Account
STUDENTCHA HAZILLAR

STUDENTCHA HAZILLAR

• Talaba tirikmi, shu unga yetarli.. • Hazil bilan haqiqat sari... • Postlarni shaxsiy hayotimga aloqasi yoʻq! Murojaatlar: @Hazilkash_Student

Username
@studentcha_hazillar
Category
Humor and entertainment
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,106
Avg views per post, 7d—last 7 days
ERR86.62%30-day average

Latest posts

#14157Text

Quriliş qilib, bozorga bordim. Taxta bozor. Ustalar "5*3 reka kerak", dedi. Bozordan reka qaradim. Narxi 5500 söm ekan. Bir sotuvçi aytdi "aka, sizga 5*3 kerakmi? Bular 5*3 degani bilan şunça çiqmaydi. Mana...", deb ölçab berdi. Haqiqatda 4*2 ekan. 5*3 oliş uçun 6*4 deganidan oliş kerak ekan. Rozi bölib, 6*4 oldim. Ustalar böyini 6 metrlik bölsin degan edi. 6 metrlik söradim. "Mana", deb darrov yuklaşni boşladi. Birdan kallaga fikr kelib qoldi. "uka, metrni oling", dedimda ölçadim. 6 metr deb sotilgan reka 5*70 ekan. Ham enidan, ham böyidan.... Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik.... Ustalar bilan ğişt urişga şartnoma qildim. Ğiştni urganidan emas, maşinada kelganidan sanar ekan. Zilda kelgan ğiştni erinmay donalab sanadim. 2500 ta deyilgan ğiştdan insofligi 200 ta, standarti 350 ta kam kelar ekan. Usta şuni bilgani uçun urganidan emas, kelganidan Hisob olar ekan. Ham maşinada kelganidan, ham ustadan olib yeysiz. Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik... Ustalar hammasi "dom stroy"ga (quriliş materiallari sotadigan katta dökon) yetaklaydi. Ustalar u yerdan karta oçib olgan. Plastikka öxşagan. Uyni egasi borib savdo qiladi. Ustaga ön foiz kartasiga pul kelib tuşadi. Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik.... Bir aka antifriz çiqardilar. Antifriz qoğozda yozilgani kabi -20 gradus va -40 graduslik çiqdi. Bozordagi hamma mahalliy antifrizdan qimmat. Sababini tuşunmay, hamma antifrizlarni olib kelib, -5 gradus xolodilnikka qöyilgan. Uç soatda hamma antifriz taxta bölib qolgan. Işlab çiqaruvçilarga holat videoga olib yuborilgan. Hoji akalar parvoyiga ham olmagan. Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik.... ekanini aytişadi. Örtoğim benzin zapravkada işlaydi. Eng insoflik zapravka öniga bir litr, qolganlari ikki litr urar ekan. "Meni bilganim urmaydigani yöq", deydi. Hamma bilar ekan şundayligini. Yurtda baraka yöq, hammayoq qimmatçilik emiş. Boşqa bir tanişimni işi porasiz, otkatsiz bitmas emiş. Pora bermasa, davlat taşkilotlari olmas emiş. Aytişiça, Yurtda baraka yöq. Avvalgiday savdo yöq emiş. Uyfuruşlarga uyingizni sotmoqçi ekanligingizni aytasiz. Böldi, naqdga özimiz olamiz, deb baholaydi. Tabiiyki siz qimmatroq narx xohlaysiz. Uyoğiga tuzoğiga tuşganingiz şu. Kanalida e’lon beradi uyingiz sotilişi haqida. Siz klient kutasiz. Uyingizni olmoqçi bölgan xaridor uyfuruşga telefon qiladi. Uyfuruş u uy sotilganini, istasa boşqa uy borligini aytadi. Sizga esa hamtovoğini jönatadi. Hamtovoq uyingizni körib, dastlabki uyfuriş aytgan narxdan ança past baho aytadi. Şu tariqa uçinçisi, törtinçisi kelib arzon narx aytaveradi. Toqatingiz toq bölib, birinçi aytgan narxingizga özingiz olib qöya qoling, deysiz. Hop, deydi deb öylaysizmi? Sodda bölmang. Endi uyingizni birov olmayotganini. Boşida berganda mayli deb olişini, hozir esa yana beş yuz yoki ming arzonga olib qolişini aytadi. Pul zarurligidan rozi bölib yuborasiz. Bu priyomni hammaga ham qilmaydi. Pul zarur, "pojar" degan odamlar "jirniy" klient. Ha, aytgança, juma kuni makler akalarimiz işlaşmaydi. Dam oliş kuni. Bozorda kabelçilar bor. Davlat muassasalariga, quriliş obyektlariga sim sotişadi. Ulgurji. Zavoddan kabelni olib, çözişadi. Xato eşitmadingiz. Eşiladi. 2*2.5 kabel, 2*2 yoki undan ham kamroqqa, metri köproqqa aylanadi. Zavodni upakovkasini qaytadan qilib, sizga berişadi. Butun boşli katta zavodlar qurib, kabel sotib yotişibdi. Sexda qilingan, birortasi aytilgan talabga javob bermaydigan kabellar. Lekin tonnalab, navbatga qöyib sotişadi. Otkat bor ekan, kabel sotilaveradi. Lekin Avvalgiday savdo yöq. Baraka yöq ekan. Bu kabi işlarni sanoği yöq. Oddiy soda bor. Sovet davridan beri 500 gmlik qadoqda bölar edi. Grami kamayib, kamayib, 250 gmga tuşgan. Bilmagan "haqiqiysi falonçida qimmat ekan, mana bu arzon sotadi", deb olaveradi. Içi töla böladigan gugurt yarim bölib qolgan. Santimetrlab, milligramlab urilaveradi. Kamayaveradi. Sementga qum qöşayotganlar, sutga suv qöşayotganlar heç kimga sir bölmay qolgan. Maşina bozorga çiqsangiz hamma maşinani doktor yoki öqituvçi mingan. Işga borib kelgan böladi. Uç marta dumalagan maşinada ozgina petno böladi. Bozorda dumalagan, qattiq zarba yegan maşina yöq. Siz yöllarda körgan dumalab ketgan, paçoqlanib, majoqlanib ketgan maşinalar bozorga kirmaydi. Metallolomga ketadi. Olx, avto e’lon kabi narsalar savdoni öldirganmiş. Baraka yöq emiş. Qöqonda maşhur zapçast bozor bor. Bozorga çiqib, ulgurji sotadiganlardan narx sörasangiz, begonaga narx aytmay qöyibdi. Nimaga, deb tanişdan qiziqdim. Menga konkurentlarim odam yuborib, narx sörayapti. Narxni aytsam, Xitoyga borib, xuddi şu narsani sifati past, lekin narxi arzon qilib çiqarib kelib, tagimdan qöyyapti, deyapti. Zapçastda ham avvalgiday baraka yöq emiş. Savdo ölgan emiş. Men burnimni tiqmagan, yuqorida keltirmagan işlarni, sohalarni siz yaxşi bilasiz. ©️ kitob ombori @studentchahazillar

Open in Telegram
Views9580%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#14156Text
Views424−56%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#14155Video
Views466−51%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#14148Text
Views1,220+27%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—

All posts

Connections