаштирмоқда. Боланинг аҳволини яхшилаш учун невропатолог, дерматолог ва педиатр кўриги, шунингдек, зарур дори-дармонлар ўта муҳим. Аммо бу харажатлар оила бюджетига жуда оғирлик қиляпти. Сизнинг озгина эътиборингиз ва саховатингиз бир мурғак жоннинг оғриқларини енгиллаштириши мумкин. Хайрия учун пластик карталар (беморнинг онаси Исроилова Ирода номида): 4073420054785617 9860120118567920 5614 6849 0615 5187
Open in TelegramIkki kun avval boshlaganim, Jon Boyn romani asosida suratga olingan va juda ta’sirli drama bo'lmish "Yo'l-yo'l pijamali bola" filmini sal avval ko’rib tugatdim. Filmni tomosha qilarkanman, xayolan o'sha qora davr girdobiga bir necha bor kirib chiqqanday bo’ldim. Dahshat! Biz Ikkinchi jahon urushini asosan frontdagi janglar, millionlab qurbonlar, fashizmning dunyoni qayta bo'lib olishga urinishlari va yahudiy xalqiga qarshi qilingan kechirib bo'lmas jinoyatlar orqali tasavvur qilamiz. Lekin asarda urush fashistlar armiyasining nufuzli harbiy oilasi, aniqrog'i, nemislar tomonining ichki dunyosi va fashizm g'oyalari bilan zaharlangan jamiyat ko'zi bilan ochib beriladi. Filmning eng asosiy va achchiq yutug’i ham mana shunda: urush jinoyatlari qanday qilib oddiy xalqdan va hatto nufuzli qo’mondonlarning o'z oilasidan yashirilganini ishonchli tarzda ko'rsatib bergan. Filmda asirlar bilan o’tkaziladigan dahshatli tajribalar va oxir-o'qibatda yoqib yo’qotishlar maydoni bo'lgan krematoriylarda sodir bo'layotgan ishlar o’ta ustalik bilan jamiyatdan yashirilganiga guvoh bo'lamiz. Ya’ni, Germaniyaning o'zida ham qirg'inlar ochiq-oydin gapirilmaydi. Aksincha, dunyoga va o'z xalqiga butunlay boshqa, soxta qiyofa namoyish etiladi. Masalan, bunday lagerlar propaganda filmlarida go'yo mehnat lageri, mahbuslar uchun "qulayliklar maskani" qilib ko’rsatiladi. Nemis jamiyatida esa odamlar haqiqatni ko'rishni istamasdi yoki qo'rquv tufayli o’zini ko'rlikka solardi. Shuningdek, nemis bolalarining taqdiri orqali fashistik mafkuraning kelajak avlod ongini qanday qilib egallab olgani ham ko‘rsatilgan. Bosh qahramon Brunoning (12 yoshda) opasi va hatto Brunoning o’zi (8 yashar) ham uyiga kelgan "xususiy o'qituvchi" ta'sirida o'zgarib ketadi. Ularga tarix boshqacha, soxta, irqiy ustunlik va nafrat asosida o'rgatiladi. Odatda bolalarga nisbatan "oq qog'oz" iborasini ishlatamiz. Lekin davlatlar siyosati shu oq qog'ozlarni-da nafrat, irqchilik va boshqa millatlarga nisbatan dushmanlik bo'yoqlariga to’yintirishi mumkin. Shu ma’noda, Bruno va uning opasi Gretel timsolida fashizm bolalarning beg'uborligini o'g'irlab, ularni o‘zining mafkuraviy quliga aylantirib qo‘yishini ko‘ramiz. "Yo’l-yo’l pijamali bola" filmining eng ta’sirli nuqtalari sifatida Bruno va nemislar asirligidagi yahudiy bola Shmulning do’stligini keltirish mumkin. Ularning o’zaro suhbati doim baland hamda tikanli simto'siqlar ortida kechadi. Ammo tomoshabin film davomida tikanli sim to’siqlar aslida butun boshli tizim, irqiy nafrat va odamiylikni unutgan kattalar dunyosi ekanini tushunib boradi. Nemis zobitining o'g'li bo'lgan Bruno yahudiylar yomon ekaniga to'la ishonolmaydi, chunki uning uchun Shmul dushman emasdi, aksincha, o'yinchoq topolmayotgan va suhbatlashishni istagan tengdoshi edi. Filmdagi shu sahnalar orqali tomoshabin bolalar aslida kattalardan ko'ra insoniylikni chuqurroq anglashiga guvoh bo'ladi. Filmda urush sahnalari yo’q. Uni to’la urush haqidagi film deb bo’lmaydi. Shu ma’noda, u bugungi dunyoyimizga ham to’la mos keladigan, tizimli yolg'on, propaganda va mafkuraning insonni qanchalik parchalab yuborishi mumkinligi haqida saboq. Film oxiri o'sha mash'um va dahshatli yakun, ya'ni Brunoning oxirini tushunmagan holda konslager hududiga kirib qolishi hamda do’sti Shmul va boshqa yahudiylar bilan birga krematoriyda yoqib yuborilishi bilan tugaydi. Natijada, insoniyatga qarshi nafrat urug'ini sochganlarning o'zi ham oxir-oqibat nafrat qurboniga aylanishi ko’rsatiladi. Tarixni unutish oqibatlari, propagandaning asl yuzini tanish va tushunish, bolalarimiz ongini sog'lom saqlash naqadar muhimligini tushunish uchun filmni albatta ko’rishingiz kerak. P.S: Film yahudiylarga qarshi qilingan jinoyatlar haqida. Ammo qarangki, bugun shu davlat hukumatining o’zi ham Falastin, G’azo ahliga bundan kam bo’lmagan jinoyatlarni sodir etmoqda… Xudoyim mazlumlarga omonlik bersin, zolimlarni esa ularning o’z qilichi bilan sindirsin. @haqiqatdailyos
Open in TelegramTaftish.uz va DXX xodimlari işi appelyasiya sudida körila boşladi 2-noyabrdan Taftish.uz tahririyatining 5 nafar va DXXning 4 nafar xodimi ustidan Özbekiston Respublikasi Harbiy sudida appelyasiya majlislari boşlandi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Taşanov xabar berdi. Uning ta’kidlaşiça, quyi instansiya sudida 4,1 yildan 11,6 yilgaça muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan bu şaxslar tuhmat, haqorat, tovlamaçilik, firibgarlik singari moddalar bilan ayblangan. Jinoyat işi yopiq sud majlislarida körilmoqda. @haqiqatdailyos
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 1,367 |
| 32 h | 2,428 |
- After 6 hours1,367
- After 24 hours2,428
- Total to date2,428
Alişer Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarşi Germaniya sudida muhim ğalabaga erişdi — Die Welt Germaniyaning Die Welt naşri Alişer Usmonovning Yevropa Ittifoqiga qarşi sud jarayonida erişgan ğalabasi haqida maqola e’lon qildi. Naşrning yozişiça, Yevropa Ittifoqi 2022-yilda Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etişda ayrim tasdiqlanmagan ma’lumotlarga tayangan. Jumladan, u Vladimir Putinning işonçli vakili sifatida körsatilgan. Biroq Germaniya sudida uşbu da’volarning asosli ekani isbotlanmagan. Usmonov Yevropa Ittifoqidan özi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatişni töxtatişni talab qilib sudga murojaat qilgan. Ammo Die Welt ma’lumotiga köra, Germaniyaning ayrim davlat idoralari qariyb uç yil davomida da’voning Yevropa Ittifoqi Kengaşiga rasman yetkazilişiga tösqinlik qilgan. 2026-yil 21-oktyabrda Germaniya Federal oliy sudi bunday harakatlarni noqonuniy deb topib, Usmonovning sud orqali himoyalaniş huquqi buzilganini qayd etdi. Qayd etilişiça, Usmonov 22-sentyabrda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan bölsa-da, unga nisbatan bildirilgan ayrim ayblovlar hanuz rasmiy saytlarda saqlanib qolmoqda. Die Welt muallifining fikriça, mazkur qaror Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tuşgan minglab şaxslar uçun muhim huquqiy presedent bölişi mumkin. Endi ular ham özlariga nisbatan tarqatilgan asossiz ayblovlarni milliy sudlarda bahslaşiş imkoniyatiga ega bölişi mumkin. Şu bilan birga, sud hozirça sanksiyalarning qonuniyligi yoki ayblovlarning mazmuni böyiça yakuniy qaror çiqarmagan. Qaror da’voni körib çiqişga tösqinlik qilgan harakatlarga taalluqli. @haqiqatdailyos
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 8 h | 1,404 |
| 32 h | 2,372 |
- After 6 hours1,404
- After 24 hours2,372
- Total to date2,372
Views growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 1,413 |
| 27 h | 2,423 |
- After 6 hours1,413
- After 24 hours2,423
- Total to date2,423
Yuqoridagi postga ilova qilingan surat Migratsiya agentligi binosiga kiriş qismida tuşirilgan. Google’dan suratni tortişga tortdim-u, öylab qoldim. Bizda hukumat idoralari binosi oldini eski davr ramzlaridan biri bölgan qora panjaralardan tozalaş işi baribir tuman hokimliklari darajasida töxtab qoldi, a? Bu işlar bir paytlar qanday kötarinki kayfiyat va qattiq tanqidlar bilan boşlanganini yaxşi eslasangiz kerak. Afsuski, öşanda tanqidlar dozasi faqat hokimliklar binosi oldini tozalaş darajasidagina bölgan ekan. Bu postga ilova qilingan suratni esa yaqinda Çilonzor hokimiyati yonidan öta turib olgandim. Qarang, panjaralarsiz idora qilsa bölarkan, hatto uning örnini odamlar keçasi çiqib sayr qiladigan, dam oladigan, soğliğini tiklab va şu bahona hokimiyatga nisbatan iliqlik his qiladigan muhit yaratiş mumkin ekan. Agar Kökdala hokimi kabi birovning qonuniy biznesiga köz olaytirilmasa, hokimlik xodimlarini heç kim kelib boltalamas ham ekan. Xullas, öşa avvalroq qilingan tanqidlarning natijasini yana bir elakdan ötkaziş kerak, nazarimda. Bu işlar esa masalan, nega öşa tanqidlar tuman hokimligi binolari darajasida qolib ketgan, mazmunida boşlansa, juda yaxşi bölardi. Men masalan, davlat idoralari oldidagi bu panjaralarni (xavfsizlik va bevosita pul bilan işlovçi organlardagi qattiq talablar mayli, mustasno qolaqolsin) hukumat va xalq örtasidagi panjaralar (yöqolmayotgan devorlar) deya hisoblayman. Çunki, panjaralar tuman hokimliklari oldidan olinib, qolgan tuzilmalar binosi oldida qolayotgan ekanmi, demak, aynan öşa yerda erimagan çegaralar haliyam saqlanib qolmoqda. Ikkinçidan, bu panjaralar davlat idoralari xodimlari ongida hanuzgaça eski stereotiplar barham topmaganidan dalolat beradi. Ya’ni köplab rahbarlar xalq bilan yuzma-yuz keliş ehtimolidan qörqadi va şu panjaralar bilan ulardan himoyalanmoqçi böladi. Qolaversa, davlat idoralari atrofidagi örab olingan böş hududlar aslida tuman, şaharlar aholisiga qaytarilişi kerak bölgan jamoat mulki ham. Odamlar öz soliğidan qurilgan, saqlanayotgan binoga hatto yaqinlaşa olmasligi şaharsozlik mantiqiga ham zid. Keling, hukumat va xalq örtasida sovuqlik ramzi bölgan şu panjaralardan butkul qutilaylik. Işlar töxtab qolmasin. @haqiqatdailyos
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 1,309 |
| 27 h | 2,314 |
- After 6 hours1,309
- After 24 hours2,314
- Total to date2,314
Forwarded from Ibrat Farzandlari
🏆 IBRAT JAMOAVIY LIGASI —SOVRIN JAMG‘ARMASI 100 MLN SOʻM! Ingliz tilidan Ibrat Jamoaviy Ligasi boshlanmoqda! Jamoangiz bilan bir hafta davomida til oʻrganib, katta pul mukofotini qoʻlga kiriting. 💰 Ishtirok etish shartlari juda oddiy: 1️⃣ Ibrat Academy ilovasini yuklab oling. 2️⃣ Ilovada oʻz jamoangizni tuzing yoki mavjud jamoalardan biriga qo‘shiling. 3️⃣ Bir hafta davomida ingliz tilini o‘rganib, XP ballarini to‘plang. Eng faol jamoa quyidagi mukofotlarni yutib olishi mumkin! JAMOA SOVRINLARI: 🥇 1-o‘rin — 30 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m Va bu hali hammasi emas! Pul mukofotlari TOP-100 talikdagi jamoalar uchun ham mavjud! 🗓 Liga boshlanish vaqti: 4-noyabr, soat 19:00. 🚀 Hoziroq Ibrat Academy ilovasiga kiring va Ligaga ro‘yxatdan o‘ting! @ibratfarzandlari
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 1,097 |
| 27 h | 1,673 |
- After 6 hours1,097
- After 24 hours1,673
- Total to date1,673
Yaqin bir neça oy içida hukumat tarkibidagi özgarişlar va uni isloh qiliş böyiça kötarilayotgan ğoyalar kişiga baribir qandaydir umid beradi. Masalan, yaqinda ikki ta’lim vazirligi köp yillardan beri gapirilib kelinayotgani kabi yagona vazirlikka birlaştirildi. Kino sohasida va nihoyat davlat buyurtmaçi va senzor rolidan ketib, faqat kino sanoati hamda san’atini qöllab-quvvatlovçi, şaroit yaratuvçi pozitsiyaga ötişi aytildi. Bugun Prezident Migratsiya masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda bu işlar bilan endi töliq xususiy bandlik agentliklari şuğullanişini aytib, örtadagi vositaçilarni qattiq tanqid qildi. "Örtadagilar bölmaganda işlarimiz ança oldinga ketgan bölardi", dedi Mirziyoyev. Örtadagi vositaçilar kim? Albatta amaldagi Migratsiya agentligi. Bu agentlik qanday işlagani, uning rahbarlari-yu kuratorlari qanday faoliyat olib borganini esa siz-u biz yaxşi bilamiz: bittasi tinçroq, közdan panaroq tuzilmaga olindi, boşqa bir neçtasi uzoq yillarga qamaldi. Albatta, bölayotgan bu işlarni hali töla-tökis va mukammal bölyapti, deb bölmaydi. Masalan, ta’lim vazirligi birlaşgani bilan uning markaziy tuzilmalari hali qisqarmadi, viloyat va tuman bölimlari tugatilmadi. Ya’ni qoğozdagi birlaşiş hali pastga tuşib borgani yöq. Kino sohasida ham ortiqça tuzilmalar juda köp; kinoni şunçaki bir departament ölaroq öziga olgan Madaniyat vazirligining mavjudligi özi alohida muhokama qilinadigan masala. Prezident migratsiyani xususiy agentliklarga beramiz degani bilan amaldagi Migratsiya agentligini tubdan tugatiş yoki qayta körib çiqiş haqida gapirmadi. Ammo hozirça bu masalalar oçiq kötarilayotganining özi ham kişiga kiçik bölsa-da umid beradi. Yana bilmadim, bugungi islohotlarda ham parlament, ham ijro organi va ham suddek körinayotgan Administratsiya tarkibi yoşarib boryapti-ku. Balki şu yoşariş bilan hali şakl darajasida turgan islohotlarni haqiqiy mazmun va natija bilan-da töldirib borar. @haqiqatdailyos
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 8 h | 1,614 |
| 28 h | 2,257 |
- After 6 hours1,614
- After 24 hours2,257
- Total to date2,257
Connections
Similar channels
Muhammad Temur A’zam@temurazamBlogs2.34K
Jamol Bobo@jamoliddin_bobojonovSport68.2K
Ibrat Farzandlari@ibratfarzandlariLinguistics110K
Sinçalak🕊@sinchalakblogNews and media8.81K
Shokirjonov news@shokirjonovNews and media9.68K
Русский дом в Ташкенте (Россотрудничество)@uzbekistan_rs_govNews and media7.95K
Spot.uz – biznes va texnologiyalar@spotuz_uzNews and media10.8K
Mikrofon kötargan ayol@qurbonova_aNews and media7.03K
Mentioned by
Jamol Bobo@jamoliddin_bobojonov2 mentions, 2 repostsLatest post
Muhammad Temur A’zam@temurazam2 mentions, 2 repostsLatest post
Otabek Jörayev@djuraevotabek1 repostLatest post
Mentions
Muhammad Temur A’zam@temurazam2 reposts
Ibrat Farzandlari@ibratfarzandlari1 mention, 1 repost- Uzdiplomat | Расмий канал@uzdiplomat1 mention, 1 repost