Forwarded from Rasmiy axborot
Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Iordaniya Qirolichasi Raniya al-Abdulloh bilan birgalikda Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi. Jordan River Foundation jamg‘armasi huzurida faoliyat yurituvchi ushbu shourumda ijtimoiy himoyaga muhtoj hunarmand ayollar tayyorlagan qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilgan. Loyiha o‘zida milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash bilan birga ayollarning barqaror bandligini ta’minlash hamda ularning oilalari farovonligini oshirishni mujassam etadi. Jordan River Designs dasturi doirasida har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayol ish bilan ta’minlanadi. Ular Iordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvchi an’anaviy va zamonaviy mahsulotlar, shu jumladan, kashtachilik bilan bezatilgan interyer buyumlari, gilamlar, moda aksessuarlari va esdalik sovg‘alarini tayyorlaydi. Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bunday yondashuv kambag‘allikni qisqartirish va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash hamda mahorat sirlarini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 47 |
| 1 h | 205 |
- After 1 hour205
- Total to date205











