Forwarded from Dr. Muhammad Odil | Arab tili va Islom moliyasi mutaxassisi
Iman Invest sarmoyadorlariga Abror Muxtor Aliy domlamning men haqimda Iman Investga oid qarashimni go'zal shaklda tanbeh beribdilar. Alloh domlamizdan rozi bo'lsin. Ilmlarini ziyoda aylasin. Haqiqatdan avvalda sarmoyadorlar pullarini chiqarib olishlari afzal degan qarashda edim, ustoz menga aloqaga chiqib tushuntirdilar. Kamina ustozning tanbehini qabul qildim va yozgan ozihimni darhol o'chirib tashladim. Hozir ham shu fikrdaman - ustoz Abror domlam menga o'rinli tanbeh bergan ekanlar. Qolaversa, biz kabi yoshlar xatosini darhol tuzatib turadigan samimiy ustoz domlalarimiz borligining o'zi bir ne'mat. Hasanxon domlam bo'lib o'tgan uchrashuvda sarmoyadorlarga nega hozir pulni yechmay turish kerakligini batafsil shaklda tuhsuntirib beribdilar. Hasanxon domlamga bu o'rinda 100% qo'shilaman. Katta xatodan kaminani saqlab qolgani uchun Abror domlamga ham alohida tashakkur aytaman. Yana bir gap! Ba'zi tolibi ilm ukalarimga Abror domlamning menga bo'lgan tanbehlari og'ir botibdi. Aslo! Balki xursand bo'lishingiz kerak, deyman. Chunki oradagi samimiylik bo'lmaganda edi, shaxsiydan ham tanbeh bermagan bo'lardilar, jonli efirda ham 3-4 marta nomimni zikr qilmagan bo'lar edilar. Bundan xafa bo'lish emas, xursand bo'lish kerak. Ranjish emas, balki rahmat aytish kerak. Alloh taolo xato qilishdan asrasin. https://t.me/muhammadodiluzofficial
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 350 |
| 4 h | 442 |
| 6 h | 626 |
- After 1 hour350
- After 6 hours626
- Total to date626




