🔊 O‘zbekiston turizmni rivojlantirish bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tuzilgan Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksining 2026-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 110 ta mamlakat orasida 76-pog‘onadan joy oldi. 🔴 Indeks sayyohlar oqimini emas, balki mamlakatning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘lchashga qaratilgan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ozbekiston-turizmni-rivojlantirish-boyicha-76-orinni-egalladi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram
UZ24 uz
Oʻzgacha xabarlar Rasmiy sayt — https://uz24.uz/uz Instagram — https://instagram.com/uz24uz FB — https://www.facebook.com/uz24.uz.uzb X.com — https://x.com/uz24uz На русском — @uz24news_ru Reklama va tijoriy takliflar uchun: @uz24advertising_bot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 13, 2026 | 1,940 |
| Nov 14, 2026 | 1,776 |
| Nov 15, 2026 | 1,551 |
| Nov 16, 2026 | 530 |
Most viewed this month
- 01Views2.05KForwards3Reactions—Comments3
- 02Views1.97KForwards4Reactions121Comments0
- 03Views1.93KForwards1Reactions3Comments0
- 04Views1.92KForwards3Reactions—Comments—
- 05Views1.85KForwards5Reactions—Comments—
Latest posts
🔊 Maktablarda huquqiy savodxonlik darslari joriy etiladi O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 2031-yilgacha huquqiy savodxonlik dasturi to‘liq joriy qilinadi. Bu prezidentning 10-noyabr kuni imzolangan PF-242-son farmonida belgilangan. 🔴 2026-yil dekabrgacha 1–11-sinf o‘quvchilari uchun yoshiga mos huquqiy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi. Unda kichik sinflarga bola huquqlari va o‘zaro hurmat, yuqori sinflarga esa zo‘ravonlikdan himoyalanish, mehnat va iste’molchi huquqlari, shartnomalar hamda murojaat qilish tartibi o‘rgatiladi. Mavzular tarbiya faniga kiritilib, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🔴Shuningdek, o‘quvchilar huquq buzilishi holatlarida qayerga va qanday murojaat qilishni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganadi. Dastur ijrosi uchun Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Adliya vazirligi, Ombudsman, Bolalar ombudsmani hamda sud tizimining tegishli tashkilotlari mas’ul etib belgilangan. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 Shavkat Mirziyoyev ilk bor O‘monga tashrif buyuradi Prezident Shavkat Mirziyoyev 16–17-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi. Tashrif O‘mon sultoni Haytsam bin Toriq Ol Said taklifiga binoan amalga oshiriladi. 🔴 Maskatda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram❌Qashqadaryoda kelinining o‘limiga sabab bo‘lgan qaynona 5 yilga qamaldi Qashqadaryoning Qamashi tumanida kelinini muntazam kaltaklab, haqoratlab va ruhiy bosim ostida ushlab kelgan qaynona 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 🔴Aniqlanishicha, 1976-yilda tug‘ilgan ayol kelinining telefonini olib qo‘yib, ota-onasi bilan gaplashishini ham nazorat qilgan. Uni o‘z o‘rniga farroshlikka chiqargan, turli bahonalar bilan janjal ko‘tarib, bir necha bor uyidan haydagan. Kelin yordam so‘rab mahallaga murojaat qilgan. Biroq oiladagi tazyiqlar to‘xtamagan. 🔴2025-yil 28-iyul kuni qaynona kelinini yana kaltaklab, farzandini undan olib qo‘ygan. O‘sha kuni bir yoshga ham to‘lmagan farzandi bor yosh ayol o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Sud qaynonani kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazishda aybdor deb topib, 5 yilga qamadi. Uning advokati bergan shikoyatlar ham rad etilib, hukm o‘zgarishsiz qoldirildi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda meningokokk infeksiyasidan 24 kishi vafot etdi Poytaxtda 2026-yilning dastlabki 9 oyida meningokokk infeksiyasi bilan kasallanish keskin oshgan. Qayd etilgan 354 ta holatning 96,3 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 🔴 Shu davrda bir qator boshqa yuqumli kasalliklar, jumladan, tepki, skarlatina va salmonellyoz bilan kasallanish ham ko‘paygan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/toshkentda-meningokokk-infeksiyasidan-24-kishi-vafot-etdi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 O‘zbekiston mintaqaviy logistika markaziga aylanishi mumkin — XVJ O‘zbekistonning Markaziy Osiyo markazida joylashgani va mintaqaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi mamlakatga Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi muhim savdo-logistika markaziga aylanish imkonini beradi. Bu haqda XVJning O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze ma’lum qildi. 🔴 Uning ta’kidlashicha, transport koridorlarini rivojlantirish, jumladan, Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi mintaqadagi iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi. 🔴 Bunday infratuzilma nafaqat tranzit daromadlarini oshiradi, balki savdo xarajatlarini kamaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va mintaqa davlatlari uchun yangi eksport bozorlarini ochish imkonini ham beradi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda Osiyodagi qimor o‘yinlariga xizmat ko‘rsatayotgan guruh ushlandi Toshkentning Mirobod tumanida Osiyo mamlakatlaridagi noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik platformalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatgan yashirin kol-markaz faoliyatiga chek qo‘yildi. Shaharning IIBB ma’lumotiga ko‘ra, oyiga 9 ming dollarga ijaraga olingan binoda ishlagan 52 kishi qo‘lga olingan. 🔴 Tintuv davomida 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta mobil telefon va 3 ta Starlink qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Tezkor tadbirlar natijasida Katta Mirobod ko‘chasida ham yana bir yashirin kol-markaz aniqlangan. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkent bog‘larida jamoat tartibini robotlar nazorat qilishi mumkin Milliy gvardiya Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlashda foydalanish uchun sun’iy intellekt bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish qurilmalari va yer usti robotlarini sinovdan o‘tkazmoqda. 🌍Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/toshkent-boglarida-jamoat-tartibini-robotlar-nazorat-qilishi-mumkin Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi Poytaxtda tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi, deb yozmoqda Energetika vazirligi. Ayni paytda shaharga gaz yetkazib beruvchi quvurlarda bosim oshirilgan va yaqin 2–3 soat ichida iste’molchilarga gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich me’yorga kelishi kutilmoqda. 🔴 Energetika vazirligi aholidan gaz jihozlarining sozligini tekshirish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘radi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Kuz-qish mavsumida gaz birinchi navbatda aholiga yetkazib beriladi 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi. ❌ Zarurat tug‘ilganda boshqa toifadagi iste’molchilar uchun vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin. 🌍Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/kuz-qish-mavsumida-gaz-birinchi-navbatda-aholiga-yetkazib-beriladi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in TelegramConnections
Similar channels
Times.uz@times_officialuzNews and media32.6K
davletovuz@davletovuzNews and media78.7K
Pressuzb@pressuzbNews and media25.5K
Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)@vatandosh_rossiyaNews and media25.8K
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali@customschannelNews and media24.4K
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati@poytaxt_uzNews and media26K
MINENERGY.UZ@minenergy_uzNews and media27.4K
KADASTR AGENTLIGI - RASMIY@uz_kadastrNews and media28.3K
Mentioned by
Times.uz@times_officialuz1 mention, 1 repostLatest post
Sog‘liqni saqlash vazirligi@ssvuz1 mentionLatest post
davletovuz@davletovuz1 mentionLatest post
Mentions
- Uzbektourism.uz@uzbektourismofficial1 mention