PABLO NERUDA
QUVONÇGA QASIDA
Quvonç
derazam ortidagi
yaşil yaproqça,
boyagina
uvvoqina
tuğilgan soflik,
raqsga tuşar fil,
yaltiroq tanga,
va baʼzida
singan şijoat,
ammo
nondek
eng zaruri u,
röyobin topgan orzu,
bajarilgan burç.
Sendan hazar qilardim, quvonç.
Kaltabin edim men şunday.
Oyparast yurdim yöllarda.
Qadim şoirlarning
oynagin kiyib
qora gardiş bilan
örab olgan edim
hamma narsani,
gulning qora barglari,
sevikli labdagi
dardçil bösani.
Hali vaqt bor-ku.
Mana, ökinyapman-ku.
Öylardimki:
bordi-yu yuragim
yonayotgan butadek
kuysa olovda,
bordi-yu
motam kunigaça
yomğirda tursam şalabbo,
bordi-yu
atirgul közlarin yumib
tikanini qadasa menga,
bordi-yu barça oğriqni
şimsam özimga –
yordam bera olaman özgalarga deb.
Ammo kalta öylardim,
Xato keçdim yölimni,
va bugun
seni çaqiryapman, quvonç.
Zamin kabi
sen ham
zaruriydirsan.
Sen öçoqlarni
bor qilar
olov.
Obiyovğon kabi
musaffo.
Şildiraysan
daryoda suvdek.
Bol tutasan –
göyo bolari.
Yigit çoğlarim
şarmandali topdim
yuzingni,
quvonç.
Kaltabin edim,
axir bilardim-ku,
köksimda bilqillardi
qaynar buloğing.
Bugun esa köçada,
yiroq tuşib kitobdan,
senga yöliqdim, quvonç,
va sen men bilan birga ketding:
Sen bilan
uyma-uy yurişni,
qişloqma-qişloq kezişni
istayman, quvonç, yoyiq tuğ bilan.
Axir faqat menga – atalmagansan.
Orollarga boramiz
va dengizlarga.
şaxtalardan ötamiz
va örmonlardan.
Sarhil mevalaring uçun
faqat ötinçilar,
qaşşoq kirçilar,
mohir sangtaroşlarmas,
uyuşgan,
bir-biriga yelkadoş
örmonçi, dengizçilar kasaba uyuşmalari,
öz kuraşida qozongan
jasur öğlonlar ham kelar men tomon.
Sen-la olğa, quvonç!
va mening qöşiğim-la olğa!
Olğa boramiz oçiq yulduzlar parvozi,
quvnoq
pufakçalar-la!
Hammaga quvonç tarqataman,
zero butun odamdan
qarzdorman öz quvonçim uçun.
Kimsa taajjublanmas axir
tarqatiş istasam
yer neʼmatlarin,
Kuraşlarda anglaganim şu:
yer uzra quvonç
elçisiman men.
Va qöşiğim-la yoyurman uni.
TILLANISO tarjimasi