ESKI QOʻSHIQ “Seni menga betob dedilar…” Rauf Parfi Seni menga baxtli dedilar, Ishonmadim, tingladim toshday. Seni menga baxtli dedilar – Baxtsizligim yodimga tushdi. Seni menga baxtli dedilar, Chidolmadim (xudbin bilsang ham). Lekin ikki dunyo oʻrtanib, Kuyar edim baxtsiz bo‘lsang ham. Seni menga baxtli dedilar, Koʻz yosh toʻkdim imi-jimida. Bir umrga mahrumman nahot Ko‘zlarimning mutarjimidan?! Seni menga baxtli dedilar, Qadam ogʻir, nafaslar ogʻir. Endi oʻlib boʻlmasa kerak, Mening oʻlmas dardim bor axir. Seni menga baxtli dedilar, Ammo nechun nigohim yoʻlda?! Bizga shudir qismati haqning, Bu xabarlar rost boʻlsa boʻldi! 2021 ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramRashid Xo‘jamov | she'rlar
Rashid Xo'jamovning ijodi Instagram: https://instagram.com/rashid_xojamov?igshid=NzZlODBkYWE4Ng== 👈 Muhokama uchun: https://t.me/joinchat/9qvXdXBNcdQ0OGNi
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Oct 31, 2026 | 872 |
| Nov 3, 2026 | 651 |
| Nov 4, 2026 | 644 |
| Nov 6, 2026 | 1,340 |
| Nov 8, 2026 | 587 |
| Nov 10, 2026 | 558 |
| Nov 11, 2026 | 639 |
| Nov 12, 2026 | 972 |
| Nov 15, 2026 | 534 |
| Nov 16, 2026 | 541 |
| Nov 17, 2026 | 782 |
| Nov 19, 2026 | 501 |
| Nov 20, 2026 | 716 |
| Nov 21, 2026 | 817 |
| Nov 22, 2026 | 380 |
| Nov 23, 2026 | 308 |
| Nov 25, 2026 | 328 |
Most viewed this month
- 01Views1.46KForwards—Reactions23Comments—
- 02Views1.22KForwards—Reactions30Comments—
- 03Views972Forwards—Reactions12Comments—
- 04Views872Forwards—Reactions29Comments—
Latest posts
Bizni tanlaganda yorlar adashdi, Ilkimiz tutganda xorlar adashdi. Soʻrab kelsak bir kun molin berar deb Oʻzimiz zormiz-u zorlar adashdi. Kulbamizga arang sigʻar boshimiz, Dargohi keng deya torlar adashdi. Dashtda Husayn kabi holimiz xarob, Bizlar minib kelgan norlar adashdi. Dunyosiga kelib nima ham qildik, Biz telbamiz... Esi borlar adashdi. Asqar Mahkam she’ri T.me/R_Xojamov
Open in TelegramFOSH Men takror yanglishdim, tizlab turibman, Ufqdan qonliq quyosh ketarkan enib, Koʻzlarim-la barin soʻzlab turibman – Sen ham tinglamasang, kim tinglar meni?! Tunni teng yettiga boʻlib uxladim, Boshimga bostirdim bolishmas, xarsang. Bedavo koʻnglimni koʻkka mixladim, Kim anglaydi meni, sen anglamasang?! Oyogʻim loy edi, qoʻlim qon edi, Ismingni aytishga sigʻmadi haddim. Lek mushkul deganim xoʻp oson edi Senga, Ahvolimni sharhlar boshqa kim?! Ne qilay, sarobga toʻymadi koʻzim, Tokay xato menda kun kechiradi?! Axir poyingda fosh turibman oʻzim, Oʻzing kechirmasang, kim kechiradi? 2026-yil, 21-noyabr ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramMENI KECHIRMA… (Safiya bilan “janjalimiz”dan soʻng) Bir kulbani asray deb, oʻn kulbani yoqdimmi? Qizim, koʻzingdan oydin koʻzgularga boqdimmi? Lablaringning titrogʻi tinmagan oʻsha kecha Gunohimni yuvmayin begʻam mijja qoqdimmi? Dunyoning bir pul dardin yigʻingga arzitdimmi? Gard yuqmagan koʻnglingga holimdan arz etdimmi? Koʻzingdan yumalagan har tomchida men borman, Seni borligʻim degan ontimni unutdimmi? Podsho qalbing amriga gʻulom boʻlmoqchidayman, Bir bor yigʻlatib qoʻyib, ming bor oʻlmoqchidayman, Dovullardan asrashga sharafsiz umrim yetmas, Kimdir koʻngling ogʻritsa, bilmam, qandoq chidayman?! Meni kechirma aslo, va’damga vafo qayda?! Odam degani shunday: ba’zan dilgir va mayda, Sen ularga ishonma – chohdan omon chiqquncha Xudoni aldar hatto, bandasin ayamaydi. 2026 ✍️ Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramOzodbek ZAMZAMOV – 2005-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 2023-yilda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini bitirgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi. Shoir ukamdan oʻquvchilik yillarida yozilgan sof bir she’r ilinyapman: * * * Bagʻri kuyuk muhabbatning Nihoyasi boʻldi bugun. Osmon shoʻrlik yurak kabi Bulutlarga toʻldi bugun. Osmon yurak kabi qora – Sen ketasan kiprik qoqmay, Yomgʻir yogʻar pora-pora, Koʻz yoshimdan ichaman may... ...hissiyotlar yoʻqdir menda, Oʻzim qoldim, oʻzim yakka. Qara, bugun quyosh chiqdi – Oʻxshar dunyo charxpalakka. Musaffodir osmon butun, Ishqqa kerak lek yomgʻirpoʻsh. Osmon yurak kabi oppoq – Osmon yurak kabi boʻm-boʻsh.
Open in Telegram#yangi ONA Bugun kelib, ertaga yana Ketadirman koʻzingni yoshlab. Tovoningga kiradi, ona, Diydam kabi shafqatsiz toshlar. Mehmon kutgan odamday shoshib, Yashirasan kamingni xursand, “Nima ovqat tusaydi koʻngling? Uy nonini sogʻingandirsan…” Koʻzlaringga qaray olmadim, Bu munglarning yakuni yoʻqday. Olislasam, qochdi omadim, Peshonamga qarolar yuqdi. Bugun kelib, ertaga yana Huvullatib ketaman koʻksing, Goh sovuqdan noliyman, goho Bardoshingdan ketaman oʻksib… Sen qolarsan, koʻnglingni tinglar Pastqam devor, oy balqqan kecha. Kumush soching koʻrsatib shamol Roʻmolingni iznsiz yechar. Ayozdanmas oyoq ogʻrigʻing, Qoʻling erta tark etgan darmon, Nechun tunlar beoromliging Hech kim bilmasa ham bilarman. Adolat shart xudbin holimga – Bugun oʻzim otaman axir. Pichirlayman erka bolamga: “Toshbagʻir boʻl, biroz toshbagʻir…” 2026-yil, noyabr ✍️Rashid XOʻJAMOV
Open in TelegramXATO YOʻQ Men kezgan bog'larda safo yo'q, Vafo yo'q, zaminda vafo yo'q. O'rtanib ham ko'rdim, azizam... O'rganib ham ko'rdim, azizam – Sen topgan chorada shifo yo'q. Ay dunyo, ay dunyo, ay dunyo... Janglaring pay(i)dar-pay dunyo, Zardalar... Boshimda zarbalar – Devordan iboratday dunyo. Lek devorlaringdan sado yo'q. Sultonning boshida shoh o'yi, Cho'ponnning boshida shoh o'yi, Qulning ham yuragi podishoh; Mo'ltonning boshida shoh o'yi – Bu xarob ochunda gado yo'q. Ranjima, azizam, ranjimam, Shodmassan men bilan, mensiz ham... Muztarman unuta olsam gar, Kechirgin, unuta olmasam. Senda ham, menda ham xato yo'q. Vafo yo'q, zaminda vafo yo'q... Rashid Xo'jamov 2020-yil 30-yanvar. T.me/R_Xojamov
Open in TelegramYangi alifboga ötişga tayyormisiz? 2027-yil 22-apreldan özbek tilining yangi lotin alifbosi kuçga kiradi. Sh, Ch, Oʻ, Gʻ örniga endi bitta harf: Ş, Ç, Ö, Ğ. Matnni qölda birma-bir töğrilab ötirmang — @lotinlauz_bot buni bir soniyada qiladi: – Kirill yoki eski lotindagi matnni yuboring — yangi alifboda qaytaradi; – Word, PDF va .txt fayllarni ögirib, tayyor Word fayl beradi; – Havolalar, qalin va kursiv yozuvlar joyida qoladi; – Rasm va video ostidagi yozuvni ham ögiradi; – Kerak bölsa, teskarisiga — kirillga ham; – Dökon nomidan yangi alifbodagi peşlavha rasmini yasaydi; – Test işlab, bilimingizni sinang va haftalik reytingda qatnaşing; – Istalgan çatda @lotinlauz_bot deb yozib, matnni öşa joyning özida ögiring. – Kompyuterda yanada qulayroq: lotinla.uz saytida matn, Word va PDF ögiriş, test hamda Ö Ğ Ş Ç ni bitta tugma bilan yozadigan Windows dasturi bor Bepul. Röyxatdan ötiş şart emas. 👉 @lotinlauz_bot 🌐 lotinla.uz
Open in TelegramKUZ OQSHOMIDA Yomgʻir yogʻib turgan kuz oqshomida Yomgʻir va qahvaning iforidan mast Sochdan tirnoq qadar yurakka doʻnib Deraza ortini tinglasang besas. Faqat tong otmasa, Tinmasa yomgʻir, Kimnidir sogʻinib koʻzlaring tinsa, Endi derazadan uzilgan chogʻing Xayoling ustida chaqmoqlar sinsa. Yomgʻir yogʻayotgan kuz oqshomida Oʻzingni eng haqir sezsang, ichiksang, Xoʻrsiniqlaringni sezmasa birov, Nima gʻam — yashashga biroz kechiksang?! Darveshday bevatan, oshiqday besar Oʻlimga tik borar otni qamchilab, Oʻz ismini aytib jon beraversa tomchilar. Yomgʻir yogʻib turgan kuz oqshomida… 11.11.2026 ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramConnections
Similar channels
Мансур ЖУМАЕВ шеърлари@mansur_jumayevArt1.78K
Suhrob Ziyo@suhrob_ziyo1Art1.07K
She'r sehri@shersehriArt1.09K
She’riy lahzalar@sheriylahzalarArt1.1K
ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди@eshqobil_shukur_ijodiArt1.12K
Matnazar ABDULHAKIM | Матназар АБДУЛҲАКИМ@m_abdulhakimArt1.2K
Humanhouseuz@humanhouseuzArt1.21K
Тўртликлар ва рубоийлар@turtliklarArt1.26K
Mentioned by
Мансур ЖУМАЕВ шеърлари@mansur_jumayev1 mention, 1 repostLatest post