Takomillaştirilgan alifbo uçun qulay klaviatura dasturlari yaratildi! Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti ğoyasi asosida “Tilmoç” platformasi mutaxassislari tomonidan Windows va MacOS tizimlari uçun takomillaştirilgan özbek alifbosiga asoslangan klaviatura (terilma) dasturi işlab çiqilgani va uni https://tilmoch.ai/uz/terilmalar manzilidan bepul yuklab oliş mumkinligi haqidagi xabar keng tarqalgan edi. “Tilmoç” jamoasi endi Android va iOS tizimidagi mobil qurilmalar uçun ham qulay klaviatura ilovalarini işlab çiqdi. Uşbu terilmalarda nafaqat Ö, Ğ, Ş, Ç harflari, balki özbek tiliga moslaşgan imlo tuzatuvçi ham mavjud. Yaʼni, foydalanuvçi bir sözni yoza boşlagan zahoti terilma uning töliq şaklini taqdim qiladi. Şuningdek, yoziş jarayonida beixtiyor xato qilsangiz, dastur uni darhol tuzatib qöyadi. Yana bir qulaylik: klaviaturaning özida tarjima funksiyasi borligi boşqa tillarda matn terişni osonlaştiradi. Yangi terilmalarda boşqa imkoniyatlar ham mavjud bölib, ular matnni tez va xatosiz yozişingizda juda qöl keladi. Android uçun yuklab oling: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tahrirchi.tilmoch&hl=uz iOS uçun yuklab oling: https://apps.apple.com/us/app/tilmoch-tarjima-klaviatura/id6739621237 @n_jonuzoq
Open in Telegram
Nodir Jonuzoq ijodi
Şe’rlarim – yuragimning kardiogrammasi! Fikrlar uçun : @nodirxatlar_bot
Subscribers, 30 days
Nov 21 – Nov 24−1 (−0.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 21, 2026 | 1,641 |
| Nov 22, 2026 | 1,641 |
| Nov 24, 2026 | 1,640 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 26, 2026 | 922 |
| Oct 31, 2026 | 3,344 |
| Nov 2, 2026 | 803 |
| Nov 6, 2026 | 2,038 |
Most viewed this month
- 01Views3.34KForwards20Reactions24Comments—
- 02Views2.04KForwards76Reactions14Comments—
- 03Views922Forwards30Reactions22Comments—
- 04Views803Forwards4Reactions37Comments—
Latest posts
“Özbek tilim”, Nodir Jonuzoq şe’ri, Abduhoşim Ismoilov musiqasi. Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli ijro etgan. @n_jonuzoq
Open in TelegramÖzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkiloti sammitidagi nutqidan: "Butun umrini turkiy til ravnaqiga bağişlagan hazrat Alişer Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”, deb taʼkidlagan edilar. Bugungi sammitimiz şioridan kelib çiqib, barça turkiy xalqlar uçun birdek tuşunarli bölgan va tillarimizdagi muştarak sözlarni jamlaydigan “Umumturkiy sözlar luğati”ni yaratiş taşabbusini ilgari suraman". 30.10.2026 @n_jonuzoq
Open in TelegramForwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI
macOS va Windows uçun yangi terilma tayyor! Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va tutuq belgisini boşqa harflarga tegmasdan, qulay tarzda joylaştirişga harakat qildik. Örnatib köring: tilmoch.ai/terilmalar Telefonlar (iOS va Android) uçun ham tez orada çiqadi. Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Open in Telegram“Davlat tilim bor bölsin!” Bobur Bobomurod şe’ri, Şohrux Xalilov musiqasi. Özbekistonda xizmat körsatgan Xor jamoasi ijro etadi. (Bayram konserti bugun soat 9:00 da “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida takroran efirga uzatiladi)
Open in TelegramRAHMAT, HURMATLI PREZIDENT! Milliy özligimiz va davlatçiligimiz timsoli bölgan ona tilimizni mehr bilan, muttasil qöllab-quvvatlab kelayotganingiz uçun taşakkur! Davlat tilini rivojlantiriş böyiça tizim yaratib, bu borada yillar mobaynida töplanib qolgan muammolarni hal etiş taşabbuskori bölganingiz uçun taşakkur! Eng nufuzli minbarlarda özbek tilida ğurur bilan nutq sözlab, ona tilimizning körk-u tarovatini dunyo böylab baralla namoyiş etib kelayotganingiz uçun taşakkur! Albatta, Sizga rahmat aytişga sabablar juda ham köp, şular qatori yana bir muhim masala böyiça alohida minnatdorlik bildiramiz. Bu ham bölsa, özbek alifbosini takomillaştiriş masalasini kun tartibiga qöyib, bugungi qutluğ ayyomda tarixiy hujjatni tasdiqlaganingiz va ona tilimiz imlosiga oid muammolarni bartaraf etişga keng yöl oçganingiz uçun taşakkur! Şubhasiz, bu yangilik milliy alifbomiz va imlomizni körkam va benuqson körişni istagan barça özbek tili jonkuyarlari uçun çinakam bayram tuhfasi böldi! Buning uçun zahmatkaş ziyolilarimiz, ona tilimiz fidoyilari nomidan Sizga çuqur va samimiy minnatdorlik bildiramiz! Baxtimizga doimo soğ-omon böling! Özbek tili bayrami kuni muborak bölsin! @n_jonuzoq
Open in Telegram21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin! YURAK TILI Dunyo soqov edi, tuyqus soʻz soʻradi – sado boʻlding, Jilva sochdi mavjlaringda oy-u yulduz – samo boʻlding, Koinotning burjlariga yoyilgan kuy – sano boʻlding, Sen tufayli vujudimga jo boʻldi-ku jonim, tilim. Toshga ham til ato etgan sirli bitik – tilsim sensan, Zarang moziy darvozasin ochqich kalit – “sim-sim” sensan. Kamalakday lisonlar koʻp – yolgʻiz yurak tilim sensan, Tilmoch boʻlding muhabbatga mehmon boʻlgan onim, tilim. Sen suluvsan – Koshgʻariyni Majnun kabi koʻyga solgan, Alisherbek vasf etay deb chiroyingni oʻyga tolgan, Qodiriy ham Choʻlpon suyib, oshiq joni oʻtda qolgan, Ishq ahlining sharoridan sharaf topgan shonim, tilim. Koʻksimdagi chechagim sen – kim qoʻl choʻzdi yulmoq uchun, Poymol etib, soʻng ustimdan qah-qah otib kulmoq uchun, Xazinasan, qulf eshigi – tilsiz, dilsiz gumroh uchun, Siym-u zarim, dur-gavharim, tilla toʻla konim, tilim. Yov yoʻlasa, qilich-qalqon soʻzing tutib, qasd boʻlaman, Taʼzim qilsa Senga, men ham otdan tushib past boʻlaman. Sasing tuysam safarlarda, safo ichra mast boʻlaman, Soqiy mudom saxiy senga – saodatli jomim, tilim. Dilim sarxush, tilim biyron – abad baxtga yorligimsan, Xudoyimning mukofoti – mangu maqtov yorligʻimsan, Koʻzim deymi, yuzim deymi – boshdan-oyoq, borligʻimsan, Yetmish ikki tomirimda oqib turgan qonim, tilim. Ey, sen xazon bilmas bogʻim, oʻzbekiy sof guling boʻlay, Guling uzra qanot qoqqan beorom bulbuling boʻlay. Hech boʻlmasa, iltifot qil, bir qoʻriqchi quling boʻlay, Davlatli sultonim, tilim – oliymaqom xonim, tilim. Sen boʻlmasang, koʻkka eltar nurli narvon, yoʻlim qayda?! Sen sarbonsan, dilim – ziyo ortgan karvon, qoʻnim qayda?! Tirikman, sen bois boqiy menga davron – oʻlim qayda?! Sen borsanki, jaranglagay koʻk toqida nomim, tilim! @n_jonuzoq
Open in TelegramForwarded from ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди
ДАШНОМ Самарқандга Мистер Бист келгандаги бемаъни ҳолат ўзини билган ҳаммани хавотирга солди. Бу қандай шовқиндир, қандай тўполон, Не-не улуғларнинг хоки ёнида... Ҳушини йўқотиб қўпар оломон Илму маърифатнинг Регистонида. Ўпкангни қўлтиқлаб қайга чопасан Кўзлаган манзилинг қай сомонхона? Боболаринг қолиб, кимни топасан, Наҳотки, муродинг – оломонхона? Етти ёт ажнабий муршидинг бўлса, Миллат пирларига кўз солармидинг? Мабодо, Навоий тирилиб келса, Ўтирган ўрнингдан қўзғолармидинг? Улуғбек қўлингга бир китоб тутса, Шундай тошармидинг айқирган сойдек? Салом берармидинг кўчангдан ўтса, Ўзбекнинг ҳасрати – ҳазрати Ойбек? Қўрчоққа топинган бутпараст мисол Мунча хор турасан, мутеъ, жодубанд. Нега сезмаяпсан, ортингда алҳол, Бош чайқаб турибди буюк Самарқанд. 12.10.26 ✍️ Эшқобил ШУКУР @Eshqobil_Shukur_ijodi
Open in TelegramORIF TOʻXTASH – 50 YOSHDA! Bugun qadrdon doʻstim Orif Toʻxtashning tavallud topgan kuni. 50 yoshga toʻldi bugun shoir Orif Toʻxtash! Tanishib, joʻra boʻlganimizga ham oʻttiz uch yil boʻlibdi. Talabalikning joʻshqin hayoti, Samarqand koʻchalarida koʻch-koʻronimizni yelkalab birga ijara uy izlaganlarimiz, tonggacha uxlamasdan she’r yozib bir-birimizga oʻqib berganlarimiz, Toshkentda atak-chechak qilib birga ish boshlaganimiz… kuni kecha edi-ya! Bir pasda 30 yil oʻtib ketibdi! Shu vaqt davomida Orif Toʻxtash ustozlar ishonchini oqlab, bolalarning katta va kattalarning boladay begʻubor shoiri sifatida tanildi. Bir necha kitoblari chop etildi, she’rlari darsliklarga kiritildi. Ma’naviyat va davlat tili masalalari boʻyicha rahbar maslahatchisi, Yozuvchilar uyushmasining Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi raisi sifati faol ish olib bormoqda. Fursatdan foydalanib, shoir doʻstimni qutlugʻ 50 yoshi bilan samimiy qutlar ekanman, ijodiga ravnaq, oilasiga tinchlik-xotirjamlik tilayman. Yana kamida ellik yil javlon urib, goʻzal she’rlari, hozirjavob badihalari bilan adabiy davralarga fayz kiritib yursin! @n_jonuzoq
Open in TelegramOZODLIK Yurt ozod boʻlsa, xalq salomat boʻlgay, Erksiz el ezilib, malomat boʻlgay. Vatanga oromin baxsh etgan millat Qalbida hamisha halovat boʻlgay! @n_jonuzoq
Open in TelegramConnections
Similar channels
- ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди@eshqobil_shukur_ijodiArt1.12K
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI@dtrdepLinguistics3.25K
Shokirjonov news@shokirjonovNews and media9.54K
Behzod Fazliddin@behzod_fazliddinArt1.87K- Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yöldoş)@jilovlanmagan_tafakkurArt1.97K
- Иқбол МИРЗО шеърлари@iqbol_mirzo_ijodiArt4.94K
ERKIN BOZOROV@erkinbozorovvArt15.9K- EGOCENTRISM@egcntrsmArt1.64K
Mentioned by
Shokirjonov news@shokirjonov1 mention, 1 repostLatest post
Mentions
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRIŞ DEPARTAMENTI@dtrdep1 mention, 1 repost- ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди@eshqobil_shukur_ijodi1 mention, 1 repost