📚 SHIRIN SHAHRIDA PEDAGOGLARNING KASBIY RIVOJLANISHI VA MALAKA OSHIRISH JARAYONLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
2026-yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, Shirin shahrida pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida belgilangan rejalar to‘liq bajarildi.
Xususan, hisobot davrida malaka oshirish kurslarida jami 75 nafar pedagog tahsil olishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 75 nafar pedagog kurslarga jalb etildi. Natijada reja ijrosi 100 foizni tashkil etdi. Shuningdek, malaka oshirish kurslaridan chetlatilgan xodimlar qayd etilmadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 18 nafar pedagog ham belgilangan reja asosida malaka oshirish kurslarida o‘qitildi.
🎯 ZAMONAVIY TA’LIM — UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH ASOSIDA
Malaka oshirish jarayonlarining asosiy maqsadi pedagoglarni zamonaviy ta’lim metodikalari bilan qurollantirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muloqot va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Bu borada STEAM va loyihaviy ta’lim, raqamli texnologiyalar, interaktiv taqdimotlar, ta’limiy ilovalar, hamkorlikda o‘qitish hamda formativ baholash kabi zamonaviy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ochiq darslar, master-klasslar va tajriba almashish tadbirlari esa ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
🏫 “KASBIY RIVOJLANISH KUNLARI” — YANGI IMKONIYATLAR SARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ–231-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 2026–2027-o‘quv yilida Shirin shahridagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Kasbiy rivojlanish kunlari” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida 9 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 9 ta tayanch maktab pedagoglar uchun metodik markaz sifatida belgilangan. Mashg‘ulotlar 2026-yil oktabr oyidan 2027-yil aprel oyigacha bosqichma-bosqich tashkil etilib, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy metodikalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Asosiy maqsad — zamonaviy bilim va metodikaga ega pedagog, sifatli ta’lim hamda raqobatbardosh avlodni tarbiyalashdir!
📱Telegram | 💬Facebook | 📱Instagram