⚖️ Yurist ishga tiklandi. Bitta buyruq tashkilotga qariyb 1 milliard so‘mga tushdi Bu ishda men yaqindan bilgan ustozlarimiz — advokat Muhammadamin Karimjonov va Saidali aka (@yuristkadr) ishtirok etgan. Karimjonovning yozishicha, tashkilot yuristni «yangi mehnat shartlarida ishlashni rad etdi» degan asos bilan ishdan bo‘shatgan. Birinchi instansiya sudida da’vo rad etilgan, biroq apellyatsiya sudi yuristni ishga tiklagan. Oliy sud ham ushbu qarorni o‘z kuchida qoldirgan. Xo‘sh, ish beruvchi nimaga e’tibor berishi kerak edi? Mehnat kodeksining 137-moddasiga ko‘ra, mehnat shartlarini o‘zgartirish uchun qonuniy asos bo‘lishi kerak. Eng muhimi, xodim yangi shartlarda ishlashni haqiqatan rad etgan bo‘lishi lozim. Agar xodim yangi shartlarga rozi bo‘lsa, uni shu asosda ishdan bo‘shatish noqonuniy hisoblanadi. Bundan tashqari, yuristni lavozimidan ozod etishda alohida tartibga ham rioya qilish kerak edi. Tashkilot rahbari tegishli sabablarni ko‘rsatgan holda adliya organiga taqdimnoma kiritishi lozim bo‘lgan. Advokatning ma’lum qilishicha, bu talab ham bajarilmagan. Bu holat buyruqlarni yurist bilan kelishmasdan chiqaradigan rahbarlar uchun jiddiy saboq. Yuridik xizmatning vazifasi ham buyruq loyihalarini huquqiy jihatdan tekshirish va qonunbuzilishlar yuzasidan e’tiroz bildirishdan iborat. Advokat hisob-kitobiga ko‘ra, ish beruvchining jami xarajatlari qariyb 1 milliard so‘mga yetgan. Bunga majburiy progul davri uchun ish haqi, ma’naviy zarar kompensatsiyasi, davlat boji va boshqa xarajatlar kiradi. Yana bir muhim jihat, agar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tashkilotga zarar yetkazsa, uning javobgarligi masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Qilmishda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ham yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. 👉 @sanatsiya
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 465 |
| 4 ч | 1 090 |
- Через 1 час465
- Через 6 часов1 090
- Всего сейчас1 090











