#KaryeraKuni #MehnatYarmarkasi #YoshlarBandligi #Stop_korrupsiya 🇺🇿 KASB, TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR: «KARYERA KUNI» MEHNAT YARMARKASI BÖLIB ÖTDI 🤝 Bugun, 2026-yil 25-noyabr kuni Nurafşon şahridagi Yoşlar markazida Toşkent viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasi, viloyat hamda Nurafşon, Olmaliq şaharlari, Piskent, Örta Çirçiq, Çinoz tumanlari hokimliklari, Kasbiy ta’lim boşqarmasi, Migratsiya agentligi hududiy filiali hamda viloyat hokimligining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi hamkorligida texnikum bitiruvçilari va işsiz fuqarolar bandligini ta’minlaşga qaratilgan viloyat miqyosidagi «Karyera kuni» tadbiri va mehnat yarmarkasi ötkazildi. 📊 Yarmarka raqamlarda: 🏢 Mahalliy vakansiyalar: Tadbirda Nurafşon (10 ta), Olmaliq (7 ta) şaharlari hamda Piskent (6 ta), Örta Çirçiq (5 ta) va Çinoz (2 ta) tumanlaridagi jami 30 ta yirik sanoat va işlab çiqariş korxonalari (jumladan, «Jasmin Alex», «Forever Care», «Best Textil», «Bolezo Textile», «Vintaj Denim», «Zhongtian Silikon-Çemical» va boşqalar) tomonidan 929 ta böş iş örni (2 mln sömdan 10 mln sömgaça oylik maoş bilan) taqdim etildi. ⚖️ Oçiqlik, şaffoflik va «Oçiq eşiklar kuni» muloqoti: 🛡️ Vazirlik tizimida e’lon qilingan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi», «Huquqiy madaniyat oyligi» hamda «Odob-axloq oyligi» (10-noyabr — 10-dekabr), şuningdek, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining 2026-yil 4-noyabrdagi 38-sonli bayonnomasi ijrosi doirasida tadbirda Toşkent viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi boşliği L.Toğayev, boşqarmaning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boş mutaxassisi M.Salimov, Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik böyiça boş mutaxassisi O.Erbayev hamda boşqarma yetakçi mutaxassisi Ş.Musaxonovalar iştirok etdilar. 💬 Tadbir davomida fuqarolarga işga joylaşiş jarayonlarining oçiqligi va şaffofligi yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berildi. Şu bilan birga, şahar va tuman kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlaridan kelgan mas’ul mutaxassislar iştirokida «Oçiq eşiklar kuni» va oçiq muloqot taşkil etildi. Unda tizim faoliyati oçiqligini ta’minlaş, xizmatlarni raqamlaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. ✈️ Xorijda işlaş imkoniyatlari: Migratsiya agentligi hududiy filiali tomonidan yoşlar va fuqarolarga xorijda xavfsiz va qonuniy mehnat qiliş uçun quyidagi rasmiy vakansiyalar taklif qilindi: 🇩🇪 Germaniya: hamşiralik yönalişi — 15 ta; 🇫🇷 Fransiya: qişloq xöjaligi (mavsumiy) — 15 ta; 🇧🇬 Bolgariya: yuk avtomobili (fura) haydovçiligi — 30 ta. ✅ Aniq natijalar: 🎯 Yarmarkada hududlardan kelgan 146 nafar işsiz fuqaro va texnikum bitiruvçilari iştirok etdi. Iş beruvçilar bilan ötkazilgan bevosita suhbatlar yakunida: ✅ 11 nafar fuqaro doimiy işga joylaşiş uçun tegişli korxona va taşkilotlarga yöllanma oldi; 🎓 8 nafar işsiz fuqaro kasbiy ta’lim va kasb-hunarga öqitiş kurslariga yönaltirildi. ❗️ Batafsil ☝️ videolavhamizda tanişing! 👍 Website Telegram Instagram YouTube Bot🔻
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 17 |
| 2 h | 128 |
| 4 h | 138 |
- After 6 hours138
- Total to date138














