Account
Seb's

Seb's

Bu yerda Seb's bo'lgan. Zerikarli jazz klubiga xush kelibsiz. Anime haqida bu yerda qoralab turaman: @Spayk_li

Username
@sebs_channel
Category
Humor and entertainment
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,463
Avg views per post, 7d392−49.4% vs prev 7d
ERR26.77%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 2, 20261,050
Nov 3, 2026900
Nov 4, 2026937
Nov 5, 20261,000
Nov 6, 20261,160
Nov 7, 20261,190
Nov 9, 20261,030
Nov 15, 2026776
Nov 16, 2026804
Nov 17, 2026698
Nov 18, 2026791
Nov 21, 2026559
Nov 23, 2026438
Nov 25, 2026178

Most viewed this month

  1. 01
    Views1.19K
    Forwards—
    Reactions25
    Comments—
  2. 02
    Views1.16K
    Forwards—
    Reactions3
    Comments—
  3. 03
    Views1.05K
    Forwards—
    Reactions9
    Comments—
  4. 04
    Views1.03K
    Forwards—
    Reactions34
    Comments—

Latest posts

#2183Link preview
Views178−79%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h64
4 h178
  1. After 1 hour64
  2. After 6 hours178
  3. Total to date178
#2180Text

Qanday qilib Stiven King bunaqa ko'p yozadi? Stiven King jahon adabiyotida "dahshatlar qiroli" nomi bilan tanilgan. Uning asarlari asosan qaysi janrda bo'lishini shu nom bilan bemalol taxmin qilish mumkin. Lekin uning yana bir mashhur tarafi, Stiven King jahon adabiyotida eng produktiv yozuvchilardan. Unafaqat juda ko'p asar yozadi, balki uzun kitoblarni ham yozadi. 1000 betdan oshiq kitoblari bor uning, shaxsan menda uning "IT" romani bor, bu kitob uning ikkinchi eng uzun kitobi va bir qarashda kitob g'ishtga ham o'xshab ketadi. Yozubchi Jorj R.Martin bilan suhbatida Stiven King o'zining ko'p yozishi sirini doimiylikda deb aytadi. Ya'ni, u har kuni ma'lum sahifa varoqlarni albatta yozib tugatadi. Ijod kelmayapti degan bahonalarsiz. Yana bir tarafdan, yozuvchi o'zining eng yaxshi kitoblarini to'xtovsiz chiqarayotgan paytida "qurug'idan" hech kanda qilmay tortib turganini yashirmaydi. Bu mavzu yuzasidan muxlislar ham ancha muncha hazillar kuzatadi. Masalan siz ham uning "Pet Semetary" asarini o'qisangiz, bunaqa kitobni sog' aqlda yozib bo'lmasligiga ishonasiz )) Lekin eng qizig'i, shunaqa uzun kitoblarida u 1000 bet nimani yozadi? Kitoblar qancha uzun bo'lmasin, uni hali hech kim sariq matbuot namunasi deb ayblamaydi. Agar qiziqayotgan bo'lsangiz, u kitoblarda qahramonlarni qo'shish bilan, keyin ularni hayotidagi voqealarni yoritish bilan bunchalik ko'p yozishga erishadi. Yorqin misol bilan tushuntirishga harakat qilaman: U Derri degan shaharchada bolalarni qo'rqitib, o'ldirib yurgan masxaraboz haqida yozadi. Keyin bu bolalardan birini tanlaydi - deylik ular ichidagi yagona qizni. Keyin qiz uyida g'alati ish bo'layapti deydi, deylik qiz uyidagi hammomda suv o'rniga qon ko'radi, yoki qanaqadir quvurdan g'alati ovoz eshitadi. Keyin esa yozuvchi bizni hatto shu quvurni ishlab chiqargan zavodgacha tanishtiradi. Qarabsanki, masxaraboz seni qo'rqitmoqchiligi 20 bet orqada qoldi, lekin endi sen qiz uyi haqida hammasini bilasan. Aynan shu tasvirlash faktori o'ta kuchliligi uchun ham, Stiven King asarlari eng ko'p ekranlashtirilgan yozuvchi deb o'ylayman.

Open in Telegram
Views559−33%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#2179Photo
Views791−5%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#2176Video
Views810−3%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
#2174Photo

Resident evil (Обитель зла) 2026-yil, #tavsiya #komediya #horror Brayan ismli yigit shifoxonalarga donor bo'lganlar organlarini yetkazish bilan shug'ullanadi. O'zi ish vaqti tugasa ham, yuborilgan joyi uzoqda bo'lsa ham, soqqa yaxshiligini bilgach Rakkun sitiga organ yetkazishga u qaror qiladi. Faqat keyinchalik bu shahar infeksiyalangan g'alati maxluqlarga to'la ekanligini bilgach, uning maqsadi shahardan eson-omon chiqishga aylana boradi. Film rejissyori Zak Kregger hozirgi kunda trend darajasidagi horror rejissyori. Uning bu filmidan keyin obro'si yanada oshganini, ayniqsa geymeroar orasida oshganligini taxmin qilishim mumkin. Film shedevr bo'lishga urinmagan, u ko'proq o'z auditoriyasini - shu videoo'yin muxlislarini xursand qilishga uringan. To'g'ri, faqat videoo'yin emas, kino muxlislari uchun ham yaxshi film bo'la oladi. Lekin o'yindagi bosh qahramonlar filmda yo'q ekanligi, film o'zi alohida original hikoya ekanligiga qaramasdan unda o'yin o'ynaydiganlar uchun qator "fleshkarta"lar bor. Masalan, bosh qahramonning pistoletlarda yaxshi nishonga olmasligi xuddi Resident evil o'yinida oddiy odamning "auto aim" funksiyasini o'chirib o'ynashiga o'xshaydi. Undan tashqari odamlar natijasini saqlashda ishlatadigan yozuv mashinka, miltiq (shotgun), juda ko'p ishlatilgan POV (1-shaxs) rakurslari, va albatta o'yin bosh qahramoni Leon Kennedini eslatib turuvchi komedik liniyalar. Albatta bu narsalarni ko'rib men juda mazza qildim. Filmni kinoteatrda ko'ra olmaganimga esa ochig'i juda achindim, sababi undagi operatorlik ishi, qish, qor atmosferasidagi sahnalar shunchaki go'zal chiqqan. Ayniqsa qorli sahnalarni ko'rgach, bu filmni yangi yil oldilari yana bir ko'rish fikri avtomatik ravishda miyyamga urildi.

Open in Telegram
Views793−5%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—

All posts

Connections