🔊 O‘zbekiston turizmni rivojlantirish bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tuzilgan Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksining 2026-yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 110 ta mamlakat orasida 76-pog‘onadan joy oldi. 🔴 Indeks sayyohlar oqimini emas, balki mamlakatning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘lchashga qaratilgan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ozbekiston-turizmni-rivojlantirish-boyicha-76-orinni-egalladi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in TelegramPosts of UZ24 uz
🔊 Maktablarda huquqiy savodxonlik darslari joriy etiladi O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida 2031-yilgacha huquqiy savodxonlik dasturi to‘liq joriy qilinadi. Bu prezidentning 10-noyabr kuni imzolangan PF-242-son farmonida belgilangan. 🔴 2026-yil dekabrgacha 1–11-sinf o‘quvchilari uchun yoshiga mos huquqiy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi. Unda kichik sinflarga bola huquqlari va o‘zaro hurmat, yuqori sinflarga esa zo‘ravonlikdan himoyalanish, mehnat va iste’molchi huquqlari, shartnomalar hamda murojaat qilish tartibi o‘rgatiladi. Mavzular tarbiya faniga kiritilib, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🔴Shuningdek, o‘quvchilar huquq buzilishi holatlarida qayerga va qanday murojaat qilishni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganadi. Dastur ijrosi uchun Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Adliya vazirligi, Ombudsman, Bolalar ombudsmani hamda sud tizimining tegishli tashkilotlari mas’ul etib belgilangan. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 Shavkat Mirziyoyev ilk bor O‘monga tashrif buyuradi Prezident Shavkat Mirziyoyev 16–17-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi. Tashrif O‘mon sultoni Haytsam bin Toriq Ol Said taklifiga binoan amalga oshiriladi. 🔴 Maskatda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram❌Qashqadaryoda kelinining o‘limiga sabab bo‘lgan qaynona 5 yilga qamaldi Qashqadaryoning Qamashi tumanida kelinini muntazam kaltaklab, haqoratlab va ruhiy bosim ostida ushlab kelgan qaynona 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 🔴Aniqlanishicha, 1976-yilda tug‘ilgan ayol kelinining telefonini olib qo‘yib, ota-onasi bilan gaplashishini ham nazorat qilgan. Uni o‘z o‘rniga farroshlikka chiqargan, turli bahonalar bilan janjal ko‘tarib, bir necha bor uyidan haydagan. Kelin yordam so‘rab mahallaga murojaat qilgan. Biroq oiladagi tazyiqlar to‘xtamagan. 🔴2025-yil 28-iyul kuni qaynona kelinini yana kaltaklab, farzandini undan olib qo‘ygan. O‘sha kuni bir yoshga ham to‘lmagan farzandi bor yosh ayol o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan. Sud qaynonani kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazishda aybdor deb topib, 5 yilga qamadi. Uning advokati bergan shikoyatlar ham rad etilib, hukm o‘zgarishsiz qoldirildi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda meningokokk infeksiyasidan 24 kishi vafot etdi Poytaxtda 2026-yilning dastlabki 9 oyida meningokokk infeksiyasi bilan kasallanish keskin oshgan. Qayd etilgan 354 ta holatning 96,3 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 🔴 Shu davrda bir qator boshqa yuqumli kasalliklar, jumladan, tepki, skarlatina va salmonellyoz bilan kasallanish ham ko‘paygan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/toshkentda-meningokokk-infeksiyasidan-24-kishi-vafot-etdi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 O‘zbekiston mintaqaviy logistika markaziga aylanishi mumkin — XVJ O‘zbekistonning Markaziy Osiyo markazida joylashgani va mintaqaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi mamlakatga Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi muhim savdo-logistika markaziga aylanish imkonini beradi. Bu haqda XVJning O‘zbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze ma’lum qildi. 🔴 Uning ta’kidlashicha, transport koridorlarini rivojlantirish, jumladan, Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi mintaqadagi iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi. 🔴 Bunday infratuzilma nafaqat tranzit daromadlarini oshiradi, balki savdo xarajatlarini kamaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va mintaqa davlatlari uchun yangi eksport bozorlarini ochish imkonini ham beradi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda Osiyodagi qimor o‘yinlariga xizmat ko‘rsatayotgan guruh ushlandi Toshkentning Mirobod tumanida Osiyo mamlakatlaridagi noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik platformalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatgan yashirin kol-markaz faoliyatiga chek qo‘yildi. Shaharning IIBB ma’lumotiga ko‘ra, oyiga 9 ming dollarga ijaraga olingan binoda ishlagan 52 kishi qo‘lga olingan. 🔴 Tintuv davomida 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta mobil telefon va 3 ta Starlink qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Tezkor tadbirlar natijasida Katta Mirobod ko‘chasida ham yana bir yashirin kol-markaz aniqlangan. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkent bog‘larida jamoat tartibini robotlar nazorat qilishi mumkin Milliy gvardiya Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlashda foydalanish uchun sun’iy intellekt bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish qurilmalari va yer usti robotlarini sinovdan o‘tkazmoqda. 🌍Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/toshkent-boglarida-jamoat-tartibini-robotlar-nazorat-qilishi-mumkin Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi Poytaxtda tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi, deb yozmoqda Energetika vazirligi. Ayni paytda shaharga gaz yetkazib beruvchi quvurlarda bosim oshirilgan va yaqin 2–3 soat ichida iste’molchilarga gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich me’yorga kelishi kutilmoqda. 🔴 Energetika vazirligi aholidan gaz jihozlarining sozligini tekshirish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘radi. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Kuz-qish mavsumida gaz birinchi navbatda aholiga yetkazib beriladi 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetkazib berishda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi. ❌ Zarurat tug‘ilganda boshqa toifadagi iste’molchilar uchun vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin. 🌍Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/kuz-qish-mavsumida-gaz-birinchi-navbatda-aholiga-yetkazib-beriladi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴Dorixonada yangi tartib: Retseptsiz sotiladigan dorilar soni oshadi O‘zbekistonda dorixonadan shifokor retseptisiz sotib olish mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxati kengayishi mumkin. Endi tarkibida ikki yoki undan ortiq faol modda bo‘lgan ayrim dorilarni ham retseptsiz sotishga ruxsat berilishi mumkin. 🔴Biroq buning uchun dorining xavfsizligi va inson salomatligiga ta’siri alohida baholanadi. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/dorixonada-yangi-tartib-retseptsiz-sotiladigan-dorilar-soni-oshdi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 O‘zbekiston turizmi Rossiyada targ‘ib qilinadi Navbat Buxoro va Xivaga Rossiyalik sayyohlarni O‘zbekistonga nima jalb qiladi? Qadimiy shaharlar, tarixiy obidalar yoki milliy taomlar? 🔴O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirilayotgan yangi xalqaro medialoyiha bu uch omilni birlashtirib, Buxoro va Xivani millionlab tomoshabinlarga tanishtirishni maqsad qilgan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ozbekiston-turizmi-rossiyada-targib-qilinadi Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 Toshkentda to‘qqiz oyda 15–16 yoshli qizlar orasida yettita homiladorlik holati aniqlandi Toshkent shahrida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylari davomida 15–16 yoshli qizlar o‘rtasida yettita homiladorlik holati qayd etildi. 🔴 O‘tgan yilning mos davrida ham xuddi shuncha holat aniqlangan edi. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/toshkentda-toqqiz-oyda-1516-yoshli-qizlar-orasida-7-ta-homiladorlik-holati Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊 O‘zbekistonda ish joyida shahvoniy shilqimlikka qarshi talablar qonun bilan belgilandi Yangi normalarda shahvoniy shilqimlik shaxsning roziligisiz amalga oshiriladigan, uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan shahvoniy xususiyatdagi harakatlar sifatida belgilangan. 🔴 Bunday xatti-harakatlar qatoriga insonning tashqi ko‘rinishi yoki qaddi-qomatiga nisbatan nomaqbul fikr bildirish, shahvoniy mazmundagi imo-ishoralar qilish, teginish va shu mazmundagi chaqiriqlar kiradi. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/ozbekistonda-ish-joyida-shahvoniy-shilqimlikka-qarshi-talablar-qonun-bilan Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔴 2027-yilda byudjetning eng katta qismi ta’lim va tibbiyotga yo‘naltiriladi Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2027-yilgi Davlat budjeti va iqtisodiy o‘sishning yangi modeli muhokama qilindi. Bu haqida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 🔴 Ta’kidlanishicha, asosiy soliqlar oshirilmaydi. Kelgusi yilda ham byudjetning eng katta qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalar obodligiga ajratiladi. “Tadbirkorlarga keng yo‘l ochib, zamonaviy sanoatni rivojlantiramiz va yangi ish o‘rinlari yaratamiz. Chunki iqtisodiyot qancha kuchaysa, odamlar farovonligi uchun ham shuncha ko‘p imkoniyat paydo bo‘ladi. Bunda asosiy e’tiborimiz raqamli nazorat va ochiqlikni kuchaytirishga qaratiladi. Toki har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilib, odamlar bu o‘zgarishlar natijasini o‘z oilasida, kundalik hayotida his qilsin”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in TelegramKomil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti huzuridagi Maslahat kengashi yig‘ilishida qatnashdi O‘zbekistonning AQSHdagi vakili Komil Allamjonov universitet prezidenti Ellen Granberg bilan sun’iy intellekt davrida GWU’ni rivojlantirish strategiyasini muhokama qildi. Allamjonov mazkur Maslahat kengashi a’zosi hisoblanadi. U 2025-yilda universitetning Markaziy Osiyoni o‘rganish dasturiga ham maxsus maslahatchi etib tayinlangan. 🌍 Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/komil-allamjonov-jorj-vashington-universiteti-prezidenti-huzuridagi-maslahat Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram🔊O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidan faqat ID-karta bilan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin 13-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Qozog‘iston elchisi Yerali Tug‘janov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida chegaradan o‘tishni osonlashtirish masalasini muhokama qildi. Uchrashuvda ID-karta orqali chegaradan o‘tish, Qozog‘istonning yangi “QazETA” elektron kirish tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyozlar berish hamda fuqarolarimizni Qozog‘istonda tartibli ravishda ishga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. 🔴Shuningdek, chegarada yuzaga kelayotgan muammolarni kamaytirish va ikki davlat fuqarolarining o‘zaro qatnovini qulaylashtirish rejalashtirilmoqda. Hozircha bu takliflar muhokama bosqichida. Telegram | Facebook | X | Instagram
Open in Telegram