Тошкент шаҳар прокуратурасида навбатдаги маърифат тадбири ташкил этилди. Тадбирда таниқли сиёсатшунос, “Фикрат” таҳлилий гуруҳи мутахассиси Ҳамид Содиқ иштирок этди. Тадбирда сўз олган Ҳамид Содиқ “Геосиёсий ўзгаришлар даврида Ўзбекистон” мавзусида маъруза қилди. Иштирокчилар ўзларига қизиқарли бўлган саволларга жавоб олишди.
Open in Telegram
Musannif Adham
Холисликка даъво қилмайман, аммо холис бўлишга ҳаракат қиламан. Фикрларим, қарашларим умумқабул қилинган стандартларга тўғри келмаслиги, яъни, сизникидан фарқли бўлиши мумкин.
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 10, 2026 | 497 |
| Nov 11, 2026 | 482 |
| Nov 12, 2026 | 534 |
| Nov 13, 2026 | 440 |
| Nov 15, 2026 | 550 |
| Nov 17, 2026 | 811 |
| Nov 19, 2026 | 952 |
| Nov 21, 2026 | 587 |
| Nov 24, 2026 | 396 |
| Nov 25, 2026 | 342 |
| Nov 26, 2026 | 397 |
| Nov 27, 2026 | 250 |
Most viewed this month
- 01Views952Forwards—Reactions—Comments—
- 02Views811Forwards—Reactions—Comments—
- 03Views669Forwards—Reactions—Comments—
- 04Views587Forwards—Reactions—Comments—
Latest posts
Балки, Толибоннинг "яқин вақти" 2030 йилдир. Сув хўжалиги вазиримиз Кобулдагилар билан келишиб гапирса бўлар экан. Акс ҳолда, гаплари кулгига сабаб бўляпти.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 5 h | 282 |
| 10 h | 301 |
| 33 h | 397 |
- After 6 hours282
- Total to date397
Forwarded from Iqtisod4i
Нега пахта қўйилади, хушомад қилинади деган саволга жавобни ҳаммамиз биламиз-ку. Лекин ундан кейин келадиган яна бир савол бор: нима учун бир-биридан абсурд хушомад қилинади? Сабаби, сиз жамият кўз ўнгида қанчалик абсурд кўринадиган баёнотлар билан ялтоқлансангиз, бу сизнинг садоқатингиз ҳақида шунчалик кучли сигнал беради. Яъни, қаранг, мен сиз учун қанчалик аҳмоқ ва пасткаш кўринишга тайёрман дегандек. Бу нуқтадан қарасангиз, мантиқли кўриниши мумкин бу ҳаракат.
Open in TelegramАгар қайсидир ташкилотга, хусусан, Тошкентдаги номи жарангдор Йўл ҳаракатини ташкил этиш марказига (ЙҲТЭМ) пиёдалар хавфсизлиги қизиқ бўлса, барча ўтиш жойларига ҳеч қандай истисносиз, ортиқча сафсаталарсиз светофор ўрнатилиши керак. Светофордан бошқа исталган "чора" аслида бюджет пулини кемириш бўлиб, ҳисоботларга ёзилган пуллар кимларнингдир чўнтагига оқиб кетади. Пиёдаларнинг хавфсизлиги эса таъминланмайди: кимдир ўлади, кимдир майиб-мажруҳ бўлади. Афсуски, амалдорларнинг, хусусан, ЙҲТЭМ масъулларининг бола-чақаси пиёда юрмайди. Шунинг учун уларга бу дард қизиқ эмас.
Open in TelegramKo’mirni chegaradan yuk mashinalarda, kerak bo’lsa damasda ham olib kirishga ruxsat beringlar, hozir faqat temir yo’l orqali majburiy qilib qo’yilgan, Qozig’istonda 40$ turadigan ko’mir O’zbekistonga kirgach 110$ bo’lib qoladi, deyapti tadbirkor
Open in TelegramИнна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун. Ўзбекистонда биринчи исломий сайт – Islom.Uz'ни очган ва уни кўп йиллар бошқарган Абу Муслим (Адҳам Атажанов) ака вафот этибдилар. Аллоҳ у кишини раҳматига олсин, хато-камчиликларини мағфират этсин. Охирги 3,5 йилда бетоб эдилар, инсултдан кейин анча қийналиб қолгандилар. Шунга қарамай, исломий мавзуларда ёзишни, кўплаб китобларни таржима қилишни давом эттираётган эдилар. Аллоҳ чеккан дардларини гуноҳларига каффорат қилиб, қилган хизматларининг ажрларини кўпайтириб берсин...
Open in TelegramАтиги 3,5 миллион аҳолиси бор Мўғулистон унча-бунча авторитару демократик давлатларга дарс беради: коррупцияда айбланган президенти ортиқча шовқин кўтармай, истеъфога чиқяпти. Бу ўша – қамчисига қўшилиб қиличидан ҳам қон томган Чингизхон (Темучин) қурган давлатнинг бугунги куни. Шу одам Чингизхонга ўхшаб иш тутганида – ўзига қарши гапирган, танқид қилганларни отибми, қамабми юборса нима бўларди? Камига Мўғулистон иқтисодий жиҳатдан анча қолоқ, камбағал давлат. Лекин шундай давлатда ҳам ўзлари ёзган қонунларга риоя қилса бўлар экан. Ўрганиш керак.
Open in Telegram(2/2) 4. Biz isitish uchun haddan tashqari ko‘p gaz sarflayapmiz Ikkinchi katta muammo – isitish tizimi. Bizda o‘n minglab xonadonlar oddiy gaz plitalari yordamida isitiladi. Ammo individual gaz qozonlaridan foydalanadiganlar ham bor. Bizning uyimizda ham ikki konturli gaz qozoni o‘rnatilgan. Hozir isitish konturidagi suv harorati taxminan 43 daraja. Kunduzi odatda uni 41–42 darajagacha pasaytiraman. Kechasi tashqaridagi harorat nol yoki bir darajagacha tushganda esa 46 darajaga ko‘taraman (uyda harorat o'rtacha 22-24 daraja bo'ladi). Uyimizda harorat juda qulay. Paypoq va issiqroq kiyim kiyib yuramiz. Lekin uyda futbolkada yurish va keyin derazalarni ochishga to‘g‘ri keladigan darajada isitishning ma’nosini ko‘rmayapman. Buning ustiga, individual isitish bizga markazlashgan isitishdan ancha arzonga tushadi. Markazlashgan isitish bilan bog‘liq vaziyat ham qiziq. Masalan, Toshkent issiqlik tarmoqlarida ayrim davrlarda uzatilayotgan issiqlik tashuvchining harorati 61 daraja, qaytish quvurida esa 48–49 daraja bo‘lishi mumkin. Issiqlikning bir qismi tashish jarayonida yo‘qotiladi. Men isitishni mustaqil boshqara olaman. Havo isisa, haroratni va gaz iste’molini kamaytiraman. Ammo batareyalar haroratini mustaqil boshqarish imkoni bo‘lmagan ko‘p qavatli uyda yashovchi odam nima qilsin? Agar xonadoni issiq bo‘lsa, shunchaki derazani ochadi va amalda ko‘chani isitadi. O‘zbekistonda xonadonlarning haddan tashqari isib ketishi, haroratni boshqarish imkoniyati yo‘qligi va issiqlik yo‘qotishlari muammosiga xalqaro ekspertlar ham e’tibor qaratgan. Shu sababli individual boshqaruv va issiqlikni to‘g‘ri hisobga olish tizimi bo‘lmagan markazlashgan isitishning hozirgi modeli juda katta xarajat talab qiladi. Zamonaviy markazlashgan isitish tizimlari individual gaz qozonlariga qaraganda samaraliroq bo‘lishi mumkin. Ammo buning uchun tarmoqlarni modernizatsiya qilish, avtomatlashtirilgan issiqlik punktlari, hisoblagichlar o‘rnatish va xonadondagi haroratni mustaqil boshqarish imkoniyatini yaratish zarur. 5. Qarorlarni kim qabul qilgan va ular uchun kim javob beradi? Neft-gaz sohasida aslida nimalar bo‘lganini «O‘zbekneftgaz»ning sobiq rahbariyati ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni ancha to‘liqroq ochib berishi mumkin edi. Ochiq sud majlislarida yuqori lavozimli amaldorlarning ismlari tilga olina boshladi. Sudlanuvchilar ko‘plab bahsli qarorlarni mustaqil qabul qilmaganliklarini, balki hukumat topshiriqlari, kuzatuv kengashi qarorlari yoki yuqori turuvchi organlar, jumladan, Prezident administratsiyasi bilan kelishuv asosida ish tutganliklarini aytishdi. Ammo 14-avgust kuni butun sud jarayoni yopiq rejimga o‘tkazildi. Bunga prokurorning maxfiy hujjatlar va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan materiallar mavjudligini asos qilib keltirgan iltimosnomasi sabab bo‘ldi. Himoya tomoni faqat shunday hujjatlar ko‘rib chiqiladigan majlis qismlarini yopishni taklif qilgan edi. Biroq sud jamoatchilikning butun jarayonda qatnashishini cheklashga qaror qildi. Natijada jamoatchilik juda muhim savollarga javob berishi mumkin bo‘lgan sud jarayonini kuzatish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi: aslida qarorlarni kim qabul qilgan, muammolardan kim xabardor bo‘lgan, ular haqida kimga axborot berilgan va oqibatlar uchun kim javob berishi kerak? Har yili gaz kamayib bormoqda, iste’mol esa qisqarmayapti. Hozirning o‘zidayoq gazni kimga berish, kimga esa cheklash kerakligini tanlashga to‘g‘ri kelmoqda. Afsuski, bu qarorlar ham shaffof bo‘lmagan tarzda qabul qilinmoqda. @latipovuzb
Open in TelegramO‘zbekistonda gaz bilan nima bo‘lyapti? (1/2) 14-noyabr kuni Toshkentning ko‘plab hududlarida tabiiy gaz bosimi pasaydi. Energetika vazirligi shahar gaz tarmoqlariga kirish qismida gaz yetkazib berish hajmi oshirilganini ma’lum qildi va gaz ta’minotini tiklashga va’da berdi. Ammo muammo gaz bosimining vaqtincha pasayishidan ancha chuqurroq. Vaziyatni qanday tushunayotganimni izohlashga harakat qilaman. 1. Nega gaz bosimi pasaydi? O‘zbekistonning har bir hududi uchun gaz iste’moli bo‘yicha muayyan limitlar belgilanadi. Hududiy gaz taqsimlash tarmoqlariga gaz yetkazib berish hajmi shu limitlar asosida tartibga solinadi. Ammo amaldagi iste’mol rejalashtirilgan hajmdan oshib ketishi mumkin. Toshkentdagi vaziyatga qaraganda, aynan shunday bo‘lgan. Shaharda mavsumiy iste’molchilarga (sanoat korxonalari, issiqxonalar va boshqa obyektlarga) gaz yetkazib berishni cheklashmagan. Natijada iste’mol belgilangan hajmdan oshib ketgan va taqsimlash tarmoqlarida bosim pasaygan. Birinchi navbatda gaz quvurlarining oxirgi qismlariga ulangan aholi zarar ko‘rgan. Vaziyatni o‘nglash uchun poytaxtga gaz yetkazib berish hajmi oshirildi. Ammo bu yerda bir jihat bor: qo‘shimcha gaz o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Agar gaz yetishmayotgan bo‘lsa, bir hududga yetkazib berishni ko‘paytirish boshqa hududlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Gaz qazib olinadigan asosiy hududlar O‘zbekistonning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. U magistral gaz quvurlari orqali mamlakatning markaziy va sharqiy hududlariga yetkaziladi. Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi asosiy yo‘nalishlardan biri Yangiyer, Ohangaron va Qamchiq dovoni orqali o‘tadi. Boshqa magistral quvurlar, shuningdek, yerosti gaz omborlari ham mavjud. Ammo yo‘l-yo‘lakay ayrim hududlar belgilangan limitdan ortiq gaz iste’mol qilsa, nima bo‘ladi? Gaz yetishmovchiligi va quvurlarning o‘tkazish quvvati cheklangan sharoitda tizimning keyingi qismlarida zarur bosimni ta’minlash qiyinlashadi. Shu sababli menda Farg‘ona vodiysidagi muammolarning bir qismi (gaz taqchilligidan eng ko‘p aziyat chekadigan hududlardan biri) gazning hududlar o‘rtasida taqsimlanishi bilan bog‘liq, degan taxmin bor. Gaz qanday taqsimlanishini tushunish uchun har bir hudud bo‘yicha limitlar va amaldagi iste’mol hajmlarini bilish kerak. Ammo bu ma’lumotlar e’lon qilinmaydi. 2. Nega gaz tobora kamayib bormoqda? 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 16,4 foizga kamayib, 27 mlrd kub metrni tashkil etdi. 2024-yilning shu davriga nisbatan pasayish qariyb 17 foizni tashkil qildi. Mamlakat import gaziga tobora ko‘proq qaram bo‘lib bormoqda. Hali 2024-yil yanvarida O‘zbekiston qanday qilib gazning sof eksportchisidan sof importchisiga aylangani haqida yozgan edim. Hozir gazni Rossiya va Turkmanistondan sotib olyapmiz (hajm bo‘yicha taxminan 70 va 30 foiz). Ammo nega umuman shunday vaziyatga tushib qoldik? Axir bundan bir necha yil oldin davlat gaz qazib olishni ko‘paytirish dasturlariga milliardlab dollar ajratgan edi-ku. Shu o‘rinda men 2023-yilda batafsil yozgan voqeani eslash kerak. 2023-yil fevralida «Ozodlik» O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi shaffof bo‘lmagan shartnomalar haqida katta surishtiruv e’lon qildi. Jurnalistlar ichki hujjatlarni, jumladan, mamlakat rahbariyati uchun tayyorlangan idoralararo ishchi guruh hisobotini o‘rganishgan. Ushbu hisobotga ko‘ra, gaz qazib olishni ko‘paytirish dasturini amalga oshirishda yirik pudratchilardan birining birinchi bosqichdagi ishlari qiymati qariyb 400 mln dollarga oshirib ko‘rsatilgan. Bu faqat bitta pudratchi bilan bog‘liq holat. U yerda esa adashmasam 16 taga yaqin yirik loyiha bo‘lgan va ularning barchasida qandaydir muammolar aniqlangan. Bu yerda 54 million dollarlik yana bir yangi holat ham bor. Surishtiruvda shaffof bo‘lmagan kelishuvlar, o‘zaro bog‘liq kompaniyalar, kreditlar va gaz sotish sxemalari haqida ham so‘z yuritilgan. Ular orqali katta mablag‘lar qarzlarga xizmat ko‘rsatish va pudratchilarga haq to‘lashga yo‘naltirilgan. Shu yerda milliardlab dollarlik investitsiyalar samaradorligi haqida savollar tug‘iladi. O‘sha paytda qancha mablag‘ samarasiz sarflangan va bu pullarga yana nechta qo‘shimcha quduq qazish mumkin edi? Bu mablag‘larni geologiya-qidiruv ishlariga yo‘naltirib, yangi konlarni topish va gazning potensial zaxiralarini ko‘paytirish mumkin edi. Yoki yo‘qotishlar va uzilishlarni kamaytirish uchun tarmoqlarni modernizatsiya qilishga sarflash mumkin edi. 2024-yil dekabrida prezident huzuridagi yig‘ilishda ham sohaning asosiy muammosi sifatida ko‘p yillar davomida geologiya-qidiruv ishlariga yetarlicha e’tibor berilmagani aytilgan. Natijada ayrim konlarning zaxiralari deyarli tugagan, boshqalarining samaradorligi esa pastligicha qolmoqda. Qarorlarning oqibatlari darhol bilinmaydi. Bugun investitsiyalar, qurilgan obyektlar va qazilgan quduqlar haqida hisobot berish mumkin. Ammo bir necha yildan keyin gaz qazib olish baribir kamaygani, zaxiralar tugab borayotgani va gazni chetdan sotib olishga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ladi. Oxir-oqibat, bu xatolarning barchasi uchun iste’molchilar haq to‘laydi. 3. Gaz qayerga sarflanyapti? Tabiiy gaz O‘zbekiston energetika tizimining asosi bo‘lib qolmoqda. JICA tadqiqotiga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat umumiy energiya ta’minotining 84 foizi gaz hissasiga to‘g‘ri kelgan. Gaz elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uylarni isitish, sanoat korxonalari hamda transport faoliyati uchun ishlatiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotining energiya sig‘imi yuqori: xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha bir birlik YAIM yaratish uchun mamlakat Yevropaga qaraganda taxminan to‘rt baravar, jahon o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan esa qariyb bir yarim baravar ko‘p energiya sarflaydi (2022-yil ma’lumotlari). Ekspertlar energiya samaradorligining pastligini, jumladan, sanoatdagi eskirgan uskunalar va infratuzilma bilan bog‘lamoqda. Endi tabiiy gazni qanday sarflayotganimizga to‘xtalsak (bundan keyingi ma’lumotlar 2024-yilga oid). Eng katta ulush – qariyb 29 foiz – gazdan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari (IES) hamda issiqlik elektr markazlariga (IEM) yo‘naltiriladi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishning taxminan 60–65 foizi gaz hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan qismi esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari, GESlar va qisman ko‘mir hisobidan ta’minlanadi. So‘nggi yillarda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurilishi hisobiga gazning bu ulushi kamaymoqda. Aholi gazning taxminan 24 foizini, sanoat esa 14 foizini iste’mol qiladi. O‘zbekistondagi metan zapravkalariga yiliga qariyb 4,8–5 mlrd kub metr gaz to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatning yillik gaz iste’molining taxminan o‘ndan bir qismi. Gap faqat yengil avtomobillar va taksilar haqida ketmayapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu hajmlarning qariyb yarmi katta yuk mashinalari va boshqa og‘ir transport vositalariga to‘g‘ri keladi. Shu yo‘nalishda gaz iste’molini sezilarli qisqartirishimiz mumkin edi. Agar elektromobillarni, jumladan, utilizatsiya yig‘imi va turli to‘siqlar orqali o‘z qo‘limiz bilan qimmatlashtirmaganimizda. Nega bu yig‘imni bekor qilib, elektr transportini arzonroq va hammabop qilmaymiz? Nega odamlarni benzin va metanda yuradigan avtomobillardan elektromobillarga o‘tishga rag‘batlantirmaymiz? Aytgancha, issiqxonalarga gazning 1 foizdan ham kamrog‘i sarflanardi. Ammo shu hajmni tejash uchun 2022–2023-yillardan boshlab ularni ko‘mirga o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshlandi. Bu tashabbus uchun bir necha yildan beri sog‘lig‘imiz bilan haq to‘layapmiz. @latipovuzb
Open in TelegramТунов кунги матбуот анжуманида берилган саволлардан бирига янграган жавобдан иқтибос: «Агар бу мантиқ билан ёндашадиган бўлсак, ҳеч қайси товардан божхона тўловларини ундирмасдан киргазиб юборишимиз керак. Машинадан ҳам ундирмаслигимиз керак, мебелдан ҳам ундирмаслигимиз керак, телефондан ҳам ундирмаслигимиз керак. Ҳаммага арзон маҳсулот етказишимиз учун. Тўғрими?» Тўғри. Айнан шундай. Албатта, буни божхоначилар ҳал қилмайди, уларнинг ваколатида эмас. Лекин фикр тўғри. https://youtu.be/irMWCs_w1HU?t=2107
Open in TelegramConnections
Similar channels
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal@husantangriyevNews and media2.32K
©Husniddin Isakov@isakovxusniddinBlogs1.03K
xamzaaff@trk_1337Blogs1.06K
Akmal Sodikov - o'ta shaxsiy@akmaltoshBlogs1.02K
Laziz Abdullaev@lazizabdullaevBlogs1.1K
95 ÇOY@toqsonbeshchoyBlogs1.12K
Floridiston@floridistonBlogs1.17K
Azamat today@azamatingBlogs1.18K
Mentions
Kun.uz | Расмий канал@kunuzofficial2 mentions
Husan Tangriyev I Rasmiy kanal@husantangriyev2 mentions
Iqtisod4i@iqtisod4i1 repost
MINENERGY.UZ@minenergy_uz1 mention
davletovuz@davletovuz1 mention
Uzbekonomics@uzbekonomics1 mention