Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ko‘mir uchun kompensatsiya qanday to‘lanadi? Buning uchun dastlab mycoal.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va ko‘mir xarid qiling. So‘ng kompensatsiya olish uchun ijtimoiy xodim yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling. Shuningdek, my.gov.uz portali, “YAMIH” axborot tizimi yoki “Baraka” mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin. So‘rovnoma Face-ID yoki Mobile-ID kabi vositalar orqali tasdiqlanadi. Oilaning belgilangan mezonlarga muvofiqligi hamda ko‘mir xarid qilganligi avtomatik ravishda tekshiriladi. Belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, kompensatsiya ariza berilgan oydan boshlab tayinlanadi va keyingi oy uchun to‘lov ro‘yxatiga kiritiladi. Mablag‘ ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi. Natija haqida SMS-xabar yuboriladi. ❗️ Davlat xizmati bepul. Kompensatsiya har oyning 27-sanasigacha to‘lanadi. ✅ Kompensatsiya kimlarga to‘lanadi? ✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga; ✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha reyestrga kiritish mezonlariga mos keladigan hamda oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki barobaridan, ya’ni 1 430 000 so‘mdan oshmaydigan oilalarga. ✅ Kompensatsiya miqdori qancha? 💵 1 tonna ko‘mir uchun — 300 ming so‘mgacha; 📅 Bir yil davomida — ko‘pi bilan 600 ming so‘mgacha. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 55 |
| 2 h | 191 |
| 4 h | 242 |
| 6 h | 265 |
- After 6 hours265
- Total to date265







