⚡️Maktablarda darslar taqsimoti va ustamalar belgilash tartibi avtomatlashtiriladi Maktablarda dars soatlarini taqsimlashda inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida yangi elektron mexanizm joriy etilishi taklif qilinmoqda. Nimalar o‘zgarishi mumkin? — Dars soatlari elektron platforma orqali avtomatik taqsimlanadi. — Pedagoglarning diplomi, sertifikati va malaka toifasi hisobga olinadi. — Taqsimot jarayonida tenglik va adolat mezonlari qo‘llaniladi. — Natijalar pedagogik kengashda ko‘rib chiqilib, elektron tasdiqlanadi. — Dars taqsimotiga oid murojaat va e’tirozlar elektron tartibda o‘rganiladi. Ushbu mexanizmni 2027–2028-o‘quv yilidan boshlab joriy etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga ustama belgilash tartibini ham takomillashtirish, bunda shaffoflik va xolislikni ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda. Eslatma: Hozircha bu takliflar muhokama qilinmoqda. Ularning amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinganligi haqida ma’lumot yo‘q. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в TelegramПосты канала Ta'limga oid
❗️Ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda maktabga kelishlarini ta’minlashi shart. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari farzandlarining ta’lim olishini, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlashi hamda o‘zlashtirishini nazorat qilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga 2026-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-1180-son Qonun bilan o‘zgartirishlar kiritildi. 47-modda bo‘yicha jarimalar: 👉 Ota-onalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaslik yoki qonunda ko‘rsatilgan shartlarda ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik — 2 200 000 so‘mdan 4 400 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa — 4 400 000 so‘mdan 6 600 000 so‘mgacha jarima. 👉 O‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish — 4 400 000 so‘mdan 6 600 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa — 6 600 000 so‘mdan 8 800 000 so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. 👉 Bolalarning majburiy umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi olishiga to‘sqinlik qilish — 6 600 000 so‘mdan 8 800 000 so‘mgacha jarima. 👉 Ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa — 8 800 000 so‘mdan 13 200 000 so‘mgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Oliy ta'lim muassasalarida oʻqituvchilar bilan bir yillik mehnat shartnomasi tuzish qonunchilikka zid! So‘nggi paytlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar bilan sentabrda bir yillik mehnat shartnomasi tuzib, avgustda muddati tugagani sababli ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shu masalada 10 nafarga yaqin professor oʻqitivchilar haq-huquqlarini tiklab sudga da’vo arizasi kiritishdi. OTM rektorlari tomonidan Mehnat kodeksining 112–113-moddalaridagi muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslari bilan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarorida belgilangan tanlov tartibini adashtirib notoʻgʻri talqin qilinmoqda! Qonuniy asos bo‘lmasa, bir yillik mehnat shartnomasi ham nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. O‘quv yilining tugashi esa o‘z-o‘zidan xodimni ishdan bo‘shatishga asos bo‘lmaydi. Bunday buyruqlar sudda bekor qilinib, o‘qituvchilar ishga tiklanishi mumkin. Manba Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Ta’lim va ilm-fan vazirligida qator tayinlovlar amalga oşirildi Vazirning tegişli buyruqlari bilan: ▶️Fayziyev Farruxjon Nematillayeviç — Yuridik ta’minlaş boşqarmasi boşliği; ▶️Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinoviç — Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği; ▶️Ğaybullayev Farrux Yuldaşeviç — Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasi boşliği; ▶️Nematov Inatillo Ubaydullayeviç — vazirlikning Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в TelegramTa’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. – Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich — vazirning birinchi o‘rinbosari. Ilgari “PwC Uzbekistan” kompaniyasida davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori bo‘lgan. – Pardayeva Mehriniso Doniyorovna — vazir o‘rinbosari. Avval Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan. – Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan o‘g‘li — vazir o‘rinbosari. Bungacha Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori bo‘lgan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin. 🔹 Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi. 🔹 Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 🔹 Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi. 🔹 Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi. Kimlarga berilmaydi: nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga. Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Xushxabar: Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi 📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi. Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak. ✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda. Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha: ▶️Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi; ▶️Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi; ▶️Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan; ▶️Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi; ▶️Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi. ▶️Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi. ▶️Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi; ▶️Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi. Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi. Prezident bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida: “Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati ochildi Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari asosida tanlovda ishtirok etib, ikkinchi–beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishiga ko‘ra, ustuvorlik tartibida tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga ruxsat berildi. Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladi Prezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi. Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar. ‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida: ▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilanadi; ▶️qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha (qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinadi; ▶️birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinadi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi xodimlarning yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi 📃Maktab va qo‘shma ta’lim, madaniyat va sport muassasalari, davlat maktabgacha ta’limi tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati hamda maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmati hodimlari uchun yangi bazaviy tarif stavkalari tasdiqlandi. 📌2026-yil 1-sentyabrdan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari ushbu hujjatda ko‘rsatilgan miqdorlarda belgilanadi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi? ✅Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi. ✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun: Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. Bunda super-kontakt miqdori yetmay qolgan balga nisbatan hisoblanadi, 4 ballik shkala amal qiladi. ✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun: Siz masalan 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4 va 5 yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1, 2 yoʻnalishlar, na 4,5 yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin. Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib hozircha e'lon qilingani yoʻq. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling! Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda. 🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling! 🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari 💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi 📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl 📲 +998 55 588 33 81
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Oshirilgan maoshlar bo‘yicha akademik litsey va texnikum xodimlari qancha maosh olishadi? ➖ Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m. ℹ️ Ustama: Akademik litseylar o‘qituvchilariga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun 20 foiz ustama to‘lanadi. ❓Texnikum pedagog xodimlari maoshi qancha? (1-b ilova) Kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun tasdiqlangan yangi stavkalar: ➖ Bosh o‘qituvchi — 5 503 920 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi — 4 980 320 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi — 4 470 320 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi — 3 992 960 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi — 3 731 840 so‘m; ➖ Ishlab chiqarish ta’limi ustasi — 4 980 320 so‘m. ❗️Eslatma: PQ-316-son qarorga muvofiq, ishlab chiqarish ta’limi ustasining stavkasi maktabning birinchi malaka toifali o‘qituvchisi stavkasiga tenglashtirilgan. ✅Oddiy kasb-hunar kollejlari va mustaqil litseylar (1-ilova) Oliy ta’lim huzurida bo‘lmagan muassasalarda stavkalar quyidagicha: ➖ Bosh o‘qituvchi: litseyda — 4 560 524 so‘m, kollejda — 4 307 944 so‘m; ➖ Yetakchi o‘qituvchi: litseyda — 4 307 944 so‘m, kollejda — 4 059 185 so‘m; ➖ Katta o‘qituvchi: litseyda — 4 059 185 so‘m, kollejda — 3 800 957 so‘m; ➖ Oliy ma’lumotli o‘qituvchi: litseyda — 3 800 957 so‘m, kollejda — 3 548 870 so‘m; ➖ O‘rta maxsus ma’lumotli: litseyda — 3 548 870 so‘m, kollejda — 3 315 799 so‘m. 🔹 Boshqa pedagog xodimlar (psixolog, to‘garak rahbari, konsertmeyster) (2-ilova) ➖ Akademik litsey psixologlari: 3 593 664 so‘m (shuningdek, 20 foiz ustama qo‘llaniladi); ➖ Boshqa muassasalar psixologi va tarbiyachilari: toifasiga ko‘ra 2 357 669 so‘mdan 3 199 558 so‘mgacha; ➖ Akademik litseylarning to‘garak rahbari: toifasiga ko‘ra 2 065 886 so‘mdan 2 684 015 so‘mgacha; ➖ Madaniyat va san’at kollejlari konsertmeysterlari: 2 860 639 so‘mdan 3 800 957 so‘mgacha. ❓Rahbar xodimlarning maoshlari qancha? (3-ilova) Muassasa guruhiga (I–IV guruh) qarab: ➖ Direktor: 6 031 112 so‘mdan — 7 106 019 so‘mgacha; ➖ Direktor o‘rinbosarlari: 5 682 853 so‘mdan — 6 741 289 so‘mgacha; ➖ Chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari: 3 800 957 so‘mdan — 4 560 524 so‘mgacha; ➖ Jismoniy tayyorgarlik rahbari: 3 084 108 so‘mdan — 3 800 957 so‘mgacha; ➖ Katta usta: 2 684 015 so‘mdan — 3 359 569 so‘mgacha; ➖ Bo‘lim boshlig‘i: o‘quvchilar soniga qarab (150 dan 601+ nafargacha) 2 164 627 so‘mdan — 2 780 841 so‘mgacha. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Ta'lim sohasiga oid yangiliklar: ✅ @Talimgaoid
Открыть в Telegram