Account
Mutolaa olami

Mutolaa olami

Xush kelibsiz! Kundalikda asarlarga doir tavsiyalar, taqrizlar, kitoblar haqida fikr-mulohazalar ulashib boriladi. <<Kitoblar bizga hayot yuzidagi nafas olish yo'llarini ko'rsatib beradi..>> © Farengeyt boʻyicha 451 daraja

Username
@mutolaa_olami
Category
Books
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,259
Avg views per post, 7d—last 7 days
ERR28.41%30-day average

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Oct 31, 2026578
Nov 8, 2026547
Nov 17, 2026276
Nov 20, 2026194

Most viewed this month

  1. 01
    Views578
    Forwards—
    Reactions7
    Comments—
  2. 02
    Views547
    Forwards—
    Reactions24
    Comments—
  3. 03
    Views310
    Forwards—
    Reactions8
    Comments—
  4. 04
    Views263
    Forwards—
    Reactions12
    Comments—

Latest posts

#1190Link preview

​#tugadi Amin Maalouf. Doğunun limanları Yaqin orada bunchalik koʻp mavzu va muammolarni oʻzida birlashtirgan, ammo odamni zoʻriqtirmay silliq anglatilgan kitob oʻqimagan edim. Kitobda siyosatning insonlar qismatiga soʻzsiz taʼsiridan tortib, inson taqdiri va xarakteri shakllanishida oilaviy muhit/munosabatning roli haqida ham fikr yuritiladi. Hayotdan koʻpincha adolat izlaymiz-da, biz uchun haqsizlikdek tuyulgan bir qancha holatlar tufayli. Lekin baʼzan oʻzimiz ham kimningdir koʻzida adolatsizlik qilayotgan/haqsiz yashayotgandek tuyulishimiz mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmaymiz. Misol uchun, 5 sezgi aʼzomiz raso holatida tugʻilganmiz, kimdir qay biridan mosuvo yashayapti. Yoki oilada hamma farzandga ham bir xil nazarda qaralmaydi va qaysidir biri afzalroq koʻrilar ekan, boshqasi nazardan chetda qoldiriladi. Ha, bunday holatlar uchun hech qaysi taraf aybdor boʻlmasligi mumkin, ammo buni narigi kishiga tushuntirib boʻladimi? Kitob tilga olingan hech bir mavzuga yechim berishga intilmaydi, siyosatni qanday olib borish kerak yoki oilada qanday tenglik oʻrnatilishi kerak, bu masalada mutlaqo tavsiya bermaydi. Aslida bu mavzularda foydali tavsiyalar berish imkonsiz ham, har bir davlat/ oila oʻziga xosdir va umumiy tavsiyalar bunday holatlarda oʻzini oqlamaydi. Asardan shuni anglash/oʻrganish mumkin. Hayot ideal emas, bizga istaganimizni taqdim etishga majbur emas. Ammo biz hayotga keldikmi, har qanday vaziyatga tayyorlikni boʻyinga olganmiz. Oʻlim esa har qanday jonzotning muqarrar yakuni. Uni tezlatishga urinishdan naf yoʻq, axir baribir keladi. Hayot esa bir sahna. Uni yarmida tark etish emas, "qani davomida nima boʻlar ekan?", deb yashash yaxshiroq. Axir qaysi biri — tark etishmi, kutishmi yaxshiroq— bilmaymiz-ku baribir. Asar oʻquvchiga eng murakkab vaziyatlarda ham sovuqqon qolishni, ogʻir kunlarda ezilib ado boʻlmasdan, hayotingga xuddi tomoshabindek boqishni oʻrgatadi. Kitobni har qanday yosh toifasiga tavsiya qilish mumkin. Oʻqing, qanday vaziyatda boʻlsangiz ham, kitoblar bilan oʻzingizni chalgʻiting. Umr baribir tugaydi. @mutolaa_olami

Open in Telegram
Views194−46%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#1188Text
Views263−26%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#1187Photo
Views254−29%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#1186Text
Views310−13%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#1182Link preview

​#Hamid Ismoilovni Nobel mukofoti marosimlari arafasida tanidim, filologiya sohasida oʻqib, ishlab turib bu yozuvchi haqida umuman eshitmaslik uyat, bilaman, ammo 9 yillik taʼlimim davomida hech bir darslarda ustozlarim tomonidan ham eslanmagani hayratlantiradi meni. Balki, ular ham bu yozuvchini bilmas. Tanishuvni adibning "Jinlar bazmi" asaridan boshladim. Yaqin orada oʻzbek adabiyotidan birorta kitobni bunday hayajon va qiziqish bilan oʻqimagan edim, asar eng sirli tarixiy voqealarni Qodiriy fojiasi fonida birma-bir yoritadi. Mutolaa davomida oʻquvchini turli savollar qiynayveradi: aslida hammasi shunday boʻlganmidi? Biz Nodirabegim va sovet siyosati uchun ishlagan qator adiblar shaxsiyatini ilohiylashtirib yuborganmizmi? Aslida ular tarixning nozik yaralariga sababchilar edimi? Ularning shaxsiyati emas, ijodi muhim, dersiz. Ammo shu shaxsiyatlar fojialarga tamal boʻlgan boʻlsa-chi? Bilmaymiz. Real vaziyat, haqiqiy muhitdan ancha uzoqda ekanmiz, obyektiv baholash qiyin. M.Yusufning satrlari xayolimda aylanaverdi: .. Tarix — soqov kampir, Dardin aytmaydi. Aytmas ham tushunib boʻlmas ham ammo.. Asar Qodiriyning soʻnggi oy/kunlari oʻtgan hibsxona darchasidan kuzatgan kabi jonli oʻqiladi, muallif yozuvchi uslubiga vobasta tusha olganki, xuddi asarni Qodiriyning oʻzi bitgandek. Taʼbir joiz boʻlsa, bizni shunday adibimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz) Baʼzan oʻquvchida syujet borasida savollar ham paydo boʻladi: Qodiriy hibsxonada 41(?)-xonaga jazo sifatida tashlanganida hamsuhbat boʻlgan Konolli va Shtoddart haqiqiy voqelikmidi yoki xayolot? Muborak va boshqa obrazlarga nima boʻlgandi oʻzi? Ular ham siyosiy qoʻgʻirchoqlar edimi? Xullas, kitobni oʻqish kerak, tarixga yangicha nigoh bilan qarash, oʻtgan kunlarning haqiqiy fojiasini bilish uchun ham. Yaxshi kitoblar mutolaasidan charchamang, doʻstlar! @mutolaa_olami

Open in Telegram
Views657+84%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#1179Photo
Views519+45%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#1177Text
Views620+73%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—

All posts

Connections