#tugadi Amin Maalouf. Doğunun limanları Yaqin orada bunchalik koʻp mavzu va muammolarni oʻzida birlashtirgan, ammo odamni zoʻriqtirmay silliq anglatilgan kitob oʻqimagan edim. Kitobda siyosatning insonlar qismatiga soʻzsiz taʼsiridan tortib, inson taqdiri va xarakteri shakllanishida oilaviy muhit/munosabatning roli haqida ham fikr yuritiladi. Hayotdan koʻpincha adolat izlaymiz-da, biz uchun haqsizlikdek tuyulgan bir qancha holatlar tufayli. Lekin baʼzan oʻzimiz ham kimningdir koʻzida adolatsizlik qilayotgan/haqsiz yashayotgandek tuyulishimiz mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmaymiz. Misol uchun, 5 sezgi aʼzomiz raso holatida tugʻilganmiz, kimdir qay biridan mosuvo yashayapti. Yoki oilada hamma farzandga ham bir xil nazarda qaralmaydi va qaysidir biri afzalroq koʻrilar ekan, boshqasi nazardan chetda qoldiriladi. Ha, bunday holatlar uchun hech qaysi taraf aybdor boʻlmasligi mumkin, ammo buni narigi kishiga tushuntirib boʻladimi? Kitob tilga olingan hech bir mavzuga yechim berishga intilmaydi, siyosatni qanday olib borish kerak yoki oilada qanday tenglik oʻrnatilishi kerak, bu masalada mutlaqo tavsiya bermaydi. Aslida bu mavzularda foydali tavsiyalar berish imkonsiz ham, har bir davlat/ oila oʻziga xosdir va umumiy tavsiyalar bunday holatlarda oʻzini oqlamaydi. Asardan shuni anglash/oʻrganish mumkin. Hayot ideal emas, bizga istaganimizni taqdim etishga majbur emas. Ammo biz hayotga keldikmi, har qanday vaziyatga tayyorlikni boʻyinga olganmiz. Oʻlim esa har qanday jonzotning muqarrar yakuni. Uni tezlatishga urinishdan naf yoʻq, axir baribir keladi. Hayot esa bir sahna. Uni yarmida tark etish emas, "qani davomida nima boʻlar ekan?", deb yashash yaxshiroq. Axir qaysi biri — tark etishmi, kutishmi yaxshiroq— bilmaymiz-ku baribir. Asar oʻquvchiga eng murakkab vaziyatlarda ham sovuqqon qolishni, ogʻir kunlarda ezilib ado boʻlmasdan, hayotingga xuddi tomoshabindek boqishni oʻrgatadi. Kitobni har qanday yosh toifasiga tavsiya qilish mumkin. Oʻqing, qanday vaziyatda boʻlsangiz ham, kitoblar bilan oʻzingizni chalgʻiting. Umr baribir tugaydi. @mutolaa_olami
Открыть в Telegram
Mutolaa olami
Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <<Kitoblar bizga hayot yuzidagi nafas olish yo'llarini ko'rsatib beradi..>> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 31 окт. 2026 г. | 578 |
| 8 нояб. 2026 г. | 547 |
| 17 нояб. 2026 г. | 276 |
| 20 нояб. 2026 г. | 194 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры578Пересылки—Реакции7Комментарии—
- 02Просмотры547Пересылки—Реакции24Комментарии—
- 03Просмотры310Пересылки—Реакции8Комментарии—
- 04Просмотры263Пересылки—Реакции12Комментарии—
Новые посты
Biz eng yaxshi davrda oʻqiganmiz, hatto har sessiyada 12-13 ta fan oʻqigan boʻlsak ham. Filologiya talabalari boʻlaturib, "Oliy matematika", "Oʻlkashunoslik" fanlarini oʻqigan boʻlsak ham. Qaniydi, atigi 1 kunga oʻsha begʻam(ammo u paytlarda goʻyoki dunyoning gʻami yelkamizda edi)), maʼsud kunlarga qaytish imkoni boʻlganda.. Aziz talabalar, siz umringizning eng ajoyib davrini yashamoqdasiz. Har bir soniyasidan zavqlaning, oʻqing, hordiq chiqaring, samimiyatga, hayotga toʻlib yashang!
Открыть в TelegramBugun kursdoshlar bilan umrimizning eng qiymatli, qadrli davrini esga oldik. Biz shunday oʻrta davrda oʻqiganmiz: sentyabr-oktyabr oylarida poytaxt talabalari dazmol kiyimlarda oʻqishga qatnar ekan, biz paxta dalalarida javlon urardik, qachonlardir bu tizim bekor qilinishini orziqib kutar, paxtadan ozod qilinish uchun kimdir "Zags"dan oʻtardi, kimdir oʻzini kasalga solardi)) 2 yil oʻqib oʻqimay bu tizim bekor qilindi ham, keyin bilsak, oʻsha paxta yigʻimidagi davrimiz ham bir sarguzasht ekan. Bizni birlashtirgan, qiyinchilikni birga yengishga oʻrgatgan ekan. Biz eng yaxshi davrda oʻqiganmiz. U paytlar SI ham yoʻq, internet ham kuchli emas, hammamizda ham internetga qulay telefonlar yoʻq, boʻlsa ham, darrov xotirasi toʻlib qolaverardi. Lekin chin dildan dars qilardik, kutubxona 2-uyimiz edi. 1 yillik kutubxona biletimiz titilib ham ketardi.
Открыть в Telegram#mutolaa_vaqti "Oʻlimga oxirgi chora deb qara. Hech kim seni toʻxtatib qololmasligini unutma, ammo baribir oʻlim aniq ekan, uni zaxirada saqla, umringning oxirigacha. Deylik, tunda qoʻrqinchli tush koʻrding, buning bir roʻyo ekanligini bilasan va oʻzingga kelishing uchun boshingni bir-ikki silkitsang yetarli. Har narsa sodda, chidasa boʻladiganroq holga keladi va bir qaraganingda qoʻrqqan narsalaringdan zavq olishni boshlaysan. Hayot seni qoʻrqitayotgan boʻlsa, iching kuyib ketayotgan boʻlsa, yaqinlaring yuzsizlik qilishsa.., hayot shu ekan-u, ikkinchi marta taklif qilinmaydigan oʻyining ekanligini tushun. Zavq beruvchi, azob chektiruvchi bir oʻyin, ishonch va yolgʻon oʻyini. Niqoblar oʻyini. Uni oxirigacha oʻyna. Ista ishtirokchi boʻl, ista tomoshabin. Tomoshabin boʻlish yaxshiroq, oʻyindan osonroq chiqa olasan.." © Amin Maalouf. Sharqiy sohillar (Bandargoh, kort degim kelmadi)
Открыть в Telegramulg‘ayish — hamma kurashda g‘alaba qozonish emas, qaysi narsa kurashga arzimasligini anglashdir.
Открыть в TelegramПереслано из Mutolaa olami
Gavjum koʻchalarda soʻlim kuzning "tashrif qogʻozi" — xazonlarni shitirlatib, manzilingizga yoʻl olar ekansiz, Shubert yoqimli hamroh boʻla oladi..🍂🧡 @mutolaa_olami
Открыть в Telegram#Hamid Ismoilovni Nobel mukofoti marosimlari arafasida tanidim, filologiya sohasida oʻqib, ishlab turib bu yozuvchi haqida umuman eshitmaslik uyat, bilaman, ammo 9 yillik taʼlimim davomida hech bir darslarda ustozlarim tomonidan ham eslanmagani hayratlantiradi meni. Balki, ular ham bu yozuvchini bilmas. Tanishuvni adibning "Jinlar bazmi" asaridan boshladim. Yaqin orada oʻzbek adabiyotidan birorta kitobni bunday hayajon va qiziqish bilan oʻqimagan edim, asar eng sirli tarixiy voqealarni Qodiriy fojiasi fonida birma-bir yoritadi. Mutolaa davomida oʻquvchini turli savollar qiynayveradi: aslida hammasi shunday boʻlganmidi? Biz Nodirabegim va sovet siyosati uchun ishlagan qator adiblar shaxsiyatini ilohiylashtirib yuborganmizmi? Aslida ular tarixning nozik yaralariga sababchilar edimi? Ularning shaxsiyati emas, ijodi muhim, dersiz. Ammo shu shaxsiyatlar fojialarga tamal boʻlgan boʻlsa-chi? Bilmaymiz. Real vaziyat, haqiqiy muhitdan ancha uzoqda ekanmiz, obyektiv baholash qiyin. M.Yusufning satrlari xayolimda aylanaverdi: .. Tarix — soqov kampir, Dardin aytmaydi. Aytmas ham tushunib boʻlmas ham ammo.. Asar Qodiriyning soʻnggi oy/kunlari oʻtgan hibsxona darchasidan kuzatgan kabi jonli oʻqiladi, muallif yozuvchi uslubiga vobasta tusha olganki, xuddi asarni Qodiriyning oʻzi bitgandek. Taʼbir joiz boʻlsa, bizni shunday adibimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz) Baʼzan oʻquvchida syujet borasida savollar ham paydo boʻladi: Qodiriy hibsxonada 41(?)-xonaga jazo sifatida tashlanganida hamsuhbat boʻlgan Konolli va Shtoddart haqiqiy voqelikmidi yoki xayolot? Muborak va boshqa obrazlarga nima boʻlgandi oʻzi? Ular ham siyosiy qoʻgʻirchoqlar edimi? Xullas, kitobni oʻqish kerak, tarixga yangicha nigoh bilan qarash, oʻtgan kunlarning haqiqiy fojiasini bilish uchun ham. Yaxshi kitoblar mutolaasidan charchamang, doʻstlar! @mutolaa_olami
Открыть в Telegram#sovgʻa Bir necha kun oldin "Tirilish" nashriyotidan shu kitobni yetkazishdi. Dostoyevskiydan yangi nashr ekan, tashakkur! Kitobingizga kitob qoʻshilsin💚 @mutolaa_olami
Открыть в Telegram#tugadi Yapon adabiyotiga oid bir necha mutolaadan soʻng bu kitobni ham oʻqishga tutindim, qiziqish bilan boshladim, ammo voqealar ilgarilagani sari kitobda syujet liniyalari xiraroq berilganini, voqealar yorqin ifoda etilmaganini his qildim. Masalan, (spoiler!) professorning 80 daqiqalik xotirasi ham qisqarib qolishini asarning kulminatsiyasi desak, u ham yengilroq, mahvumroq yoritilgan, oʻquvchi sezmay ham qoladi. Professorning kelinoyisi oʻrtasidagi munosabatlar ham soʻroq ostida qoladi oʻquvchi uchun. Xullas, hodisa oʻzi hikoyaga arziydi-yu, majburan romanga aylantirilgandek, xuddi ikki kishilik ovqatga yetadigan masalliqdan 10 kishilik yemak tayyorlanganga oʻxshaydi). Ammo kitob matematika, sonlar dunyosiga qiziqtirib qoʻyarkan, oʻqib qoʻyish ziyon qilmaydi. @mutolaa_olami
Открыть в Telegram#podcast Oilaviy munosabatlar haqida hech yozmayman, aniqrogʻi kanal bu liniyaga mos emas. Ammo bu podkastdagi bitta daʼvatga hayotim bilan qoʻshilaman. Qizlar, singillar, oʻqing, oʻz kasb va mashgʻulotingizda mutaxassis boʻling, oʻz xobbilaringiz boʻlsin, oʻzingiz bilan yolgʻiz qolganingizda ham baxtli va xotirjam boʻla oling, oʻzingizni va boʻlajak farzandingizni mustaqil taʼminlashga ham ruhan, ham moddiy jihatdan tayyor boʻling, oʻshandan keyin oila haqida oʻylab koʻring. Va eng avvalo, oʻzingizni idora qila oling, zararingizga ishlaydigan odatlardan oʻzingizni cheklay oling, oʻz-oʻziga hukmi oʻtgan, aql bilan boshqara olgan qiz onalikni ham toʻliq uddalay oladi. Eʼtibor bering, mukammal yoki ideal demadim, bu imkonsiz.
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Surxondaryo viloyat Bolalar kutubxonasi📚📚📚@surxondaryobolalarkutubxonasiКниги1,24 тыс.
Afif Books | Qo’qon@afifbooks_uzКниги1,28 тыс.
Abror Pir Muhammad@abrorpirmuhammadКниги1,22 тыс.
Kitobxon Abdulboriy sahifasi@abdulboriy_margiloniy_rasmiyКниги1,2 тыс.
NUR kitoblar do'koni 🍃@nurbooks_uzКниги1,36 тыс.
Xushnudbek's blog)@xushnudbek_kutubxonasiКниги1,36 тыс.
Zehniyat@zehniyatКниги1,16 тыс.
Xurshid Abdurashid@xurshidabdurashidКниги1,37 тыс.