#Dolzarb15Kun Bag‘dod tumanida “Dolzarb 15 kunlik” doirasida tozalash va obodonlashtirish ishlari kuchaytirildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida 23-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi topshiriqlari hamda viloyatda e’lon qilingan “Dolzarb 15 kunlik” tadbiri ijrosi doirasida Bag‘dod tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududlarni xazon va chiqindilardan tozalash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari V.Voxidov, hokimi o‘rinbosari O'.Boltaboyev va tuman prokurori A.Muxtarov boshchiligida tashkilot-korxonalar rahbarlaridan iborat safarbar guruhlar tuzildi. Ishchi guruhlar tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha zarbdor tozalash yumushlariga kirishdi. Bugun tongda tuman hokimi Maqsadjon Isaqov rahbarligida tezkor yig‘in o‘tkazilib, tungi navbatchilik va joylardagi o‘rganishlar natijalari tahlil qilindi hamda guruhlar faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. @bagdodim_news
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 4 550 |
| 3 ч | 9 140 |
- Через 1 час4 550
- Всего сейчас9 140










