DAVLAT TILI MASALALARIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR ÖTKAZILDI Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimligi hamda barça idora, korxona va taşkilotlarning mas’ul xodimlari iştirokida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga kiritilgan özgartirişlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliyotda qöllanilişiga bağişlangan seminar taşkil etildi. Seminarni Xovos tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi N.Erbekov hamda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi Sirdaryo hududiy bölinmasi rahbari H.Yodgorov olib bordilar. Tadbir davomida lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga kiritilgan özgartirişlarning asosiy mazmuni, ularni amaliyotga tatbiq etiş, davlat tilida iş yuritiş, rasmiy hujjatlarni amaldagi imlo qoidalari asosida tayyorlaş masalalari yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, iştirokçilarning imlo savodxonligini aniqlaş va mustahkamlaş maqsadida ommaviy diktant taşkil etildi. Unda qatnaşçilar öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdilar. Seminar yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. ✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 163 |
| 3 h | 186 |
- After 1 hour163
- Total to date186









