#Nazm Xavotir. Men o‘zimdan juda xavotirdaman, Jonim og‘riqlarni qilmayapti his. Kecha ostonamga ekilgan hasrat- Bugun tushimda ham qoldirmadi iz... Kecha bahorda ham tosh qotgan edim, Bugun qahratonda gulladim yashil. Yoki hammasiga ko‘z yumdimmi jim, Nahot so‘nggi chora ko‘nikish axir?! Kecha ko‘z yoshimga g‘arq qilib tunni, To‘kildim, To‘kildim, To‘kildim betin. Bugun-chi, hattoki topolmayapman, Yuragim qayerda joylashganligin! Kecha men nomini she‘r qilib aytgan, Shodliklar ham bugun o‘zimdan xafa. Angladim, bariga qo‘l siltab yashash- Menga topshirilgan ulkan vazifa! Endi na zulumot, na yorug‘ ichim, Hatto xiyonatni kechirdim beg‘am. Men erta odamdek yashashim uchun, Kechani bugunga qaytib ber Egam! ©️ Xushnudbek HODIYEV 22.09.2020 T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in Telegram
Xushnudbek's blog)
Men doimo jannat kutubxonaga o‘xshagan joy bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman! ©️Jorj Luis Borxes - Hammasi adabiyot va kitoblar haqida! Instagram: http://Instagram.com/Xushnudbek_kutubxonasi
Subscribers, 30 days
Nov 28 – Nov 29+1 (+0.1%)
Show as table
| Date | Subscribers |
|---|---|
| Nov 28, 2026 | 1,362 |
| Nov 29, 2026 | 1,363 |
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 3, 2026 | 820 |
| Nov 19, 2026 | 295 |
Latest posts
Yana yangi mutolaa) Noyabrgacha tugata olamanmi? Siz nima o’qiyapsiz? Bo’lishing. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramOktabrning teng yarmidan yana mutolaaga qaytdim) Klassika❤️ T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramNobel mukofotining Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2026-yilgi laureati kanadalik shoira va tarjimon Enn Karson bo‘ldi. U "Qizilning tarjimai holi" nomli she’riy romani bilan tanilgan. T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramErkinlik yo‘qolganidan keyingina uning naqadar qimmatli ekanini chuqur his qilamiz.. #reading T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramKuz ham keldi. Kuz mutolaa uchun o'zgacha fasl. Sariqlik, sokinlik va salqin havo odamni o'qishga undaydi. Shundan foydalanib, sentabr oyini anachadan beri xumori tutib yurgan O'zbek adabiyotiga bag'ishlayman. Ya'ni shu oyda faqat o'zbek adiblarining kitoblarini o'qiyman. Demak, ilk kitob - Nazar Eshonqul "Momoqo'shiq". Va bu borada doimgidek mutolaa ilovasi menga yordamchi. Menga o'xshab, o'zbek adabiyotini sog'inganlar hayt devorsin😅 T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramJazirama... Behol saraton, Hatto qushlar kelmaydi uchib. Allaqachon quyosh ham botgan, Zamin yotar olovni quchib. Dala-dashtlar qolgan beega, Hech qayerdan kelmaydi ovoz. Jonim, qo‘rqma, hali tonggacha Hovuridan tushib qolar yoz. Xosiyat Rustamova #nazm T.me/Xushnudbek_kutubxonasi
Open in TelegramConnections
Similar channels
NUR kitoblar do'koni 🍃@nurbooks_uzBooks1.36K
Xurshid Abdurashid@xurshidabdurashidBooks1.37K
Pingvin books@pingvinbooksBooks1.39K
Sanjar Nazar@sanjarnazarBooks1.4K
Afif Books | Qo’qon@afifbooks_uzBooks1.28K
Mutolaa olami@mutolaa_olamiBooks1.26K
«Hilol Nashr» Qo'qon@hilolnashr_qoqonBooks1.49K
Kitobdor.uz l Onlayn kitob doʻkoni@kitobdorr_uzBooks1.49K