my.gov.uz

Verified

Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ [email protected] 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz

Username
@mygovuz
Category
Politics
Country
Uzbekistan
Created
, 8 years
Subscribers263,639+94 in 2 days
Avg views per post, 7d38,980−34.8% vs prev 7d
ERR14.79%last 7 days

Subscribers, 30 days

Oct 1 – Oct 3+94 (0%)

Show as table
DateSubscribers
Oct 1, 2026263,545
Oct 2, 2026263,595
Oct 3, 2026263,639

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Sep 18, 202659,992
Sep 19, 202670,941
Sep 21, 202658,437
Sep 22, 202654,315
Sep 23, 202660,595
Sep 24, 202666,068
Sep 25, 202670,345
Sep 28, 202649,541
Sep 30, 202639,011
Oct 1, 202645,102
Oct 2, 202634,167
Oct 3, 202620,023

Most viewed this month

  1. 01

    ✨ 15 yillik xizmatingiz evaziga farzandingiz ta’limiga davlat ko‘magi! 👩‍⚕️ Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan shifokor va farmatsevtlar uchun my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi! 💰Endilikda farzandingizning oliy ta’limdagi kontrakt to‘lovining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. ❓Qoplanadigan miqdor qancha? ⏺ Yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi (BHMning 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda) qoplanadi. ⏺Masalan: Kontrakt summasi 20 mln so‘m bo‘lsa, davlat 6 mln so‘m subsidiya ajratadi. ⏺Bir nechta farzandingiz talaba bo‘lsa, subsidiya har biri uchun alohida hisoblanadi. 🗣Kimlar ushbu imkoniyatdan foydalana oladi? ⏺ Davlat tibbiyot muassasasida ayni paytda ishlayotgan; ⏺ Kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari. (Farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridabakalavriat yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo’lishi kerak). ❗️Ortiqcha hujjat va ovoragarchilikka o’rin yo’q! 🟡 Ish staji, qarindoshlik va talabalik maqomi tegishli idoralarning axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Hech qanday qog‘ozbozlik talab etilmaydi. 👤 Mablag‘ naqd berilmaydi — bevosita OTMning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Farzand o‘qishni davom ettirsa, subsidiya bakalavriat bosqichi yakunlanguniga qadar har o‘quv yilida to‘lab boriladi. Oilada bir nechta talaba bo‘lsa, har biri uchun subsidiya alohida hisoblanadi. 👉 Ariza topshirish juda oson: 💬 my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatga kiring; 💬 Zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, avtomatik tekshiruvga rozilik bering; 💬 Arizani yuboring va natijani shaxsiy kabinetda kuzatib boring. Xizmatdan foydalanish mutlaqo BEPUL! Arizalar yil davomida qabul qilinadi. 📱 my.gov.uz dagi ushbu imkoniyatni oq xalat kiygan fidoyi tibbiyot xodimlariga ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

    Photoedited
    Views73.3K
    Forwards518
    Reactions70
    Comments—
  2. 02
    Views70.3K
    Forwards90
    Reactions74
    Comments—
  3. 03
    Views69K
    Forwards10
    Reactions38
    Comments—
  4. 04
    Views68.6K
    Forwards81
    Reactions61
    Comments—
  5. 05

    👮‍♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi 🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi. ☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur: ⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi. ⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi. ⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m). ✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor. ⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: ⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik. ⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida. 🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi. ❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL! ⚠️ Asosiy talablar: 💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. 💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak. 🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart. 📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi. 📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

    Photo
    Views64.5K
    Forwards366
    Reactions75
    Comments—

Latest posts

#4055Video

Forwarded from Sherzod Shermatov

MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон ва бепул текширинг! Агар орасида фойдаланмаётганларингиз бўлса, уларни ўчиртириб қўйинг. Бу карталар ёки SIM-карталардан бошқаларнинг ноқонуний фойдаланиши ва сизга зарар етказилишининг олдини олишга ёрдам беради. #MyGov — #инсонлар #ҳаётини #енгиллаштиради! _ Легко и бесплатно проверьте все активные банковские карты и SIM-карты, оформленные на Ваше имя, через MyGov. Если обнаружите карты или SIM-карты, которыми Вы не пользуетесь, лучше отключить их, чтобы злоумышленники не смогли использовать их в незаконных целях. Это поможет защитить Вас от возможных проблем в будущем. #MyGov — #упрощает #жизнь #людей!

Open in Telegram
Views20,023−62%vs avg
Forwards107
Reactions12
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h3,906
6 h20,023
  1. After 6 hours20,023
  2. Total to date20,023
#4054Photo

Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalarini my.gov.uz orqali bilib oling 📆 2026-yil 13-sentabrdan 25-sentabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz portalida chiqgan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🗣 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab olsa bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views34,152−35%vs avg
Forwards51
Reactions18
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h9,686
23 h34,152
  1. After 1 hour9,686
  2. After 24 hours34,152
  3. Total to date34,152
#4053Photo

☄️ Yangi xizmat! ✅ Endi ekologik ekspertiza xulosasini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin! 👨‍💻 Yangi biznes boshlayotganda yoki obyekt qurayotganda atrof-muhitga zarar yetmasligini tasdiqlovchi ekologik xulosa kerak bo‘ladi. Endi buni idorama-idora yurmay, uydan chiqmasdan my.gov.uz orqali rasmiylashtirsa bo’ladi. 👉 Mazkur qulaylikdan foydalanish uchun: 🗄 my.gov.uz ga kirib, onlayn ariza to‘ldirasiz va ekologik loyiha hujjatlaringizni yuklaysiz. 🗄 Tuman ekologiya bo‘limi va Ekspertiza markazi hujjatlarni tekshiradi. 🗄 To‘lovni telefoningiz orqali amalga oshirasiz. 🗄 Tayyor xulosani elektron shaklda yuklab olasiz. 👉 Muhim ma’lumotlar: ⏺ Ekspertiza xulosasi 39 ish kuni davomida taqdim etiladi. ⏺To’lov obyekt turiga qarab (BHMning 0,3 baravaridan 25 baravarigacha) amalga oshiriladi. ⏺ Ekspertiza xulosasining amal qilish muddadi hujjat turiga qarab 3 yildan 5 yilgacha. 🟡 Vaqtingizni tejang — hujjatlarni my.gov.uz orqali oson va shaffof rasmiylashtiring! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views33,528−37%vs avg
Forwards32
Reactions17
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h10,141
24 h33,528
  1. After 1 hour10,141
  2. After 24 hours33,528
  3. Total to date33,528
#4052Link preview

🎬 "my.gov.uz taksi": Navbatdagi son! 🎙 Ba’zan manzilga yetib borguncha nafaqat yo‘l, balki qiziqarli suhbat ham esda qoladi, shunday emasmi? 🚕 "my.gov.uz taksi" loyihasining navbatdagi sonida ham haydovchimiz yo‘lovchi bilan samimiy va foydali suhbat quradi. Yo‘l davomida my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan qulay davlat xizmatlari, kundalik hayotda asqatadigan imkoniyatlar va kerakli tavsiyalar haqida so‘z boradi. ✅ my.gov.uz — kerakli davlat xizmatlari doimo yoningizda. 🟡 Yangi manzil, yangi suhbat va yangi foydali ma’lumotlar — "my.gov.uz taksi" da! 📺 Yangi sonni tomosha qiling: https://youtu.be/wEGKp91xDLI 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

Open in Telegram
Views34,822−34%vs avg
Forwards17
Reactions10
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h8,552
28 h34,822
  1. After 1 hour8,552
  2. After 24 hours34,822
  3. Total to date34,822
#4051Photo

📣 Eʼlon! ⚙️ Ichki ishlar vazirligining axborot-telekommunikatsiya tizimlarida xizmat zaruriyati yuzasidan joriy yilning 1-oktyabr kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilgan. 📱 Shu munosabat bilan, mazkur vaqt oralig‘ida idoralararo integratsion platforma orqali elektron axborot almashinuvida vaqtinchalik uzilishlar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda cheklovlar yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views44,283−16%vs avg
Forwards45
Reactions53
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
14 h23,804
28 h29,513
56 h44,283
  1. After 24 hours29,513
  2. Total to date44,283
#4050Photo

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! 📚 Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar! 👨‍🏫 Sizlarni bugungi go‘zal va shukuhli bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! ✨ Mashaqqatli va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin. Shogirdlaringizning yuksak marralarni egallayotganini ko‘rish baxti sizga hamisha hamroh bo'lsin! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views45,921−13%vs avg
Forwards236
Reactions77
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
15 h29,823
29 h35,073
57 h45,921
  1. After 24 hours35,073
  2. Total to date45,921
#4049Photoedited

☄️ Endi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini my.gov.uz orqali oldindan, onlayn to‘ldirishi mumkin! 🛬 Xorijga safarga chiqyapsizmi yoki O‘zbekistonga qaytyapsizmi? Endi chegarada qog‘oz to‘ldirib, ortiqcha vaqt yo‘qotishingizga hojat yo‘q. 🔵 my.gov.uz da yo‘lga qo‘yilgan "Yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini oldindan to'ldirish" xizmati chegaradan o‘tish jarayonini bir necha baravar tezlashtiradi va qulaylashtiradi. 🟡 Mazkur xizmat tufayli siz xorijdan O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyojingiz uchun tovarlar, mobil qurilmalar, zargarlik buyumlari yoki valyuta olib kirishda deklaratsiyani chegaraga yetib kelmasdan turib to‘ldirib qo‘yishingiz mumkin. 👉 Shunda: ✅Chegarada deklaratsiyani noldan to‘ldirib o‘tirmaysiz. ✅ Barcha ma’lumotlarni uyda yoki yo‘lda xotirjam to‘ldirasiz. ✅ Telefoningizda shakllangan tayyor hujjatni bojxona xodimiga ko‘rsatishning o‘zi kifoya. ❓ Qanday tovarlar deklaratsiya qilinishi kerak? 🛃 Agar siz olib kirayotgan tovarlar miqdori yoki qiymati bojsiz olib kirish me’yorlaridan oshsa, ular deklaratsiya qilinishi shart: 🗄 Mobil telefonlar va boshqa mobil qurilmalari; 🗄 Zargarlik buyumlari (65 grammgacha oltin va 200 grammgacha kumushdan oshganda); 🗄 Maishiy texnika va elektronika (televizor, noutbuk, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqalar - belgilangan 1 donalik me’yordan oshganda); 🗄 100 mln so‘m ekvivalentidan ortiq naqd milliy yoki xorijiy valyuta; 🗄 Dori vositalari (qonunchilikda alohida tartib belgilangan turdagilar); 🗄 Alohida nazoratdagi tovarlar: Qurol-yarog‘, dronlar, radioelektron vositalar, tarixiy-madaniy boyliklar va boshqalar. ❓ Bojsiz olib kirish me’yorlari qancha? 🛄 Shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishning amaldagi bojsiz me’yorlari: ✈️ Havo transportida $1 000 gacha 🚆 Temir yo‘l va daryo transportida $500 gacha 🚗 Avtomobil yoki piyoda o‘tishda $300 gacha (Belgilangan me’yordan oshgan qismiga o‘rnatilgan tartibda bojxona to‘lovi undiriladi). 💻 Xizmatdan my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasi orqali oson va qulay foydalaning. 📲 Shakllangan elektron hujjatni telefoningizda saqlab qo‘ying va chegarada bojxona xodimiga taqdim eting. ❗️ Safarlaringiz bexatar bo‘lsin! Davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali masofadan foydalaning! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views39,011−26%vs avg
Forwards112
Reactions43
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
34 h36,345
48 h39,011
  1. Total to date39,011
#4048Photoedited

☄️ my.gov.uz da yangi imkoniyat: Bank kartalaringiz haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ring! 💳Endilikda my.gov.uz portalining «Bank kartalari» bo‘limi orqali o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan barcha faol bank plastik kartalari haqida ma’lumot olishingiz mumkin. 👉 Ushbu bo‘limda siz: ⏺ O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan nomingizga ochilgan faol plastik kartalarni; ⏺ Har xil bank ilovalari orqali masofadan ochilgan virtual kartalarni ko’ra olishingiz mumkin. ✅ Xizmatdan foydalanish uchun: 🗄 my.gov.uz portaliga kiring. 🗄 «Bank kartalari» bo‘limini tanlang. ❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi. 💻 my.gov.uz — barcha raqamli xizmatlar bir joyda! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views48,883−8%vs avg
Forwards160
Reactions81
Comments—
#4046Photoedited

🏆 O‘zbekiston — Olimpiada chempioni! 🥇 O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Shaxmat olimpiadasining oltin medallari va chempionlik kubogini qo‘lga kiritdi. 🇺🇿 Chempionlarimiz — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidov. Jamoaga sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov sardorlik qildi. 🗣"Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin! Mana shu g‘oyat hayajonli onlarda 200 dan ziyod mamlakatdan 2 mingga yaqin eng kuchli va mashhur grossmeysterlar, nomdor jamoalar ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda ko‘rsatgan aql-zakovatingiz, yuksak irodangiz, mahorat va jasoratingiz uchun butun el-yurtimiz, dunyo shaxmat jamoatchiligi sizlarga tasannolar aytmoqda. Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz", – deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigida. 👍  Eslatib o'tamiz, my.gov.uz portali sport sohasi vakillari uchun ham eng yaqin ko‘makchi! 🏆 Sportchilar uchun: 🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling! 🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning! 🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring. 🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling. 🥇Yosh sportchilar uchun: 🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring! ❗️ G‘alaba sari yo‘lni my.gov.uz bilan boshlang! 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views50,198−5%vs avg
Forwards33
Reactions172
Comments—
#4045Link preview

❗️Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qiling! 📱 Ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Ma’lumotlarim xavfsiz joydami? Ulardan ruxsatsiz foydalanishmaydimi?" 🔐 OneID mobile ilovasi bilan bunday xavotirlarga o‘rin yo‘q! Ilovada ma’lumotlaringizni boshqarish tizimi xuddi "raqamli qulf" kabi ishlaydi: ⏺ Kerakli tashkilotga ma’lumot kerakmi? Ilovaga kiring va ruxsat bering. ⏺ Ishingiz bitdimi? "Qulf"ni darhol yoping! 💻 Face-ID (MyID) orqali tasdiqlash tizimi esa profilingizga faqat siz kira olishingizni kafolatlaydi. ✅ Xavfsizlikni tanlang, OneID Mobile ilovasi (GooglePlay yoki AppStore) ni yuklab oling! ▶️https://youtu.be/Zhs7K925das 🌐 my.gov.uz|egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook📷instagram▶️YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

Open in Telegram
Views70,345+33%vs avg
Forwards90
Reactions74
Comments—

All posts

Connections