Bugun IMAN kompaniyasida ommaviy axborot vositalari vakillari, iqtisodchilar va mustaqil ekspertlar uchun rasmiy brifing bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda moliyaviy audit bo‘yicha xalqaro auditorlik tashkiloti Russell Bedford, Baker Tilly Legal va Centil Law yuridik kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Shariat va Kuzatuv kengashlari a’zolari ishtirok etdi.
Brifing davomida mustaqil ekspertlar tomonidan IMAN Holding’ning moliyaviy va soliq hisobotlari, shartnomaviy bazasi hamda shariat talablariga muvofiqlik jarayonlari hujjatlar asosida tahlil qilindi.
Tekshiruvlar davomida kompaniya faoliyati barqaror ekani, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «moliyaviy kamomad» haqidagi da’volar asossizligi va barcha investitsiya loyihalari real aktivlar bilan ta’minlangani qayd etildi.
Uchrashuvda ko‘tarilgan barcha asosiy masalalar, xalqaro va mahalliy mutaxassislarning xulosalari hamda jurnalistlar savollariga berilgan javoblar yuzasidan batafsil tahlil va videomateriallar tez orada e’lon qilinadi.
IMAN uchun ochiqlik, shaffoflik va minglab sarmoyadorlarimiz ishonchi — oliy qadriyat. Biz barcha savollarga rasmiy hujjatlar, mustaqil audit va professional xulosalar asosida javob berishda davom etamiz.