Account
SANATSIYA

SANATSIYA

Sanatsiya, to‘lovga qobiliyatsizlik va iqtisodiy nizolar bo‘yicha huquqiy tahlil va amaliy yechimlar!!! Yuridik maslahat va murojaatlar uchun @Sanatsiya1_bot

Username
@sanatsiya
Category
Law
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers7,309
Avg views per post, 7d2,176+21.8% vs prev 7d
ERR29.77%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 16, 20261,415
Nov 18, 20262,320
Nov 19, 20262,290
Nov 20, 20262,190
Nov 22, 20261,780
Nov 23, 20261,410
Nov 24, 20262,860
Nov 25, 20261,090

Most viewed this month

  1. 01
    Views3.18K
    Forwards—
    Reactions12
    Comments—
  2. 02
    Views2.94K
    Forwards—
    Reactions25
    Comments—
  3. 03
    Views2.78K
    Forwards—
    Reactions11
    Comments—
  4. 04
    Views2.55K
    Forwards—
    Reactions9
    Comments—

Latest posts

#269Text

⚖️ Yurist ishga tiklandi. Bitta buyruq tashkilotga qariyb 1 milliard so‘mga tushdi Bu ishda men yaqindan bilgan ustozlarimiz — advokat Muhammadamin Karimjonov va Saidali aka (@yuristkadr) ishtirok etgan. Karimjonovning yozishicha, tashkilot yuristni «yangi mehnat shartlarida ishlashni rad etdi» degan asos bilan ishdan bo‘shatgan. Birinchi instansiya sudida da’vo rad etilgan, biroq apellyatsiya sudi yuristni ishga tiklagan. Oliy sud ham ushbu qarorni o‘z kuchida qoldirgan. Xo‘sh, ish beruvchi nimaga e’tibor berishi kerak edi? Mehnat kodeksining 137-moddasiga ko‘ra, mehnat shartlarini o‘zgartirish uchun qonuniy asos bo‘lishi kerak. Eng muhimi, xodim yangi shartlarda ishlashni haqiqatan rad etgan bo‘lishi lozim. Agar xodim yangi shartlarga rozi bo‘lsa, uni shu asosda ishdan bo‘shatish noqonuniy hisoblanadi. Bundan tashqari, yuristni lavozimidan ozod etishda alohida tartibga ham rioya qilish kerak edi. Tashkilot rahbari tegishli sabablarni ko‘rsatgan holda adliya organiga taqdimnoma kiritishi lozim bo‘lgan. Advokatning ma’lum qilishicha, bu talab ham bajarilmagan. Bu holat buyruqlarni yurist bilan kelishmasdan chiqaradigan rahbarlar uchun jiddiy saboq. Yuridik xizmatning vazifasi ham buyruq loyihalarini huquqiy jihatdan tekshirish va qonunbuzilishlar yuzasidan e’tiroz bildirishdan iborat. Advokat hisob-kitobiga ko‘ra, ish beruvchining jami xarajatlari qariyb 1 milliard so‘mga yetgan. Bunga majburiy progul davri uchun ish haqi, ma’naviy zarar kompensatsiyasi, davlat boji va boshqa xarajatlar kiradi. Yana bir muhim jihat, agar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tashkilotga zarar yetkazsa, uning javobgarligi masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Qilmishda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ham yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. 👉 @sanatsiya

Open in Telegram
Views1,090−47%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h465
4 h1,090
  1. After 1 hour465
  2. After 6 hours1,090
  3. Total to date1,090
#265Photo
Views2,940+43%vs avg
Forwards—
Reactions25
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
9 h1,170
26 h2,940
  1. After 24 hours2,940
  2. Total to date2,940
#264Text
Views2,780+35%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
18 h1,580
26 h2,780
  1. After 24 hours2,780
  2. Total to date2,780
#263Text

❗️Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i: kimlar to‘laydi va nimalar soliq solish obyekti hisoblanadi? Soliq kodeksining 59-bobi, 410 va 411-modalariga ko’ra: 410-modda. Soliq to‘lovchilar Quyidagi yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi: ▪️ O‘zbekiston hududida soliq solish obyektiga ega bo‘lgan O‘zbekiston yuridik shaxslari; ▪️ O‘zbekiston hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan norezident yuridik shaxslar. ▪️ Mol-mulkning mulkdorini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda, ushbu mol-mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi. ▪️ Ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) olgan yuridik shaxs ham soliq to‘lovchi hisoblanadi (qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno). 411-modda. Soliq solish obyekti Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solish obyekti ko‘chmas mulk hisoblanadi. Jumladan: 1️⃣ Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlar; 2️⃣ Qurilishi tugallanmagan obyektlar (normativ qurilish muddati tugaganidan, bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, qurilishga ruxsatnoma berilgan kundan e’tiboran 24 oy o‘tgach); 3️⃣ Temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari hamda ularga uzviy bog‘liq texnologik inshootlar; 4️⃣ Quruvchining balansida hisobga olingan, sotish uchun mo‘ljallangan turar joy ko‘chmas mulki (obyekt foydalanishga topshirilganidan 6 oy o‘tgach). Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: ▪️ Notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatida foydalaniladigan obyektlar; ▪️ Kommunal-maishiy va boshqa umumfoydalanishdagi munitsipal obyektlar; ▪️ Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari; ▪️ Tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmaydigan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga ega mol-mulk; ▪️ Ekologiya, sanitariya va yong‘in xavfsizligi maqsadlarida foydalaniladigan, tegishli organ xulosasi mavjud bo‘lgan obyektlar; ▪️ Yer uchastkalari; ▪️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Mahalla servis» kompaniyalarining qonunchilikda belgilangan binolari. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobot soliq organlari tomonidan proaktiv tartibda shakllantiriladi. Shu sababli soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetlarini muntazam tekshirib borishlari lozim. Kanalga a’zo bo’lish uchun 👉 @sanatsiya 👈

Open in Telegram
Views1,410−32%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#260Text

❗️O‘QUV TA’TILI VA YILLIK MEHNAT TA’TILIDAN BIR VAQTDA FOYDALANISH SHARTMI? Xodim oliy ta’lim muassasasida sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil oladi. O‘qish davri, ya’ni sessiya boshlanganda unga o‘quv ta’tili beriladi. Lekin ish beruvchi: «Sizda foydalanilmagan yillik mehnat ta’tili ham bor, avval shuni olib oling», deb talab qilishi mumkinmi? Javob: YO‘Q! O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 385-moddasida bu masala aniq tartibga solingan. 📌 Mazkur moddaning birinchi qismiga muvofiq, kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etish uchun belgilangan muddatlarda o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tili beriladi. Eng muhimi, ushbu moddaning 3-qismida quyidagi qoida mustahkamlangan: «Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi». ⚖️ Mehnat kodeksining 239-moddasida ham ijtimoiy ta’tillar har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari berilishi belgilangan. Demak, o‘quv ta’tili va yillik mehnat ta’tili bir-biridan mustaqil ta’tillar hisoblanadi. MISOL: Fuqaro oliy ta’lim muassasasining sirtqi ta’lim shaklida tahsil oladi. Uning 2026-yil noyabr oyida 30 kunlik o‘quv sessiyasi boshlandi. Xodim ish beruvchiga o‘quv ta’tili berish to‘g‘risida murojaat qildi. Ish beruvchi esa: «Siz hali bu yilgi 21 kunlik yillik mehnat ta’tilingizdan foydalanmagansiz. Avval yillik ta’tilga chiqasiz, keyin o‘qish ta’tilini olasiz», deb talab qo‘ydi. Bu talab qonuniymi? Yo‘q. Xodim qonunchilikda belgilangan shartlarga javob bersa, ish beruvchi unga o‘quv ta’tilini berishi shart. Yillik mehnat ta’tili esa bundan alohida ravishda taqdim etiladi. 1. O‘quv ta’tilidan foydalanish yillik mehnat ta’tilidan foydalanish majburiyatini keltirib chiqarmaydi. 2. Ish beruvchi o‘quv ta’tilini yillik mehnat ta’tiliga almashtira olmaydi. 3. Xodim o‘quv ta’tilidan foydalangan bo‘lsa ham, yillik mehnat ta’tiliga bo‘lgan huquqini saqlab qoladi. Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237, 239 va 385-moddalari. Kanalga a'zo bo'lish uchun 👉 @sanatsiya

Open in Telegram
Views1,980−4%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
64 h1,870
69 h1,980
  1. Total to date1,980
#259Text
Views2,520+22%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#258Text

❗️Sudga borishdan oldin buni bilib qo‘ying: da’vo nima uchun ko‘rmasdan qoldiriladi? Kecha Urganch tumanlararo iqtisodiy sudida “A” jamiyatining “B” jamiyatiga nisbatan da’vosi ko‘rib chiqildi. Da’vogar shartnomani bekor qilishni so‘ragan bo‘lsa-da, sud ishning mohiyatiga o‘tmadi va da’voni ko‘rmasdan qoldirdi. Bu holat qanday xarajat keltiradi? Da’vogar davlat bojini oldindan to‘lagan edi. Biroq ish mazmunan ko‘rilmagani sababli, da’voni qayta kiritishda yana davlat boji to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Natijada bitta protsessual xato ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘ladi. 📖 Da’vo qaysi hollarda ko‘rmasdan qoldiriladi? 1️⃣ Majburiy pretenziya tartibiga rioya qilinmaganda. 2️⃣ Da’vo arizasini vakolatsiz shaxs imzolaganda. 3️⃣ Xuddi shu taraflar, predmet va asos bo‘yicha boshqa sudda ish yuritilayotganda. 4️⃣ Taraflar nizoni hakamlik sudida ko‘rishga kelishgan va javobgar bunga e’tiroz bildirganda. 5️⃣ Da’vogar sud majlisiga uzrsiz kelmaganda va ishni o‘z ishtirokisiz ko‘rishni so‘ramaganda. ☑️ Da’voni qayta kiritish mumkinmi? Ha. Da’vo ko‘rmasdan qoldirilishi da’vogarning sudga qayta murojaat qilish huquqini yo‘qotmaydi. Tegishli kamchiliklar bartaraf etilgach, da’vogar yana sudga murojaat qilishi mumkin. 💼 Tadbirkorlarga tavsiyam ✔️ Shartnomadagi pretenziya tartibini tekshiring. ✔️ Pretenziyani yozma yuboring va tasdiqlovchi hujjatni saqlang. ✔️ Belgilangan javob muddatiga rioya qiling. ✔️ Vakolat va ishonchnoma hujjatlarini tekshiring. ✔️ Davlat bojini to‘g‘ri hisoblang. Sudda haq bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Da’vogar qonunda belgilangan protsessual tartibga ham rioya qilishi kerak. Aks holda, nizo hal etilmaydi, vaqt va mablag‘ esa ortiqcha sarflanadi. @sanatsiya

Open in Telegram
Views2,010−2%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#257Text
Views2,040−1%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#255Text
Views2,270+10%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—

All posts

Connections