#KoreaNews 법무부 1345 MARKAZIGA O'ZBEK TILIDAGI OPERATORLAR KERAK 📞 Adliya vazirligining chet elliklar uchun 1345 ma'lumot markazi doimiy ishga (정규직) operatorlar qidirmoqda. Tillar: o'zbek, urdu, kxmer, nepal, singal, tagalog, bengal Kimlar uchun: F-2, F-4, F-5, F-6 viza egalari; tilni o'rta darajadan yuqori biladiganlar; tajriba va diplom shart emas Afzallik: rus tili, TOPIK yoki KBS 한국어능력시험, TOEIC, call-markazda ishlagan tajriba Vazifa: viza, ARC va uzaytirish bo'yicha telefon maslahati, tarjima 💰 Maosh: oyiga 2 390 000 won + darajaga qarab 0–400 000 won + staj qo'shimchasi Ish vaqti: Dushanba–Juma, 09:00–18:00 Sinov: 5 hafta o'qish (kuniga 70 000 won), so'ng 2 oy sinov (maoshning 90%) 📍 Manzil: 서울 송파구 정의로 55 법조단지 내 서울출입국외국인청 6층 법무부 외국인 종합안내센터 ⏰ Ariza Muddat: 10-dekabrgacha (Payshanba) 🔗 Ariza: Jobkorea orqali Bog'lanish: 02-6908-1352 - D-2, D-4 va E-9 viza egalari topshira olmaydi. - Suhbatlar ariza kelishi bilan o'tkaziladi, e'lon erta yopilishi mumkin. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in Telegram
WAYU Korea
- O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali” - World Association of Youth of Uzbekistan “South Korea branch” - WAYU Korea ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/wayu_korea Tel raqam: 01082563133
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 9, 2026 | 1,507 |
| Nov 10, 2026 | 1,440 |
| Nov 11, 2026 | 1,443 |
| Nov 12, 2026 | 1,380 |
| Nov 13, 2026 | 1,418 |
| Nov 14, 2026 | 1,258 |
| Nov 15, 2026 | 1,154 |
Most viewed this month
- 01Views1.62KForwards12Reactions8Comments0
- 02Views1.57KForwards35Reactions20Comments—
- 03Views1.53KForwards2Reactions15Comments0
- 04Views1.51KForwards5Reactions13Comments1
- 05Views1.45KForwards16Reactions10Comments2
Latest posts
#KoreaNews KOREYADA O'QISH: GKS VA TIL KURSI BO'YICHA BEPUL ONLINE MA'RUZA 🎓 Koreyada o'qishni rejalashtiryapsizmi? Seoul Global Center GKS stipendiyasi va D-4 til kursi haqida bepul jonli ma'ruza o'tkazadi. Oldindan ro'yxatdan o'tish shart emas. Sana: 📅 21-noyabr (Shanba), 13:00–15:00 (Koreya vaqti), O'zbekistonda 09:00–11:00 Format: online, Zoom Til: ingliz tili Kimlar uchun: Koreyada o'qishga qiziqqan har kim, istalgan davlatdan Mavzular: GKS va til kursiga tayyorgarlik, o'qish uchun hudud tanlash, 학업계획서 (o'qish rejasi) yozish, GKS bitiruvchisining tajribasi, jonli savol-javob Bonus: 🎁 qatnashchilarga o'qish rejasi yozish bo'yicha PDF qo'llanma, ma'ruzadan keyin bir hafta ichida emailga yuboriladi Ulanish: 🔗 Zoom havolasi Bog'lanish: 02-2075-4153, [email protected] Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in Telegram#KoreaNews 기부 RUN — GANGNAMDA XAYRIYA MARAFONI: HAR 1 KM UCHUN 1 000 WON XAYRIYA Yurgan yoki yugurgan har bir kilometringiz uchun nomingizdan 1 000 won xayriyaga ajratiladi va to'plangan mablag' Gangnam tumanidagi ehtiyojmand oilalarga beriladi! Ham sog'lig'ingizni mustahkamlang, ham ezgu ishga hissa qo'shing. 📅 Sana: 21-noyabr (Shanba), 09:00 — 12:00 📍 Manzil: 강남구 양재천 영동3교 아래 행사 무대 Masofa: 5 km yurish yoki 5 km yugurish (영동3교 dan 영동6교 gacha va qaytish) Dastur: ochilish marosimi, xayriya yugurishi, konsert, ovqat va yutuqli lotereya Narxi: bepul, 핑거푸드 (yengil taomlar) ham bepul Ishtirokchilar: taxminan 200 kishi ⏰ Ariza: 15-noyabr (Yakshanba) gacha 🔗 https://forms.gle/cG7v6qaSHPWb4KU6A Bog'lanish: 010-7707-9328 Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in TelegramO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatda yashayotgan, mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda WAYU Korea — Koreyadagi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi. Muloqot davomida Koreyadagi yurtdoshlarimizning ta’lim olishi, mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoyasi hamda xorijda orttirilgan bilim va tajribani O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Senat Raisi vatandoshlarimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarning amaliy yechimiga parlament darajasida e’tibor qaratilishini ta’kidladi. “Har bir vatandoshimiz O‘zbekistonning bir bo‘lagi. Ularning muvaffaqiyati bizning faxrimiz, tashvishlari esa bizning ham tashvishimiz”, — deya ta’kidladi Tanzila Narbayeva. WAYU Korea xorijdagi yoshlarimiz manfaatlarini ilgari surish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston bilan aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in Telegram#KoreaNews 중앙대학교 (CHUNG-ANG UNIVERSITY) — CHET ELLIK TALABALAR UCHUN 2027-YIL BAHORGI QABUL, 2-BOSQICH QS Osiyo reytingida 65-o’rinda turgan, Seuldagi universitetlar orasida chet ellik talabalar soni bo’yicha 2-o’rinda bo’lgan Chung-Ang universiteti 2027-yil mart semestri uchun bakalavriatga (신입학) va 2-3-kursga ko’chirish (편입) qabulini e’lon qildi. ⏰ Ariza: 16-noyabr 10:00 — 27-noyabr 18:00 (Koreya vaqti), online Hujjatlar: shu muddatda pochta orqali yoki shaxsan 📅 Natijalar: 18-dekabr, darslar 2027-yil 2-martdan boshlanadi 서울캠퍼스 (Seul) yo’nalishlari: Gumanitar: koreys tili va adabiyoti, 한국어교육·한국문화 (faqat chet elliklar talabalar uchun), ingliz, nemis, fransuz, rus, yapon va xitoy tillari, falsafa, tarix Ijtimoiy: siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi, psixologiya, ijtimoiy ish, media va kommunikatsiya, sotsiologiya, shaharsozlik va ko’chmas mulk Tabiiy fanlar: fizika, kimyo, biologiya, matematika Muhandislik: qurilish va atrof-muhit, shahar tizimlari, arxitektura, kimyo muhandisligi, mexanika, elektr va elektronika, 융합공학부 (yangi: nano-materiallar va biotibbiyot muhandisligi, TOPIK 5 talab qilinadi) Dasturiy ta’minot, biznes boshqaruvi, iqtisod, amaliy statistika, 글로벌광고PR (faqat chet elliklar uchun), xalqaro logistika 게임융합학과: o’yin yaratish, darslar 100% ingliz tilida (TOEFL iBT 60 yoki IELTS 5.5) 다빈치캠퍼스 (Anseong) yo’nalishlari: hayvon va o’simlik biotexnologiyasi, oziq-ovqat texnologiyasi va ovqatlanish, dizayn, raqs, musiqa, an’anaviy san’at, TV va estrada, amaliy musiqa, o’yin kontenti va animatsiya, sport, san’at va texnologiya Shartlar: O’zi va ota-onasi chet el fuqarosi (Koreya fuqaroligi bilan ikki fuqarolik bo’lmasligi kerak) Yangi qabul: maktabni bitirgan yoki bitirayotgan 2-kursga ko’chirish: 4 yillik universitetda kamida 1 yil o’qigan yoki kollej bitirgan, 3-kursga: kamida 2 yil o’qigan - Masofaviy ta’lim, eksternat va 독학사 diplomlari qabul qilinmaydi Koreys tili: TOPIK 4 va undan yuqori (dizayn va ayrim san’at yo’nalishlarida TOPIK 3), CAU til markazining 4-darajasi yoki Sejong instituti o’rta 2-bosqichi - TOPIK yetmasa ham topshirish mumkin: 예비합격 (dastlabki qabul) beriladi, 2 yil ichida TOPIK 4 olib, xuddi shu yo’nalishga qayta topshirasiz Tanlov: hujjatlar asosida (o’qish natijalari, til bilimi, faollik), san’at va sportda hujjatlar 50% va portfolio 50%. Bir vaqtda 2 ta yo’nalishga topshirish mumkin Ariza to’lovi: 150 000 won (2-tanlov 60 000 won), san’at va sportda 200 000 won 🎓 Stipendiyalar: Qabulda: TOPIK 6 bo’lsa o’qish haqi 100%, TOPIK 5 yoki CAU til markazi 5-darajasi 50%, CAU 4-darajasi yoki boshqa universitet til markazi 5-darajasi 30% chegirma O’qish davomida: GPA 4.3 dan yuqori 100%, 4.0 dan 50%, 3.7 dan 30%, 3.2 dan 20% O’qish narxi (semestr, 2026-yil): gumanitar, ijtimoiy va biznes 5 320 000 won, tabiiy fanlar 6 166 000 won, muhandislik va IT 6 993 000 won O’zbekistondagilar uchun: Toshkent Koreys ta’lim markazi 17-noyabrgacha maslahat olishingiz mumkin: Tashkent city, Mirabad distr, Tallimarjon str, 3, 206-xona, +998(71) 291-8182 🔗 https://oias.cau.ac.kr 📞 +82-2-820-6575, [email protected] Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in TelegramConnections
Similar channels
Mikrofon kötargan ayol@qurbonova_aNews and media7.01K
QARAQALPAQSTAN TELEKANALI@qrtrkmm_telekanaliNews and media6.42K
Istanbul Boshkonsulxonasi@istanbul2020boshkonsulxonaNews and media7.64K
Русский дом в Ташкенте (Россотрудничество)@uzbekistan_rs_govNews and media8.04K
urikguli@urik_guliNews and media5.72K
Sinçalak🕊@sinchalakblogNews and media8.65K
Ilyos Safarov@haqiqatdailyosNews and media9.16K
e-gov.uz@egovuzNews and media5.14K
