Forwarded from WAYU Korea
Janubiy Koreyada fan, ta’lim va innovatsiya sohalarida faoliyat yuritayotgan vatandosh xotin-qizlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘iga asosan xorijda fan, ta’lim va innovatsiya sohalarida faoliyat olib borayotgan vatandosh xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etilmoqda. Mazkur muloqotga Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan olimalar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, pedagoglar hamda innovatsiya va texnologiya sohalaridagi mutaxassis xotin-qizlarni taklif etamiz. 📅 Sana: 27-noyabr, 2026-yil ⏰ Vaqt: Koreya vaqti bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) 💻 Format: Zoom orqali onlayn Ro'yxatdan o'tganlarga Zoom havolasi yuborib beriladi. Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/aYL9y3bXnw3wmgMJ9 Tadbir ertaga bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ma’lumotlaringizni imkon qadar bugun yuborishingizni so‘raymiz. WAYU Korea | O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreyadagi vakilligi Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Open in Telegram