AI ChatbetaAccount

MM "MUFEED MOLIYA"

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

Username
@chiroylimoliya
Category
Business and startups
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers7,398
Avg views per post, 7d1,755−52.5% vs prev 7d
ERR23.73%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Oct 28, 20263,870
Nov 3, 20265,570
Nov 4, 20263,910
Nov 6, 20263,040
Nov 9, 20262,945
Nov 10, 20263,780
Nov 11, 20263,260
Nov 12, 20264,130
Nov 20, 20261,938
Nov 21, 20262,000
Nov 22, 20262,340
Nov 23, 20261,519
Nov 24, 2026907

Most viewed this month

  1. 01
    Views5.57K
    Forwards—
    Reactions52
    Comments—
  2. 02

    Shaxsiy strategiya nima? Yaqinda bir podkastdan keyin mendan shu haqda so‘rashdi. Men uchun keng ma’noda shaxsiy strategiya - bu bugungi komfortdan ko‘ra kelajakdagi manfaatni ustun qo‘ya olish qobiliyati. Darrov savol berishdi: komfortning nimasi yomon? Axir hammamiz yaxshi va komfortli yashashni xohlaymiz. Muammo yaxshi mashina, katta uy yoki qulay hayotda emas. Qachonki siz o‘zingiz, oilangiz yoki muhimroq maqsad uchun biror ish qilish kerakligini bilsangiz-u, lekin osonroq yo‘lni tanlab, uni qilmasangiz, ana o‘shanda komfort muammoga aylanadi. - Qiyin suhbatni boshlamadingiz. - O‘qishni boshlamadingiz. - Yomon odatni o‘zgartirmadingiz. - Noqulay qarorni qabul qilmadingiz. - Anchadan beri kechiktirayotgan ishni yana surdingiz. Va asta-sekin qiziq narsa sodir bo‘ladi: inson katta muammolarni hal qilmasa, uning hayoti muammosiz bo‘lib qolmaydi. U shunchaki mayda muammolar bilan band bo‘la boshlaydi. Chunki hech kim muammosiz, qo‘rquvsiz va qiyinchiliksiz yashamaydi. Farq faqat qaysi muammolarni tanlashimizda. Kimdir o‘z hayotini va boshqalarning hayotini yaxshilaydigan katta masalalarni hal qilish bilan band. Boshqalar esa avval hatto e’tibor bermagan narsalardan, yoki boshqalar uchun muammo yasay boshlaydi. Men uchun shaxsiy strategiya - bugungi o‘sish va qiyinchilikni ongli ravishda tanlab, kuchliroq kelajak qurishdir. Oxir-oqibat har kim o‘z muammolarini o‘zi tanlaydi. @chiroylimoliya @islamic_finance_plus (rus tilida) www.mufeed.uz (islomiy moliya va banking bo‘yicha amaliy ta’lim va kurslar)

    Text
    Views4.13K
    Forwards—
    Reactions75
    Comments—
  3. 03

    O‘zbekistonning islomiy moliya va bankchilik sohasidagi rivojlanishi haqida maqolam dunyodagi eng nufuzli ixtisoslashgan axborot platformalaridan biri - Islamic Finance News (IFN)da e’lon qilindi. Maqolada 2026-yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonda islomiy moliya va bankchilik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari haqida so‘z yuritilgan. Buning ahamiyati nimada? Islamic Finance News - xalqaro islomiy moliya informatsion sanoatining yetakchi vakili. Yirik islom banklari, investitsiya institutlari, sukuuk emitentlari, investorlar va kapital bozori ishtirokchilari muntazam kuzatib boradigan nufuzli platformalardan biri. Shu sababli, O‘zbekistonning islomiy moliya sohasidagi rivojlanishi haqida bunday xalqaro maydonda muntazam va mazmunli axborot berib borilishi juda muhim. Bu, bir tomondan, mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarni global professional hamjamiyatga yetkazadi. Ikkinchi tomondan esa, xalqaro miqyosdagi yetakchi moliya institutlari va investorlar orasida O‘zbekistonga nisbatan amaliy qiziqish uyg‘otadi, yangi hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari uchun zamin yaratadi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro islomiy moliya hamjamiyati uchun shunchaki istiqbolli bozor emas, balki real jarayonlar, tashabbuslar va imkoniyatlarga ega mamlakat sifatida namoyon bo‘lmoqda. https://www.islamicfinancenews.com/uzbekistans-islamic-finance-market-a-new-chapter-begins.html?ifn-contributor-key=1fc9704684f29de56e40959b288f553570abc597ce3dfd1e232072c996ca3c0b

    Link preview
    Views3.91K
    Forwards—
    Reactions48
    Comments—
  4. 04
    Views3.87K
    Forwards—
    Reactions37
    Comments—

Latest posts

#2368Text
Views907−66%vs avg
Forwards—
Reactions24
Comments—
#2367Text
Views927−65%vs avg
Forwards—
Reactions24
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h792
4 h875
7 h927
  1. After 6 hours927
  2. Total to date927
#2366Photo
Views1,140−58%vs avg
Forwards—
Reactions66
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
1 h532
7 h851
26 h1,140
  1. After 1 hour532
  2. After 6 hours851
  3. After 24 hours1,140
  4. Total to date1,140
#2365Text

Olim, pul va mas’uliyat chegaralari Musulmon jamiyatlarida bir holat bor, menimcha, bu haqda xotirjam va ochiq gapirish kerak. Biz imom, ulamolarni odatda dunyoviy manfaatlardan xoli inson sifatida tasavvur qilamiz. Lekin real hayotda u ham moddiy ehtiyojlar ichida yashaydi: maosh, ehsonlar, ba’zan esa muayyan tashkilot yoki odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘ladi. Va shu yerda ikki xil xavf paydo bo‘ladi. Birinchisi - olimning moliyaviy qaramligi. Agar ilm ahli kichik maosh, tartibsiz ehsonlar yoki ayrim diniy xizmatlardan tushadigan tasodifiy daromadga tayanib yashasa, bu uning erkinligi, xotirjamligi va o‘z vazifasini to‘liq bajarishiga ta’sir qilishi mumkin. Gap har bir olim tadbirkor bo‘lishi kerak ekanligi haqida emas. Lekin barqaror, halol daromad va ma’lum darajadagi moliyaviy mustaqillik juda muhim narsani beradi: daromad manbasini yo‘qotishni qo‘rqmasdan yashashi. Ikkinchi xavf - bizneslar olimning obro‘sidan marketing vositasi sifatida foydalanishi. Olim bir mahsulot yoki tuzilmaning islom moliyasi qoidalariga muvofiqligi haqida baho berishi mumkin. Lekin keyinchalik uning nomi amalda butunlay boshqa ma’noda ishlatila boshlaydi: “Bu yaxshi investitsiya.” “Bunga bemalol pul qo‘ysa bo‘ladi.” “Bu ishonchli loyiha.” Lekin bu allaqachon boshqa savol. Olim o‘z vakolati doirasida tuzilmaning joizligi haqida gapirishi mumkin. Investitsion jozibadorlik esa boshqa tahlilni talab qiladi: biznes modeli, moliyaviy holat, risklar, likvidlik, boshqaruv, aktivlar sifati, nazorat va boshqa ko‘plab omillar. Agar olimning obro‘si u o‘zi chuqur tahlil qilmagan xavfli loyihani targ‘ib qilish uchun ishlatilsa, oqibatlar faqat shaxsiy emas, ijtimoiy ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotni “halol” yoki islom moliyasi qoidalariga muvofiq deb baholashning o‘zi ham ideal holatda jiddiy shariat tekshiruvi, real operatsiyalarni tekshirish va nazorat tizimini baholash natijasi bo‘lishi kerak. Bu alohida professional yo‘nalish va bizda bu borada hali yetuk tajriba juda kam. Shuning uchun men uchun to‘g‘ri balans shunday: olim moliyaviy jihatdan yetarlicha mustaqil bo‘lishi kerakki, o‘zi baho berayotgan tomonlarga qaram bo‘lib qolmasin. Va professional jihatdan shunchalik ehtiyotkor bo‘lishi kerakki, o‘zi haqiqatan tekshirgan va bilgan narsasi doirasidan chiqib ketmasin. Eng muhimi esa investorlarning o‘zi uchun: halollik/muvofiqlik bahosini hech qachon investitsion tavsiya bilan aralashtirmang. Agar olim “bu tuzilma joiz” desa, bu “unga investitsiya qilish foydali” degani emas. Hatto olimning o‘zi loyiha haqida ijobiy gapirsa yoki unga e’tibor qaratishni tavsiya qilsa ham, bu sizni o‘z mas’uliyatingizdan ozod qilmaydi. Faqat loyiha yonida obro‘li diniy ism turgani uchun pul kiritish mumkin emas. Bu allaqachon sizning shaxsiy moliyaviy savodxonligingiz, risklarni tushunishingiz va pulni nimaga qo‘yayotganingizni anglay olishingiz masalasi. Halollik va muvofiqlik bir savolga javob beradi. Investitsion qaror esa butunlay boshqa savolga. @chiroylimoliya

Open in Telegram
Views2,490−7%vs avg
Forwards—
Reactions80
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
2 h997
5 h1,650
26 h2,490
  1. After 1 hour997
  2. After 6 hours1,650
  3. After 24 hours2,490
  4. Total to date2,490
#2364Text

Assalomu alaykum, Ba’zan buyumlar bizga faqat komfort yoki zavq bermaydi. Ular og'ir psixologik yuk ham yaratadi. Ayniqsa, biror narsani o‘zimizga haqiqatan kerak bo‘lgani uchun emas, balki boshqalarga mos ko‘rinish, kam bo‘lib qolmaslik, taassurot qoldirish yoki muvaffaqiyatliroq ko‘rinish uchun olganimizda. Keyin esa bog‘liqlik boshlanadi. - Darajani ushlab turish kerak. - Boshqalarda nima borligini kuzatish kerak. - Yangilash kerak. - Taqqoslash kerak. - Sun'iy ravishda qurilgan tasavvurdan chiqib ketmaslik kerak. Shunda oddiy buyum ham boshimizda joy egallay boshlaydi. Men barcha narsaga faqat utilitar (foyda) nuqtai nazaridan qarash kerak demayapman. Chiroyli uy, yaxshi mashina, sifatli kiyim, yoki ma’lum bir status belgisi hayotning tabiiy qismi bo‘lishi mumkin. Masala boshqa joyda: bu sizning haqiqiy hayotingiz va qadriyatlaringizning bir qismimi yoki boshqalarga nimanidir isbotlash vositasimi? Ijtimoiy muhitga mos bo‘lish boshqa narsa. Doim boshqalardan kuchliroq, boyroq yoki muvaffaqiyatliroq ko‘rinishga ehtiyoj sezish esa boshqa narsa. Va inson tashqi tasdiqqa qanchalik bog‘liq bo‘lsa, shunchalik ko‘p narsani nafaqat saqlashi, balki ruhiy jihatdan ham ularga “xizmat ko‘rsatishi” kerak bo‘ladi. Ba’zan atrofga qarab bitta savolni berish foydali: Menda bor narsalarning qanchasi hayotimni haqiqatan yaxshilaydi, qanchasi esa shunchaki men yaratgan obrazni ushlab turish uchun kerak? Sizda ham shunday “ruhiy yuk” beradigan buyumlar bormi? @chiroylimoliya www.mufeed.uz (islom moliyasi va banking bo‘yicha amaliy ta’lim va kurslar) @islamic_finance_plus (rus tilida)

Open in Telegram
Views2,340−13%vs avg
Forwards—
Reactions41
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
24 h2,190
27 h2,340
  1. After 24 hours2,190
  2. Total to date2,340
#2363Link preview

Noqulay haqiqat baribir haqiqatligicha qoladi Yaqinda bir maqolani o‘qidim (quyida). Unda qisqacha shunday fikr ilgari suriladi: zamonaviy pullar inflyatsiya sabab qadrsizlanadi, shuning uchun pulni foizli depozitga qo‘yib, hech bo‘lmasa uning qiymatini saqlash mumkin. Shuningdek, depozitdan olingan foizni soliqlar, jarimalar va boshqa davlat to‘lovlariga ishlatish mumkinligi aytiladi. Muallif ilm ahli vakili, shuning uchun men insonning o‘ziga emas, aynan fikrning mantiqiga e’tibor qaratmoqchiman. Menda bitta oddiy mezon bor. Agar bir haqiqat aslida aniq bo‘lsa, uni to‘g‘ri ko‘rsatish uchun juda ko‘p murakkab izoh kerak bo‘lmaydi. Masalan, Alloh bitta. Bu fikr sodda, tushunarli va qalbga tabiiy qabul qilinadi. Agar esa ko‘p xudolikni to‘g‘ri deb ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, allaqachon uzoq izohlar, istisnolar va mantiqiy konstruktsiyalar kerak bo‘ladi. Maqoladagi foizli depozitni oqlash masalasida ham men shunga o‘xshash xavfni ko‘raman. Agar puldan pul qilish aniq man qilingan bo‘lsa va bu haqiqat bugungi sharoitda juda noqulay tuyulsa ham, savol: “Bu taqiqni qanday boshqacha talqin qilsak bo‘ladi?” emas. Savol: “Mol-mulkimizni taqiqni buzmasdan qanday saqlaymiz va ko'paytiramiz?” bo‘lishi kerak. Chunki iqtisodiy foyda deyarli har qanday narsadan topiladi. Alkogol ishlab chiqarish ham ish o‘rinlari yaratadi va soliq keltiradi. Qimor ham davlatga daromad beradi. Harom biznes ham yuzlab oilalarni boqishi mumkin. Lekin foyda mavjudligi taqiqni bekor qilmaydi. Haqiqat sizga noqulay bo‘lib qolgani uchun haqiqat bo‘lishdan to‘xtamaydi. Menimcha, eng xavfli nuqta ham shu. Islomni mavjud moliyaviy tizimga moslashtirish uchun uning chegaralarini asta-sekin surish emas, aksincha mavjud sharoitda ham islomiy prinsiplarni buzmaydigan yechimlarni topish kerak. Aks holda bugun inflyatsiya sabab riboni qayta talqin qilamiz. Ertaga boshqa bir iqtisodiy manfaat uchun yana boshqa taqiqni. Keyin esa biz din va qadriyatlarimizga qanday rioya qilish haqida emas, o‘zimiz xohlagan hayot tarzini din bilan qanday oqlash haqida o‘ylay boshlaymiz... @chiroylimoliya www.mufeed.uz https://umma.ru/hranenie-deneg-na-depozite-v-islame-vidumannii-zapret?fbclid=Iwb21leAVqDepjbGNrBWoNPWV4dG4DYWVtAjExAHBkb2YBc3J0YwZhcHBfaWQMMzUwNjg1NTMxNzI4AAEftI_qK6pRAyXlqwGLxDhepVaGS-Xf3OJ2gwYmBdvW6s1FwOVsSGILt7oIB6k_aem_OjrNFclfFl6phijZkmBzyg

Open in Telegram
Views2,000−25%vs avg
Forwards—
Reactions84
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
48 h1,790
67 h2,000
  1. Total to date2,000
#2358Text
Views1,990−26%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—

All posts

Connections