Account

Posts of Markaziy saylov komissiyasi

newest first

#7861Video

🇺🇿 SHONLI BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN! Aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yillik  shonli sanasi bilan samimiy tabriklaymiz. 1991-yil 18-noyabr mustaqil Vatanimiz – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan tarixiy kundir.  Milliy timsollarimizni azaldan aziz va muqaddas deb biladigan xalqimizni davlatimiz bayrogʻi mudom yakdillik, buyuk maqsadlar yoʻlida birlashish va yangidan-yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirib kelmoqda. Davlatimiz bayrogʻida millatimizning buyuk tafakkuri, boy tarixi, porloq istiqboli va qadimiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Qayerdaki yashab turgan boʻlmaylik, bayrogʻimiz timsolida Oʻzbekiston Respublikasi degan buyuk himoyachimiz, suyanchimiz va tayanchimiz borligini his etamiz. Bu muqaddas tuygʻu dilimizga quvonch, faxr-iftixor, ruhimizga ulkan quvvat baxsh etadi. Inson qadrini ulugʻlash, uning huquq va manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan Vatanimizga mehru sadoqatimiz yanada yuksaladi. Oʻz taqdirini oʻzi belgilash sharafiga erishgan mustaqil davlat,  ozod va erkin xalqgina oʻzining milliy ramzlariga ega boʻlishi azaldan maʼlum. Bugun dunyo ahli mamlakatimiz bayrogʻini tinchlikparvar, adolatparvar va dadil taraqqiy etayotgan Yangi Oʻzbekiston timsoli sifatida taniydi. Milliy iftixorimiz – bayrogʻimiz yurtimizda va butun dunyoda tinchlik, hamkorlik va farovonlik ramzi sifatida abadiy va barqaror xilpirayversin! Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan shonli sana barchamizga muborak boʻlsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube

Open in Telegram
Views1,280+37%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7860Video
Views1,950+109%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7853Video

✍️ BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning sevimli bayrami 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz. Mamlakatimizda saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishdek g‘oyat mas’uliyatli jarayonda pedagoglar doim faollik ko‘rsatib kelayotganini minnatdorlik bilan qayd etish bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Ularni yurtimiz milliy saylov tizimining ishonchli hamkorlari deb bilamiz.  Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etishga doir ishlarning ko‘lami tobora kengayib, samaralari yuksalib borayotganiga xalqimiz o‘zi guvoh bo‘lib turibdi. Darhaqiqat, farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarimizni har qancha ulug‘lasak, arziydi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq». Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga yuksak e’tibor qaratilayotgani, Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiya deb tanlanganida ham ana shunday ezgu orzu mujassam. Mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – xalqimiz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi. Shu maqsadda istiqbolda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oshirish belgilab berildi. Bu milliy dasturlarning eng birinchisi bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Fidoyi o‘qituvchilar va murabbiylarni, barcha yurtdoshlarimizni xalqimizning sevimli bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaymiz. Barchangizning hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayz-u baraka, quvonch va kitob arimasin. Barchamizga ustozlarimizga va murabbiylarimizga munosib shogird bo‘lib yashash va mehnat qilish baxti nasib etsin!   Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube

Open in Telegram
Views1,600+72%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7850Photo
Views2,220+138%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7845Photo

✍️ 27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI Bugun mamlakatimizda  27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yo‘naltirilgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalari  xodimlarining zahmatli mehnati munosib qadr topmoqda. Har yili ushbu kasb egalaridan bir guruhining yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgani buning yorqin tasdig‘idir. Mamlakatimiz milliy saylov tizimida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni, saylov va referendumlarni keng va xolis yoritishda avvalo saylovchilarga hamda saylov  komissiyalariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini, yurtimizdagi barcha ijod ahlini ushbu ajoyib bayram bilan samimiy tabriklaymiz. Ularning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati va ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘zlariga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omadlar tilaymiz. ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube

Open in Telegram
Views3,670+294%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
#7843Photo
Views3,010+223%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—