Aytmoqchimanki, yangi texnologiyalarga shubha bilan qaraydiganlar doim bo'lgan va bo'ladi. Hatto eng buyuk olimlar ham ba'zan ularning imkoniyatlarini yetarlicha baholay olmagan. Nobel olgan Pol Krugman bir kichik misol. Yaxshiyam, internetning ta'siri faks apparatinikidan kattaroq bo'lib chiqdi. Mana, bir necha soniyada 20 ming kishiga fikrimni bir soniyada yetkazyapman. Bo'lmasa, hozir har biringizga bittalab faks jo'natib o'tirgan bo'lardim. Bilmadim, necha yillik umrim bunga ketib qolar edi:) Albatta, Krugman adashgani bugungi SI skeptiklari ham mutlaqo noto'g'ri o'ylashyapti yoki Krugman katta xato qilgan degani emas. Lekin bu yangi texnologiyalarning kelajakdagi iqtisodiy ta'sirini oldindan baholash qanchalik qiyinligini yaxshi ko'rsatadi. @uzbekonomics
Open in Telegram
Uzbekonomics
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics Substack: https://botir.substack.com/ Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/ Aloqa: @econ_feedback_bot
Subscribers, 30 days
Nov 15 – Nov 160 (0%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 15, 2026 | 21,022 |
| Nov 16, 2026 | 21,022 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 4, 2026 | 12,573 |
| Nov 5, 2026 | 10,226 |
| Nov 6, 2026 | 11,073 |
| Nov 7, 2026 | 17,714 |
| Nov 9, 2026 | 10,415 |
| Nov 10, 2026 | 11,299 |
| Nov 11, 2026 | 15,569 |
| Nov 12, 2026 | 7,495 |
| Nov 13, 2026 | 9,186 |
| Nov 14, 2026 | 5,068 |
| Nov 16, 2026 | 6,881 |
Most viewed this month
- 01Views23.4KForwards215Reactions662Comments—
- 02Views17.7KForwards210Reactions517Comments—
- 03Views16.2KForwards295Reactions420Comments—
- 04Views15.6KForwards36Reactions282Comments—
- 05Views11.7KForwards42Reactions415Comments—
Latest posts
Qo'shilmayman. SI hozircha insoniyatga deyarli foyda keltirmagan, bu hammasi hayp, u siz ham yaxshi yashab yurgandik, foydasidan zarari ko'proq va bu shov-shuv faqat milliarderlarni yanada boyitish uchun deyilibdi. Sherzod aka professorlar. Bunday qat'iy xulosalarni ulardan o'qish biroz hayratlanarli. Ehtiroslar emas ilmiy dalillar va faktlar bilan mulohaza qilsak bo'ladi. https://t.me/profsherzod/795 Bir og'iz fikrlarim: Sun'iy intellekt hayotimizni yaxshiladimi degan savol juda keng. Butun boshli yer shari kesimidami, qaysidir guruhgami, mamlakat, kasb egalari? Odamlarning vaqtini tejashi, ish unumdorligini oshirishi, ilgari qimmat yoki imkonsiz bo'lgan xizmatlarni arzonlashtirishining o'zi ham katta yutuq. Qolaversa, SI ning foydasi haqida endi faqat kelajak zamonda gapirishga ham hojat yo'q. Allaqachon ilmiy dalillar bor. Tibbiyotda: The Lancet jurnalida chop etilgan, qariyb 106 ming ayol qatnashgan randomizatsiyalangan tadqiqotda SI yordamida mammografiya tekshiruvlari 29% ko'proq saraton holatini aniqlagan. Rentgenologlarning ish hajmi esa 44% ga kamaygan. Bu yaxshimi? Yaxshi. Mehnat unumdorligida: Quarterly Journal of Economics jurnalidagi tadqiqotda SI yordamidan foydalangan xodimlarning unumdorligi o'rtacha 15% ga oshgan. Dasturchilar bilan o'tkazilgan randomizatsiyalangan tajribalarda esa bajarilgan vazifalar soni 26% ga ko'paygan. Mehnat unumdorligi, mehnat bozori haqida tadqiqotlar soni mingta, yana mingtasi shu oqshom yozilmoqda. Turli topilmalar bor, qarama-qarshilari ham. Ilm-fanda: 2026-yilda PNAS jurnalida chop etilgan, matematik Terence Tao ham ishtirok etgan tadqiqotda SI 67 ta matematik masaladan 23 tasida ilgari ma'lum natijalarni yaxshilagan. Science jurnalidagi boshqa bir tadqiqotda esa SI yordamida loyihalangan 16 ta hayotchan bakteriofag laboratoriyada olingan. Bular juda kam sonli dalillardan. Bular insoniyat hayotini yaxshilashga qo'shilgan real hissa deb hisoblayman. Agar istalgan texnologiya insonning bir soatlik ishini 40 daqiqada bajarishga yordam bersa, qimmat ekspertiza va bilimlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirsa yoki kasallikni ertaroq aniqlashga yordam bersa bularning o'zi ham katta yutuq emasmi? SI ning zarari foydasidan ko'proq degan fikrga ham qo'shilmayman. Chunki buni biz qat'iy ayta olmaymiz. Bu saylov emas, qaysi taraf 0.1%ga ham ko'proq bo'lsa o'sha taraf yutadi degan. Data-markazlarning suv va elektr iste'moli, mehnat bozoridagi o'zgarishlar, monopoliyalashuv xavfi bular real muammolar, albatta. Ammo xarajatlarning mavjudligi uning foydadan kattaligini anglatmaydi. Endi milliarderlarga kelsam, texnologiya kompaniyalarining bozorda qimmat baholanishi yoki investorlarining boyishi uning jamiyatga foydasi yo'qligini bildirmaydi. Teskarisi, hatto investorlar milliardlab dollar yo'qotgan taqdirda ham texnologiya jamiyat uchun ulkan qiymat yaratishi mumkin. "SIdan oldin ham tuzukkina yashab yurmaganmidik?" degan savolga kelsam, odamzod elektr energiyasi, antibiotiklar, kompyuterlar va internetsiz ham bir amallab yashagan. Lekin bu texnologiyalar hayotimizni yaxshilamaganini anglatmaydi. Va, Britaniya hukumati yaqinda aholiga uch kunga yetadigan oziq-ovqat va suv zaxirasini saqlashga tavsiya berganini Sherzod aka SIga bog'labdilar, hukumat aytmadi debdilar. Yo'q, hukumat aniq aytgan: kuchli bo'ronlar, yong'inlar va kundalik xizmatlarning favqulodda uzilishi (texnologiya deb ham, urush deb ham) ehtimolini ko'rsatgan. Bunday tavsiyalar azaldan beri berib kelinadi. Odamlar esa hukumatning hamma gapini ham jiddiy qabul qilavermaydi. Chunki hukumatni o'zi bunday vahima qilmasligi kerak edi. Menimcha, shundoq ham odamlarni uyida 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqat, suv zaxirasi doimo bor edi. @uzbekonomics
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 22 h | 4,657 |
| 36 h | 4,956 |
- After 24 hours4,657
- Total to date4,956
Oxirgi 24-36 soat dayjesti: • Texnologiya sektoridagi eng muhim korxona Nvidia CEOsi ishdan ketdi. • Dunyo bo'ylab Microsoft xizmatlarida global uzilish yuz berdi- Outlook kuni bilan ishlamadi (korporativ olamda ish deyarli to'xtab qoldi). Men ham ishlata olmadim. • Bugun AQShda aviatsiya dispetcherlik tizimidagi aloqa va radar muammolari sabab mamlakat bo'ylab samolyotlarning havoga ko'tarilish to‘xtatildi. 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlardan beri bunday umummilliy cheklov endi yuz berdi • Nyu-Orlean shahrida tanker bilan yo'lovchi kruiz kema bilan to'qnashib kruiz kema cho'kibdi. Yana nimani o'tkazib yubordim? Aloqasi bo'lmasa ham aytay - kiberxujumlar ko'paysa ko'payadigan, lekin kamaymaydigan zamondamiz, menimcha. @uzbekonomics
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 22 h | 4,871 |
| 36 h | 5,180 |
- After 24 hours4,871
- Total to date5,180
Podkastimizning yangi epizodi: 69 - AQShdagi oraliq saylovi va boshqa oxirgi ikki oydagi yangiliklar Youtubeda video: https://youtu.be/j02ccOis--k Audio formatda: Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring. @uzbekonomics
Open in TelegramJensen "kojannaya kurtka" Huang ishdan ketdi (haydaldi). AI sohasidagi eng katta yangilik desa ham bo'ladi. AQSh va dunyoning eng qudratli/ta'sirli korxonalaridan birining rahbari ketgani Xitoy uchun katta g'alaba. @uzbekonomics
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 59 h | 7,338 |
| 73 h | 7,495 |
- Total to date7,495
Haqiqatdan ham, bu yangiliklarni Tramp ko'rib qolmasin. AQSh korxonasining tovarlariga O'zbekistonda foydalanish uchun boj borligini bilib qolmasin. Aks holda O'zbekiston tovarlariga ham boj e'lon qilib yuborishi mumkin. Bilib bo'ladimi. @uzbekonomics
Open in TelegramIMEI tizimi joriy qilinganiga yaqinda 7 yil bo'ladi adashmasam. Shu vaqt ichida COVID degan pandemiya boshlanib, butun dunyo karantinga kirib-chiqishga ulgurdi. Arsenalga yangi murabbiy kelib, 22 yildan keyin Angliya chempioni bo'ldi. O'zbekiston futbol bo'yicha Jahon chempionatiga ilk bor chiqib, unda qatnashib ham ulgurdi. "Marojniy" yeb kelishga ham ulgurdik. AQShda Trump ketdi, Biden keldi, Biden ketdi, Trump qaytdi. Texas ko'k rangga aylandi. Kanzas 100 yildan beri saylamagan demokratni sayladi. Twitter X ga aylandi. ChatGPT paydo bo'ldi, sun'iy intellekt tez rivojlandi. Hatto o'sha iPhone 11 dan iPhone 18 gacha yetib keldik. Biz esa hamon xorijdan o'z pulimizga sotib olib kelgan telefonimizni IMEI ro'yxatidan o'tkazish tashvishi bilan yuribmiz. Bo'lar endi. @uzbekonomics
Open in TelegramYaqinda 2027 yil keladi. Lekin, haligacha IMEI degan balo kun tartibida turgani, u yo'q bo'lib ketish o'rniga, battar bojlari/ta'qiqlari oshib borayotgani sharmandali vaziyat. Uyalish kerak. @uzbekonomics
Open in TelegramBugun esa hamma Jensen Huang Nvidia rahbarligida qoladimi-yo'qmi, shunga qarab turgandek. Jensen Xitoy razvedkasiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ayol bilan ishqiy munosabatda bo'lgan ekan. Jensenning shaxsiy hayoti bu davlat sirlari, josuslik masalasi, va butun boshli sun'iy intellekt sanoati masalasidir. Bu yangilik oxirgi haftada AI kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashayotgan, demokratlarning saylovdagi g'alabasidan so'ng data-markazlar qurilishiga qarshilik kuchayayotgan bir paytda yuz bermoqda. Xullas, bingo kartamda Jensen haqida bunday yangilik yo'q edi. @uzbekonomics
Open in TelegramConnections
Similar channels
Iqtisodchi Kundaligi@iqtisodchi_kundaligiEconomics33.2K
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim2022Blogs19.6K
bakiroo@the_bakirooNews and media60.8K
ASAKABANK@asakabank_officialEconomics17.7K
TBC Bank Uzbekistan@tbc_bank_uzbEconomics25K
Mirkonomika@mirkonomikaEconomics9.13K
Way ll@wayllgroupEconomics8.2K
Банкир/Маҳалла банкири@bankirEconomics62.4K
Mentioned by
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim20223 mentions, 3 repostsLatest post
bakiroo@the_bakiroo1 mention, 1 repostLatest post
Iqtisodchi Kundaligi@iqtisodchi_kundaligi1 mention, 1 repostLatest post
Mentions
Prof. Sherzod@profsherzod1 mention