
Markaziy saylov komissiyasi
Facebook: https://facebook.com/uzelections Instagram: https://instagram.com/electionsuz/ Twitter: https://twitter.com/electionsuz YouTube: https://www.youtube.com/Markaziysaylovkomissiyasi www.saylov.uz
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 18 нояб. 2026 г. | 1 280 |
| 25 нояб. 2026 г. | 585 |
Новые посты
🇺🇿 SHONLI BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN! Aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 35 yillik shonli sanasi bilan samimiy tabriklaymiz. 1991-yil 18-noyabr mustaqil Vatanimiz – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan tarixiy kundir. Milliy timsollarimizni azaldan aziz va muqaddas deb biladigan xalqimizni davlatimiz bayrogʻi mudom yakdillik, buyuk maqsadlar yoʻlida birlashish va yangidan-yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirib kelmoqda. Davlatimiz bayrogʻida millatimizning buyuk tafakkuri, boy tarixi, porloq istiqboli va qadimiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Qayerdaki yashab turgan boʻlmaylik, bayrogʻimiz timsolida Oʻzbekiston Respublikasi degan buyuk himoyachimiz, suyanchimiz va tayanchimiz borligini his etamiz. Bu muqaddas tuygʻu dilimizga quvonch, faxr-iftixor, ruhimizga ulkan quvvat baxsh etadi. Inson qadrini ulugʻlash, uning huquq va manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan Vatanimizga mehru sadoqatimiz yanada yuksaladi. Oʻz taqdirini oʻzi belgilash sharafiga erishgan mustaqil davlat, ozod va erkin xalqgina oʻzining milliy ramzlariga ega boʻlishi azaldan maʼlum. Bugun dunyo ahli mamlakatimiz bayrogʻini tinchlikparvar, adolatparvar va dadil taraqqiy etayotgan Yangi Oʻzbekiston timsoli sifatida taniydi. Milliy iftixorimiz – bayrogʻimiz yurtimizda va butun dunyoda tinchlik, hamkorlik va farovonlik ramzi sifatida abadiy va barqaror xilpirayversin! Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan shonli sana barchamizga muborak boʻlsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
Открыть в Telegram✍️ 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Aziz yurtdoshlar! Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etamiz! Yangi Oʻzbekistonda barcha yoʻnalishlarda sobitqadamlik bilan davom ettirilayotgan tarixiy islohotlar jarayonida davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzini va mavqeini yanada oshirish, xalqaro miqyosda keng targʻib etishga qaratilayotgan ulugʻvor ishlar oʻzining yuksak samaralarini bermoqda. Bunday keng koʻlamli oʻzgarishlar mamlakatimiz milliy saylov tizimida ham oʻz inʼikosini topmoqda. «Davlat tili haqida»gi qonun talablari toʻla va samarali taʼminlanmoqda. Oʻzbek tili bayrami ona tilimizni sharaflash, uning qadrini yanada yuksaltirish ayyomidir. Ushbu bayram davlat tilining Oʻzbekistonda yashayotgan barcha millatlar va elatlarning sevimli tiliga, maʼnaviy ehtiyojiga, faxr-iftixoriga aylanishida muhim omil boʻlmoqda. Barchangizga ona tilimizning nufuzini yana yuksaltirish va yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oʻzbek tili bayramingiz muborak boʻlsin! ✅ Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
Открыть в Telegram✍️ BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR! Aziz yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning sevimli bayrami 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz. Mamlakatimizda saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazishdek g‘oyat mas’uliyatli jarayonda pedagoglar doim faollik ko‘rsatib kelayotganini minnatdorlik bilan qayd etish bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Ularni yurtimiz milliy saylov tizimining ishonchli hamkorlari deb bilamiz. Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etishga doir ishlarning ko‘lami tobora kengayib, samaralari yuksalib borayotganiga xalqimiz o‘zi guvoh bo‘lib turibdi. Darhaqiqat, farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarimizni har qancha ulug‘lasak, arziydi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq». Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga yuksak e’tibor qaratilayotgani, Uchinchi Renessans poydevori sifatli ta’lim-tarbiya deb tanlanganida ham ana shunday ezgu orzu mujassam. Mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik – xalqimiz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi. Shu maqsadda istiqbolda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oshirish belgilab berildi. Bu milliy dasturlarning eng birinchisi bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Fidoyi o‘qituvchilar va murabbiylarni, barcha yurtdoshlarimizni xalqimizning sevimli bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin dildan tabriklaymiz. Barchangizning hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayz-u baraka, quvonch va kitob arimasin. Barchamizga ustozlarimizga va murabbiylarimizga munosib shogird bo‘lib yashash va mehnat qilish baxti nasib etsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ✅ O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | X | Ok.ru | YouTube
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Yoşlar parlamenti@yoshlar_parlamenti_qpПолитика4,83 тыс.
Hikmat istaganga...@hikmat_istagangaПолитика4,79 тыс.
Jasur Rahmon@jasur_rahmonПолитика4,95 тыс.
Otabek Akromov@otabek_akromovПолитика4,68 тыс.
Çortoq tumani hokimligi | rasmiy kanali@chortoqhokimligiuzПолитика4,61 тыс.
🇺🇿 TIV matbuot kotibi@tivmatbuotПолитика5,22 тыс.
Нуразизов Раджапбай Купалбекович@nurazizov_radjapbayПолитика4,5 тыс.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi@poytaxt_deputatlariПолитика5,72 тыс.