Account

Posts of Seb's

newest first

#2183Link preview
Views178−79%vs avg
Forwards—
Reactions—
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h64
4 h178
  1. After 1 hour64
  2. After 6 hours178
  3. Total to date178
#2180Text

Qanday qilib Stiven King bunaqa ko'p yozadi? Stiven King jahon adabiyotida "dahshatlar qiroli" nomi bilan tanilgan. Uning asarlari asosan qaysi janrda bo'lishini shu nom bilan bemalol taxmin qilish mumkin. Lekin uning yana bir mashhur tarafi, Stiven King jahon adabiyotida eng produktiv yozuvchilardan. Unafaqat juda ko'p asar yozadi, balki uzun kitoblarni ham yozadi. 1000 betdan oshiq kitoblari bor uning, shaxsan menda uning "IT" romani bor, bu kitob uning ikkinchi eng uzun kitobi va bir qarashda kitob g'ishtga ham o'xshab ketadi. Yozubchi Jorj R.Martin bilan suhbatida Stiven King o'zining ko'p yozishi sirini doimiylikda deb aytadi. Ya'ni, u har kuni ma'lum sahifa varoqlarni albatta yozib tugatadi. Ijod kelmayapti degan bahonalarsiz. Yana bir tarafdan, yozuvchi o'zining eng yaxshi kitoblarini to'xtovsiz chiqarayotgan paytida "qurug'idan" hech kanda qilmay tortib turganini yashirmaydi. Bu mavzu yuzasidan muxlislar ham ancha muncha hazillar kuzatadi. Masalan siz ham uning "Pet Semetary" asarini o'qisangiz, bunaqa kitobni sog' aqlda yozib bo'lmasligiga ishonasiz )) Lekin eng qizig'i, shunaqa uzun kitoblarida u 1000 bet nimani yozadi? Kitoblar qancha uzun bo'lmasin, uni hali hech kim sariq matbuot namunasi deb ayblamaydi. Agar qiziqayotgan bo'lsangiz, u kitoblarda qahramonlarni qo'shish bilan, keyin ularni hayotidagi voqealarni yoritish bilan bunchalik ko'p yozishga erishadi. Yorqin misol bilan tushuntirishga harakat qilaman: U Derri degan shaharchada bolalarni qo'rqitib, o'ldirib yurgan masxaraboz haqida yozadi. Keyin bu bolalardan birini tanlaydi - deylik ular ichidagi yagona qizni. Keyin qiz uyida g'alati ish bo'layapti deydi, deylik qiz uyidagi hammomda suv o'rniga qon ko'radi, yoki qanaqadir quvurdan g'alati ovoz eshitadi. Keyin esa yozuvchi bizni hatto shu quvurni ishlab chiqargan zavodgacha tanishtiradi. Qarabsanki, masxaraboz seni qo'rqitmoqchiligi 20 bet orqada qoldi, lekin endi sen qiz uyi haqida hammasini bilasan. Aynan shu tasvirlash faktori o'ta kuchliligi uchun ham, Stiven King asarlari eng ko'p ekranlashtirilgan yozuvchi deb o'ylayman.

Open in Telegram
Views559−33%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#2179Photo
Views791−5%vs avg
Forwards—
Reactions15
Comments—
#2176Video
Views810−3%vs avg
Forwards—
Reactions23
Comments—
#2174Photo

Resident evil (Обитель зла) 2026-yil, #tavsiya #komediya #horror Brayan ismli yigit shifoxonalarga donor bo'lganlar organlarini yetkazish bilan shug'ullanadi. O'zi ish vaqti tugasa ham, yuborilgan joyi uzoqda bo'lsa ham, soqqa yaxshiligini bilgach Rakkun sitiga organ yetkazishga u qaror qiladi. Faqat keyinchalik bu shahar infeksiyalangan g'alati maxluqlarga to'la ekanligini bilgach, uning maqsadi shahardan eson-omon chiqishga aylana boradi. Film rejissyori Zak Kregger hozirgi kunda trend darajasidagi horror rejissyori. Uning bu filmidan keyin obro'si yanada oshganini, ayniqsa geymeroar orasida oshganligini taxmin qilishim mumkin. Film shedevr bo'lishga urinmagan, u ko'proq o'z auditoriyasini - shu videoo'yin muxlislarini xursand qilishga uringan. To'g'ri, faqat videoo'yin emas, kino muxlislari uchun ham yaxshi film bo'la oladi. Lekin o'yindagi bosh qahramonlar filmda yo'q ekanligi, film o'zi alohida original hikoya ekanligiga qaramasdan unda o'yin o'ynaydiganlar uchun qator "fleshkarta"lar bor. Masalan, bosh qahramonning pistoletlarda yaxshi nishonga olmasligi xuddi Resident evil o'yinida oddiy odamning "auto aim" funksiyasini o'chirib o'ynashiga o'xshaydi. Undan tashqari odamlar natijasini saqlashda ishlatadigan yozuv mashinka, miltiq (shotgun), juda ko'p ishlatilgan POV (1-shaxs) rakurslari, va albatta o'yin bosh qahramoni Leon Kennedini eslatib turuvchi komedik liniyalar. Albatta bu narsalarni ko'rib men juda mazza qildim. Filmni kinoteatrda ko'ra olmaganimga esa ochig'i juda achindim, sababi undagi operatorlik ishi, qish, qor atmosferasidagi sahnalar shunchaki go'zal chiqqan. Ayniqsa qorli sahnalarni ko'rgach, bu filmni yangi yil oldilari yana bir ko'rish fikri avtomatik ravishda miyyamga urildi.

Open in Telegram
Views793−5%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#2171Photo
Views1,160+39%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#2170Photo

Mutolaa ilovasida "Muzeydagi sirli qotillik" audiokitobini tugatdim. Men o'zimni detektiv janri muxlisi deb hisoblasamda, o'ylab qarasam asosiy kitoblar bo'yicha bilimim faqat Artur Konan Doyl hamda Agata Kristi asarlari bilan chegaralanar ekan. Asar voqealari mum haykallar kolleksiyasiga ega bo'lgan muzeyda ro'y bergan qotillik ishini ochilishi haqida. Hikoya uslubi ham ancha qiziq, audio versiya ham ancha yaxshi ekan. Lekin menga muallif ismi yangilik bo'ldi. Men shu paytgacha muallif Aleksey Korobitsin ismini eshitmagan edim. Asardan keyin aniqlashimcha, muallif o'zi Argentinada tug'ilgan, yoshlik yillaridanoq Rossiyaga ko'chib kelib qolgan umrini SSSR da o'tkazgan ekan. Eng qizig'i, muallif rus bo'lsada, asar voqealari AQSh da, Nyu-York da bo'lib o'tadi. Buning sababi ham muallif hayotiga borib taqalar ekan. Gap shundaki Korobitsin hayotini katta qismini tashqi razvedkada ishlab o'tkazgan ekan. Aynan shu razvedka bo'limidagi tajribalaridan kelib chiqib yozilgan qissa ekan bu. Asarning "Men bu hikoyani sog'ligi o'ta yomonlashgan jurnalist tanishimdan eshitdim" deb boshlanishi, va voqealar AQSh da bo'lishi esa senzuraga borib taqalar ekan. Gap shundaki SSSR hukumati senzurasidan bunaqa voqealar o'tmas edi, bunaqa qotillik, vaxshiyliklar tasvirlanishi davlatni obro'sizlantirish deb tushunilgan ekan. Agar bunaqa ahvoli og'ir, yolg'iz odamlar, qotilliklar AQShda tasvirlanishi esa ayni senzura talabidan o'tishi oson bo'lgan ish ekan. Shu sabab voqealar boshqa, muallif umuman yashamagan davlatda bo'lgan. Vaqt topib, albatta o'qib, yoki mutolaada eshitib ko'ring. O'zi uncha uzun bo'lmagan, o'qilishi tez, sifatli detektiv ekan.

Open in Telegram
Views1,000+20%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#2167Photo
Views1,000+20%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#2166Photo

Bugonia (Бугония) 2025-yil, #tavsiya #utopiya #drama Konspirologiya teoriyalariga o'ta mukkasidan ketgan ikki yigit katta bir kompaniya boshlig'ini o'g'irlab ketishadi. Sababi? Chunki ular bu boshliq aslida o'zga sayyoralik ekanligiga ishonishadi. Men uchun ochig'i film kutilmalarimdan boshqacharoq bo'ldi. Ya'ni men rejissyor Yorgos Lantimosning bu filmi ko'rishga og'ir bo'ladi deb kutgandim. Lekin aslida film tomoshabop, ajoyib yumor elementlari aralashgan kartina bo'lib chiqdi. To'g'risi kartinadagi asosiy intrigalar odamni uni oxirigacha zerikmay ko'rishini ta'minlaydi. Deylik siz filmda qora komediya elementlarini ko'rmadingiz, lekin undagi o'g'irlangan odam endi ozodlikka qocha oladimi? Kabi masalalar sizda film yakuniga nisbatan intrigani ushlay oladi. Filmdagi eng mazza qilgan jihatim, bu undagi inson tabiatining yoritilishi bo'ldi. Demoqchi bo'lganim, bosh qahramon, o'zi mukkasidan ketgan konspirologiya nazariyalariga shu qadar ishonadiki, u global isish, asalarilar qirilishi, iqtisodiyotdagi o'ng'aysizliklarni barchasini o'zga sayyoraliklar bo'yniga qo'yadi. Odamlarning o'zidan aybni hecham qidirmaydi. Doim qanaqadir noqulaylik bo'ldimi, tamom bu narsa o'zgalarning aybi. Odamlarning asl tabiati emasmi bu? Doimo muammo ildizini o'zimizdan emas, atrofdagilardan birinchi izlash, hammamizning tabiatimizda bor emasmi? Tan olamizmi yoki yo'qmi, ich-ichimizdan barimiz shunaqamiz. Men bu kartinani hammaga tavsiya qilmas edim, shunchaki eksperimental birorta film ko'rmoqchilar, yoki Lantimos ijodiga qiziqqanlar esa albatta ko'rishi kerak deb hisoblayman. (Plyus, yana kal Emma Stounni ko'rmoqchilar ham) 2025-yildan qolib ketgan filmlar qatoridan ikkinchisi ham ketdi

Open in Telegram
Views898+8%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#2165Photo
Views903+8%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—