Quriliş qilib, bozorga bordim. Taxta bozor. Ustalar "5*3 reka kerak", dedi. Bozordan reka qaradim. Narxi 5500 söm ekan. Bir sotuvçi aytdi "aka, sizga 5*3 kerakmi? Bular 5*3 degani bilan şunça çiqmaydi. Mana...", deb ölçab berdi. Haqiqatda 4*2 ekan. 5*3 oliş uçun 6*4 deganidan oliş kerak ekan. Rozi bölib, 6*4 oldim. Ustalar böyini 6 metrlik bölsin degan edi. 6 metrlik söradim. "Mana", deb darrov yuklaşni boşladi. Birdan kallaga fikr kelib qoldi. "uka, metrni oling", dedimda ölçadim. 6 metr deb sotilgan reka 5*70 ekan. Ham enidan, ham böyidan.... Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik.... Ustalar bilan ğişt urişga şartnoma qildim. Ğiştni urganidan emas, maşinada kelganidan sanar ekan. Zilda kelgan ğiştni erinmay donalab sanadim. 2500 ta deyilgan ğiştdan insofligi 200 ta, standarti 350 ta kam kelar ekan. Usta şuni bilgani uçun urganidan emas, kelganidan Hisob olar ekan. Ham maşinada kelganidan, ham ustadan olib yeysiz. Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik... Ustalar hammasi "dom stroy"ga (quriliş materiallari sotadigan katta dökon) yetaklaydi. Ustalar u yerdan karta oçib olgan. Plastikka öxşagan. Uyni egasi borib savdo qiladi. Ustaga ön foiz kartasiga pul kelib tuşadi. Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik.... Bir aka antifriz çiqardilar. Antifriz qoğozda yozilgani kabi -20 gradus va -40 graduslik çiqdi. Bozordagi hamma mahalliy antifrizdan qimmat. Sababini tuşunmay, hamma antifrizlarni olib kelib, -5 gradus xolodilnikka qöyilgan. Uç soatda hamma antifriz taxta bölib qolgan. Işlab çiqaruvçilarga holat videoga olib yuborilgan. Hoji akalar parvoyiga ham olmagan. Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik.... ekanini aytişadi. Örtoğim benzin zapravkada işlaydi. Eng insoflik zapravka öniga bir litr, qolganlari ikki litr urar ekan. "Meni bilganim urmaydigani yöq", deydi. Hamma bilar ekan şundayligini. Yurtda baraka yöq, hammayoq qimmatçilik emiş. Boşqa bir tanişimni işi porasiz, otkatsiz bitmas emiş. Pora bermasa, davlat taşkilotlari olmas emiş. Aytişiça, Yurtda baraka yöq. Avvalgiday savdo yöq emiş. Uyfuruşlarga uyingizni sotmoqçi ekanligingizni aytasiz. Böldi, naqdga özimiz olamiz, deb baholaydi. Tabiiyki siz qimmatroq narx xohlaysiz. Uyoğiga tuzoğiga tuşganingiz şu. Kanalida e’lon beradi uyingiz sotilişi haqida. Siz klient kutasiz. Uyingizni olmoqçi bölgan xaridor uyfuruşga telefon qiladi. Uyfuruş u uy sotilganini, istasa boşqa uy borligini aytadi. Sizga esa hamtovoğini jönatadi. Hamtovoq uyingizni körib, dastlabki uyfuriş aytgan narxdan ança past baho aytadi. Şu tariqa uçinçisi, törtinçisi kelib arzon narx aytaveradi. Toqatingiz toq bölib, birinçi aytgan narxingizga özingiz olib qöya qoling, deysiz. Hop, deydi deb öylaysizmi? Sodda bölmang. Endi uyingizni birov olmayotganini. Boşida berganda mayli deb olişini, hozir esa yana beş yuz yoki ming arzonga olib qolişini aytadi. Pul zarurligidan rozi bölib yuborasiz. Bu priyomni hammaga ham qilmaydi. Pul zarur, "pojar" degan odamlar "jirniy" klient. Ha, aytgança, juma kuni makler akalarimiz işlaşmaydi. Dam oliş kuni. Bozorda kabelçilar bor. Davlat muassasalariga, quriliş obyektlariga sim sotişadi. Ulgurji. Zavoddan kabelni olib, çözişadi. Xato eşitmadingiz. Eşiladi. 2*2.5 kabel, 2*2 yoki undan ham kamroqqa, metri köproqqa aylanadi. Zavodni upakovkasini qaytadan qilib, sizga berişadi. Butun boşli katta zavodlar qurib, kabel sotib yotişibdi. Sexda qilingan, birortasi aytilgan talabga javob bermaydigan kabellar. Lekin tonnalab, navbatga qöyib sotişadi. Otkat bor ekan, kabel sotilaveradi. Lekin Avvalgiday savdo yöq. Baraka yöq ekan. Bu kabi işlarni sanoği yöq. Oddiy soda bor. Sovet davridan beri 500 gmlik qadoqda bölar edi. Grami kamayib, kamayib, 250 gmga tuşgan. Bilmagan "haqiqiysi falonçida qimmat ekan, mana bu arzon sotadi", deb olaveradi. Içi töla böladigan gugurt yarim bölib qolgan. Santimetrlab, milligramlab urilaveradi. Kamayaveradi. Sementga qum qöşayotganlar, sutga suv qöşayotganlar heç kimga sir bölmay qolgan. Maşina bozorga çiqsangiz hamma maşinani doktor yoki öqituvçi mingan. Işga borib kelgan böladi. Uç marta dumalagan maşinada ozgina petno böladi. Bozorda dumalagan, qattiq zarba yegan maşina yöq. Siz yöllarda körgan dumalab ketgan, paçoqlanib, majoqlanib ketgan maşinalar bozorga kirmaydi. Metallolomga ketadi. Olx, avto e’lon kabi narsalar savdoni öldirganmiş. Baraka yöq emiş. Qöqonda maşhur zapçast bozor bor. Bozorga çiqib, ulgurji sotadiganlardan narx sörasangiz, begonaga narx aytmay qöyibdi. Nimaga, deb tanişdan qiziqdim. Menga konkurentlarim odam yuborib, narx sörayapti. Narxni aytsam, Xitoyga borib, xuddi şu narsani sifati past, lekin narxi arzon qilib çiqarib kelib, tagimdan qöyyapti, deyapti. Zapçastda ham avvalgiday baraka yöq emiş. Savdo ölgan emiş. Men burnimni tiqmagan, yuqorida keltirmagan işlarni, sohalarni siz yaxşi bilasiz. ©️ kitob ombori @studentchahazillar
Открыть в Telegram
STUDENTCHA HAZILLAR
• Talaba tirikmi, shu unga yetarli.. • Hazil bilan haqiqat sari... • Postlarni shaxsiy hayotimga aloqasi yoʻq! Murojaatlar: @Hazilkash_Student
Новые посты
#nazm Oxiratni sotib qilg‘on kayfingga o‘rtancha barmog‘im, Odam nomi yana isrof — hayfingga o‘rtancha barmog‘im. Piyon qo‘sh ulfating qursin — biri qo‘shning, biri bojang, O‘sha qo‘sh kulfating Noru Sayfingga o‘rtancha barmog‘im. Bobom ul deb, zotim bul deb ko‘ring‘on zotga qaydingga Va bo‘g‘izdan buloq bo‘lg‘on qaytingga o‘rtancha barmog‘im. Ayni ro‘za oyi mirshabxona oldida dong qotding, Tanlagan joyingu topgan paytingga o‘rtancha barmog‘im. Tavba aylab zora yuvsang qo‘lansa ayb-gunohingni, Aslida bor gunohu bor aybingga o‘rtancha barmog‘im. She’r yozishni qiyib qo‘yding zo‘r radif kashf etib, Kulkul, O‘z-o‘zing maqtag‘on so‘nggi baytingga o‘rtancha barmog‘im. ✍️ Anvar Obidjon @studentchahazillar
Открыть в TelegramПереслано из STUDENTCHA HAZILLAR
#shunchaki #prime_time Menimcha bu reklamani Inyazda oʻqiydigan yoki oʻqimoqchi boʻlgan bola reklama qilgan. Mening nazarimda bu reklama quyidagicha boʻlar edi: - Menga bitta qiz, lekin qomati ketvorgan boʻlsin. Aqli ham oʻziga yarasha boʻlsin. Ha ahamiyat bering chiroyli boʻlsin, farosatsiz boʻlmasin. Kalta yupka kiymasin. Qoʻli gul pazanda, mehnatkash boʻlsin.Ha aytgancha, birorta chet tilini bilsin. Muhimi, tabiiy boʻlsin va meni sevsin. - Unda "InYaz qizlari". "Inyaz qizlari" - taʼbga koʻra tanlab oling. P.S. Reklama qilingan mahsulotni ichida reklamada koʻrsatilgan narsalar boʻlmasligi mumkin. @studentchahazillar
Открыть в Telegram#nazm So’z boyligim yaxshi, tushunishim ham, Bog’dan gapirganga , tog’dan kelmasman. Bir qiz: “ Siz menga yoqasiz!”- debdi Men unga yoqa ham, yeng ham emasman! @studentchahazillar
Открыть в TelegramПереслано из ZO'R TV
#RAMAZON_OYI 🌙 Assalomu alaykum. Barchamizga kirib kelgan "RAMAZON" oyi muborak boʻlsin. Bu oyda qilgan ibodatlarimizni oʻzi dargohida qabul qilsin! 🤲 📱 𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📱 𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚 | 📱 𝑌𝑜𝑢𝑡𝑢𝑏𝑒
Открыть в Telegram#shunchaki ПРАВА nazariy imtihoniga tayyorgarlik ko’rayotib o’ylab qoldim, shu testdan o’tsam bular meni ГАИШНИК qib ishga oladimi yoki ПРАВА beradimi🤨⁉️ @studentchahazillar ПРАВАsi bor talabalar kanali
Открыть в TelegramAytdima senga bor pulingni 17-noyabr kuni yeb-ichib yuborma, ertaga qiynalasan deb. Odamni gapiga kirsang boʻmaydimi sen?
Открыть в Telegram#iqtibos Men oʻlmaganman! Lekin yashayotganim ham yoʻq! Hali biron kimsa bizni soʻrab eshik qoqmadi, qimirlamay yotardik tirik murdadek. Xonadoshlarimni yeb-bitirgan koʻzi och qurtlar endi men tomon kela boshlaydi, xuddi yomon xayollar kabi uchib, tartibsiz. Oʻlikday yotardim qimirlamay, bir soʻz demay, xavfsiz va begʻam! Mana, bijgʻishni boshladi ustimda, koʻpligidan hatto jasadim koʻrinmay ketdi, xuddi oppoq yuzingda balqib turmagani kabi jami gunohing, xiyonatlaring! Qanday rohat, goʻyo etimni emas yuz yildan beri azob berib kelayotgan va hech bir badal bilan yuva olmagan qargʻishlarimni toʻkayotganday huzur qilardim! Men oʻlmadim, yashamadim ham, mudradim, mudradim va mudragancha yem boʻldim eshakqurtimga. Tugar chogʻi bir bepul maslahat aytaman – tugʻmaydigan xotin izlang, xoʻp goʻzal boʻlsin, shoʻx, barno, lek bepushtligi aniq-oshkora, sinovdan oʻtgan boʻlsin koʻp bora, toki qoʻrqoq avloding izlab yurmasin qabringni mendek qaqshab, barchasiga aybdor sanab shu Vatanni, yerni va mozoringni. Bilib qoʻy, ular qoʻlida hech zamon gul boʻlmaydi, boʻlmas sen uchun qalquvchi koʻz yosh! Faqat qora yuzlarda kulgi va gardanida ulkan bir qargʻish! Yoʻq-yoʻq, men baribir ularni asrab qolishim kerak... qutqarishim kerak eshakqurtlardan. Yo Xudoyim, to qiyomat Vatan bizga omonatdir, omonatdir, unga xiyonat – qiyomatdir, qiyomatdir, qiyomatdir! 📚 Javlon Jovliyev “Qo’rqma” @studentchahazillar
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
UmiD.uZ☀️Xarorat💯@umid_uzЮмор и развлечения1,12 тыс.
Geek con@tashkentgeekconЮмор и развлечения1,06 тыс.
Zazor club@zazorclubЮмор и развлечения1,17 тыс.
Le Professeur@leprofesseur_uzЮмор и развлечения1,22 тыс.
Zakovat: Buxoro@buxoro_zakovat_nntЮмор и развлечения1,25 тыс.
❀꯭❥꯭❤️ 🌷𝑼𝑴𝑹 𝑸𝑨𝑫𝑹𝑳𝑰🌷 🩷 ꯭❀꯭ ❥@umirqadrliЮмор и развлечения1,41 тыс.
Seb's@sebs_channelЮмор и развлечения1,46 тыс.
HAPPY KIDS@happykids_uzbЮмор и развлечения1,51 тыс.