Кабинет

Посты канала Seul Global Markazidagi tajribam

сначала новые

#1957Превью ссылки
Просмотры254−52%к среднему
Пересылки—
Реакции—
Комментарии—
#1956Текст

Переслано из SALOM KOREYA kanali

👮 Nolegal bo'lishning achchiq badallaridan biri 👮 Koreyada nolegal bo'lishdan oldin yoki qaysidir qonunni buzib, qamalishdan oldin mana bunday holatga tayyormisiz? Nolegal chet elliklar ushlanganidan keyin majburiy deportatsiya qilinishidan oldin saqlab turiladigan immigratsiya xizmatining maxsus markazlari (외국인보호소)dan birida quyidagi achinarli holat yuz berdi. U yerda saqlanayotgan chet elliklardan biri vatanida og'ir bemorlik tufayli olamdan o'tayotgan otasi bilan oxirgi marta video-qong'iroq orqali gaplashib, vidolasha olmagan, chunki unga ruxsat berilmagan. Bu chet ellik keyinchalik Koreya milliy inson huquqlari komissiyasi (국가인권위원회) ga ariza bilan murojaat qilib, unga bunday huquq berilmagani haqida shikoyat qilgan. Nolegal chet elliklarni saqlab turadigan markazning javobi ko'ra esa bu chet ellik o'z vaziyati va maqsadini aniq qilib bildirmagan (bunday markazlarda saqlanayotgan nolegal chet elliklar uchun shaxsiy telefondan foydalanish cheklangan). Otasi esa shu kuni vafot etgan. Bu vaziyatga tushunmovchilik sabab bo'lganmi yoki qaysidir tomonning kamchiligimi, bundan qat'iy nazar, bu voqeada yaxshilab o'ylab ko'radigan va kerakli hayotiy xulosalarni chiqarishga yordam beradigan achchiq saboq bor. Bunday holat Koreyada qamalganlar bilan ham yuz berishi mumkin. Oxirgi pushaymon o'zingga dushman deganlaridek, bunday vaziyatda boshni devorga urgan bilan ham foydasi bo'lmaydi. Nolegal bo'lmang! Qonunlarni buzib, qamalmang! Keyin afsus qilib, o'zingizni bir umr kechirolmaysiz! https://www.koreatimes.co.kr/southkorea/society/20261123/immigration-detainee-denied-video-call-with-dying-father-rights-watchdog-says Kanal: 👉 t.me/SalomKorea Guruh: 👉 t.me/SalomKoreya

Открыть в Telegram
Просмотры386−27%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#1941Превью ссылки
Просмотры518−2%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—