Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion so‘mlik marradan oshishi, o‘sish 10,1 foizni tashkil etishi ta’kidlandi. O‘tkazilgan so‘rovda buxoroliklarning 98 foizi so‘nggi yillarda hayot sifati yaxshilanganini aytgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uch yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish tabiiy resurslar sanoati va qishloq xo‘jaligiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘lib qolmoqda: ularning iqtisodiyotdagi ulushi 43 foiz. O‘n yilda xizmatlar sohasining ulushi 33 foizdan 36 foizga oshgan, xolos. Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, sanoatda chuqur qayta ishlashni rivojlantirish, har bir tumanning o‘sish nuqtalarini aniqlash zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida ko‘rsatkichlarni 1,5 baravar oshirish bo‘yicha aniq rejalarni kiritish topshirildi. Toshkent shahri, Farg‘ona va Jizzax viloyatlari xalqaro “Fitch” reytingini olgani misol sifatida keltirildi. Buxoro ham investorlar uchun ochiq va ishonchli hudud sifatida o‘z salohiyatini namoyon qilishi lozimligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
Open in Telegram
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Х: x.com/Sherzod_Asadov
Subscribers, 30 days
Oct 9 – Nov 4+9,170 (+5.8%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Oct 9, 2026 | 157,448 |
| Oct 10, 2026 | 158,204 |
| Oct 11, 2026 | 158,140 |
| Oct 12, 2026 | 158,464 |
| Oct 13, 2026 | 159,975 |
| Oct 14, 2026 | 160,106 |
| Oct 15, 2026 | 160,337 |
| Oct 16, 2026 | 163,442 |
| Oct 17, 2026 | 164,360 |
| Oct 18, 2026 | 164,677 |
| Oct 19, 2026 | 164,735 |
| Oct 20, 2026 | 164,728 |
| Oct 21, 2026 | 165,246 |
| Oct 22, 2026 | 165,646 |
| Oct 23, 2026 | 165,690 |
| Oct 24, 2026 | 165,582 |
| Oct 25, 2026 | 165,411 |
| Oct 26, 2026 | 165,363 |
| Oct 27, 2026 | 165,936 |
| Oct 28, 2026 | 166,204 |
| Oct 29, 2026 | 166,257 |
| Oct 30, 2026 | 166,253 |
| Oct 31, 2026 | 166,174 |
| Nov 1, 2026 | 166,023 |
| Nov 2, 2026 | 166,229 |
| Nov 3, 2026 | 166,490 |
| Nov 4, 2026 | 166,618 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 7, 2026 | 68,405 |
| Oct 8, 2026 | 94,951 |
| Oct 9, 2026 | 246,113 |
| Oct 10, 2026 | 73,896 |
| Oct 12, 2026 | 129,580 |
| Oct 15, 2026 | 135,964 |
| Oct 16, 2026 | 77,790 |
| Oct 17, 2026 | 56,200 |
| Oct 18, 2026 | 132,549 |
| Oct 20, 2026 | 113,191 |
| Oct 21, 2026 | 107,453 |
| Oct 22, 2026 | 81,494 |
| Oct 24, 2026 | 121,993 |
| Oct 26, 2026 | 82,980 |
| Oct 27, 2026 | 99,586 |
| Oct 28, 2026 | 227,729 |
| Oct 30, 2026 | 106,058 |
| Oct 31, 2026 | 59,041 |
| Nov 2, 2026 | 86,477 |
| Nov 3, 2026 | 179,997 |
| Nov 4, 2026 | 18,488 |
Most viewed this month
- 01Views846KForwards13.1KReactions—Comments—
- 02Views309KForwards456Reactions—Comments—
- 03Views306KForwards453Reactions—Comments—
- 04Views299KForwards466Reactions—Comments—
- 05Views253KForwards528Reactions—Comments—
Latest posts
Davlatimiz rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlarni ko‘paytirish masalasiga to‘xtaldi. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oshirish maqsad qilingan. Eski shahar, Yetti pir, Chor Bakr, Poykent, Varaxsha va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida bog‘lash ko‘zda tutilgan. Buxoro shahridagi Gulchorbog‘ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi tashkil etiladi. Unda ko‘rgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylashadi. Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga mo‘ljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Kongress-xoll yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda. Bundan tashqari, sakkizta markaziy ko‘cha milliy va zamonaviy me’moriy yechimlar asosida yangilanib, oltita xiyobon bunyod etiladi. Viloyat markazini kengaytirish doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etish rejalashtirilgan. Uning hisobiga sayyohlarning Buxoroda qolish muddatini o‘rtacha 4-5 kungacha uzaytirish mumkin. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramBuxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning o‘zida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Aeroportni shahar markazi bilan bog‘lash uchun 24 kilometrli avtomobil yo‘li barpo etiladi. Shuningdek, avtobuslar uchun 5,5 kilometrli BRT yo‘lagini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yo‘lni Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish vazifasini qo‘ydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvchilar uchun qulaylik yaratishi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirishi ta’kidlandi. Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boshlash topshirildi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViloyatning transport aloqalarini yaxshilash bo‘yicha ham yirik rejalar belgilangan. Joriy yilda Buxorodan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yakunlanadi. Kelasi yil M-37 yo‘lining viloyat hududidagi 69 kilometrini yangilash ishlari boshlanadi. Qiymati 200 million dollarlik ushbu loyiha doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 kilometrli aylanma yo‘l ham quriladi. Samarqand – Buxoro yo‘nalishida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘l ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan bir yarim soatgacha qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda. Shu yo‘nalishda tezyurar poyezd uchun yangi temir yo‘l liniyasi ham ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz mutasaddilarga avtomobil va temir yo‘l loyihalarining master-rejalarini yakunlash, hamkorlar bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramPrezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. – Buxoro iqtisodiyotiga, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy o‘zgarishlar olib kiradigan 30 milliard dollarlik yangi tashabbuslar bilan kelganmiz, – dedi davlatimiz rahbari. Dastlab ichimlik suvi va oqova tarmoqlari ta’minotiga to‘xtalib o‘tildi. Bu sohada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan 385 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning ikkinchi bosqichiga yana 248 million dollar jalb qilinadi. Natijada viloyatning barcha tuman va shaharlarida 1,7 million aholining suv ta’minoti yaxshilanadi, 775 ming kishi kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov hozirgi 80 foizdan 95 foizga yetkaziladi. Prezidentimiz odamlar bu o‘zgarishlarni kutayotganini ta’kidlab, mas’ullarga loyihalarni tezlashtirishni topshirdi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramBugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari tarixiy merosni asrash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Ikki kunlik tashrif doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish, hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ham rejalashtirilgan. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область. Глава нашего государства ознакомится с работой по сохранению исторического наследия и развитию туристической инфраструктуры, а также с проектами, реализуемыми в промышленности и сельском хозяйстве. В рамках двухдневной поездки также запланированы участие в церемонии ввода в строй новых объектов и начала строительства других проектов, а также совещание по вопросам комплексного развития региона. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 7 h | 129,753 |
| 13 h | 166,382 |
| 25 h | 179,997 |
- After 6 hours129,753
- After 24 hours179,997
- Total to date179,997
O‘zbekiston global mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. Iqtisodiyot rivojlanib, turmush darajasi oshib borayotgani sababli mamlakatimiz xorijlik fuqarolar uchun ham jozibador bo‘lmoqda. Bugun yurtimizda uzoq muddat yashayotgan chet elliklar soni 250 mingga yaqinlashdi. – Biz bu yo‘nalishda ham ochiqlik siyosatimizni davom ettiramiz. Ayni paytda ushbu masalada tartib-intizom bo‘lishi kerak, – dedi Prezidentimiz. Uzoq muddat yashayotgan xorijlik fuqarolardan 36 ming nafari ishlashga ruxsatnoma olgan, yana 24 ming nafari talaba. Davlatimiz rahbari qolganlar nima ish bilan shug‘ullanayotgani va daromad manbalari haqida aniq ma’lumot bo‘lishi shartligini ta’kidladi. Ishlashga ruxsat olganlarning 80 foizi qurilish, qurilish materiallari, to‘qimachilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malaka talab qilmaydigan faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. O‘z mehnat bozorini himoya qilish rivojlangan davlatlarda ham keng tarqalgan amaliyotdir. Prezidentimiz yangi ish o‘rinlariga birinchi navbatda o‘zimizning fuqarolarni joylashtirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga uzoq muddatga kelgan xorijlik fuqarolarning yashash va ish joyini monitoring qilish platformasini bir oyda ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Yig‘ilish davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 56,486 |
| 10 h | 70,564 |
| 27 h | 87,916 |
- After 6 hours56,486
- After 24 hours87,916
- Total to date87,916
Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga to‘xtaldi. Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham to‘layapti. – Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur, – dedi Prezidentimiz. Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi. Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 50,586 |
| 10 h | 62,618 |
| 28 h | 75,606 |
- After 6 hours50,586
- After 24 hours75,606
- Total to date75,606
Yig‘ilishda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yil boshidan buyon 1 million 116 ming kishi migratsiyadan qaytgan. Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Prezidentimiz xorijda yirik sanoat korxonalarida ishlab, zamonaviy texnologiya va mehnat madaniyatini o‘zlashtirgan mutaxassislar mamlakatimiz korxonalari uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularga munosib ish taklif qilib, bilim va tajribasidan foydalanishi lozim. Shu maqsadda chet eldan qaytgan fuqarolarning ishlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratilib, hokimlar hamda tarmoq rahbarlari foydalanadigan tizimga ulanadi. Yil yakunigacha qaytgan 250 ming kishiga mos ish topish, tadbirkorlik qilishni istaganlarga esa yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 47,140 |
| 10 h | 58,374 |
| 28 h | 71,112 |
- After 6 hours47,140
- After 24 hours71,112
- Total to date71,112
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda “Yangi O‘zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi o‘tkaziladi. Prezidentimiz ushbu tadbir tadbirkorlar uchun yangi eksport yo‘nalishlarini ochish, chet elda ishlash istagidagi fuqarolarni Yevropa va Ko‘rfaz mamlakatlaridagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelishi kutilmoqda. Har bir elchi o‘zi ishlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilishi kerakligi qayd etildi. Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uchun eksport, turizm va migratsiya yo‘nalishlarida aniq kelishuvlarga erishish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari ish o‘rni topish bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elchilar hokimlar bilan birga fuqaroning ishga joylashishi va yangi muhitga ko‘nikishigacha bo‘lgan jarayon uchun mas’ul bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 50,502 |
| 11 h | 61,254 |
| 28 h | 72,149 |
- After 6 hours50,502
- After 24 hours72,149
- Total to date72,149
Connections
Similar channels
Alisher Sadullaev@alisher_sadullaevPolitics223K
Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali@chortoqhokimligiuzPolitics5.4K
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari@nodavlattalimEducation182K
Тезкор хабарлар | Расмий канал@tezkor24officialNews and media191K
Edu.uz@eduuzEducation144K
Yoshlar ishlari agentligi@yoshlaragentligiEducation246K
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal@soliqnewsNews and media103K
IIV | Rasmiy kanal@iivuzNews and media95.9K
Mentioned by
Namangan viloyati hokimligi@namvilhok1 mention, 127 repostsLatest post
Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali@chortoqhokimligiuz1 mention, 98 repostsLatest post
Xushnudbek.uz@xushnudbek42 mentionsLatest post
Rasmiy axborot@rasmiy_axborot_official34 mentionsLatest post
🇺🇿 BOJXONA QO'MITASI BOJXONA INSTITUTI . . 🇺🇿 Customs Institute . . .@dbq_bojxona_instituti29 repostsLatest post
QARAQALPAQSTAN TELEKANALI@qrtrkmm_telekanali28 repostsLatest post
Alisher Sadullaev@alisher_sadullaev23 mentionsLatest post
Edu.uz@eduuz8 mentions, 10 repostsLatest post
Uçtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati/Rasmiy kanali@uchtepahokimligi14 repostsLatest post
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги@mintrans_uz12 repostsLatest post