#Nazm Xavotir. Men o‘zimdan juda xavotirdaman, Jonim og‘riqlarni qilmayapti his. Kecha ostonamga ekilgan hasrat- Bugun tushimda ham qoldirmadi iz... Kecha bahorda ham tosh qotgan edim, Bugun qahratonda gulladim yashil. Yoki hammasiga ko‘z yumdimmi jim, Nahot so‘nggi chora ko‘nikish axir?! Kecha ko‘z yoshimga g‘arq qilib tunni, To‘kildim, To‘kildim, To‘kildim betin. Bugun-chi, hattoki topolmayapman, Yuragim qayerda joylashganligin! Kecha men nomini she‘r qilib aytgan, Shodliklar ham bugun o‘zimdan xafa. Angladim, bariga qo‘l siltab yashash- Menga topshirilgan ulkan vazifa! Endi na zulumot, na yorug‘ ichim, Hatto xiyonatni kechirdim beg‘am. Men erta odamdek yashashim uchun, Kechani bugunga qaytib ber Egam! ©️ Xushnudbek HODIYEV 22.09.2020 T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в Telegram
Xushnudbek's blog)
Men doimo jannat kutubxonaga o‘xshagan joy bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman! ©️Jorj Luis Borxes - Hammasi adabiyot va kitoblar haqida! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi
Подписчики, 30 дней
28 нояб. – 29 нояб.+1 (+0,1%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 28 нояб. 2026 г. | 1 362 |
| 29 нояб. 2026 г. | 1 363 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 3 нояб. 2026 г. | 820 |
| 19 нояб. 2026 г. | 295 |
Новые посты
Yana yangi mutolaa) Noyabrgacha tugata olamanmi? Siz nima o’qiyapsiz? Bo’lishing. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramOktabrning teng yarmidan yana mutolaaga qaytdim) Klassika❤️ T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramNobel mukofotining Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2026-yilgi laureati kanadalik shoira va tarjimon Enn Karson bo‘ldi. U "Qizilning tarjimai holi" nomli she’riy romani bilan tanilgan. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramErkinlik yo‘qolganidan keyingina uning naqadar qimmatli ekanini chuqur his qilamiz.. #reading T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramKuz ham keldi. Kuz mutolaa uchun o'zgacha fasl. Sariqlik, sokinlik va salqin havo odamni o'qishga undaydi. Shundan foydalanib, sentabr oyini anachadan beri xumori tutib yurgan O'zbek adabiyotiga bag'ishlayman. Ya'ni shu oyda faqat o'zbek adiblarining kitoblarini o'qiyman. Demak, ilk kitob - Nazar Eshonqul "Momoqo'shiq". Va bu borada doimgidek mutolaa ilovasi menga yordamchi. Menga o'xshab, o'zbek adabiyotini sog'inganlar hayt devorsin😅 T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramJazirama... Behol saraton, Hatto qushlar kelmaydi uchib. Allaqachon quyosh ham botgan, Zamin yotar olovni quchib. Dala-dashtlar qolgan beega, Hech qayerdan kelmaydi ovoz. Jonim, qo‘rqma, hali tonggacha Hovuridan tushib qolar yoz. Xosiyat Rustamova #nazm T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
NUR kitoblar do'koni 🍃@nurbooks_uzКниги1,36 тыс.
Xurshid Abdurashid@xurshidabdurashidКниги1,37 тыс.
Pingvin books@pingvinbooksКниги1,39 тыс.
Sanjar Nazar@sanjarnazarКниги1,4 тыс.
Afif Books | Qo’qon@afifbooks_uzКниги1,28 тыс.
Mutolaa olami@mutolaa_olamiКниги1,26 тыс.
«Hilol Nashr» Qo'qon@hilolnashr_qoqonКниги1,49 тыс.
Kitobdor.uz l Onlayn kitob doʻkoni@kitobdorr_uzКниги1,49 тыс.