#xabar #fatvo #anjuman Muftiy hazrat xalqaro fatvo anjumanida muhim tashabbuslar bilan ishtirok etdilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusidagi xalqaro maslahat yig‘ilishida ishtirok etib, dolzarb mavzuda ma’ruza qildilar. Muftiy hazratlari o‘z nutqlarida bugungi raqamli davrda asosli fiqhiy xulosalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, fatvo tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan uchta strategik taklifni ilgari surdilar: 🔵Yagona raqamli fatvo platformasi: Rasmiy fatvo hay’atlari tomonidan tasdiqlangan fatvolarni yagona markazlashgan elektron bazaga jamlash. 🔵 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli mezonlar: Internet tarmog‘ida fatvo e’lon qilish hamda fiqhiy jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanishning aniq shariat mezonlarini ishlab chiqish. 🔵Malakali faqihlar tayyorlash: Zamonaviy masalalarga mo‘tadillik va chuqur ilm asosida yechim bera oladigan mutaxassislarni yetishtirish bo‘yicha xalqaro qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish. 💡 Islom moliyasi uchun ahamiyati: Muftiy hazratlari ilgari surgan fatvo jarayonlarini raqamlashtirish, yagona tasdiqlangan bazani yaratish va malakali faqihlar zaxirasini kengaytirish tashabbuslari — islomiy moliya institutlari hamda shariat kengashlari (Shariah Boards) faoliyatida standartlashuv va shaffoflikni ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramIslom banklari | Ислом банклари
Islom banklari to'g'risida: - fundamental bilimlar; - so'nggi yangiliklar; - Ulamolar va ekspertlar biografiyasi; - O'zb.dagi mavjud islom moliya mahsulotlari va - boshqa asosiy ma'lumotlar... Bog'lanish uchun: @AAOIFI_exams
Subscribers, 30 days
Nov 23 – Nov 24+2 (+0.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 23, 2026 | 2,178 |
| Nov 24, 2026 | 2,180 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 6, 2026 | 2,777 |
| Nov 9, 2026 | 1,520 |
| Nov 10, 2026 | 4,840 |
| Nov 11, 2026 | 1,580 |
| Nov 15, 2026 | 1,060 |
| Nov 16, 2026 | 1,093 |
| Nov 17, 2026 | 808 |
| Nov 18, 2026 | 1,055 |
| Nov 19, 2026 | 1,138 |
| Nov 20, 2026 | 1,070 |
| Nov 22, 2026 | 716 |
| Nov 23, 2026 | 669 |
| Nov 24, 2026 | 529 |
Most viewed this month
- 01Views5.24KForwards—Reactions13Comments—
- 02Views4.84KForwards—Reactions8Comments—
- 03Views1.65KForwards—Reactions3Comments—
- 04Views1.58KForwards—Reactions10Comments—
Latest posts
#xabarlar Bugun O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida «Yashil va islom moliyasi yordamida moliyaviy ommaboplik va barqarorlikni ta’minlash masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi.Unda Bank-moliya akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, olimlar, davlat tashkilotlari, Markaziy bank, tijorat banklari va moliya muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ma’ruzalarda bugungi global iqtisodiy jarayonlar moliya tizimi oldiga nafaqat iqtisodiy samaradorlikka erishish, balki ekologik mas’uliyat, ijtimoiy adolat va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashdek muhim vazifalarni ham qo‘yayotgani qayd etildi. Ayniqsa, yashil iqtisodiyotga o‘tish, muqobil moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jahon moliya tizimining ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlandi. ◾️Anjuman yakunida bank-moliya sohasini yanada rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirish va iqtisodiyotning barqarorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 345 |
| 4 h | 457 |
| 6 h | 540 |
- After 1 hour345
- After 6 hours540
- Total to date540
#ISSF2026 🇺🇿 O'zbekistonlik ulamolar va mutaxassislar dunyodagi eng taniqli ulamolardan biri shayx Ali ibn Muhyiddin Qoradog'iy hazrat bilan birga 🇲🇾 Malaysiya, 24-noyabr, 2026-yil ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 347 |
| 3 h | 447 |
| 6 h | 590 |
- After 1 hour347
- After 6 hours590
- Total to date590
#ISSF2026 🇺🇿O‘zbekistonlik ulamolar va mutaxassislar 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) da qatnashmoqda Bugun 24-noyabrda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida INCEIF University va ISRA Research Management Centre hamkorligida tashkil etilayotgan 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda yurtimizdan borgan shariat ulamolari hamda islom moliyasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Ular jahonning yetakchi olimlari, regulyatorlar va moliya institutlari vakillari bilan birgalikda zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shartnomalarning asl maqsadlari (Maqosid al-‘Aqd) va huquqiy taqozolari (Muqtazo al-‘Aqd) nuqtayi nazaridan muhokama qilishda qatnashadilar. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 360 |
| 4 h | 621 |
| 8 h | 737 |
- After 1 hour360
- After 6 hours737
- Total to date737
#news O‘zbekiston vakili Bangladeshda o‘tadigan nufuzli Islom moliyasi sammitida spiker sifatida qatnashadi! 2026-yil 22–25-noyabr kunlari 🇧🇩Bangladesh poytaxti Dakka shahrida Bangladesh Islom moliyasi sammiti va AAOIFI salohiyatni oshirish haftaligi (BIFS 2026) bo‘lib o‘tmoqda. ◾️Asosiy sammit ertaga 24-noyabr kuni Radisson Blu Dhaka Water Garden mehmonxonasida «Ishonch, islohot va o‘sish: Bangladeshda shariatga muvofiq moliyani kengaytirish» mavzusida o‘tkaziladi. Sammitning ilk panel sessiyasi «Tarqoq dunyoda islom moliyasi: Bangladesh uchun besh bozor tajribasi» deb nomlanib, unda xalqaro ekspertlar o‘z davlatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar. Quvonarlisi, ushbu nufuzli xalqaro panelda 🇺🇿O‘zbekiston nomidan «Mezon Kengashi» MChJ direktori Muzaffar aka Husniddinov ham spiker sifatida ishtirok etadilar. 💠 Panel tarkibi va moderator: 🎙 Moderator: Dr. (Muftiy) Yusuf Sulton — Adl Advisory asoschisi va bosh direktori ✨🇺🇿 Muzaffar Husniddinov — Mezon Kengashi bosh direktori (O‘zbekiston) ✨🇵🇰 Shayan Baig — Meezan Bank Limited Shariatga muvofiqlik departamenti rahbari (Pokiston) ✨🇲🇾 Mohamad Salihin Deris — AmMetLife Takaful Berhad Shariat qo‘mitasi raisi (Malayziya) ✨🇲🇾 Dr. Habibulloh Zakariyah — Malayziya Xalqaro Islom Universiteti (IIUM) ✨🇲🇻 Hareez Sulaiman — Amãna Takaful (Maldives) PLC bosh direktori (Maldiv orollari) ✨🇦🇪 Stéphane Brown — Shariat aktivlarini boshqarish assotsiatsiyasi (ASAM) raisi (BAA) Tadbir City Islamic taqdimotida, ADL Group (IFAC va Adl Advisory) hamda AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) hamkorligida tashkil etilmoqda. #IslomMoliyasi #BIFS2026 #AAOIFI #MezonKengashi ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 269 |
| 3 h | 325 |
| 6 h | 352 |
| 26 h | 708 |
- After 1 hour269
- After 6 hours352
- After 24 hours708
- Total to date708
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Olim, pul va mas’uliyat chegaralari Musulmon jamiyatlarida bir holat bor, menimcha, bu haqda xotirjam va ochiq gapirish kerak. Biz imom, ulamolarni odatda dunyoviy manfaatlardan xoli inson sifatida tasavvur qilamiz. Lekin real hayotda u ham moddiy ehtiyojlar ichida yashaydi: maosh, ehsonlar, ba’zan esa muayyan tashkilot yoki odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘ladi. Va shu yerda ikki xil xavf paydo bo‘ladi. Birinchisi - olimning moliyaviy qaramligi. Agar ilm ahli kichik maosh, tartibsiz ehsonlar yoki ayrim diniy xizmatlardan tushadigan tasodifiy daromadga tayanib yashasa, bu uning erkinligi, xotirjamligi va o‘z vazifasini to‘liq bajarishiga ta’sir qilishi mumkin. Gap har bir olim tadbirkor bo‘lishi kerak ekanligi haqida emas. Lekin barqaror, halol daromad va ma’lum darajadagi moliyaviy mustaqillik juda muhim narsani beradi: daromad manbasini yo‘qotishni qo‘rqmasdan yashashi. Ikkinchi xavf - bizneslar olimning obro‘sidan marketing vositasi sifatida foydalanishi. Olim bir mahsulot yoki tuzilmaning islom moliyasi qoidalariga muvofiqligi haqida baho berishi mumkin. Lekin keyinchalik uning nomi amalda butunlay boshqa ma’noda ishlatila boshlaydi: “Bu yaxshi investitsiya.” “Bunga bemalol pul qo‘ysa bo‘ladi.” “Bu ishonchli loyiha.” Lekin bu allaqachon boshqa savol. Olim o‘z vakolati doirasida tuzilmaning joizligi haqida gapirishi mumkin. Investitsion jozibadorlik esa boshqa tahlilni talab qiladi: biznes modeli, moliyaviy holat, risklar, likvidlik, boshqaruv, aktivlar sifati, nazorat va boshqa ko‘plab omillar. Agar olimning obro‘si u o‘zi chuqur tahlil qilmagan xavfli loyihani targ‘ib qilish uchun ishlatilsa, oqibatlar faqat shaxsiy emas, ijtimoiy ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotni “halol” yoki islom moliyasi qoidalariga muvofiq deb baholashning o‘zi ham ideal holatda jiddiy shariat tekshiruvi, real operatsiyalarni tekshirish va nazorat tizimini baholash natijasi bo‘lishi kerak. Bu alohida professional yo‘nalish va bizda bu borada hali yetuk tajriba juda kam. Shuning uchun men uchun to‘g‘ri balans shunday: olim moliyaviy jihatdan yetarlicha mustaqil bo‘lishi kerakki, o‘zi baho berayotgan tomonlarga qaram bo‘lib qolmasin. Va professional jihatdan shunchalik ehtiyotkor bo‘lishi kerakki, o‘zi haqiqatan tekshirgan va bilgan narsasi doirasidan chiqib ketmasin. Eng muhimi esa investorlarning o‘zi uchun: halollik/muvofiqlik bahosini hech qachon investitsion tavsiya bilan aralashtirmang. Agar olim “bu tuzilma joiz” desa, bu “unga investitsiya qilish foydali” degani emas. Hatto olimning o‘zi loyiha haqida ijobiy gapirsa yoki unga e’tibor qaratishni tavsiya qilsa ham, bu sizni o‘z mas’uliyatingizdan ozod qilmaydi. Faqat loyiha yonida obro‘li diniy ism turgani uchun pul kiritish mumkin emas. Bu allaqachon sizning shaxsiy moliyaviy savodxonligingiz, risklarni tushunishingiz va pulni nimaga qo‘yayotganingizni anglay olishingiz masalasi. Halollik va muvofiqlik bir savolga javob beradi. Investitsion qaror esa butunlay boshqa savolga. @chiroylimoliya
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 178 |
| 4 h | 353 |
| 7 h | 368 |
| 25 h | 561 |
- After 1 hour178
- After 6 hours368
- After 24 hours561
- Total to date561
Ushbu anjumanda O'zbekistondan ham 10 dan ortiq ulamolar, ekpertlar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Markaziy Islomiy moliya kengashi a'zolari hamda litsenziya olgan va olish boshqichida bo'lgan banklardagi Islomiy moliya kengashlari a'zolari ham ushbu anjumanda ishtirok etishi kutilmoqda.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 468 |
| 7 h | 505 |
| 25 h | 688 |
- After 6 hours505
- After 24 hours688
- Total to date688
#forum #ISSF 🇲🇾 Kuala-Lumpur shahrida 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 25–26-noyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida islom moliyasi sohasidagi nufuzli xalqaro anjuman — 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (21st International Shariah Scholars Forum — ISSF 2026) o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili — 2025-yilda ushbu nufuzli forumning 20-yubiley soni tarixda ilk bor Toshkent shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan edi. Endilikda esa xalqaro muloqot estafetasi yana INCEIF University va ISRA Research Management Centre mezbonligida Kuala-Lumpurga qaytmoqda. ◾️ Forumnining asosiy mavzusi va muhokama yo‘nalishlari: Bu yilgi forum zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shartnomalarning huquqiy oqibatlari (Muqtada al-‘Aqd) hamda shartnomalardan ko‘zlangan asl maqsadlar (Maqosid al-‘Aqd) nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida dunyoning yetakchi shariat ulamolari, moliya sohasi rahbarlari va regulyatorlar quyidagi savol atrofida fikr almashadilar: Forum mavzusi: “Zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shariat shartnomalarining asl maqsadlari (Maqsud al-Aqd) va huquqiy taqozolari (Muqtazo al-Aqd) nuqtayi nazaridan tanqidiy baholash.” 🗓 Sana: 2026-yil 25–26-noyabr 📍 Manzil: Imperial Lexis Kuala Lumpur, Malayziya 📤 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://issf.inceif.edu.my/ ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 484 |
| 7 h | 520 |
| 25 h | 719 |
- After 6 hours520
- After 24 hours719
- Total to date719
🔤🔤🔤🔤 🌍 Islom moliyasi bozorini o‘rganish endi yanada oson! ICD va LSEG tomonidan taqdim etilgan IFDI 2026 Explorer — Islom moliyasining global rivojlanishini interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beruvchi yangi platforma. Platforma orqali: ✅ 140 ta mamlakat bo‘yicha reyting va profillarni ko‘rish; ✅ Mamlakatlar ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash; ✅ Islom moliyasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni tezkor izlash; ✅ Hisobotga asoslangan savollarga sahifa raqamlari bilan javob olish; ✅ Taqdimotlar uchun grafiklarni yuklab olish mumkin. 📈 E'tiborlisi, 2030-yilga borib esa 10,5 trillion AQSh dollaridan oshishi prognoz qilinmoqda. Tadqiqotchilar, investorlar, mutaxassislar va islom moliyasi sohasiga qiziquvchilar uchun foydali raqamli vosita! 📤 Platforma: https://jouamou.github.io/ifdi2026/ #IslamicFinance #IFDI2026 #LSEG #ICD ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram📢 AAOIFI CPSS kursiga yangi qabul boshlandi! 👩🎓 Faqat bankir yoki talaba ayol-qizlar uchun maxsus! Islomiy moliya sohasida karyera qurmoqchimisiz? Xalqaro AAOIFI tashkilotining CPSS sertifikatini qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat! ✅ AL-AQD ISLOMIY MOLIYA BILIM MARKAZI ☪️ AAOIFI CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) tayyorlov kursining qizlar uchun yangi guruhiga qabulni boshlaydi. 🗓 Kursning davomiyligi: 4 oy: 28-noyabr 2026 — 28-mart 2027 ⏰ Dars vaqti: 09:30–12:30 (dars orasida coffee break ☕️) 🎥 Dars formati: onlayn va oflayn 📒 Ta'lim tili: O'zbek tili ◾️ CPSS — Islomiy banklarda qo'llaniladigan moliyaviy shartnomalar va amaliyotlarning Islomiy moliya tamoyillariga muvofiqligini bilishni tasdiqlovchi xalqaro malaka sertifikati. 📖 Kurs davomida siz: ✅ AAOIFI shariat standartlarini chuqur o'rganasiz; ✅ Standartlarni talqin qilish va amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirasiz; ✅ Real keyslar va test bazasi asosida imtihonga puxta tayyorgarlik ko'rasiz! 🎤 Spikerlar: 🔘 Gulnoza Xusanova — AAOIFI ning CPSS, CPAAGE va CSAA sertifikatlari sohibi 🔘 Iroda Norova — AAOIFI ning CPSS, CPAAGE, CPFAS va CSAA sertifikatlari sohibi 🔘 Sitorabonu Davlatova — AAOIFI ning CPSS va CPAAGE sertifikatlari sohibi ⚠️ O'rinlar soni cheklangan! 📤 Ro'yxatdan o'tish uchun: 📞 +998505819117 📞 +998999864455 O'z kelajagingizga islomiy moliya bilan birga qadam qo'ying! 🌙 ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramConnections
Similar channels
- Dr. Muhammad Odil Hamid|Islom moliyasi mutaxassisi@islommoliyasi_iqtisodiEconomics19.7K
- MM "MUFEED MOLIYA"@chiroylimoliyaBusiness and startups7.4K
Dr. Muhammad Odil | Arab tili va Islom moliyasi mutaxassisi@muhammadodiluzofficialReligion13.4K- Mezon Ta’lim@mezontalimEconomics2.23K
Openbank@openbank_uzEconomics2.1K- Review.uz - Журнал "Экономическое обозрение"@reviewuzEconomics2.39K
"Асакабанк " АЖ Матбуот котиби | Азизхон Анвархонов@asakabank_pressaEconomics1.91K- Musofir Iqtisodchi@musofir_iqtisodchiEconomics1.61K
Mentioned by
Mentions
- MM "MUFEED MOLIYA"@chiroylimoliya2 mentions, 1 repost