"BIZ ZÖRAVONLIKKA QARŞIMIZ!"
Konimex tumanida xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan tarğibot tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, "Yuksaliş" mahalla fuqarolar yiğinida tuman hokimi örinbosari — Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği S. Napisova, tuman Ma’naviyat va ma'rifat bölimi rahbari D. Berdaliyeva hamda tuman IIB mas’ul xodimlari iştirokida "Biz zöravonlikka qarşimiz" mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Şuningdek, tuman Tibbiyot birlaşmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar iştirokida zöravonlikka qarşi çellenj ötkazildi. Unda iştirokçilar zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatda bölişga çaqirdilar.
Tuman texnikumida esa "Biz zöravonlikka qarşimiz!" 16 kunlik aksiyasi doirasida tarğibot tadbiri taşkil etildi. Unda tuman IIB, Ayollarni reabilitatsiya qiliş markazi hamda Oila va xotin-qizlar bölimi mas’ullari iştirok etdi.
Tadbirlar davomida xotin-qizlarga nisbatan uçrayotgan zöravonlik holatlari, ularning kelib çiqiş sabablari va oldini oliş çoralari atrofliça muhokama qilindi. Zöravonlikning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boşqa şakllari insonning soğliği, şa’ni, qadr-qimmati hamda kelajagiga jiddiy zarar yetkazişi ta’kidlandi.
Şuningdek, har qanday zöravonlik holati qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy javobgarlikka sabab bölişi, jabrlangan xotin-qizlarga öz vaqtida huquqiy va psixologik yordam körsatiş muhimligi tuşuntirildi.
Zöravonlikka befarq bölmaylik! Oilalarda tinçlik, jamiyatda özaro hurmat va mehr-oqibatni qaror toptiriş barçamizning vazifamizdir!
Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati