Кабинет

Посты канала Hid Gallyutsinatsiyasi

сначала новые

#6394Фото
Просмотры158−74%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#6392Текст

Переслано из Ahror Abdumannon

Ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak “Alp” nashriyoti bilan bo'layotgan ishlar. “Taym mashin: 1984” va “Bilganingdan ozodlik” kitoblari ekspertiza uchun olib ketilgan, butun bir nashr, dastlab (vaholanki, ekspert uchun bir dona kitobning o'zi kifoya edi). Eshitishimga qaraganda, kitob do'konlarida sotuvda bo'lganlari ham yig'ishtirib olingan. Keyin esa “Bilganingdan ozodlik” ekspertizadan omon chiqqan, “Taym mashin: 1984” esa yo'q. Masalaga savol bilan kirib, savol“lar” bilan chiqasiz. Muammo asar bilan emas, muallifning avvalboshdagi faoliyati bilan bog‘liqligi sir bo'lmasa kerak deb bilaman. Yoki boshqa bir vaj – axloqiy mezonlarning bo'g'ilishi bo'lsa, bu hozirgi o'zbek tiliga tarjima qilinayotgan va o'zimizda yozilayotgan asarlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatish kerak, ya'ni ular ham mana shu mavhum mezon oldida javob berishi zarur. Meni o'ylantirayotgan tomoni, bu faqat “Alp” nashriyotiga taalluqli emas va bu bir qadar savollarni keltirib chiqaradi: nashriyotning mavzu va muallif tanlash erkinligi, badiiy ijod erkinligi va senzura masalasi, kitoblarni ekspertizadan o'tkazishning huquqiy asoslari, muallif va noshirlarning huquqiy himoyasi, nashriyotning moliyaviy tavakkalchiligi... Sohadagi tavakkalchilikni olaylik. Mualliflik huquqi va qalam haqi, tahrir va musahhihlik, muqova dizayni va sahifalash, qog‘oz va bosmaxona xarajatlari, xodimlarning ish haqi. Bu juda katta zarar, ustiga-ustak jarima. Nega shular raqamlashtirilmagan? ISBN olish uchun ariza topshiriladi, annotatsiya bilan, annotatsiyada qisman asar xarakteri o'rin oladi. Nima uchun shu jarayonda to'xtatib qolinmaydi – kitob chiqadi, kitob do'konlariga tarqatiladi, taqdimot o'tadi va so'ng... Bu nashriyotning zarariga xizmat qiladigan kunjaklardan biri. Agar haqiqatan ham muallifning jurnalistik faoliyatiga aloqasi yo'q bo'lsa masalaning, ekspert keltirgan sabab asos qilib olinadi: badiiy ijod erkinligi va senzura masalasi (ziddiyat). So'z erkinligi hammaga birday ma'qul keladigan fikrni aytish-yozish huquqi emas. U jamiyatdagi muammolarni ko‘tarish, boshqa tomondan turib qarash, ma'lum qarashlarga muqobil fikr bildirish va voqelikni badiiy obrazlar orqali ifodalash huquqini ham anglatadi. Yozuvchi jamiyatdagi illatlarni tasvirlashi, tarixiy voqealarga tanqidiy yondashishi yoki antiutopik asar yaratishga haqli. Badiiy asardagi qahramonning axloqiy majruhligi muallifning shaxsiy fikri degan yot qarash qayerdan kelganini esa bilmayman. Meningcha, bu masalaga beparvo qarab bo'lmaydi, ayniqsa, noshirlar va kitobxonlar. Hozirgi harakatimiz yaqin bir yilda noshirlar chiqarayotgan kitoblarning va kitobxonlar o'qiyotgan asarlarning darajasini belgilab beradi. Ahror Abdumannon

Открыть в Telegram
Просмотры223−64%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
2 ч179
6 ч223
  1. Через 6 часов223
  2. Всего сейчас223
#6391Текст

Переслано из Dilshoda

Oʻzbekistonda kitob doʻkonlariga qilinadigam reydlar doimiy va hozirga kelib salkam normal jarayon sifatida koʻrilgan, tushunishimcha. Ya’ni normal deganda ham qanday? Har yili kutiladigan jarayon sifatida. Ammo nashriyotlar bilan muammo endi boshlangandek. Avval bunaqa voqealarni eshitmagandik, menimcha. Hozirda Alp nashriyoti bilan boʻlayotgan ishlar juda gʻalati va mantiqsizlik ustiga qurilgan, rosti. Bilishimcha, nashriyotga Oʻzkomnazorat(Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi – sobiq AOKA) vakillari IIO xodimlari bilan birga reydga borib, 2 ta kitob(Jiddu Krishnamurtining “Bilganingdan xalos bo‘lib” hamda Shuhrat Bobojonning “Taym mashin: 1984”)dan minglabini ekspertiza uchun olib ketishgan. Ekspertiza uchun mingta kitobni olib ketish shartmidi? Nashriyot egalari bunga ham e’tiroz qilishgan. Ammo “sen kimsan” ham demay, minglab kitob transportga ortib ketilgan. Keyingi bosqich ekspertiza xulosasi bilan bogʻliq. Oʻzkomnazorat deb atalmish tashkilotimiz kitoblarni qanchalik mentalitetimiz, ma’naviyatimizga mos va xosligini tekshirib, Shuhrat Bobojonning kitobini “nomaqbul” deb topibdi. Shoira Tillaniso buning mantiqsizlik ekanini ajoyib koʻrsatib bergan: “Taym mashini: 1984” kitobidagi Tamaraxonimning konyak ichgani tarixiy shaxsni obro‘sizlantirish va spirtli ichimliklar targ‘iboti deb topilibdi monitoring xulosasiga ko‘ra. Ichagim uzildi lekin. Nima, Tamaraxonimni rohiba deb o‘ylaganmidilariz? 😆😆😆 Unaqada Bobur-u Xayyomlarning may va chog‘ir haqidagi satrlari, ochiqcha gaplari nima bo‘ladi? Uyam targ‘ibotmasmi?! P.S.: xullas, konyak ichmanglar. Bundan keyingi bosqich esa sud. Oʻzkomnazoratning xulosasi asosida IIB nashriyot ustidan sudga da’vo arizasi kiritibdi. Nima deb kiritgan, menga ma’lum emas, rosti. Lekin, janoblar, toʻliq absurdlik emasmi bu? Birinchidan, kimga nimani oʻqishni belgilab berishingiz gʻalati. Ikkinchidan kitoblarga nisbatan bunday koʻrinishdagi reyd va senzuraning maqsadi boʻlishi kerak. Sizdagi maqsad esa juda bir siyosiy va mafkuraviy nazoratga oʻxshaydi. Davlatning vazifasi fuqarolarga nima o‘qishni belgilash emas, ularning erkin o‘qishi va fikrlashi uchun huquqiy kafolatlarni ta’minlash boʻlishi kerak. Kitobdagi fikrga qo‘shilmaslik tabiiy. Bu uni o‘qish yoki nashr etish huquqini cheklash mumkinligini anglatmaydi, bu – boshqa masala. Hatto, jamiyatning aksariyati biror asardagi qarashni nomaqbul deb hisoblasa ham, bu o‘z-o‘zidan uni taqiqlash huquqini bermaydi, menimcha. Davlatning kitob mazmuniga aralashuvi aniq huquqiy asosga, tekshiriladigan mezonlar va mutanosib choraga tayanishi kerak. Ma’naviyatni himoya qilish niqobi ostida senzura va mafkuraviy nazoratga yo‘lni kengaytirish xato.

Открыть в Telegram
Просмотры313−49%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
Динамика просмотровСкрыть динамику

Рост просмотров

Часов после публикации

Показать таблицей
Часов после публикацииПросмотры
0 ч0
12 ч202
24 ч313
  1. Через 24 часа313
  2. Всего сейчас313
#6389Текст
Просмотры417−32%к среднему
Пересылки—
Реакции28
Комментарии—
#6385Текст
Просмотры536−13%к среднему
Пересылки—
Реакции40
Комментарии—
#6384Текст

Переслано из Перезагрузка

Шу шеърни бошқача яхши кўраман. Ўзимники бўлгани учунмас, йўқ, ман ўзимни шеърларимни унчаям хушлайвермайман. Яхши шеър бўлгани учундир эҳтимол. Яна нима деб тушунтирса бўлади? Ёмғир сасига уйқаш бирон сокин ва маъюс мусиқа бн ўқиб кўринг: фақат пичирлаб. Шунда ҳис блендердан чиққан бўтқадек уйқаш бўлади. Уч йил олдинги экан ноябр боласи бўлмаган аёл ёруғ ва хушчақчақ овози ойқизнинг кўзига теккан сочма ўқ кўнгли минг рўмол боғланган оғоч: шамолда ҳилпирар маъюс, ғамбода дарахтлар: нозирлар назорат қиларлар бари-барисин ким? қайга? нега? қачон? сабаби нима? сўзлар: туман матн босиб олар олиб бўлмас нафас бир ютум қўнар олам устига кўзгу ноябр кўзига гард тушган темир дераза ва унда бетон қирғоқлардан оқиб ўтар шовқинли шаҳар машиналар одамлар китоблар ҳидлар ва ҳислар ноябр қисир негаки ичини эзар бўм-бўшлик негаки умрини бағишлаб бўлди негаки умиди йўқ фаслдан ҳечам негаки одамлар ҳисларсиз чумоли-тўда негаки барининг охири яқин ноябр ўзини ер ва ҳар кеч йиғлар ва увиллар ақлдан озган аёл у уни нима бунча оздирар йўлдан ноябр тўкилар оқар ва эрир сўнг парланар лабимга лабимда лабимдан алфайз

Открыть в Telegram
Просмотры458−25%к среднему
Пересылки—
Реакции9
Комментарии—
#6383Текст
Просмотры634+3%к среднему
Пересылки—
Реакции27
Комментарии—
#6381Текст

PABLO NERUDA QUVONÇGA QASIDA Quvonç derazam ortidagi yaşil yaproqça, boyagina uvvoqina tuğilgan soflik, raqsga tuşar fil, yaltiroq tanga, va baʼzida singan şijoat, ammo nondek eng zaruri u, röyobin topgan orzu, bajarilgan burç. Sendan hazar qilardim, quvonç. Kaltabin edim men şunday. Oyparast yurdim yöllarda. Qadim şoirlarning oynagin kiyib qora gardiş bilan örab olgan edim hamma narsani, gulning qora barglari, sevikli labdagi dardçil bösani. Hali vaqt bor-ku. Mana, ökinyapman-ku. Öylardimki: bordi-yu yuragim yonayotgan butadek kuysa olovda, bordi-yu motam kunigaça yomğirda tursam şalabbo, bordi-yu atirgul közlarin yumib tikanini qadasa menga, bordi-yu barça oğriqni şimsam özimga – yordam bera olaman özgalarga deb. Ammo kalta öylardim, Xato keçdim yölimni, va bugun seni çaqiryapman, quvonç. Zamin kabi sen ham zaruriydirsan. Sen öçoqlarni bor qilar olov. Obiyovğon kabi musaffo. Şildiraysan daryoda suvdek. Bol tutasan – göyo bolari. Yigit çoğlarim şarmandali topdim yuzingni, quvonç. Kaltabin edim, axir bilardim-ku, köksimda bilqillardi qaynar buloğing. Bugun esa köçada, yiroq tuşib kitobdan, senga yöliqdim, quvonç, va sen men bilan birga ketding: Sen bilan uyma-uy yurişni, qişloqma-qişloq kezişni istayman, quvonç, yoyiq tuğ bilan. Axir faqat menga – atalmagansan. Orollarga boramiz va dengizlarga. şaxtalardan ötamiz va örmonlardan. Sarhil mevalaring uçun faqat ötinçilar, qaşşoq kirçilar, mohir sangtaroşlarmas, uyuşgan, bir-biriga yelkadoş örmonçi, dengizçilar kasaba uyuşmalari, öz kuraşida qozongan jasur öğlonlar ham kelar men tomon. Sen-la olğa, quvonç! va mening qöşiğim-la olğa! Olğa boramiz oçiq yulduzlar parvozi, quvnoq pufakçalar-la! Hammaga quvonç tarqataman, zero butun odamdan qarzdorman öz quvonçim uçun. Kimsa taajjublanmas axir tarqatiş istasam yer neʼmatlarin, Kuraşlarda anglaganim şu: yer uzra quvonç elçisiman men. Va qöşiğim-la yoyurman uni. TILLANISO tarjimasi

Открыть в Telegram
Просмотры677+10%к среднему
Пересылки—
Реакции10
Комментарии—
#6380Текст
Просмотры821+34%к среднему
Пересылки—
Реакции32
Комментарии—
#6378Текст
Просмотры630+3%к среднему
Пересылки—
Реакции8
Комментарии—
#6377Текст
Просмотры776+26%к среднему
Пересылки—
Реакции18
Комментарии—
#6376Фото
Просмотры764+24%к среднему
Пересылки—
Реакции7
Комментарии—
#6375Текст
Просмотры796+30%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#6374Текст
Просмотры773+26%к среднему
Пересылки—
Реакции13
Комментарии—
#6373Текст

RUHNING UCH EVRILISHI Ba'zan ulug' dardlar so'raysan, Ko'proq taniy deysan olamni. Yuragingni ezayotgan bo'ladi Orzularini molxonasiga ko'mgan qaysidir singling "Endi faqat bolamdan kutaman ro'yobni, opa" deganda, O'ylaysan, sevgi-chi? Sevgi hech kim seni tinglamay qo'ygan palladan boshlab Gunglik to'lqinlarida qaytadi Asl Ibtidosiga. Diydiraysan o'layotgan kuz barglarida, "men ham bor edim-ku", "men ham xohlardimku" degan kelinlik diydirashi Ona bo'lib boqadi endi faqat kelajak ko'zlariga. So'ngan orzulardan butlanar "ona". Taqdirga qo'shasan barchasin O'zingni qo'shib yuborasan hayotga. Hayotda yitib, so'zda bor bo'lish uchun ko'milasan kitobga. Ishxonaning zax yo'lagida xayol Tuyasida og'ir yo'rtarak Ajdahoga tutilasan tuyqus eshik oldida. "Bu kitobmi", deydi Ajdaho, "taqiqlanar, ekspertizaga", "Bu adibmi, - deydi, - ko'zlari o'yiq, Taqiqlanar, ekspertizaga". "Bu shoira - kitobi ham qilpillaydi, behayo, dinsiz, Taqiqlanar, ekspertizaga", "Bu olimmi, tilida oyat, Taqiqlanar, ekspertizaga", A bu muallif? "Nega dinsiz yo dindor emas? Taqiqlanar, ekspertizaga". Ajdaho o't puflaydi barisiga Oyog'ingdan ilar seni tutuni - Muallaqsan - qaysi yo'lagidan yurma orzuning. Kelib kundaligingni yoqasan. Hukm qilasan xayolingni qamoqqa. Singling ko'zida Ozod Ayol qilgan ozodlik zahrini Tun Arsloniga ichirasan - Uyg'onmaydi bichilgan murosa Arsloni. Nafaslaring sekin qotadi. Shashting qoladi havoga yoyilgan kir kabi hilpirab Negadir hurkadi, potirlaydi, qaltiraydi Quvvating. Xayollarini qamoqqa tashlagan Ozod ayol, Balkim sen ham endi Ona bo'lasan, Bolangga tikasan sen ham umidni. Balkim ekspertizadan o'tgan silliq orzularni sut qilib ichirasan, O'shanda ham ekzpertizadan o'tkaz Bolangning ko'ziga qarab har zamon Sinchiiklaab qara, ular taqiqlanmaganmi?

Открыть в Telegram
Просмотры997+62%к среднему
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—