Account

Posts of WAYU Korea

newest first

#7434Photoedited
Views1,192−14%vs avg
Forwards24
Reactions7
Comments5
#7433Photoedited
Views1,116−19%vs avg
Forwards15
Reactions5
Comments0
#7431Photo
Views1,258−9%vs avg
Forwards11
Reactions16
Comments1
#7427Photoalbumedited
Views1,376−1%vs avg
Forwards7
Reactions13
Comments0
#7424Photo

#KoreaNews 중앙대학교 (CHUNG-ANG UNIVERSITY) — CHET ELLIK TALABALAR UCHUN 2027-YIL BAHORGI QABUL, 2-BOSQICH QS Osiyo reytingida 65-o’rinda turgan, Seuldagi universitetlar orasida chet ellik talabalar soni bo’yicha 2-o’rinda bo’lgan Chung-Ang universiteti 2027-yil mart semestri uchun bakalavriatga (신입학) va 2-3-kursga ko’chirish (편입) qabulini e’lon qildi. ⏰ Ariza: 16-noyabr 10:00 — 27-noyabr 18:00 (Koreya vaqti), online Hujjatlar: shu muddatda pochta orqali yoki shaxsan 📅 Natijalar: 18-dekabr, darslar 2027-yil 2-martdan boshlanadi 서울캠퍼스 (Seul) yo’nalishlari: Gumanitar: koreys tili va adabiyoti, 한국어교육·한국문화 (faqat chet elliklar talabalar uchun), ingliz, nemis, fransuz, rus, yapon va xitoy tillari, falsafa, tarix Ijtimoiy: siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar, davlat boshqaruvi, psixologiya, ijtimoiy ish, media va kommunikatsiya, sotsiologiya, shaharsozlik va ko’chmas mulk Tabiiy fanlar: fizika, kimyo, biologiya, matematika Muhandislik: qurilish va atrof-muhit, shahar tizimlari, arxitektura, kimyo muhandisligi, mexanika, elektr va elektronika, 융합공학부 (yangi: nano-materiallar va biotibbiyot muhandisligi, TOPIK 5 talab qilinadi) Dasturiy ta’minot, biznes boshqaruvi, iqtisod, amaliy statistika, 글로벌광고PR (faqat chet elliklar uchun), xalqaro logistika 게임융합학과: o’yin yaratish, darslar 100% ingliz tilida (TOEFL iBT 60 yoki IELTS 5.5) 다빈치캠퍼스 (Anseong) yo’nalishlari: hayvon va o’simlik biotexnologiyasi, oziq-ovqat texnologiyasi va ovqatlanish, dizayn, raqs, musiqa, an’anaviy san’at, TV va estrada, amaliy musiqa, o’yin kontenti va animatsiya, sport, san’at va texnologiya Shartlar: O’zi va ota-onasi chet el fuqarosi (Koreya fuqaroligi bilan ikki fuqarolik bo’lmasligi kerak) Yangi qabul: maktabni bitirgan yoki bitirayotgan 2-kursga ko’chirish: 4 yillik universitetda kamida 1 yil o’qigan yoki kollej bitirgan, 3-kursga: kamida 2 yil o’qigan - Masofaviy ta’lim, eksternat va 독학사 diplomlari qabul qilinmaydi Koreys tili: TOPIK 4 va undan yuqori (dizayn va ayrim san’at yo’nalishlarida TOPIK 3), CAU til markazining 4-darajasi yoki Sejong instituti o’rta 2-bosqichi - TOPIK yetmasa ham topshirish mumkin: 예비합격 (dastlabki qabul) beriladi, 2 yil ichida TOPIK 4 olib, xuddi shu yo’nalishga qayta topshirasiz Tanlov: hujjatlar asosida (o’qish natijalari, til bilimi, faollik), san’at va sportda hujjatlar 50% va portfolio 50%. Bir vaqtda 2 ta yo’nalishga topshirish mumkin Ariza to’lovi: 150 000 won (2-tanlov 60 000 won), san’at va sportda 200 000 won 🎓 Stipendiyalar: Qabulda: TOPIK 6 bo’lsa o’qish haqi 100%, TOPIK 5 yoki CAU til markazi 5-darajasi 50%, CAU 4-darajasi yoki boshqa universitet til markazi 5-darajasi 30% chegirma O’qish davomida: GPA 4.3 dan yuqori 100%, 4.0 dan 50%, 3.7 dan 30%, 3.2 dan 20% O’qish narxi (semestr, 2026-yil): gumanitar, ijtimoiy va biznes 5 320 000 won, tabiiy fanlar 6 166 000 won, muhandislik va IT 6 993 000 won O’zbekistondagilar uchun: Toshkent Koreys ta’lim markazi 17-noyabrgacha maslahat olishingiz mumkin: Tashkent city, Mirabad distr, Tallimarjon str, 3, 206-xona, +998(71) 291-8182 🔗 https://oias.cau.ac.kr 📞 +82-2-820-6575, [email protected] Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn

Open in Telegram
Views1,422+3%vs avg
Forwards10
Reactions10
Comments0
#7423Photo
Views1,362−2%vs avg
Forwards44
Reactions10
Comments1
#7422Photo
Views1,257−9%vs avg
Forwards5
Reactions5
Comments0
#7421Photo
Views1,571+14%vs avg
Forwards35
Reactions20
Comments—
#7420Photoedited

SIZ SO‘RADINGIZ — BIZ TAYYORLANDIK! Kitobxonlarimizning talab va takliflariga binoan, bu safar ham o‘zbek adabiyotining bebaho durdonalaridan biri atrofida jamlanamiz. Bu galgi suhbatimiz bizni o‘tmish manzaralariga, jamiyatdagi adolatsizliklar, inson erki, ayol taqdiri va eskicha qarashlar hukmron bo‘lgan murakkab davrga olib boradi. WAYU_Korea Readify | Navbatdagi kitob suhbati Bu safargi kitob: “Kecha va kunduz” Cho‘lpon Janri: Ijtimoiy-psixologik roman “Kecha va kunduz” — o‘zbek adabiyotining eng muhim asarlaridan biri bo‘lib, unda XX asr boshlaridagi Turkiston hayoti, xalqning ijtimoiy ahvoli, jaholat, tengsizlik va inson erkinligi kabi dolzarb masalalar yoritiladi. Suhbat davomida sizni nimalar kutadi? 1️⃣ Kitob haqida jonli fikr almashuv 2️⃣ Asar qahramonlari, ularning tanlovlari va taqdiri yuzasidan chuqur savol-javob 3️⃣ An’anaviy Kahoot o‘yini Sana: 22-noyabr, yakshanba Vaqt: 20:00 (Koreya vaqti bilan) Joy: Maxsus yopiq guruh — ovozli chat Ba’zi asarlar o‘z davrini tasvirlaydi, ammo ko‘targan savollari yillar o‘tsa ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. “Kecha va kunduz” ham shunday asarlardan biri. Keling, bu safar shunchaki kitob haqida gaplashmaymiz. Qahramonlarning qarorlari, jamiyatning ta’siri va asar ortida yashiringan ma’nolar haqida birgalikda fikr yuritamiz. “Kecha va kunduz”ni birgalikda muhokama qilish uchun sizni WAYU_Korea Readify suhbatiga taklif qilamiz! O‘qiymiz. O‘ylaymiz. O‘rtoqlashamiz. WAYU_Korea Readify — har bir sahifa, yangi qadam! Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn

Open in Telegram
Views1,531+11%vs avg
Forwards2
Reactions15
Comments0
#7419Photo
Views1,354−2%vs avg
Forwards8
Reactions8
Comments0
#7418Photoedited
Views1,451+5%vs avg
Forwards16
Reactions10
Comments2
#7417Photoedited
Views1,3770%vs avg
Forwards3
Reactions8
Comments4
#7416Text
Views1,317−5%vs avg
Forwards5
Reactions8
Comments1
#7415Text
Views1,616+17%vs avg
Forwards12
Reactions8
Comments0
#7414Photoedited
Views1,507+9%vs avg
Forwards5
Reactions13
Comments1