“Qöşib yoziladimi yoki ajratib?”, “Bu yerga vergul qöyiladimi, yöqmi?”
Bunday savollarni har kuni eşitaman. Özim ham ba’zan biror sözning yozilişini tekşirib olaman. Çunki savodxonlik doimiy e’tibor va örganişni talab qiladi.
Bugun sizlarga Orif Tolibning «Ibratli imlo» kitobini tavsiya qilmoqçiman.
Kitobda qoidalar lönda tuşuntirilgan, misollar, testlar va amaliy topşiriqlar bilan mustahkamlangan. Jami 63 ta dars. Videodarslarga havolalar, özingizni tekşirişingiz uçun javoblar, köp xato yoziladigan sözlar luğati ham bor. Öqib, maşq qilib, kerak bölganda qayta oçib qaraş uçun qulay qöllanma.
Menimça, bu kitob har bir davlat xizmatçisining iş stolida turişi kerak. Har kuni xat, hujjat, murojaatga javob yozamiz. Matnimizning saviyasi orqali özimiz haqimizda ham, işlayotgan taşkilotimiz haqida ham taassurot uyğotamiz.
Savodxonlik zamonaviy, muvaffaqiyatga intilgan insonning muhim fazilatlaridan biri. Bilimli va tajribali böliş bilan birga, fikrimizni töğri, ravon va xatosiz ifodalaşni ham bilişimiz kerak.
Kitobni Asaxiy Booksdan sotib oliş mumkin. Havola:
asaxiy.uz/u/6ae9c4e0113b0
Savol tuğilganida qöl uzatsangiz yetadigan joyda şunday kitob turgani yaxşi.
Sizga @uza_alifbo_bot yordam berdi.
@shahnozxon