⚡️Maktablarda darslar taqsimoti va ustamalar belgilash tartibi avtomatlashtiriladi Maktablarda dars soatlarini taqsimlashda inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi elektron mexanizm joriy etilishi taklif qilinmoqda. Nimalar o‘zgarishi mumkin? — Dars soatlari elektron platforma orqali avtomatik taqsimlanadi. — Pedagoglarning diplomi, sertifikati va malaka toifasi hisobga olinadi. — Taqsimot jarayonida tenglik va adolat mezonlari qo‘llaniladi. — Natijalar pedagogik kengashda ko‘rib chiqilib, elektron tasdiqlanadi. — Dars taqsimotiga oid murojaat va e’tirozlar elektron tartibda o‘rganiladi. Ushbu mexanizmni 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab joriy etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga ustama belgilash tartibini ham takomillashtirish, bunda shaffoflik va xolislikni ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda. Eslatma: Hozircha bu takliflar muhokama qilinmoqda. Ularning amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinganligi haqida ma’lumot yo‘q. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram
Ta'limga oid
—Respublika ta'lim tizimiga oid eng so'nggi ishonchli yangiliklar va huquqiy sharhlar sodda tilda Bog'lanish: @TalimgaoidBot
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 1 нояб. 2026 г. | 1 320 |
| 10 нояб. 2026 г. | 1 402 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,86 тыс.Пересылки—Реакции4Комментарии—
- 02Просмотры1,32 тыс.Пересылки—Реакции2Комментарии—
- 03Просмотры945Пересылки—Реакции4Комментарии—
Новые посты
❗️Ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda maktabga kelishlarini ta’minlashi shart. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari farzandlarining ta’lim olishini, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlashi hamda o‘zlashtirishini nazorat qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1180-son Qonun bilan o‘zgartirishlar kiritildi. 47-modda bo‘yicha jarimalar: 👉 Ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaslik yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarda ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik — 2 200 000 so‘mdan 4 400 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa — 4 400 000 so‘mdan 6 600 000 so‘mgacha jarima. 👉 O‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish — 4 400 000 so‘mdan 6 600 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa — 6 600 000 so‘mdan 8 800 000 so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. 👉 Bolalarning majburiy umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi olishiga to‘sqinlik qilish — 6 600 000 so‘mdan 8 800 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa — 8 800 000 so‘mdan 13 200 000 so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Oliy ta'lim muassasalarida oʻqituvchilar bilan bir yillik mehnat shartnomasi tuzish qonunchilikka zid! So‘nggi paytlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar bilan sentabrda bir yillik mehnat shartnomasi tuzib, avgustda muddati tugagani sababli ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu masalada 10 nafarga yaqin professor oʻqitivchilar haq-huquqlarini tiklab sudga da’vo arizasi kiritishdi. OTM rektorlari tomonidan Mehnat kodeksining 112–113-moddalaridagi muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslari bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarorida belgilangan tanlov tartibini adashtirib notoʻgʻri talqin qilinmoqda! Qonuniy asos bo‘lmasa, bir yillik mehnat shartnomasi ham nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. O‘quv yilining tugashi esa o‘z-o‘zidan xodimni ishdan bo‘shatishga asos bo‘lmaydi. Bunday buyruqlar sudda bekor qilinib, o‘qituvchilar ishga tiklanishi mumkin. Manba Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Ta’lim va ilm-fan vazirligida qator tayinlovlar amalga oşirildi Vazirning tegişli buyruqlari bilan: ▶️Fayziyev Farruxjon Nematillayeviç — Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği; ▶️Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinoviç — Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği; ▶️Ğaybullayev Farrux Yuldaşeviç — Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği; ▶️Nematov Inatillo Ubaydullayeviç — vazirlikning Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в TelegramTa’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. – Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich — vazirning birinchi o‘rinbosari. Ilgari “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori bo‘lgan. – Pardayeva Mehriniso Doniyorovna — vazir o‘rinbosari. Avval Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan. – Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li — vazir o‘rinbosari. Bungacha Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori bo‘lgan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin. 🔹 Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi. 🔹 Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 🔹 Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi. 🔹 Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi. Kimlarga berilmaydi: nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Xushxabar: Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi 📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi. Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak. ✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda. Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha: ▶️Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi; ▶️Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi; ▶️Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan; ▶️Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi; ▶️Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi. ▶️Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi. ▶️Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi; ▶️Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi. Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi. Prezident bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida: “Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
ZamonimizTv | Rasmiy kanal@zamonimiztvНовости и СМИ10,1 тыс.
Özbekiston tumani hokimligi@uzbaxborotxizmatiНовости и СМИ10,1 тыс.
Qisqasi - eng sara yangiliklar@qisqasitvНовости и СМИ10,1 тыс.
🇺🇿 OLOT TUMANI YANGILIKLARI 🇺🇿 ✪@olot24_7Новости и СМИ10 тыс.
SAMARQANDLIK YOŞLAR@yiasamyoshНовости и СМИ10 тыс.
BAĞDOD TUMANI HOKIMLIGI@bagdodim_newsНовости и СМИ10,3 тыс.- АЛЬТМАН@altmanewsНовости и СМИ10,3 тыс.
OLTIARIQ TUMAN HOKIMLIGI RASMIY KANALI@oltiariqtumanihokimligiНовости и СМИ10,3 тыс.
Кого упоминает
Edu.uz@eduuz1 упоминание
Mehnat_qonunchiligi@mehnat_qonunchiligi1 упоминание
Namangan davlat universiteti@namdu_xabarlari1 упоминание