Account
She’riy lahzalar

She’riy lahzalar

Kanaldan koʻchirganda muallif nomi bilan koʻchiring.

Username
@sheriylahzalar
Category
Art
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers1,099
Avg views per post, 7d—last 7 days
ERR21.02%30-day average

Latest posts

#9196Photo
Views2310%vs avg
Forwards—
Reactions2
Comments—
#9194Text

★ "Kuzni sevasizmi? – dedi ayol. – Kelsa, kuzda rosa kezamiz hali. Birga tomosha qilamiz. Juda goʻzal boʻladi kuz. Yoʻq, faqat sariqdan iborat emas kuzning rangi. Sarigʻi – yuz turfa. Qizğishi – ming xil. Qirmizi – ming xil. Jigarrang barglarni ham topasiz. Qon boʻlgan jigarday... Oʻshanda huvullab qoladi yurak. Sizni sogʻinaman oʻshanda. Yonimda tursangiz ham sizni sogʻinaman. Yonimda turib, olislarda boʻlsangiz ham sizni sogʻinaman. Yonimda boʻlmasangiz ham..." Shunday dedi bir ayol bahorning eng gullagan chogʻida. "Qachon aytgan edi bu gaplarni?", – oʻyladi erkak. – U hozir qayerda? Qachon koʻrgan edim? Yana uchrashganmidik? Nega uni sogʻinganım sogʻingan? Yonimda boʻlmasa ham, nega uni sogʻinaman? Yonimda edimi yo? Hozir ham yonimdamı? Yonimda turib, olislarga yurganmikan, ehtimol?.. Taqdir chalkashib ketgan. Kuz esa xuddi oʻsha ayol aytganday: hatto jigarrang barglar ham bor. Qon boʻlgan jigarday... Havoda uchdilar chinor barglari, koʻchaga tushdilar toʻzgʻib sarosar. Kengaydi dardimning ogʻriq ḥadlari – endi men qaygʻuman kuzga barobar. Chinor barglarini terib oʻynading, Xazonliq dastiga bekitding yuzni. Ammo biror bargni menga qiymading, gʻamgin pichirladıng: "sevaman... kuzni..." "Sen ḥayotimsan!", – oxir xat keldi. "Sensiz kunlarim oʻtmay qoldi...", – shivirladı xat. "Sensiz yasholmayapman!",– xirilladı xat. "Kel!..." – oʻlayotganday qichqirdi xat... "Bu xatlar menga emas – oʻyladı ayol, Bu xatlarni oʻqib, baxtli boʻlolmayapman, bu xatlar menga emas!"... Ayol yıgʻladi. Boshqa nima qilsin? Shunday maktublar ham baxt olib kelmasa, nima qilsin? ✍U.Azim @sheriylahzalar

Open in Telegram
Views1,070+363%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#9193Photo
Views1,320+471%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#9190Photo
Views1,430+519%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—
#9189Link preview
Views1,720+645%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#9187Text
Views1,930+735%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#9186Text

Forwarded from Ishq Safari

Қайтиш Қишлоққа кетаман тонг отса, тамом, Шаҳарда ким қолди суянадиган? Мени яхши кўрар, ҳарҳолда, улар, Юзимга айтмайди ёмон кўрса ҳам. Қишлоққа кетаман, узумзор боғда Қамиш чайла қуриб, ётаман ёлғиз. Умримни бошлайман ўн олти ёшдан, Мени ташлаб кетар кейин ҳамма қиз. Қишлоққа кетаман, акам айтгандай, Бесар шаҳарларда юрмайман дайдиб. Докторнинг қўлига тутаман борим, Етишмовчиликдан отам ўлмайди. Қишлоққа кетаман, укаларимни "Катта одам бўл", деб койиб солмайман. Қайтадан бошлайман бари-барини, Деворни оқлайман, дилни оқлайман. Ер сотиб оламан, тўртта қорамол, Бедазор ичида сайрар бедана. Елкамни куйдириб юборар офтоб, Ярамга туз сепиб ҳузурланаман. Тутқатор бўйида, ариқ ёқалаб, Райҳон ҳидларини димоққа қориб. Экин-тикинларга қулоқни тараб, Ўй суриб ётаман айрон сипқориб. Қишлоққа кетаман, ташлаб кетаман, Дунёда бенуқсон бахтга тўламан. Пуч қилиб онамнинг орзуларини, Олиммас, шоирмас, ўғил бўламан. Қишлоққа кетаман... 01.05.2026

Open in Telegram
Views1,580+584%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—
#9185Text
Views1,410+510%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—

All posts

Connections