#xabar #fatvo #anjuman Muftiy hazrat xalqaro fatvo anjumanida muhim tashabbuslar bilan ishtirok etdilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusidagi xalqaro maslahat yig‘ilishida ishtirok etib, dolzarb mavzuda ma’ruza qildilar. Muftiy hazratlari o‘z nutqlarida bugungi raqamli davrda asosli fiqhiy xulosalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, fatvo tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan uchta strategik taklifni ilgari surdilar: 🔵Yagona raqamli fatvo platformasi: Rasmiy fatvo hay’atlari tomonidan tasdiqlangan fatvolarni yagona markazlashgan elektron bazaga jamlash. 🔵 Sun’iy intellekt (AI) va raqamli mezonlar: Internet tarmog‘ida fatvo e’lon qilish hamda fiqhiy jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanishning aniq shariat mezonlarini ishlab chiqish. 🔵Malakali faqihlar tayyorlash: Zamonaviy masalalarga mo‘tadillik va chuqur ilm asosida yechim bera oladigan mutaxassislarni yetishtirish bo‘yicha xalqaro qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish. 💡 Islom moliyasi uchun ahamiyati: Muftiy hazratlari ilgari surgan fatvo jarayonlarini raqamlashtirish, yagona tasdiqlangan bazani yaratish va malakali faqihlar zaxirasini kengaytirish tashabbuslari — islomiy moliya institutlari hamda shariat kengashlari (Shariah Boards) faoliyatida standartlashuv va shaffoflikni ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramPosts of Islom banklari | Ислом банклари
#xabarlar Bugun O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida «Yashil va islom moliyasi yordamida moliyaviy ommaboplik va barqarorlikni ta’minlash masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi.Unda Bank-moliya akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, olimlar, davlat tashkilotlari, Markaziy bank, tijorat banklari va moliya muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ma’ruzalarda bugungi global iqtisodiy jarayonlar moliya tizimi oldiga nafaqat iqtisodiy samaradorlikka erishish, balki ekologik mas’uliyat, ijtimoiy adolat va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashdek muhim vazifalarni ham qo‘yayotgani qayd etildi. Ayniqsa, yashil iqtisodiyotga o‘tish, muqobil moliyalashtirish manbalarini shakllantirish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish jahon moliya tizimining ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlandi. ◾️Anjuman yakunida bank-moliya sohasini yanada rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirish va iqtisodiyotning barqarorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 345 |
| 4 h | 457 |
| 6 h | 540 |
- After 1 hour345
- After 6 hours540
- Total to date540
#ISSF2026 🇺🇿 O'zbekistonlik ulamolar va mutaxassislar dunyodagi eng taniqli ulamolardan biri shayx Ali ibn Muhyiddin Qoradog'iy hazrat bilan birga 🇲🇾 Malaysiya, 24-noyabr, 2026-yil ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 347 |
| 3 h | 447 |
| 6 h | 590 |
- After 1 hour347
- After 6 hours590
- Total to date590
#ISSF2026 🇺🇿O‘zbekistonlik ulamolar va mutaxassislar 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) da qatnashmoqda Bugun 24-noyabrda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida INCEIF University va ISRA Research Management Centre hamkorligida tashkil etilayotgan 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda yurtimizdan borgan shariat ulamolari hamda islom moliyasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Ular jahonning yetakchi olimlari, regulyatorlar va moliya institutlari vakillari bilan birgalikda zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shartnomalarning asl maqsadlari (Maqosid al-‘Aqd) va huquqiy taqozolari (Muqtazo al-‘Aqd) nuqtayi nazaridan muhokama qilishda qatnashadilar. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 360 |
| 4 h | 621 |
| 8 h | 737 |
- After 1 hour360
- After 6 hours737
- Total to date737
#news O‘zbekiston vakili Bangladeshda o‘tadigan nufuzli Islom moliyasi sammitida spiker sifatida qatnashadi! 2026-yil 22–25-noyabr kunlari 🇧🇩Bangladesh poytaxti Dakka shahrida Bangladesh Islom moliyasi sammiti va AAOIFI salohiyatni oshirish haftaligi (BIFS 2026) bo‘lib o‘tmoqda. ◾️Asosiy sammit ertaga 24-noyabr kuni Radisson Blu Dhaka Water Garden mehmonxonasida «Ishonch, islohot va o‘sish: Bangladeshda shariatga muvofiq moliyani kengaytirish» mavzusida o‘tkaziladi. Sammitning ilk panel sessiyasi «Tarqoq dunyoda islom moliyasi: Bangladesh uchun besh bozor tajribasi» deb nomlanib, unda xalqaro ekspertlar o‘z davlatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar. Quvonarlisi, ushbu nufuzli xalqaro panelda 🇺🇿O‘zbekiston nomidan «Mezon Kengashi» MChJ direktori Muzaffar aka Husniddinov ham spiker sifatida ishtirok etadilar. 💠 Panel tarkibi va moderator: 🎙 Moderator: Dr. (Muftiy) Yusuf Sulton — Adl Advisory asoschisi va bosh direktori ✨🇺🇿 Muzaffar Husniddinov — Mezon Kengashi bosh direktori (O‘zbekiston) ✨🇵🇰 Shayan Baig — Meezan Bank Limited Shariatga muvofiqlik departamenti rahbari (Pokiston) ✨🇲🇾 Mohamad Salihin Deris — AmMetLife Takaful Berhad Shariat qo‘mitasi raisi (Malayziya) ✨🇲🇾 Dr. Habibulloh Zakariyah — Malayziya Xalqaro Islom Universiteti (IIUM) ✨🇲🇻 Hareez Sulaiman — Amãna Takaful (Maldives) PLC bosh direktori (Maldiv orollari) ✨🇦🇪 Stéphane Brown — Shariat aktivlarini boshqarish assotsiatsiyasi (ASAM) raisi (BAA) Tadbir City Islamic taqdimotida, ADL Group (IFAC va Adl Advisory) hamda AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) hamkorligida tashkil etilmoqda. #IslomMoliyasi #BIFS2026 #AAOIFI #MezonKengashi ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 269 |
| 3 h | 325 |
| 6 h | 352 |
| 26 h | 708 |
- After 1 hour269
- After 6 hours352
- After 24 hours708
- Total to date708
Forwarded from MM "MUFEED MOLIYA"
Olim, pul va mas’uliyat chegaralari Musulmon jamiyatlarida bir holat bor, menimcha, bu haqda xotirjam va ochiq gapirish kerak. Biz imom, ulamolarni odatda dunyoviy manfaatlardan xoli inson sifatida tasavvur qilamiz. Lekin real hayotda u ham moddiy ehtiyojlar ichida yashaydi: maosh, ehsonlar, ba’zan esa muayyan tashkilot yoki odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘ladi. Va shu yerda ikki xil xavf paydo bo‘ladi. Birinchisi - olimning moliyaviy qaramligi. Agar ilm ahli kichik maosh, tartibsiz ehsonlar yoki ayrim diniy xizmatlardan tushadigan tasodifiy daromadga tayanib yashasa, bu uning erkinligi, xotirjamligi va o‘z vazifasini to‘liq bajarishiga ta’sir qilishi mumkin. Gap har bir olim tadbirkor bo‘lishi kerak ekanligi haqida emas. Lekin barqaror, halol daromad va ma’lum darajadagi moliyaviy mustaqillik juda muhim narsani beradi: daromad manbasini yo‘qotishni qo‘rqmasdan yashashi. Ikkinchi xavf - bizneslar olimning obro‘sidan marketing vositasi sifatida foydalanishi. Olim bir mahsulot yoki tuzilmaning islom moliyasi qoidalariga muvofiqligi haqida baho berishi mumkin. Lekin keyinchalik uning nomi amalda butunlay boshqa ma’noda ishlatila boshlaydi: “Bu yaxshi investitsiya.” “Bunga bemalol pul qo‘ysa bo‘ladi.” “Bu ishonchli loyiha.” Lekin bu allaqachon boshqa savol. Olim o‘z vakolati doirasida tuzilmaning joizligi haqida gapirishi mumkin. Investitsion jozibadorlik esa boshqa tahlilni talab qiladi: biznes modeli, moliyaviy holat, risklar, likvidlik, boshqaruv, aktivlar sifati, nazorat va boshqa ko‘plab omillar. Agar olimning obro‘si u o‘zi chuqur tahlil qilmagan xavfli loyihani targ‘ib qilish uchun ishlatilsa, oqibatlar faqat shaxsiy emas, ijtimoiy ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mahsulotni “halol” yoki islom moliyasi qoidalariga muvofiq deb baholashning o‘zi ham ideal holatda jiddiy shariat tekshiruvi, real operatsiyalarni tekshirish va nazorat tizimini baholash natijasi bo‘lishi kerak. Bu alohida professional yo‘nalish va bizda bu borada hali yetuk tajriba juda kam. Shuning uchun men uchun to‘g‘ri balans shunday: olim moliyaviy jihatdan yetarlicha mustaqil bo‘lishi kerakki, o‘zi baho berayotgan tomonlarga qaram bo‘lib qolmasin. Va professional jihatdan shunchalik ehtiyotkor bo‘lishi kerakki, o‘zi haqiqatan tekshirgan va bilgan narsasi doirasidan chiqib ketmasin. Eng muhimi esa investorlarning o‘zi uchun: halollik/muvofiqlik bahosini hech qachon investitsion tavsiya bilan aralashtirmang. Agar olim “bu tuzilma joiz” desa, bu “unga investitsiya qilish foydali” degani emas. Hatto olimning o‘zi loyiha haqida ijobiy gapirsa yoki unga e’tibor qaratishni tavsiya qilsa ham, bu sizni o‘z mas’uliyatingizdan ozod qilmaydi. Faqat loyiha yonida obro‘li diniy ism turgani uchun pul kiritish mumkin emas. Bu allaqachon sizning shaxsiy moliyaviy savodxonligingiz, risklarni tushunishingiz va pulni nimaga qo‘yayotganingizni anglay olishingiz masalasi. Halollik va muvofiqlik bir savolga javob beradi. Investitsion qaror esa butunlay boshqa savolga. @chiroylimoliya
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 1 h | 178 |
| 4 h | 353 |
| 7 h | 368 |
| 25 h | 561 |
- After 1 hour178
- After 6 hours368
- After 24 hours561
- Total to date561
Ushbu anjumanda O'zbekistondan ham 10 dan ortiq ulamolar, ekpertlar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Markaziy Islomiy moliya kengashi a'zolari hamda litsenziya olgan va olish boshqichida bo'lgan banklardagi Islomiy moliya kengashlari a'zolari ham ushbu anjumanda ishtirok etishi kutilmoqda.
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 468 |
| 7 h | 505 |
| 25 h | 688 |
- After 6 hours505
- After 24 hours688
- Total to date688
#forum #ISSF 🇲🇾 Kuala-Lumpur shahrida 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (ISSF 2026) bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 25–26-noyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida islom moliyasi sohasidagi nufuzli xalqaro anjuman — 21-Xalqaro Shariat Ulamolari Forumi (21st International Shariah Scholars Forum — ISSF 2026) o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili — 2025-yilda ushbu nufuzli forumning 20-yubiley soni tarixda ilk bor Toshkent shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan edi. Endilikda esa xalqaro muloqot estafetasi yana INCEIF University va ISRA Research Management Centre mezbonligida Kuala-Lumpurga qaytmoqda. ◾️ Forumnining asosiy mavzusi va muhokama yo‘nalishlari: Bu yilgi forum zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shartnomalarning huquqiy oqibatlari (Muqtada al-‘Aqd) hamda shartnomalardan ko‘zlangan asl maqsadlar (Maqosid al-‘Aqd) nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tadbir doirasida dunyoning yetakchi shariat ulamolari, moliya sohasi rahbarlari va regulyatorlar quyidagi savol atrofida fikr almashadilar: Forum mavzusi: “Zamonaviy islom moliyasi amaliyotlarini shariat shartnomalarining asl maqsadlari (Maqsud al-Aqd) va huquqiy taqozolari (Muqtazo al-Aqd) nuqtayi nazaridan tanqidiy baholash.” 🗓 Sana: 2026-yil 25–26-noyabr 📍 Manzil: Imperial Lexis Kuala Lumpur, Malayziya 📤 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: https://issf.inceif.edu.my/ ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 4 h | 484 |
| 7 h | 520 |
| 25 h | 719 |
- After 6 hours520
- After 24 hours719
- Total to date719
🔤🔤🔤🔤 🌍 Islom moliyasi bozorini o‘rganish endi yanada oson! ICD va LSEG tomonidan taqdim etilgan IFDI 2026 Explorer — Islom moliyasining global rivojlanishini interaktiv tarzda o‘rganish imkonini beruvchi yangi platforma. Platforma orqali: ✅ 140 ta mamlakat bo‘yicha reyting va profillarni ko‘rish; ✅ Mamlakatlar ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash; ✅ Islom moliyasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni tezkor izlash; ✅ Hisobotga asoslangan savollarga sahifa raqamlari bilan javob olish; ✅ Taqdimotlar uchun grafiklarni yuklab olish mumkin. 📈 E'tiborlisi, 2030-yilga borib esa 10,5 trillion AQSh dollaridan oshishi prognoz qilinmoqda. Tadqiqotchilar, investorlar, mutaxassislar va islom moliyasi sohasiga qiziquvchilar uchun foydali raqamli vosita! 📤 Platforma: https://jouamou.github.io/ifdi2026/ #IslamicFinance #IFDI2026 #LSEG #ICD ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram📢 AAOIFI CPSS kursiga yangi qabul boshlandi! 👩🎓 Faqat bankir yoki talaba ayol-qizlar uchun maxsus! Islomiy moliya sohasida karyera qurmoqchimisiz? Xalqaro AAOIFI tashkilotining CPSS sertifikatini qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat! ✅ AL-AQD ISLOMIY MOLIYA BILIM MARKAZI ☪️ AAOIFI CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) tayyorlov kursining qizlar uchun yangi guruhiga qabulni boshlaydi. 🗓 Kursning davomiyligi: 4 oy: 28-noyabr 2026 — 28-mart 2027 ⏰ Dars vaqti: 09:30–12:30 (dars orasida coffee break ☕️) 🎥 Dars formati: onlayn va oflayn 📒 Ta'lim tili: O'zbek tili ◾️ CPSS — Islomiy banklarda qo'llaniladigan moliyaviy shartnomalar va amaliyotlarning Islomiy moliya tamoyillariga muvofiqligini bilishni tasdiqlovchi xalqaro malaka sertifikati. 📖 Kurs davomida siz: ✅ AAOIFI shariat standartlarini chuqur o'rganasiz; ✅ Standartlarni talqin qilish va amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirasiz; ✅ Real keyslar va test bazasi asosida imtihonga puxta tayyorgarlik ko'rasiz! 🎤 Spikerlar: 🔘 Gulnoza Xusanova — AAOIFI ning CPSS, CPAAGE va CSAA sertifikatlari sohibi 🔘 Iroda Norova — AAOIFI ning CPSS, CPAAGE, CPFAS va CSAA sertifikatlari sohibi 🔘 Sitorabonu Davlatova — AAOIFI ning CPSS va CPAAGE sertifikatlari sohibi ⚠️ O'rinlar soni cheklangan! 📤 Ro'yxatdan o'tish uchun: 📞 +998505819117 📞 +998999864455 O'z kelajagingizga islomiy moliya bilan birga qadam qo'ying! 🌙 ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram#vakansiya #islomiybank 🏦 ANORBANK islom moliyasi jamoasini shakllantirmoqda: bir yo‘la 4 ta muhim vakansiya! O‘zbekiston bank sektorida islomiy moliya bo‘yicha amaliy qadamlar tezlashmoqda. ANORBANK o‘zining islom moliyasi yo‘nalishini kengaytirish maqsadida bir vaqtning o‘zida 4 ta asosiy lavozimga mutaxassislar qidirayotganini e’lon qildi. E’tiborli jihati — gap oddiy operatorlar haqida emas, balki tizimni «noldan» quradigan rahbarlik va metodologik lavozimlar haqida ketmoqda: ➡️ Ochiq vakansiyalar (LinkedIn): 1️⃣ Islom moliyasi hisobi departamenti boshlig‘i (Head of Islamic Finance Accounting Department) 👉 Ariza topshirish 2️⃣ Islomiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish departamenti boshlig‘i (Head of Islamic Products Development and Implementation Department) 👉 Ariza topshirish 3️⃣ Islomiy mahsulotlar va kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘linmasi boshlig‘i (Head of Islamic Products and Competencies Development Division) 👉 Ariza topshirish 4️⃣ Islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis (Islamic Finance Specialist) 👉 Ariza topshirish 📚 Vakansiyalar tarkibiga qarasak, bank birinchi navbatda AAOIFI buxgalteriya standartlari (FAS) asosida hisob yuritish va mahsulotlar arxitekturasini yo‘lga qo‘yadigan kuchli kadrlar bazasini yig‘moqda. Soha nazariy muhokamalardan real bank infratuzilmasiga ko‘chayotganining yaqqol belgisi bu. Sohada tajribasi yoki xalqaro sertifikatlariga (CSAA, CPFAS, CPSS va h.k.) ega mutaxassislar uchun yaxshi imkoniyat. O‘zingizni sinab ko‘ring yoki tanish mutaxassislarga ulashing! 📤 Manba ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 66 h | 1,060 |
| 68 h | 1,070 |
- Total to date1,070
#video «SHanba to'rlari — Tavarruq hiylasidan ehtiyot bo'ling» Qozog‘istonlik islom moliyasi mutaxassisi Murat Qilishbay o'z jamoasi bilan birgalikda suratga olgan «Sabbath Nets» («Shanba to‘rlari») nomli 4 daqiqalik qisqa metrajli film va uning atrofidagi tahliliy murojaat soha mutaxassislari orasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 🎬 Filmning asosiy g‘oyasi nimada? 1️⃣ Tarixiy o‘xshatish — «Shanba kungi ov»: Qadimda shanba kuni baliq ovlash taqiqlangan bir qavm juma kuni to‘r tashlab, shanba kuni baliq tushishini kutgan va yakshanba kuni yig‘ib olgan. Tashqi tomondan «shanba kuni ov qilmadik» deb o‘zlarini oqlashgan, ammo amalda Allohning taqiqini ayyorlik (hiyla) bilan aylanib o‘tishgan. 2️⃣ Tashkillashtirilgan tavarruq: Banklar ham pul kerak mijozlariga Tavarruq deb tizimlangan yo'l orqali qarz berishni yo'lga qo'ygan. Mijoz faqat qog‘ozlarga imzo chekadi va bank uning hisobiga 1 million tushirib beradi, bir yildan keyin esa mijoz uni 1,5 million qilib qaytaradi. Bu savdo bo'lsa, Tovar qani? Qayerdadir birjada «metall» bor emish — uni bankning o‘zi sotib olib, bir daqiqada sotib yuborgan emish. Mijoz tovarni ko‘rmagan ham, qo‘liga olmagan ham. 🇰🇿Qozog‘iston bozoridagi vaziyat va tizimli muammo: Muallif hech bir bank, Shariat kengashi yoki ulamoni ayblamagan holda tizimli muammoni ko‘rsatadi: Qozog‘istonda an’anaviy banklar birin-ketin «islomiy darchalar» (Islamic windows) ochar ekan, mavjud kredit infratuzilmasiga eng oson moslashadigan mahsulot sifatida tavarruqni asosiy «halol» mahsulotga aylantirib yuborish tomon ketmoqda. Aslida, Qozog‘istonda amaldagi soliq va huquqiy baza haqiqiy oldi-sotdi yoki ijara kabi boshqa islom moliyasiga mos shartnomalariga jiddiy to‘siqlar (masalan, QQS muammolari) yaratgani bois, tavarruq dastlab zarurat yuzasidan o‘tish davri yechimi sifatida qabul qilingan edi. Hozirda mamlakatda maxsus ishchi guruh orqali Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish va mutaxassislar o‘rtasida yagona pozitsiyani shakllantirish bo‘yicha ishlar ketmoqda. 🇲🇾Malayziya tajribasi — xalqaro mezon: Muallif o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun yaqinda — 2026-yil 3-noyabrda Malayziya Markaziy banki (Bank Negara Malaysia) e’lon qilgan «Advancing Shariah Contract Applications» strategik hujjatiga tayanadi: ⭕️ Uzoq yillar davomida Malayziya bozorida ham tavarruq ustunlik qilgan bo‘lsa-da, endi regulyator uni qayta ko‘rib chiqmoqda. ⭕️Yangi strategiyaga ko‘ra, tavarruq faqat boshqa muqobil shartnomalar amaliy jihatdan imkonsiz bo‘lgan haqiqiy bozor ehtiyojlari uchungina saqlab qolinib, bosqichma-bosqich haqiqiy aktivlarga asoslangan shartnomalarga o‘tiladi. 🇺🇿 O‘zbekiston bozori uchun muhim xulosa: Mamlakatimizda islomiy banklar va islomiy moliyaviy xizmatlar shakllanayotgan bir paytda Qozog‘iston va Malayziya tajribasi biz uchun ham jiddiy ogohlantirishdir. AAOIFI 30-sonli Shariat standartiga ko‘ra, bank mijoz nomidan tovarni sotishni o‘z zimmasiga oladigan bunday «uyushtirilgan tavarruq» qat’iyan taqiqlangan — chunki u mohiyatan foizli qarz (ribo) bilan bir xil. Bizdagi banklar bu kabi soxta bitimlar bilan o'zlarini ham, mijozlarni ham «aldamasligi»ni tavsiya qilamiz. 💡 Mijozlarga eslatma: Har qanday «halol» deb nomlangan shartnomaga imzo chekishdan oldin o‘zingizga va bank xodimiga bitta oddiy savol bering: «Bu amaliyot haqiqatda halolmi?» #islommoliyasi #tavarruq #tahlil #halol #Qozogiston #Malayziya ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramForwarded from Alijon Ravshanov
Videoni kecha 2–3 bo‘lib ko‘rib chiqdim. Xuddi yangi, boshqa birovning podkastini tomosha qilgandek bo‘ldim. :) Chunki suhbat yozilganiga 2,5 yildan oshgan ekan. Afsuski, ayrim sabablarga ko‘ra shu paytgacha e’lon qilinmay qolib ketgan. Bunda o‘zimning ham e’tiborsizligim bor, albatta. Yahyo domla berilgan barcha savollarga haqiqiy fiqh olimi va mahoratli notiq sifatida javob beribdilar. Ayniqsa, hanafiy fiqhida va’daning hukmi haqidagi masalani (34–38-daqiqalar) ijara, istisno’ va qarz garoviga oid misollar orqali juda chiroyli munoqasha qilibdilar. Menimcha, aynan shunday ilmiy yondashuvlar hanafiy fuqaholari va AAOIFI ulamolarining qarashlarini o‘zaro yaqinlashtirish, ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunday teran va keng fikrlaydigan ulamolar islom moliyasi rivoji uchun nihoyatda muhim. Suhbatning yana bir e’tiborga molik qismi — qarzga asoslangan iqtisodiyot va iste’molchilik madaniyati haqidagi mulohazalar (57-daqiqadan boshlab). Domla insonlarning hali o‘zlariga tegishli bo‘lmagan mol-mulkdan foydalanishga, imkoniyatlaridan tashqaridagi ehtiyojlarini qarz hisobiga qondirishga tobora ko‘proq odatlanib borayotganini juda o‘rinli tahlil qilibdilar. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan borar ekan, bu jarayonlarning oqibatlarini oldindan anglashimiz, taraqqiyot bilan birga o‘zligimiz va milliy qadriyatlarimizni ham asrab qolishimiz zarurligini chiroyli tushuntiribdilar. Bu fikrlarni albatta tinglab, mulohaza qilib ko‘rishni tavsiya qilaman. Xullas, shunday mazmundagi podkastlar turkumini yo‘lga qo‘yish niyatimiz bor. Sizlarga ham qiziq bo‘lsa, muhokama qilinishi kerak bo‘lgan mavzular, savollar va taklif etiladigan mehmonlar haqida fikrlaringizni yozib yuboring. Boshlovchiga oid tanqid va takliflaringizni ham bemalol yozavering. :) O‘zim ham videoni qayta ko‘rib, boshlovchining ayrim kamchiliklarini payqadim. Keyingi podkastgacha ular ustida ishlashga to‘g‘ri keladi. Xullas, mehmonimizdan ilm, boshlovchidan esa tajriba chiqibdi :)
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤 Markaziy bank tomonidan qator banklarga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziyalar berildi 📄 Markaziy bank Boşqaruvining 2026-yil 18-noyabrdagi tegişli qarorlariga muvofiq, quyidagi tijorat banklariga islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalar berildi: 🟣 AITB “Ipak Yo‘li”; 🟣 "ASIA ALLIANCE BANK" ATB; 🟣 “Orient Finans” XATB; 🟣 “HAYOT BANK” AJ. 🛡Mazkur litsenziyalar banklarga Özbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beradi. Siz tanlagan bank tegişli litsenziyaga egami? Bank xizmatlaridan foydalanişdan oldin Markaziy bankning rasmiy saytida tekşiring. In English The Central Bank grants islamic banking licences to several banks 📄 In accordance with the relevant resolutions of the Board of the Central Bank dated 18 November 2026, licences authorising the provision of islamic banking activities have been granted to the following commercial banks: 🟣 JSCIB “Ipak Yo‘li”; 🟣 JSCB "ASIA ALLIANCE BANK" 🟣 PJSCB “Orient Finans”; 🟣 JSC “HAYOT BANK”. 🛡 The licence covers the islamic finance operations specified in Article 5¹ of the Law of the Republic of Uzbekistan “On Banks and Banking Activities”. Does your chosen bank hold the appropriate licence? Please verify its licensing status on the official website of the Central Bank of Uzbekistan before using its services. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram#news 2026-yil 16–17-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ummon Sultonligiga davlat tashrifi doirasida jami 6 ta hukumatlararo bitim, 21 ta anglashuv memorandumi hamda hamda 5 milliard dollarlik investitsiya portfeli doirasidagi kelishuvlar imzolandi. 🤝Bank, moliya va ilm sohasidagi asosiy kelishuvlar: 💰 Yangi tijorat bankini ochish. Oman News Agency (Ummon rasmiy axborot agentligi) nashrining xabar berishicha, ikki davlat rahbarlari huzurida O‘zbekistonda yangi tijorat bankini tashkil etish bo‘yicha hadli kelishuv almashilgan. O'ylashimcha, bu islom banki bo'lsa kerak. 💱 Moliya va investitsiya hamkorligi. Tomonlar moliya sohasida ham o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. Shuningdek, "Uz-Oman" qo‘shma investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini oshirish va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Markaziy Osiyo va Kavkaz jamg‘armasiga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. ◾️Strategik sheriklik va vizasiz rejim. Ummon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ikki davlat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani hamda o‘zaro vizasiz rejim joriy etilishi qayd etilgan. ☪️Islomiy ta’lim va madaniyat. Sulton Qobus universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida, shuningdek, Ummon Milliy muzeyi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari tuzilgan. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramForwarded from Олий Маъҳад | Расмий
#Islom_moliyasi #OliyMaʼhad_Podkast #01_son 📈ISLOM MOLIYASI 🎙️Boşlovçi: Alijon domla Ravşanov, Toşkent islom instituti Ijtimoiy fanlar va tillar kafedrasi katta öqituvçisi, Islom moliyasi böyiça ekspert 🎙️Mehmon: Yahyo domla Razzaqov, Toşkent islom instituti Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi katta öqituvçisi, fiqh va islom moliyasi böyiça mutaxassis ⛔️https://youtu.be/GWPDyJCm670?si=r4bQOZzOWRWHKIxf 🤩 Mazkur podcast Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasining 2026-yil 24-martdagi 03-07/2373-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. ©️ТИИ Матбуот хизмати 📱 @oliymahad – diniy-maʼrifiy kanal! 📱Youtube📱Facebook📱Instagram
Open in Telegram#eslatma ☪️ AAOIFI CPSS imtihonini rus tilida topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi — 21-noyabr ❗ 👩🎓 AAOIFI CPSS sertifikati nima beradi? AAOIFI CPSS (Certificate of Proficiency in Shari’ah Standards) — islom moliyasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun muhim xalqaro professional malaka sertifikatidir. Ushbu sertifikat orqali siz: ✅AAOIFI Shariat standartlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lasiz; ✅Islomiy moliyaviy mahsulotlarning Shariat talablariga muvofiqligini tushunish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirasiz; ✅Islom banklari va moliya institutlarida professional faoliyatingizni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz; ✅Xalqaro miqyosda tan olingan professional malakangizni tasdiqlaysiz. 🇷🇺Eng muhimi: Endilikda CPSS imtihonini rus tilida topshirish imkoniyati ham mavjud! 💰 Imtihon topshirish to'lovi — 💲3️⃣1️⃣5️⃣ 📩 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha: 💬 Telegram: @AAOIFI_exams ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramForwarded from Ислом молияси | Islom moliyasi
#хабар 🇰🇿 ҚОЗОҒИСТОН МАСЖИДЛАРИДА ИСЛОМ МОЛИЯСИ БЎЙИЧА ТАЪЛИМ КУРСЛАРИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛМОҚДА Қозоғистонда аҳолининг ислом молияси соҳасидаги билим ва молиявий саводхонлигини ошириш мақсадида масжидларда махсус таълим курсларини ташкил этиш ташаббуси илгари сурилмоқда. Мазкур ташаббус ислом молиясининг асосий тамойиллари, шариат талабларига мувофиқ молиявий амалиётлар ва ҳалол инвестиция механизмларини кенг жамоатчиликка тушунтиришга қаратилган. ◾️ Курсларнинг асосий йўналишлари: ✅ Исломда иқтисодий-молиявий муносабатларнинг ўрни ва уларнинг шариат нуқтаи назаридан баҳоланиши, жумладан ислом молиясидаги асосий тақиқлар. ✅ Ҳалол инвестиция — маблағларни шариат талабларига мувофиқ фаолият турларига йўналтириш тамойиллари. ✅ Ислом банк фаолияти — муробаҳа, ижара, мушорака ва музораба каби молиялаштириш механизмларининг ишлаш тартиби. ✅ Ислом молияси тамойилларига мувофиқ битимлар — молиявий муносабатларда адолат, шаффофлик ва томонларнинг ўзаро манфаатдорлигини таъминлаш. 📈 ИҚТИСОДИЙ АҲАМИЯТИ Ислом молияси экотизимининг ривожланиши фақат банклар ва молиявий институтларни ташкил этиш билан чекланмайди. Бу жараён аҳолининг соҳадаги билимлари, молиявий саводхонлиги ва муқобил молиявий воситаларга бўлган ишончи билан ҳам бевосита боғлиқ. Қозоғистон тажрибаси ислом молияси бўйича таълимни кенг жамоатчиликка яқинлаштириш орқали соҳанинг институционал ривожланишини қўллаб-қувватлашга қаратилгани билан аҳамиятли. ❗ Ислом молиясининг барқарор ривожланиши учун учта асосий муҳим омил: ҳуқуқий асос (1), малакали мутахассислар (2) ва молиявий саводхон аҳоли (3). 📤 Манба: Kursiv Media, 13.11.2026. ✈️ @IslomMoliyasi PS. Қўшниларимиз яхши ташаббус қилишибди, биз ҳам бу масалада бир фикр қилиб кўрсак бўлар экан. Зеро, ўзбегимни чиройли ва машҳур мақолларидан бирида "Бирни кўриб фикр қил, бирни кўриб шукр қил" дейилган.
Open in Telegram#video ◾️Omonatdorlik Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh 📚Manba: @islomuz * Shu kecha-kunduzimizda nafaqat kundalik amaliyotlarda, balki islom moliya muassasalarida ham eng dolzarb masalalardan biri omonatdorlik hisoblanadi. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram🔤🔤🔤🔤 O‘ZBEKISTON XIV “Global Waqf” xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi O‘zbekistonda ilk bor XIV Global Vaqf xalqaro konferensiyasi (Global Waqf Conference - GWC) o'tkazilmoqda. Ushbu anjuman 2026-yil 17–19-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadi. ✅Tashkilotchilar: O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi 🤝 “VAQF” xayriya jamoat fondi hamda xalqaro hamkorlar. ✨Ishtirokchilar: Musulmon mamlakatlari va turli xalqaro tashkilotlardan 300 nafarga yaqin hukumat vakillari, soha mutaxassislari va ekspertlar. ℹ️Asosiy mavzu: Vaqf va islomiy ijtimoiy moliyani raqamli davrda takomillashtirish, qonunchilikni rivojlantirish hamda barqaror rivojlanish vositasi sifatida qo‘llash. Batafsil ma'lumotlar va dastur bilan Vaqf xayriya jamoat fondi rasmiy sayti yoki Global Waqf Conference portalida tanishishingiz mumkin. ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram#AlBarakaSummits ◾️Islom moliyasiga eng avvalo nima kerak: yangi mahsulotlarmi yoki yangicha tafakkur? Londonda bo‘lib o‘tgan 5-chi Al-Baraka sammitida Shayx Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlariga muhim savol berildi: «Islom moliyasida imkon qadar tezroq o‘zgartirishni istaydigan eng muhim jihat nima?» Hazratning javobi chuqur mulohazaga undaydi: Islom moliyasida o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Biroq eng dolzarb masala — eng avvalo, tafakkur va yondashuvni o‘zgartirish zarur. Darhaqiqat, Islom moliyasining kelajagi faqat yangi moliyaviy mahsulotlar, shartnomalar yoki xizmatlarni joriy etish bilan belgilanmaydi. Uning asl mohiyatini anglash, Shariat tamoyillariga chinakam sodiqlik va ushbu tamoyillarni amaliyotda to‘g‘ri tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Islom moliyasi shunchaki an’anaviy moliyaning muqobil shakli emas. U adolat, halollik, mas'uliyat va ijtimoiy manfaatga asoslangan o‘ziga xos moliyaviy yondashuvdir. Balki bugungi Islom moliyasining eng katta ehtiyoji yangi instrumentlar emas, balki mavjud instrumentlarga to‘g‘ri mazmun va maqsad bera oladigan tafakkurdir. 🎥 Videodagi ushbu qisqa, ammo mazmunli suhbatni tomosha qilishni tavsiya qilamiz. #IslamicFinance #AlBarakaSummit #IslamicBanking #IslomiyBank ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramHalol investitsiya — hali kafolat emas. Pulingiz qayerda, uni kim nazorat qiladi va muammo chiqsa kim javob beradi? «Nima dard?» podkastining bu sonida Islom moliyasi eksperti Hondamir Nusratxo‘jayev bilan O‘zbekistonda Islom moliyasi va investitsiya platformalari atrofidagi so‘nggi voqealarni tahlil qildik. Ism va shaxslar haqida emas — tizim haqida: platforma asoschilari, auditorlar va shar'iy maslahatchilar, regulyator va investorlar nima qilishi kerak. 👤 Podkast mehmoni: Hondamir Nusratxo‘jayev — Islom taraqqiyot banki xodimi, audit va konsaltingda 15 yildan ortiq tajriba (Big Four), 2 marta AAOIFI Buxgalteriya kengashi a'zoligiga saylangan. 🎙 Boshlovchilar: Jamshid Muslimov, Odilxon Alimxonov https://youtu.be/EQvFSIhpJgQ?si=SDAB0F_5jkKdhhVy ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram#tahlil «“IMAN-gate” voqeasi 25-oktabrda boshlandi. 3-noyabrga kelib bu mavzuda faqat dangasa fikr bildirmagandek bo‘ldi. Men dangasa emasman. Lekin barcha faktlarni va voqeaning to‘liq kontekstini yaxlit tushunmasdan turib omma oldida fikr bildirishni axloqiy jihatdan to‘g‘ri deb hisoblamadim. Chunki bu oddiy fikr almashish emas. Bu yerda aytilgan har bir gap kompaniya, uning rahbariyati, ekspertlari, ulamolar va voqeaga aloqador boshqa tomonlarning obro‘si, halolligi va mas’uliyatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilishi mumkin. Bunday muhokamalar juda tez haqiqatni izlashdan uzoqlashib ketadi. Bir tomon gapiradi, ikkinchisi javob beradi. Keyin o‘zini oqlash, qarshi tarafni yomonroq ko‘rsatish, hissiyot, va adovat kayfiyati aralashadi. Natijada haqiqat esdan chiqib, adovat va ehtiros muhokamani boshqarishni boshlaydi. Men bu vaziyatga olib kelgan asl muammolarni yaxshi bilaman. Ular haqida ancha oldin, 2026-yil 22-yanvarda @chiroylimoliya kanalida ham yozganman....» ✨Oxirgi 15-20 kundagi voqealar tahlili bo'yicha Ustoz Hondamir Nusratxo'jayevning ushbu maqolalarini o'qishni tavsiya qilaman: ➡️ https://mufeed.uz/uz/blog/iman-gate-voqeasi-25-oktabrda-boshlandi ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram🔤🔤🔤 ⏳ AAOIFI IMTIHONLARIGA RO‘YXATDAN O‘TISH YAKUNLANISHIGA ATIGI 1 KUN QOLDI! Dekabr oyidagi Arab va Ingliz tillaridagi AAOIFI xalqaro sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi imkoniyat! ◾️ Imtihon to‘lovlari: ✅ CPFAS — $385 ✅ CPSS — $315 ✅CPAAGE — $245 ⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddatini o‘tkazib yubormang! 📩 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha: 💬 Telegram: @AAOIFI_exams AAOIFI xalqaro sertifikati — islomiy moliya sohasidagi professional kelajagingiz sari muhim qadam! ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in TelegramBugun O'zbekistondagi birinchi islomiy bank – 🏦OPENBANK da o'z kartamni ochdirdim... #alhamdulillah Openbank ilovasi orqali siz ham kartani onlayn buyurtma qilsangiz bo'ladi, eng muhimi uyingizgacha yetkazib berish tekin ekan )
Open in Telegram#video Islom moliyasi bo'yicha zamonamizning eng zabardast ulamolaridan biri — Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hazrat: "Jamiyatdagi barcha insonlar — shu jumladan ishchilar, dehqonlar va hatto eng kambag‘al qatlam ham o‘z pullarini banklarga omonat sifatida qo‘yadilar. Natijada banklarda butun jamiyat a’zolaridan yig‘ilgan ulkan pul zaxirasi hosil bo‘ladi. Biroq, to‘plangan bu ulkan boylikdan butun jamiyatning juda kichik bir foizi foydalanadi: 🟢Ushbu mablag‘lar allaqachon boy bo‘lgan, tegirmon va fabrikalarga ega shaxslar tomonidan o‘z boyliklarini yanada ko‘paytirish uchun olinadi. 🟢Ular jamiyat qo‘ygan depozit hisobidan yanada boyib, millioner va milliarderlarga aylanadilar. 🟢Butun xalqning omonatlari jamiyatning bor-yo‘g‘i 3, 4, 5 yoki 10 foizi tomonidan ishlatiladi. 🟢Bankdagi pullar kichik va o‘rta biznesga (KOB/SME) yoki kambag‘allarga ajratilishi juda kam uchraydi. Mablag‘lar asosan qarz olib, unga foiz (ustama) to‘lashga qurbi yetadigan boylargagina beriladi. Mavjud an’anaviy tizim to‘rt asrdan beri shakllanib, rivojlanib kelgan va iqtisodiyotimizning tomir-tomirlariga qadar singib ketgan. Shu bois, islomiy banklar bir zumda islom iqtisodiyotining asosiy maqsadi — boylikni adolatli taqsimlash darajasiga birdaniga sakrab o‘tishi imkonsiz edi... ✈️ Islom banklari telegram kanali
Open in Telegram