Account
Markaziy saylov komissiyasi
Subscribers4,855
Avg views per post, 7d585−54.3% vs prev 7d
ERR12.05%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 18, 20261,280
Nov 25, 2026585

Latest posts

#7861Video

🇺🇿 SHONLI BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN! Aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yillik  shonli sanasi bilan samimiy tabriklaymiz. 1991-yil 18-noyabr mustaqil Vatanimiz – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan tarixiy kundir.  Milliy timsollarimizni azaldan aziz va muqaddas deb biladigan xalqimizni davlatimiz bayrogʻi mudom yakdillik, buyuk maqsadlar yoʻlida birlashish va yangidan-yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirib kelmoqda. Davlatimiz bayrogʻida millatimizning buyuk tafakkuri, boy tarixi, porloq istiqboli va qadimiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Qayerdaki yashab turgan boʻlmaylik, bayrogʻimiz timsolida Oʻzbekiston Respublikasi degan buyuk himoyachimiz, suyanchimiz va tayanchimiz borligini his etamiz. Bu muqaddas tuygʻu dilimizga quvonch, faxr-iftixor, ruhimizga ulkan quvvat baxsh etadi. Inson qadrini ulugʻlash, uning huquq va manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan Vatanimizga mehru sadoqatimiz yanada yuksaladi. Oʻz taqdirini oʻzi belgilash sharafiga erishgan mustaqil davlat,  ozod va erkin xalqgina oʻzining milliy ramzlariga ega boʻlishi azaldan maʼlum. Bugun dunyo ahli mamlakatimiz bayrogʻini tinchlikparvar, adolatparvar va dadil taraqqiy etayotgan Yangi Oʻzbekiston timsoli sifatida taniydi. Milliy iftixorimiz – bayrogʻimiz yurtimizda va butun dunyoda tinchlik, hamkorlik va farovonlik ramzi sifatida abadiy va barqaror xilpirayversin! Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan shonli sana barchamizga muborak boʻlsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube

Open in Telegram
Views1,280+37%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7860Video
Views1,950+109%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7853Video

✍️ BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning sevimli bayrami 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz. Mamlakatimizda saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishdek g‘oyat mas’uliyatli jarayonda pedagoglar doim faollik ko‘rsatib kelayotganini minnatdorlik bilan qayd etish bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Ularni yurtimiz milliy saylov tizimining ishonchli hamkorlari deb bilamiz.  Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etishga doir ishlarning ko‘lami tobora kengayib, samaralari yuksalib borayotganiga xalqimiz o‘zi guvoh bo‘lib turibdi. Darhaqiqat, farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarimizni har qancha ulug‘lasak, arziydi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq». Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga yuksak e’tibor qaratilayotgani, Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiya deb tanlanganida ham ana shunday ezgu orzu mujassam. Mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – xalqimiz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi. Shu maqsadda istiqbolda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oshirish belgilab berildi. Bu milliy dasturlarning eng birinchisi bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Fidoyi o‘qituvchilar va murabbiylarni, barcha yurtdoshlarimizni xalqimizning sevimli bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaymiz. Barchangizning hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayz-u baraka, quvonch va kitob arimasin. Barchamizga ustozlarimizga va murabbiylarimizga munosib shogird bo‘lib yashash va mehnat qilish baxti nasib etsin!   Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube

Open in Telegram
Views1,600+72%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—

All posts

Connections