Posts of Ilyos Safarov

newest first

#3302Photoedited
Views775−86%vs avg
Forwards4
Reactions25
Comments—
#3301Photoedited

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Rossiyani Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) kuzatuvchi maqomida qabul qilish haqidagi taklifi nafaqat tushunarsiz, balki o‘ta xavfli va sharmandali ham. Bu xuddi qal’a darvozasidan o‘zi bilan dushmanni olib kirgan va oxir-oqibat o‘sha davlat zavoliga sabab bo‘lgan “Troya oti”ni eslatadi. Qozog‘istonning bu tutumi bugun butun turkiy dunyoning kelajagiga soya solmoqda. To‘qayev nahotki tushunmasa, turkiy xalqlar necha asrlar davomida aynan Rossiya imperiyasi va SSSR siyosati tufayli bir-biridan uzilib qoldi, aloqalari sovuqlashdi, o‘zligidan mahrum bo‘ldi. Nahotki u bu tashkilotga Rossiyaning kirishi bilan endigina iliqlashayotgan qardoshlik rishtalariga yana darz ketishini, ochilayotgan chegaralar yopilishini va Rossiyadan qisman mustaqillik nafini olayotgan davlatlarning yana qaramlik botqog‘iga botishini anglamayotgan bo‘lsa? Axir shu paytgacha Markaziy Osiyo davlatlarining har qanday mustaqil integratsiya urinishlari ham aynan Rossiya va Putin siyosati tufayli yo‘qqa chiqmaganmidi, o‘z mazmunini yo‘qotmaganmidi? Ba’zi tahlilchilar bu tashabbusni tashkilotda Turkiyaning gegemonligiga qarshi balans sifatida ham izohlamoqda. Ammo To‘qayevning bu harakatlari muvozanat saqlashdan ko’ra Kreml va Putinning kuchli bosimi hamda ta’siri ostida qolganidan dalolat beradigandek. Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan Putin Turkiy davlatlar tashkiloti orqali o’zini biroz bo’lsa-da o’nglab olish va birato’la undan mustaqillikka intilayotgan Markaziy Osiyo davlatlarini yana jilovga olishga intilayotgan ko’rinadi. Buning isboti sifatida, To‘qayev bu taklifni bildirishi bilan Rossiya tomoni tezda uni qo’llab chiqdi. Bu esa To’qayev tilidan yangragan g‘oya aslida kimning manfaatiga xizmat qilishini ko‘rsatib turibdi. Yaxshiki, hozircha Turkiya tomoni qat’iy pozitsiya bildirib, rasmiy tili turkiy bo‘lmagan davlatlar tashkilotga a’zo bo‘lolmasligini eslatib qo‘ydi. Siyosatning turli yuzlari bo’ladi. Ammo nima bo’lganda ham To‘qayev oxirgi paytlarda turkiy birlik va mintaqaviy mustaqillikka putur yetkazuvchi qadamlari bilan o‘zini o‘ta noo‘rin tutyapti. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views1,180−79%vs avg
Forwards14
Reactions84
Comments—
#3300Photo
Views784−86%vs avg
Forwards3
Reactions19
Comments—
#3299Photoedited

Ikki kun avval boshlaganim, Jon Boyn romani asosida suratga olingan va juda ta’sirli drama bo'lmish "Yo'l-yo'l pijamali bola" filmini sal avval ko’rib tugatdim. Filmni tomosha qilarkanman, xayolan o'sha qora davr girdobiga bir necha bor kirib chiqqanday bo’ldim. Dahshat! Biz Ikkinchi jahon urushini asosan frontdagi janglar, millionlab qurbonlar, fashizmning dunyoni qayta bo'lib olishga urinishlari va yahudiy xalqiga qarshi qilingan kechirib bo'lmas jinoyatlar orqali tasavvur qilamiz. Lekin asarda urush fashistlar armiyasining nufuzli harbiy oilasi, aniqrog'i, nemislar tomonining ichki dunyosi va fashizm g'oyalari bilan zaharlangan jamiyat ko'zi bilan ochib beriladi. Filmning eng asosiy va achchiq yutug’i ham mana shunda: urush jinoyatlari qanday qilib oddiy xalqdan va hatto nufuzli qo’mondonlarning o'z oilasidan yashirilganini ishonchli tarzda ko'rsatib bergan. Filmda asirlar bilan o’tkaziladigan dahshatli tajribalar va oxir-o'qibatda yoqib yo’qotishlar maydoni bo'lgan krematoriylarda sodir bo'layotgan ishlar o’ta ustalik bilan jamiyatdan yashirilganiga guvoh bo'lamiz. Ya’ni, Germaniyaning o'zida ham qirg'inlar ochiq-oydin gapirilmaydi. Aksincha, dunyoga va o'z xalqiga butunlay boshqa, soxta qiyofa namoyish etiladi. Masalan, bunday lagerlar propaganda filmlarida go'yo mehnat lageri, mahbuslar uchun "qulayliklar maskani" qilib ko’rsatiladi. Nemis jamiyatida esa odamlar haqiqatni ko'rishni istamasdi yoki qo'rquv tufayli o’zini ko'rlikka solardi. Shuningdek, nemis bolalarining taqdiri orqali fashistik mafkuraning kelajak avlod ongini qanday qilib egallab olgani ham ko‘rsatilgan. Bosh qahramon Brunoning (12 yoshda) opasi va hatto Brunoning o’zi (8 yashar) ham uyiga kelgan "xususiy o'qituvchi" ta'sirida o'zgarib ketadi. Ularga tarix boshqacha, soxta, irqiy ustunlik va nafrat asosida o'rgatiladi. Odatda bolalarga nisbatan "oq qog'oz" iborasini ishlatamiz. Lekin davlatlar siyosati shu oq qog'ozlarni-da nafrat, irqchilik va boshqa millatlarga nisbatan dushmanlik bo'yoqlariga to’yintirishi mumkin. Shu ma’noda, Bruno va uning opasi Gretel timsolida fashizm bolalarning beg'uborligini o'g'irlab, ularni o‘zining mafkuraviy quliga aylantirib qo‘yishini ko‘ramiz. "Yo’l-yo’l pijamali bola" filmining eng ta’sirli nuqtalari sifatida Bruno va nemislar asirligidagi yahudiy bola Shmulning do’stligini keltirish mumkin. Ularning o’zaro suhbati doim baland hamda tikanli simto'siqlar ortida kechadi. Ammo tomoshabin film davomida tikanli sim to’siqlar aslida butun boshli tizim, irqiy nafrat va odamiylikni unutgan kattalar dunyosi ekanini tushunib boradi. Nemis zobitining o'g'li bo'lgan Bruno yahudiylar yomon ekaniga to'la ishonolmaydi, chunki uning uchun Shmul dushman emasdi, aksincha, o'yinchoq topolmayotgan va suhbatlashishni istagan tengdoshi edi. Filmdagi shu sahnalar orqali tomoshabin bolalar aslida kattalardan ko'ra insoniylikni chuqurroq anglashiga guvoh bo'ladi. Filmda urush sahnalari yo’q. Uni to’la urush haqidagi film deb bo’lmaydi. Shu ma’noda, u bugungi dunyoyimizga ham to’la mos keladigan, tizimli yolg'on, propaganda va mafkuraning insonni qanchalik parchalab yuborishi mumkinligi haqida saboq. Film oxiri o'sha mash'um va dahshatli yakun, ya'ni Brunoning oxirini tushunmagan holda konslager hududiga kirib qolishi hamda do’sti Shmul va boshqa yahudiylar bilan birga krematoriyda yoqib yuborilishi bilan tugaydi. Natijada, insoniyatga qarshi nafrat urug'ini sochganlarning o'zi ham oxir-oqibat nafrat qurboniga aylanishi ko’rsatiladi. Tarixni unutish oqibatlari, propagandaning asl yuzini tanish va tushunish, bolalarimiz ongini sog'lom saqlash naqadar muhimligini tushunish uchun filmni albatta ko’rishingiz kerak. P.S: Film yahudiylarga qarshi qilingan jinoyatlar haqida. Ammo qarangki, bugun shu davlat hukumatining o’zi ham Falastin, G’azo ahliga bundan kam bo’lmagan jinoyatlarni sodir etmoqda… Xudoyim mazlumlarga omonlik bersin, zolimlarni esa ularning o’z qilichi bilan sindirsin. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views1,591−71%vs avg
Forwards11
Reactions38
Comments—
#3298Photoedited
Views2,428−56%vs avg
Forwards8
Reactions57
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h1,367
32 h2,428
  1. After 6 hours1,367
  2. After 24 hours2,428
  3. Total to date2,428
#3297Photo

Alişer Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarşi Germaniya sudida muhim ğalabaga erişdi — Die Welt Germaniyaning Die Welt naşri Alişer Usmonovning Yevropa Ittifoqiga qarşi sud jarayonida erişgan ğalabasi haqida maqola e’lon qildi. Naşrning yozişiça, Yevropa Ittifoqi 2022-yilda Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy etişda ayrim tasdiqlanmagan ma’lumotlarga tayangan. Jumladan, u Vladimir Putinning işonçli vakili sifatida körsatilgan. Biroq Germaniya sudida uşbu da’volarning asosli ekani isbotlanmagan. Usmonov Yevropa Ittifoqidan özi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatişni töxtatişni talab qilib sudga murojaat qilgan. Ammo Die Welt ma’lumotiga köra, Germaniyaning ayrim davlat idoralari qariyb uç yil davomida da’voning Yevropa Ittifoqi Kengaşiga rasman yetkazilişiga tösqinlik qilgan. 2026-yil 21-oktyabrda Germaniya Federal oliy sudi bunday harakatlarni noqonuniy deb topib, Usmonovning sud orqali himoyalaniş huquqi buzilganini qayd etdi. Qayd etilişiça, Usmonov 22-sentyabrda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatidan çiqarilgan bölsa-da, unga nisbatan bildirilgan ayrim ayblovlar hanuz rasmiy saytlarda saqlanib qolmoqda. Die Welt muallifining fikriça, mazkur qaror Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tuşgan minglab şaxslar uçun muhim huquqiy presedent bölişi mumkin. Endi ular ham özlariga nisbatan tarqatilgan asossiz ayblovlarni milliy sudlarda bahslaşiş imkoniyatiga ega bölişi mumkin. Şu bilan birga, sud hozirça sanksiyalarning qonuniyligi yoki ayblovlarning mazmuni böyiça yakuniy qaror çiqarmagan. Qaror da’voni körib çiqişga tösqinlik qilgan harakatlarga taalluqli. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views2,372−57%vs avg
Forwards3
Reactions35
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
8 h1,404
32 h2,372
  1. After 6 hours1,404
  2. After 24 hours2,372
  3. Total to date2,372
#3296Photoalbum
Views2,423−56%vs avg
Forwards3
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h1,413
27 h2,423
  1. After 6 hours1,413
  2. After 24 hours2,423
  3. Total to date2,423
#3295Photoalbum

Yuqoridagi postga ilova qilingan surat Migratsiya agentligi binosiga kiriş qismida tuşirilgan. Google’dan suratni tortişga tortdim-u, öylab qoldim. Bizda hukumat idoralari binosi oldini eski davr ramzlaridan biri bölgan qora panjaralardan tozalaş işi baribir tuman hokimliklari darajasida töxtab qoldi, a? Bu işlar bir paytlar qanday kötarinki kayfiyat va qattiq tanqidlar bilan boşlanganini yaxşi eslasangiz kerak. Afsuski, öşanda tanqidlar dozasi faqat hokimliklar binosi oldini tozalaş darajasidagina bölgan ekan. Bu postga ilova qilingan suratni esa yaqinda Çilonzor hokimiyati yonidan öta turib olgandim. Qarang, panjaralarsiz idora qilsa bölarkan, hatto uning örnini odamlar keçasi çiqib sayr qiladigan, dam oladigan, soğliğini tiklab va şu bahona hokimiyatga nisbatan iliqlik his qiladigan muhit yaratiş mumkin ekan. Agar Kökdala hokimi kabi birovning qonuniy biznesiga köz olaytirilmasa, hokimlik xodimlarini heç kim kelib boltalamas ham ekan. Xullas, öşa avvalroq qilingan tanqidlarning natijasini yana bir elakdan ötkaziş kerak, nazarimda. Bu işlar esa masalan, nega öşa tanqidlar tuman hokimligi binolari darajasida qolib ketgan, mazmunida boşlansa, juda yaxşi bölardi. Men masalan, davlat idoralari oldidagi bu panjaralarni (xavfsizlik va bevosita pul bilan işlovçi organlardagi qattiq talablar mayli, mustasno qolaqolsin) hukumat va xalq örtasidagi panjaralar (yöqolmayotgan devorlar) deya hisoblayman. Çunki, panjaralar tuman hokimliklari oldidan olinib, qolgan tuzilmalar binosi oldida qolayotgan ekanmi, demak, aynan öşa yerda erimagan çegaralar haliyam saqlanib qolmoqda. Ikkinçidan, bu panjaralar davlat idoralari xodimlari ongida hanuzgaça eski stereotiplar barham topmaganidan dalolat beradi. Ya’ni köplab rahbarlar xalq bilan yuzma-yuz keliş ehtimolidan qörqadi va şu panjaralar bilan ulardan himoyalanmoqçi böladi. Qolaversa, davlat idoralari atrofidagi örab olingan böş hududlar aslida tuman, şaharlar aholisiga qaytarilişi kerak bölgan jamoat mulki ham. Odamlar öz soliğidan qurilgan, saqlanayotgan binoga hatto yaqinlaşa olmasligi şaharsozlik mantiqiga ham zid. Keling, hukumat va xalq örtasida sovuqlik ramzi bölgan şu panjaralardan butkul qutilaylik. Işlar töxtab qolmasin. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views2,314−58%vs avg
Forwards3
Reactions55
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h1,309
27 h2,314
  1. After 6 hours1,309
  2. After 24 hours2,314
  3. Total to date2,314
#3294Photo
Views1,673−70%vs avg
Forwards8
Reactions11
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
7 h1,097
27 h1,673
  1. After 6 hours1,097
  2. After 24 hours1,673
  3. Total to date1,673
#3293Photoedited

Yaqin bir neça oy içida hukumat tarkibidagi özgarişlar va uni isloh qiliş böyiça kötarilayotgan ğoyalar kişiga baribir qandaydir umid beradi. Masalan, yaqinda ikki ta’lim vazirligi köp yillardan beri gapirilib kelinayotgani kabi yagona vazirlikka birlaştirildi. Kino sohasida va nihoyat davlat buyurtmaçi va senzor rolidan ketib, faqat kino sanoati hamda san’atini qöllab-quvvatlovçi, şaroit yaratuvçi pozitsiyaga ötişi aytildi. Bugun Prezident Migratsiya masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda bu işlar bilan endi töliq xususiy bandlik agentliklari şuğullanişini aytib, örtadagi vositaçilarni qattiq tanqid qildi. "Örtadagilar bölmaganda işlarimiz ança oldinga ketgan bölardi", dedi Mirziyoyev. Örtadagi vositaçilar kim? Albatta amaldagi Migratsiya agentligi. Bu agentlik qanday işlagani, uning rahbarlari-yu kuratorlari qanday faoliyat olib borganini esa siz-u biz yaxşi bilamiz: bittasi tinçroq, közdan panaroq tuzilmaga olindi, boşqa bir neçtasi uzoq yillarga qamaldi. Albatta, bölayotgan bu işlarni hali töla-tökis va mukammal bölyapti, deb bölmaydi. Masalan, ta’lim vazirligi birlaşgani bilan uning markaziy tuzilmalari hali qisqarmadi, viloyat va tuman bölimlari tugatilmadi. Ya’ni qoğozdagi birlaşiş hali pastga tuşib borgani yöq. Kino sohasida ham ortiqça tuzilmalar juda köp; kinoni şunçaki bir departament ölaroq öziga olgan Madaniyat vazirligining mavjudligi özi alohida muhokama qilinadigan masala. Prezident migratsiyani xususiy agentliklarga beramiz degani bilan amaldagi Migratsiya agentligini tubdan tugatiş yoki qayta körib çiqiş haqida gapirmadi. Ammo hozirça bu masalalar oçiq kötarilayotganining özi ham kişiga kiçik bölsa-da umid beradi. Yana bilmadim, bugungi islohotlarda ham parlament, ham ijro organi va ham suddek körinayotgan Administratsiya tarkibi yoşarib boryapti-ku. Balki şu yoşariş bilan hali şakl darajasida turgan islohotlarni haqiqiy mazmun va natija bilan-da töldirib borar. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views2,257−59%vs avg
Forwards11
Reactions48
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
8 h1,614
28 h2,257
  1. After 6 hours1,614
  2. After 24 hours2,257
  3. Total to date2,257
#3291Photo
Views2,053−63%vs avg
Forwards3
Reactions42
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h844
13 h1,507
25 h1,799
71 h2,053
  1. After 1 hour844
  2. After 24 hours1,799
  3. Total to date2,053
#3290Link previewedited
Views2,895−48%vs avg
Forwards7
Reactions45
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
10 h1,717
32 h2,173
34 h2,188
69 h2,895
  1. Total to date2,895
#3289Link preview
Views6,245+13%vs avg
Forwards6
Reactions109
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h3,244
8 h3,845
30 h4,920
66 h5,704
76 h6,245
  1. After 6 hours3,845
  2. After 24 hours4,920
  3. Total to date6,245
#3288Textedited

Taqdir taqozosi bilan qo‘shni davlatlarda yoki xorijda yashayotgan etnik o‘zbeklar bilan gaplashib, bir qat’iy xulosaga kelganman: chegaralar ortida yashayotgan millatdoshlarimizning ona tilimizga nisbatan muhabbati va jonkuyarligi O‘zbekistonda yashayotgan aksar o‘zbeklarnikidan ko‘ra ancha kuchliroq. Men, masalan, Afg‘onistondagi o‘zbeklarning og‘ir sharoitlarga qaramay ona tilini asrab-avaylash uchun qanday jon kuydirayotganini, hali o‘zi go‘dak bo‘lgan o‘zbek o‘g‘il-qizlarining o‘zbekcha she’rlarni butun qalb qo‘rini berib ijro qilishlarini ko‘rganman; Men Turkmaniston va Qozog‘istonda tobora kamayib borayotgan o‘zbek tilli maktablar uchun kurashayotgan fidoyi millatdoshlarimizni shaxsan bilaman; Men Qirg’izistonda Alisher Navoiy haykali qayta-qayta chetga surilaversa ham, uni har safar yana markazroqqa qaytarishga erishayotgan, teatrlarda “50/50” qonuniga qaramay, o‘zbek tilida bitta bo‘lsa-da ko‘proq so‘z aytishga intiladigan millatdoshlarimizni taniyman; Men, bir dona bo‘lsa-da, o‘zbek tilli darslik ko‘payishi uchun minglab eshiklarni qoqib, ariza yozib charchamayotgan tojikistonlik vatandoshlarimizni taniyman. Men gaplashganman, masalan, o‘zbek tili darsligi yetishmayotgan sharoitda nolib o‘tirish o‘rniga o‘zi darslik yozib chiqqan, bizdan qandaydir delegatsiya borib qolsa, ularning oldiga albatta darslik masalasini qo‘yuvchi o‘shlik adabiyot o‘qituvchilari bilan. Menimcha, qadr degan tushuncha chinakamiga sinov kelganda bilinadi. Afsuski, bugun O‘zbekistonning o‘zida tilimizga nisbatan xo‘jako‘rsinga munosabat, suiiste’molliklar juda ko‘p uchraydi. Masalan, til bayramlarimizning ham qandaydir sun’iy va borgan sari “nishonlandimi, nishonlandi” qabilida o‘tkazilishi hamda bu haqda faqat 21-oktabrda eslanishini ko‘rib qiynalasan kishi. Biz til masalasini, til siyosatini o‘tkinchi tadbirlar bilangina ko‘rishga, tushunishga o‘rganib qolgandekmiz. Undan nariyoqqa, kerakli, eng zarur choralarga esa o‘tolmayapmiz. Men o‘zbek tiliga bo‘lgan haqiqiy hurmatni uning sha’ni kamsitilayotgan, chegaralanayotgan va sinovda bo‘lgan yurtlardagi o‘zbeklar misolida ko‘raman. @haqiqatdailyos

Open in Telegram
Views3,300−40%vs avg
Forwards28
Reactions139
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h2,062
9 h2,271
31 h2,680
67 h3,300
  1. After 6 hours2,062
  2. After 24 hours2,680
  3. Total to date3,300
#3286Text
Views3,332−40%vs avg
Forwards3
Reactions46
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h1,213
4 h1,661
13 h2,083
28 h3,016
72 h3,332
  1. After 1 hour1,213
  2. After 24 hours3,016
  3. Total to date3,332
#3285Link preview
Views6,163+12%vs avg
Forwards12
Reactions36
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h2,748
5 h3,420
15 h4,082
25 h4,993
74 h6,163
  1. After 6 hours3,420
  2. After 24 hours4,993
  3. Total to date6,163
#3282Textedited

Eronning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi tutqazilibdi. Bunga bir neça kun avval Eronning xorijdagi elçixonalari tomonidan Samarqand va boşqa tarixiy şaharlarimiz va me’rosimizni biryoqlama, siyosiy maqsadda talqin qiluvçi materiallar eʼlon qilgani sabab bölgan. Birinçidan, Eron va AQŞ örtasidagi ziddiyatga unga mutlaqo neytral turgan davlatlarni yoki ularning me’rosini aralaştiriş diplomatik etikaga ham, xalqaro huquqqa ham töğri kelmaydi. Eron tomoni bu masalada jiddiy xatoga yöl qöydi. Mamlakat qançalik oğir ahvolda bölmasin, siyosatçilar bunday masalalarda özini tuta olişi kerak. Ikkinçidan, Taşqi işlar vazirligimizning bu masalada tezda eʼtiroz bildirib, rasmiy nota topşirgani va öşa sahifalardan materiallarni olib taşlaş talabini qöygani töğri va öz vaqtida taşlangan qadam. Har qanday xorijiy diplomatik vakolatxona döstona munosabatlarni qadrlaşi va milliy merosimizni siyosiylaştirişdan tiyilişi şart, zarur. Uçinçidan, keling, suverenitetimiz va milliy qadriyatlarimizni himoya qilişda tuşunçalar va xatti-harakatlar kim tomonidan sodir etilişidan qat'i nazar, bir xil darajada prinsipial bölsin. Ya’ni masalan, şunday qat’iyatni rossiyaliklar tomonidan suverenitetimiz, milliy qadriyatlarimiz yoki vatandoşlarimizga nisbatan tez-tez körsatib kelinadigan hurmatsizlik va tahqirlovçi ritorikalar işlatilganda ham qöllay olaylik. @haqiqatdqilyos

Open in Telegram
Views4,924−11%vs avg
Forwards34
Reactions222
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
4 h1,652
14 h2,773
25 h3,965
28 h4,099
74 h4,924
  1. After 24 hours3,965
  2. Total to date4,924
#3281Photoedited
Views35,922+551%vs avg
Forwards47
Reactions81
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
3 h12,055
15 h25,215
27 h32,007
50 h34,267
71 h35,922
  1. After 24 hours32,007
  2. Total to date35,922
#3280Text
Views3,387−39%vs avg
Forwards18
Reactions108
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
25 h2,276
73 h3,387
  1. After 24 hours2,276
  2. Total to date3,387
#3279Photoedited
Views3,569−35%vs avg
Forwards48
Reactions101
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
33 h2,947
69 h3,569
  1. Total to date3,569
#3278Photo
Views5,393−2%vs avg
Forwards60
Reactions122
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
34 h4,721
71 h5,393
  1. Total to date5,393
#3277Photoalbum
Views2,806−49%vs avg
Forwards14
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
55 h2,772
67 h2,806
  1. Total to date2,806
#3276Photoalbum
Views2,791−49%vs avg
Forwards14
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
55 h2,759
67 h2,791
  1. Total to date2,791
#3275Photoalbumedited
Views2,746−50%vs avg
Forwards15
Reactions119
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
55 h2,714
67 h2,746
  1. Total to date2,746
#3273Photoedited

Oʻzbekiston C5+1 sammitiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Kecha Marko Rubio boshliq AQSh delegatsiyasi Samarqandga yetib keldi va bugundan ikki tomonlama muloqotlar boshlangan. Shaxsan men ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalardagi bu faollashuvni aniq hisob-kitobga asoslangan yurish deb bilaman. Birinchidan, Amerika biznesi hamda texnologiyalarining Oʻzbekistonga kirib kelishi va bundan iqtisodiyotimiz manfaat koʻrishi inkor etib boʻlmaydigan haqiqat. Lekin bu yerda illuziyalarga berilmaslik kerak bo’lgan jihatlar ham bor. Masalan, geografik va logistik cheklovlar sabab AQSh Markaziy Osiyoda Rossiya yoki Xitoy bilan iqtisod va savdo boʻyicha tengma-teng raqobatlasha olmaydi. Rossiya va Xitoyning O‘zbekistondagi hozirgi savdosidagi raqamlar shunchalik kattaki, boshqalar unga hali beri yetib ololmaydi. Shunday ekan, Vashington bilan aloqalarni rivojlantirish qolganlarga qarshi chiqish emas, aynan iqtisodiy qaramlikni bitta yoki ikkita markazga bogʻlab qoʻymaslik, yaʼni oʻylangan loyihaning bir qismi. Qisqa aytganda, Toshkent oʻz taqdirini boshqa poytaxtlar belgilashini kutib oʻtirmoqchi emas, u bu aloqalarni hamma bilan imkon qadar teng va muvozanatli qilishga harakat qilyapti. Ikkinchidan, iqtisodiy aloqalar mazmunida har doim xavfsizlik masalalari ham turadi. Rossiyaning Ukrainadan keyingi tajovuz yoʻnalishi Markaziy Osiyoga qaratilishi mumkinligi haqida siyosatshunoslar doim aytib keladi. Demak, biz uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy xavf bir tomondan kutilsa, Xitoy tomondan keladigan asosiy xatar bu infratuzilma va investitsiyalar bilan kirib keladigan iqtisodiy qaramlikdir. Shunday ekan, mintaqa davlatlari uchun muvozanatni ushlab turuvchi boshqa vektorlarni izlash kuchli zarurat bo’lib qolaveradi. Xuddi Turkiy Davlatlar Tashkiloti bilan aloqalardagi kabi, C5+1 formatida AQSh bilan hamkorlik kuchayishi rasman "hech kimga qarshi qaratilmagan, sof iqtisodiy xarakterda" deb aytilsa-da, parda ortida bu ikki tomonlama xatarlar baribir hisobga olinadi. Uchinchidan, bu aloqalar rivojini bugun AQSH hokimiyati tepasida kim turgani bilan ham bogʻlash kerak. Tramp boshchiligidagi hozirgi AQSh rahbariyati bir tomonlama manfaatlarga urgʻu beradigan va faqat "America First" prinsipi bilan ishlaydigan oʻyinchilar. Venesueladagi “Prezident o’g’rilash”operatsiyasi orqali mamlakat nefti ustidan nazorat oʻrnatilgani, Grenlandiyaga boʻlgan daʼvolar, butun dunyo bilan davom etayotgan boj urushlari, Eronga nisbatan qilingan va hamon ochiq qolayotgan bosqin hamda Gʻazo yoki Ukraina boʻyicha soatiga o’zgarayotgan pozitsiyalar koʻrsatyaptiki, Vashington uchun hozir faqat oʻz manfaatlari birinchi, qolgani ikkilamchi yoki umuman ahamiyatsiz. Demak, Markaziy Osiyo bilan aloqalarda ham ular birinchi navbatda mintaqaning boy resurslari, xususan, muhim metallar va logistika zanjirlariga ega chiqishni maqsad qilgani sir emas. Shu maʼnoda, ertaga AQShda hokimiyat tepasiga demokratlar kelsa yoki maʼmuriyat oʻzgarsa, Xitoy va Rossiyani tiyib turish kabi umumiy strategiya saqlansa-da, Amerikaning bu uslubi qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Va yana bir bir muhim jihat: Amerika biznesi faqat vaʼdalar, shaxsiy kafolat yoki shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarga suyanib ish qilmaydi. U ishlaydigan huquqiy kafolat, korrupsiyasiz muhit, mulk daxlsizligi va mustaqil sud bor joylarga kiradi. Yaʼni, tashqi kuchlar oʻrtasida balans ushlash uchun avvalo oʻz ichki institutlarimiz va islohotlarimiz mustahkam boʻlishi kerak. Bularsiz uzoqqa borib boʻlmaydi. P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zilar AQSh bilan aloqalar faollashuvidan qoʻrqib, goʻyo Amerika biznesi kirishi bilan uning iqtisodiy qaramligiga tushib qolamiz degan xavotirlarni bildiryapti. Ha, qaramlik va xatarlar hech qachon bir tomonlama boʻlmaydi. Siyosiy va iqtisodiy bogʻliqlik xavfini inkor etib boʻlmaydi. Ammo xatarlarni ham aniq ajrata olish kerak: masalan, hozir mustaqilligimizga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy va jismoniy xavf kutilsa, bu faqat bir tomon, ya'ni Rossiyadan boʻlishi mumkin.

Open in Telegram
Views2,623−52%vs avg
Forwards17
Reactions94
Comments—
#3272Text
Views5,597+1%vs avg
Forwards18
Reactions65
Comments—