👍 Biznes-ombudsman oxirigacha kurashdi: tadbirkorning 123,6 mln so‘mlik jarimasi Oliy sudda bekor qilindi
Qorako‘l tumanida faoliyat yurituvchi «Q.L.S.» xususiy korxonasiga Buxoro viloyati transport boshqarmasining qarori bilan 123,6 million so‘m miqdorida jarima solingan edi. Bunga korxonaga tegishli avtotransport vositalari litsenziya varaqasisiz harakatlanganligi hamda litsenziya varaqalarini olishda qalbaki hujjatlardan foydalangani asos qilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkor manfaatida sudga ariza kiritildi. Biroq birinchi, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlari shikoyatni qanoatlantirishni rad etib, qarorlarni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Ish Biznes-ombudsman devoni keltirgan taftish tartibidagi shikoyat asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqildi.
2026-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati vakil devonining taftish tartibidagi shikoyati va qonunchilik normalarini atroflicha o‘rganib chiqdi. Sudlov hay’ati korxonaning yo‘lovchi tashish litsenziyasi bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlanmaganini, haqiqiy ijara shartnomasining ro‘yxatdan o‘tkazilmagani esa uni «qalbaki hujjat» deb baholashga asos bo‘lmasligini qayd etdi. Shuningdek, mazkur holatlar litsenziyalash tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarlik emas, balki litsenziya varaqalari bilan bog‘liq masalalar doirasida baholanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
👍 Natijada Oliy sud sudlov hay’ati avvalgi sud qarorlarini bekor qilib, transport boshqarmasining jarima solish haqidagi qarorini haqiqiy emas deb topdi va sud xarajatlarini javobgar zimmasiga yukladi.
——
👍 Бизнес-омбудсман дошел до конца: Верховный суд отменил штраф предпринимателю на 123,6 млн сумов
Частное предприятие «Q.L.S.», работающее в Каракульском районе, было оштрафовано на 123,6 миллиона сумов решением Управления транспорта Бухарской области. Основанием послужило то, что автомобили предприятия якобы эксплуатировались без лицензионных карточек, а для их получения были использованы поддельные документы.
Аппарат Бизнес-омбудсмана подал иск в суд в интересах предпринимателя. Однако суды первой, кассационной и ревизионной инстанций отказали в удовлетворении жалобы, оставив прежние решения в силе.
Дело дошло до Судебной коллегии по административным делам Верховного суда Республики Узбекистан, которая рассмотрела его по ревизионной жалобе Аппарата Бизнес-омбудсмана.
18 ноября 2026 года коллегия Верховного суда детально изучила доводы жалобы и нормы законодательства. Суд установил, что нарушений, связанных с лицензией на пассажирские перевозки, предприятие не допускало, а отсутствие регистрации реального договора аренды не дает оснований признавать документ «поддельным». Кроме того, было указано, что подобные обстоятельства должны рассматриваться в рамках правил оформления лицензионных карточек, а не как нарушение порядка лицензирования в целом.
👍 В итоге коллегия Верховного суда отменила все предыдущие судебные акты, признала постановление Управления транспорта о наложении штрафа недействительным и взыскала судебные издержки с ответчика.
Website|Instagram|Facebook|X|Youtube|Linkedin