ESKI QOʻSHIQ “Seni menga betob dedilar…” Rauf Parfi Seni menga baxtli dedilar, Ishonmadim, tingladim toshday. Seni menga baxtli dedilar – Baxtsizligim yodimga tushdi. Seni menga baxtli dedilar, Chidolmadim (xudbin bilsang ham). Lekin ikki dunyo oʻrtanib, Kuyar edim baxtsiz bo‘lsang ham. Seni menga baxtli dedilar, Koʻz yosh toʻkdim imi-jimida. Bir umrga mahrumman nahot Ko‘zlarimning mutarjimidan?! Seni menga baxtli dedilar, Qadam ogʻir, nafaslar ogʻir. Endi oʻlib boʻlmasa kerak, Mening oʻlmas dardim bor axir. Seni menga baxtli dedilar, Ammo nechun nigohim yoʻlda?! Bizga shudir qismati haqning, Bu xabarlar rost boʻlsa boʻldi! 2021 ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramPosts of Rashid Xo‘jamov | she'rlar
Bizni tanlaganda yorlar adashdi, Ilkimiz tutganda xorlar adashdi. Soʻrab kelsak bir kun molin berar deb Oʻzimiz zormiz-u zorlar adashdi. Kulbamizga arang sigʻar boshimiz, Dargohi keng deya torlar adashdi. Dashtda Husayn kabi holimiz xarob, Bizlar minib kelgan norlar adashdi. Dunyosiga kelib nima ham qildik, Biz telbamiz... Esi borlar adashdi. Asqar Mahkam she’ri T.me/R_Xojamov
Open in TelegramFOSH Men takror yanglishdim, tizlab turibman, Ufqdan qonliq quyosh ketarkan enib, Koʻzlarim-la barin soʻzlab turibman – Sen ham tinglamasang, kim tinglar meni?! Tunni teng yettiga boʻlib uxladim, Boshimga bostirdim bolishmas, xarsang. Bedavo koʻnglimni koʻkka mixladim, Kim anglaydi meni, sen anglamasang?! Oyogʻim loy edi, qoʻlim qon edi, Ismingni aytishga sigʻmadi haddim. Lek mushkul deganim xoʻp oson edi Senga, Ahvolimni sharhlar boshqa kim?! Ne qilay, sarobga toʻymadi koʻzim, Tokay xato menda kun kechiradi?! Axir poyingda fosh turibman oʻzim, Oʻzing kechirmasang, kim kechiradi? 2026-yil, 21-noyabr ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramMENI KECHIRMA… (Safiya bilan “janjalimiz”dan soʻng) Bir kulbani asray deb, oʻn kulbani yoqdimmi? Qizim, koʻzingdan oydin koʻzgularga boqdimmi? Lablaringning titrogʻi tinmagan oʻsha kecha Gunohimni yuvmayin begʻam mijja qoqdimmi? Dunyoning bir pul dardin yigʻingga arzitdimmi? Gard yuqmagan koʻnglingga holimdan arz etdimmi? Koʻzingdan yumalagan har tomchida men borman, Seni borligʻim degan ontimni unutdimmi? Podsho qalbing amriga gʻulom boʻlmoqchidayman, Bir bor yigʻlatib qoʻyib, ming bor oʻlmoqchidayman, Dovullardan asrashga sharafsiz umrim yetmas, Kimdir koʻngling ogʻritsa, bilmam, qandoq chidayman?! Meni kechirma aslo, va’damga vafo qayda?! Odam degani shunday: ba’zan dilgir va mayda, Sen ularga ishonma – chohdan omon chiqquncha Xudoni aldar hatto, bandasin ayamaydi. 2026 ✍️ Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramOzodbek ZAMZAMOV – 2005-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanida tugʻilgan. 2023-yilda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini bitirgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi. Shoir ukamdan oʻquvchilik yillarida yozilgan sof bir she’r ilinyapman: * * * Bagʻri kuyuk muhabbatning Nihoyasi boʻldi bugun. Osmon shoʻrlik yurak kabi Bulutlarga toʻldi bugun. Osmon yurak kabi qora – Sen ketasan kiprik qoqmay, Yomgʻir yogʻar pora-pora, Koʻz yoshimdan ichaman may... ...hissiyotlar yoʻqdir menda, Oʻzim qoldim, oʻzim yakka. Qara, bugun quyosh chiqdi – Oʻxshar dunyo charxpalakka. Musaffodir osmon butun, Ishqqa kerak lek yomgʻirpoʻsh. Osmon yurak kabi oppoq – Osmon yurak kabi boʻm-boʻsh.
Open in Telegram#yangi ONA Bugun kelib, ertaga yana Ketadirman koʻzingni yoshlab. Tovoningga kiradi, ona, Diydam kabi shafqatsiz toshlar. Mehmon kutgan odamday shoshib, Yashirasan kamingni xursand, “Nima ovqat tusaydi koʻngling? Uy nonini sogʻingandirsan…” Koʻzlaringga qaray olmadim, Bu munglarning yakuni yoʻqday. Olislasam, qochdi omadim, Peshonamga qarolar yuqdi. Bugun kelib, ertaga yana Huvullatib ketaman koʻksing, Goh sovuqdan noliyman, goho Bardoshingdan ketaman oʻksib… Sen qolarsan, koʻnglingni tinglar Pastqam devor, oy balqqan kecha. Kumush soching koʻrsatib shamol Roʻmolingni iznsiz yechar. Ayozdanmas oyoq ogʻrigʻing, Qoʻling erta tark etgan darmon, Nechun tunlar beoromliging Hech kim bilmasa ham bilarman. Adolat shart xudbin holimga – Bugun oʻzim otaman axir. Pichirlayman erka bolamga: “Toshbagʻir boʻl, biroz toshbagʻir…” 2026-yil, noyabr ✍️Rashid XOʻJAMOV
Open in TelegramXATO YOʻQ Men kezgan bog'larda safo yo'q, Vafo yo'q, zaminda vafo yo'q. O'rtanib ham ko'rdim, azizam... O'rganib ham ko'rdim, azizam – Sen topgan chorada shifo yo'q. Ay dunyo, ay dunyo, ay dunyo... Janglaring pay(i)dar-pay dunyo, Zardalar... Boshimda zarbalar – Devordan iboratday dunyo. Lek devorlaringdan sado yo'q. Sultonning boshida shoh o'yi, Cho'ponnning boshida shoh o'yi, Qulning ham yuragi podishoh; Mo'ltonning boshida shoh o'yi – Bu xarob ochunda gado yo'q. Ranjima, azizam, ranjimam, Shodmassan men bilan, mensiz ham... Muztarman unuta olsam gar, Kechirgin, unuta olmasam. Senda ham, menda ham xato yo'q. Vafo yo'q, zaminda vafo yo'q... Rashid Xo'jamov 2020-yil 30-yanvar. T.me/R_Xojamov
Open in TelegramYangi alifboga ötişga tayyormisiz? 2027-yil 22-apreldan özbek tilining yangi lotin alifbosi kuçga kiradi. Sh, Ch, Oʻ, Gʻ örniga endi bitta harf: Ş, Ç, Ö, Ğ. Matnni qölda birma-bir töğrilab ötirmang — @lotinlauz_bot buni bir soniyada qiladi: – Kirill yoki eski lotindagi matnni yuboring — yangi alifboda qaytaradi; – Word, PDF va .txt fayllarni ögirib, tayyor Word fayl beradi; – Havolalar, qalin va kursiv yozuvlar joyida qoladi; – Rasm va video ostidagi yozuvni ham ögiradi; – Kerak bölsa, teskarisiga — kirillga ham; – Dökon nomidan yangi alifbodagi peşlavha rasmini yasaydi; – Test işlab, bilimingizni sinang va haftalik reytingda qatnaşing; – Istalgan çatda @lotinlauz_bot deb yozib, matnni öşa joyning özida ögiring. – Kompyuterda yanada qulayroq: lotinla.uz saytida matn, Word va PDF ögiriş, test hamda Ö Ğ Ş Ç ni bitta tugma bilan yozadigan Windows dasturi bor Bepul. Röyxatdan ötiş şart emas. 👉 @lotinlauz_bot 🌐 lotinla.uz
Open in TelegramKUZ OQSHOMIDA Yomgʻir yogʻib turgan kuz oqshomida Yomgʻir va qahvaning iforidan mast Sochdan tirnoq qadar yurakka doʻnib Deraza ortini tinglasang besas. Faqat tong otmasa, Tinmasa yomgʻir, Kimnidir sogʻinib koʻzlaring tinsa, Endi derazadan uzilgan chogʻing Xayoling ustida chaqmoqlar sinsa. Yomgʻir yogʻayotgan kuz oqshomida Oʻzingni eng haqir sezsang, ichiksang, Xoʻrsiniqlaringni sezmasa birov, Nima gʻam — yashashga biroz kechiksang?! Darveshday bevatan, oshiqday besar Oʻlimga tik borar otni qamchilab, Oʻz ismini aytib jon beraversa tomchilar. Yomgʻir yogʻib turgan kuz oqshomida… 11.11.2026 ✍️Rashid Xoʻjamov
Open in TelegramKechiraman... Yolvorishing shartmas, shartim tugagan... Ar(a)zimni qarzday o‘chiraman men. Osmonni o‘rtaga olib olma tan- Yerga qarasang ham kechiraman men. Ko‘zyoshmi, qo‘ysang-chi, kimga kerak u- Dalli odamlarning suygan maslagi. Yig‘lagimmas, o‘shal esim yegan hu-uv Kunlarni eslagim kelar, eslagim. Ko‘ngil so‘rasang ham kechiraman men. Zikri ziyoratlar bo‘larmi qabul, Toki qovushmasa ko‘ksimiz mulki. Oy -yordan gumona bilan qolgan tul, Uning nimasiga sig‘inish mumkin. O‘lim tilasang ham kechiraman men. Tushun, yoding tushib manim yodimga Sindirar yettinchi ko‘kdagi kursim. Chap yelkamda sening gar boshing tursa, Mayli, o‘ng yelkamda Tyan-Shan tursin. Kechir demasang ham kechiraman men. 2021-yil ✍️Rashid Xo‘jamov 🎙️Charos Lutfullayeva T.me/R_Xojamov
Open in TelegramBizlar yomg‘ir edik o‘shanda, Bu bog‘larni tanib turibman. Onda-sonda yog‘ib tur, men ham, Goh-gohida tinib turibman. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda... ✍ Rashid Xo‘jamov
Open in TelegramYomg‘ir qo‘shiqlari 1. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda, Ravishimiz sig‘mas aqlga. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda Va sig‘masdik boshqa shaklga. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda, Sen chiroyli yog‘ding shunda ham. Sochlaringdan to‘kildi ohang, Ko‘zlaringdan tomdi obi zam. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda, Unutganman undan narini... Balki, hamon kezib yuribmiz Hind-u Xitoy ko‘chalarini. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda, O‘zni bo‘lak ne ham der edik? Nari borsak, ikki yutim may, Bitmay qolgan ikki she’r edik. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda, Bu bog‘larni tanib turibman. Onda-sonda yog‘ib tur, men ham, Goh-gohida tinib turibman. Bizlar yomg‘ir edik o‘shanda... 2. Xotiramni yo‘qotayapman, Eslat, xoling o‘ngmi, chap yuzda?! Kindigimni uzmasdan hayot Buncha majhul jumboqlar tuzdi?! Sendan boshqa kimim bor, faqat Biroz muddat kerak tanishga... Hur isming-la manim qul otim Qay nuroniy kunda tanishgan?! Rost, bilmayman, chizib ber, bilsang – Fasllarni kaftimga yog‘dir. Nima bilan qoriladi qor, Qaysi rangda yog‘adi yomg‘ir? Faqat bitta tanish ohang, lek Ro‘yo bo‘lsa, dunyom beshondir. Taniganim garchi chin bo‘lsa, Yomg‘irman, deb meni ishontir, Yomg‘irman, deb meni ishontir. ✍ Rashid Xo‘jamov
Open in TelegramMuammongiz, savolingiz va hatto kimgadir aytolmayotgan bor alamingizni bu yerda toʻkib soling, baribir men kimligingizni bilmayman:) Ushbu havola orqali menga anonim xabar yuborishingiz mumkin: 👉 t.me/anonaskbot?start=ajzwkuh
Open in Telegram#янги ХУДДИ Шамолга эркини берган одамман, Аксиман бир қавм наслин бутунлай! Хатолар қиламан тузатаман деб, Худди яна минг йил яшайдигандай. Худди яна минг йил яшайдигандай Онамнинг кўзига боқмайман тўйиб, Кунда бир қучмайман болаларимни, Улар улғаймайди, қолар шу кўйи. Дунёдан яшириб ямоқ кўнглимни Ерда жаннат ваъда қиламан ёрга. Тақиқ дарахтлардан кўзим узмайман, Дунёда бир менга истисно бордай. Ахир келиб бўлган эртага ҳозир. Менга эртакларинг сўйлама атай. Ҳали яхши бўлар ҳаммаси, дейсан Худди яна минг йил яшайдигандай. 6.11.2026. ✍️Рашид Ҳўжамов
Open in TelegramТИЛАК (Mансур Жумаев хотирасига бағишлайман) Бироз камроқ севсин одамни одам, Дийдасизроқ ўссин фарзанд дегани. Оналар беш маҳал ўзини алқаб, Томоғидан мойдай ўтсин егани. Сохта дўстлар берсин йигитга кўча, Катта хато туғсин кичик хатолар. Ўғли этигидан сув ўтган кеча Оёқда туролмай ичсин оталар. Хиёнатнинг ҳиди келсин эркакдан, (Гарчи юзи ойдин Худо олдида) Аёл тик қарасин эрнинг кўзига, Ёшини қизғансин видо олдидан. Муҳаббат шартимас жонни тўшамоқ, Шундоқ ҳам бу умр қуроқу улам. Яъни осон бўлсин бироз яшамоқ, Яъни бунча оғир келмасин ўлим. 2024, ноябрь Рашид Хўжамов T.me/R_Xojamov
Open in Telegram* * * Injiq ko‘zlarimda mezonlar serob, Yomg‘irni sevaman – kuz bo‘lsam kerak... Qishman – vujudimda sovuq iztirob, Yana nigohlari muz bo‘lsam kerak. Bahorman – zaminga to‘shalgan bayroq, Qaro sochlaringni siladim sim-sim... Yozman – yuragimda tuyg‘ular qaynoq! Senga qaysi fasl yoqar, azizam? 2019-yil Rashid Xo‘jamov https://t.me/R_Xojamov
Open in TelegramНЕГА Нега сенинг кулгиларингда Андуҳларнинг кўринар нуқси? Соқов ойга термилсанг, нега қуёш бўлиб ёнади кўксинг? Қайси мудҳиш қарорларинг деб товон сўрар сендан коинот? Нега ҳар тонг табассум кийиб, Бахт ҳақида куйлайсан, ҳайҳот?! Мағрурсан-у, кўзларинг сўнган, Бу кўзгуни ёпа олмайсан. Ёлғиз қолсанг “нега”ларингга Нега жавоб топа олмайсан?! Р.Хўжамов 2025, декабрь
Open in TelegramKoʻrurmisan poyingga ravo?.. https://www.instagram.com/reel/De63AT4qAxs/?psln=M2dvNHByd2ozcng0
Open in Telegram