Account

Posts of Qudrat Abdurahimov

newest first

#610Text

Forwarded from Alijon Ravshanov

Мадрасаларда замонавий таълимни йўлга қўйиш бидъатми? Биз мадрасамизда замонавий таълимни йўлга қўйдик. Айрим кишилар эса: «Сизлар янги бир бидъатни бошладингиз», дейишмоқда. Асло ундай эмас! Дорул Улум Деобандда араб тили босқичларидан аввал форс тили ва математика фанларидан иборат беш йиллик ўқув дастури мавжуд бўлган. Менинг бобом, ҳазрат Мавлоно Муҳаммад Ёсин раҳматуллоҳи алайҳ (у зот ҳазрат Гангуҳийнинг ҳамдарслари эдилар), бутун умрлари давомида шу дастур бўйича дарс берганлар. Ҳазрат Гангуҳий раҳматуллоҳи алайҳнинг «Тазкиратур Рашид» асарида қайд этилган бир сўзлари бор. У зот шундай деганлар: «Мантиқ ва фалсафа ўқитишдан кўра инглиз тилини ўқитиш минг марта яхшироқдир». Замон талаби шуни тақозо этмоқда. Биз бу йўналишда қадам ташлашимиз керак. Агар ниятимиз тўғри бўлса ва илм олишдаги маънавий мансублигимиз университетга эмас, мадрасага боғлиқ бўлса, иншааллоҳ, мадрасаларда инглиз тили ва математика фанларини ўқитишимиз ҳам савобли амал бўлади. Иншааллоҳ, мадрасада инглиз тили ва математикани ўқитганимиз учун ҳам худди фиқҳ ва ҳадис илмларини ўқитганимиз каби савоб оламиз! Муфтий Муҳаммад Тақий Усмоний ҳазратлари (Синд вилояти мадрасалари раҳбарлари йиғилишидаги нутқдан. 2026 йил 3 ноябрь) Манба: https://t.me/urdutiliofficial/1095

Open in Telegram
Views5240%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#609Text
Views1,830+249%vs avg
Forwards—
Reactions29
Comments—
#608Text

Forwarded from Alijon Ravshanov

Qo'qonga kelganimni bilgan ba'zi qo'qonlik kanalimiz kuzatuvchilari bilan bugun ertalab ko'rishib, tanishib, suhbatlashdik. Shogirdlar davrasida bo'lgan bu suhbat yoshlar uchun ancha qiziq bo'ldi. Mening o'zim uchun ham qiziq bo'ldi, aslida. Azizjon aka Iqtisodiyot va Moliya Vazirligida (ayni paytda University of Malayada ham Islom moliyasidan PhD qilayotgan ekan), Nozimjon aka Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligida, Farhod aka Dang'arada intensiv bog' bilan faoliyat yuritar ekanlar. Suhbat asnosida eshitgan bir-ikki narsalarni ulashmoqchiman. Covid pandemiyasidan keyin bizda Autizm bilan tug'ilayotgan bolalar soni keskin ortmoqda ekan (Autizmda bolaning miya rivojlanishida o'zgarish ro'y berib, bola o'z olamida yashaydi, atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochadi). Buni davolash osonmasligi uchun davlatimiz xususiy tadbirkorlar bilan sheriklik asosida maxsus davolash maskanlarini yo'lga qo'ymoqda (hozircha respublika bo'yicha 428 ta yetgan). Ota-ona bolasini ertalab tashlab ketadi, kechqurun 17:00 da olib ketadi -- bolakay kun bo'yi malakali shifokor va murabbiylar nazoratida bo'ladi. Bunday bolalar ustidan qancha ko'p ishlasalar, birga muloqot qilsalar, shuncha tez tuzalib ketishi mumkin. Albatta, autizmning darajalari ham turliicha bo'larkan. Ko'p ota-onalarning bunday farzandlar bilan uzoq ishlashga toqatlari qolmaydi, qanday ishlashni ham aslida bilmaydilar --- davlatimizning bu g'amxo'rligi shu jihatdan maqtovga loyiq. Tadqiqotlarga ko'ra, Autizmning asosiy sabablari: ota-onaning bir-biriga yaqin qarindoshligi va har xil genetik omillar. Yaqin yillardagi kuzatuvlar esa Covid virusining tanada qoldirgan salbiy ta'siri ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Va yana bir ehtimollik --- onalar homiladorlik vaqtida Ijtimoiy tarmoqlar (TikTok, Instagram Reels videolar etc.)da o'tirib qattiq emotsional tebranishlarni kechiradilar. Qisqa videolar goh kuchli quvonchni bersa, boshqasi to'satdan kuchli asabiy zo'riqishni keltirib chiqaradi (masalan, boshqalar dardiga hamdardlik hissi yoki o'zining eski ruhiy siqilishini eslatuvchi syujetlar ta'sirida). Bular gormonal buzilishlarga olib kelishi va homilaga jiddiy ta'sir qilishi mumkin ekan. Shuning uchun, aytamanki, biz oldingi ichki barqarorlik va xotirjamlik hukm surgan hayot tarzimizga qaytishimiz kerak. Bunaqa tarmoqlarni yig'ishtirib, kitobxonlik, oilaviy suhbatlar, yaqin qadrdonlar bilan bordi-keldilarni yo'lga qo'yishimiz kerak. Tez-tez ilmiy-ma'rifiy suhbatlardan bahramand bo'lib turishimiz kerak.

Open in Telegram
Views1,170+123%vs avg
Forwards—
Reactions8
Comments—
#607Text
Views1,570+200%vs avg
Forwards—
Reactions42
Comments—
#606Text

Institutsional boshqaruv Institutsional boshqaruvda hatto biznes egasi (asoschisi) ham o‘zi o‘rnatgan tizim va qoidalarga bo‘ysunadi. U endi "men xo‘jayinman, nima xohlasam shuni qilaman" deb individual qarorlar chiqarolmaydi. Bu nima uchun kerak va amalda qanday ishlaydi? 1. Biznes egasi va Biznesning o‘zi ajratiladi Egasining shaxsiy hamyoni bilan kompaniya g‘aznasi, egasining shaxsiy xohishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari bir-biridan huquqiy va amaliy jihatdan ajratiladi. Biznes alohida yashaydigan, o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan "organizm"ga aylanadi. 2. Qarorlar his-tuyg‘u bilan emas, protokol bilan qabul qilinadi. Biznes egasi kompaniyani o‘zi xohlagandek emas, balki tasdiqlangan qoidalar (reglamentlar, standartlar, KPI va uzoq muddatli strategiya) asosida boshqaradi. Masalan, ehtiyoj bo‘lmasa, xo‘jayin o‘zining tanishini shunchaki xohlagani uchun yuqori lavozimga tayinlay olmaydi — chunki HR tizimi va nomzodga qo‘yilgan institutsional talablar bunga yo‘l qo‘ymaydi. 3. "Egasiz ham ishlaydigan" model yaratiladi. Agar kompaniya institutsional darajaga chiqsa, uning egasi 1-2 oyga ta’tilga ketsa yoki umuman operatsion boshqaruvdan chetlashsa ham, biznes to‘xtab qolmaydi. Chunki funksiyalar shaxslarga (jumladan, egasining shaxsiyatiga) emas, jarayonlarga bog‘langan bo‘ladi. Xulosa qilsak: Biznes endi egasining "shaxsiy tomorqasi" emas, balki qat’iy qoidalar asosida harakatlanadigan soat mexanizmiga aylanadi. Biznes egasi bu tizimda eng oliy nazoratchi yoki strateg bo‘lishi mumkin, lekin u ham o‘yin qoidalarini buza olmaydi. Aks holda, tizim sinadi. @QudratAbdurahimov — Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views2,290+337%vs avg
Forwards—
Reactions6
Comments—
#605Text

"Biz faqat mashinalar ishlab chiqarmaymiz, biz avvalo odamlarni yetishtiramiz." Bu so‘zlar dunyo avtosanoati giganti – Toyota kompaniyasining boshqaruv falsafasini belgilab beruvchi eng bosh mezon hisoblanadi. Ko‘pchilik bizneslar bor e'tiborini faqat mahsulot sifatiga yoki texnologiyaga qaratadi. Toyota esa muvaffaqiyat kalitini butunlay boshqa joydan topgan. Ular buni ikkita egizak tushuncha bilan tushuntirishadi: 🛠 1. Monozukuri (モノづくり) – bu "narsa/mahsulot yaratish san'ati" degani. Bu shunchaki konveyerda mahsulot yig‘ish emas, balki eng oliy sifatga, mukammallikka va isrofgarchiliksiz ishlab chiqarishga intilishdir. 👤 2. Hitozukuri (ヒトづくり) – bu "odamlarni (iste'dodlarni) yetishtirish va rivojlantirish san'ati" degani. Toyota falsafasiga ko‘ra: Hitozukuri bo‘lmasa, Monozukuri ham bo‘lmaydi! Ya'ni, siz top-menejer yoki muhandislaringizni qanchalik aqlli qilmang, agar konveyerda turgan oddiy ishchini o‘z ishining "olimi" qilib tarbiyalamasangiz, baribir sifatli mahsulot chiqa olmaysiz. Bu tizim qanday ishlaydi? Xatoga jazo yo'q: Agar tizimda muammo chiqsa, aybdor qidirilmaydi, muammoning ildizi qidiriladi. Ishchiga "Nega xato qilding?" deb emas, "Tizimning qayeri seni adashishga majbur qildi?" deb savol beriladi. Fikrlar qadrlanadi: Toyotada har bir oddiy ishchi yiliga o‘rtacha 10-20 tagacha jarayonni yaxshilash bo‘yicha taklif beradi va ularning 90% dan ortig‘i amaliyotga joriy qilinadi. Xulosa va biznes uchun dars: Muvaffaqiyatli korporativ tizim yoki raqamli transformatsiya yaratmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, odamlarga investitsiya qiling. Jarayonlarni shunday quringki, xodimlaringiz shunchaki buyruq bajaruvchi robotlar emas, balki har kuni tizimni yaxshilash haqida o‘ylaydigan g‘oya generatorlariga aylanishsin. Avvalo odamni o‘stirmoq kerak, mahsulot sifatini o‘sha odamning o‘zi o‘strib oladi. @QudratAbdurahimov — Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views2,030+287%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#604Link preview
Views1,220+133%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#603Text
Views2,460+369%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#602Text

📈 Муаммоларни кабинетда эмас, «воқеа жойида» ҳал қиламиз #Gemba Management: Кайдзен фалсафасида Gemba (Гемба) — бу қиймат яратиладиган, яъни бевосита иш кетаётган жой (ишлаб чиқариш, қурилиш майдони, офис ёки хизмат кўрсатиш нуқтаси). Муваффақиятли раҳбар жараёнларни фақат ҳисоботлардан эмас, Гембага бориб ўрганади. 📌 Гемба бошқарувининг 5 та олтин қоидаси: 1️⃣ Go to Gemba — Воқеа жойига боринг ва вазиятни ўз кўзингиз билан кўринг. 2️⃣ Фактларни йиғинг — Тахминларга таянманг, рақамлар ва аниқ маълумотлар билан ишланг. 3️⃣ Вақтинчалик чораларни кўринг — Муаммо катта зарар келтирмаслиги учун тезкорлик билан уни тўхтатиб туринг. 4️⃣ Find the Root Cause — Асл муаммони (илдизини) аниқланг. Бунинг учун «5 Нега?» (5 Why) усулидан фойдаланинг. 5️⃣ Стандарт ёзинг — Муаммо тизимли равишда қайта такрорланмаслиги учун янги қоида ёки йўриқнома ишлаб чиқинг. 🔄 Gemba Walk (Гемба айланиши) 2 турга бўлинади: 🗓 Режали — Мунтазам равишда ўтказиладиган, тизимнинг асоси бўлган айланишлар. 🚨 Муаммо чиққанида — Фавқулодда вазият юзага келганда тезкор ўрганиш. ⚠️ Энг муҳим қоида: Gemba Walk — бу текшириш, назорат қилиш ёки кимнидир жазолаш ЭМАС! Бу жараёнда айбдор қидирилмайди, балки тизимнинг қайси жойида хато борлиги ўрганилади. 🌟 Олтин қоида: Respect People — Ходимларга ҳурмат кўрсатиш. Гембанинг асл мақсади — жараённи ич-ичидан тушуниш ва ходимга ишини енгиллаштириш учун ёрдам беришдир. 🤖 @QudratAbdurahimov — Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views1,440+175%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#601File
Views1,690+223%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#599Text

Bodo Sheferdan shaxsiy moliya arxitekturasi: 3 ta oltin bosqich Ko‘pchilik birdaniga milliarder bo‘lishni xohlaydi — bu sport zaliga birinchi kuni kelib 200 kg tosh ko‘tarishga urinishdek gap. Bodo Shefer boylikni bosqichma-bosqich, poydevordan qurishni maslahat beradi. 🛡 1-bosqich: Moliyaviy Himoya (Финансовая защита) Maqsad: Kutilmagan inqirozlarda (kasallik, ishdan ayrilish) sizni asraydigan "xavfsizlik yostiqchasi". Formula: 1 oylik minimal xarajat * 6 oy. Qoida: Bu pul faqat naqd yoki depozitda turadi. Vazifasi — daromad keltirish emas, sizga xotirjamlik berish. 🔒 2-bosqich: Moliyaviy Xavfsizlik (Финансовая безопасность) Maqsad: Umuman ishlamasangiz ham, kapital foizi sizni umrbod boqadi. Formula: 1 oylik minimal xarajat * 150 (yillik 8% daromadlilik standarti bo‘yicha). Misol: Oyiga $1 000 kerak bo‘lsa, daxlsiz kapitalingiz $150 000 bo‘lishi shart. Qoida: Pul keltirayotgan "g‘oz"ni aslo so‘ymang, faqat uning "tuxumi" (foizi) hisobiga yashang. 🚀 3-bosqich: Moliyaviy Mustaqillik (Финансовая независимость) Maqsad: Passiv daromad barcha orzular, sayohatlar va hashamatli xarajatlarni to‘liq yopadi. Pul uchun emas, sevadigan ishingiz uchun yashaysiz. Formula: Orzuingizdagi hayot uchun oylik summa * 150. 🔥 Erishish uchun 3 ta Oltin Maslahat: 1️⃣ O‘zingizga haq to‘lang: Daromadning kamida 10-20% qismini investitsiyaga ajrating. Bugun tejamagan odam, daromadi oshganda ham baribir tejay olmaydi. 2️⃣ 50/50 Qoidasi: Daromadingiz oshsa, oshgan qismining yarmini hayot darajasini yaxshilashga, qolgan 50%ini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapitalga yo‘naltiring. 3️⃣ Iste'mol qarzi — moliyaviy o‘lim: Maishiy va iste'mol kreditlaridan tezroq qutuling. Qarz to‘layotgan bo‘lsangiz ham, parallel ravishda "himoya yostiqchasi"ga pul ajrating. @QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views2,290+337%vs avg
Forwards—
Reactions14
Comments—
#598Link preview
Views1,850+253%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#597Link preview
Views1,780+240%vs avg
Forwards—
Reactions9
Comments—
#596Text
Views2,920+457%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#595Photo
Views1,980+278%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#594Text

Бошқарув назарияси Бошқарув назариясида Шахсий ва Технологик ёндашув бор. 1. Шахсий ёндашув Бу раҳбарнинг инсоний фазилатлари, характери ва харизмаси. Яъни, хамма ҳам раҳбар бўлолмайди. Жамоани эргаштириш учун сизда 1. етакчилик (лидерлик), 2. қатъият ва 3. одамлар билан тил топишиш қобилияти бўлиши керак. Агар ишчи раҳбарни ҳурмат қилса ва раҳбар унга инсондек муносабатда бўлса, иш яхшироқ юради. 2. Технологик ёндашув Бу ерда гап тизим, алгоритм, рақамлар ва инструментлар ҳақида кетяпти. Психологиянинг бу ерга УМУМАН алоқаси йўқ. Маъноси: Бошқарув — бу математика. Сизда аниқ регламентлар, ишлаб чиқариш технологияси ва ҳисоб-китоб тизими бўлиши керак. Кимнидир яхши кўриш ёки кўрмаслик муҳим эмас, муҳими — жараён (технология) тўғри ишлаши. Яъни, ҳамма нарсани рақамлар (KPI, тонна, соат) билан ўлчаш. Хулоса: Раҳбарлик — бу фақат "яхши одам" бўлиш (шахсий ёндашув) ёки фақат "қуруқ рақамлар" (технологик ёндашув) билан ишлаш эмас. Иккала позициянинг бирлашиши: 1. Агар сизда фақат шахсий ёндашув бўлса (одамлар сизни яхши кўрса, лекин тизим бўлмаса) — компанияда тартибсизлик (хаос) бўлади, ҳамма ўзи хоҳлаганича ишлайди. 2. Агар сизда фақат технологик ёндашув бўлса (тизим кучли, лекин одамларга роботдек қарасангиз) — ишчилар тез чарчайди ("выгорание") ва сизни ташлаб кетади. @QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views1,660+217%vs avg
Forwards—
Reactions5
Comments—
#592Photo

Forwarded from Dr. Algorithm

Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491 Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas. Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam. Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga: Sening yoshingda mumkin emas! degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi. Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi. Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi. Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak. Xato nimada edi? Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan. 🤯 Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi. Juda tp, juda sodda ehtiyotsizlik. Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi. Nima deyishga ham hayronman. Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman. Ayyom muborak bo‘lsin. Manba: https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack 17.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm

Open in Telegram
Views1,340+156%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#591Text

Нанокорпорация Замонавий иқтисодиётда "нанокорпорация" тушунчаси кичик, лекин ўта юқори самарадорликка эга бўлган ташкилотни ифодалайди. 1️⃣ Ихчамлик ва куч: Бунда компания ходимлари сони жуда кам (баъзан 1-10 киши), лекин уларнинг бозордаги таъсири ва айланма маблағлари йирик корпорациялар билан тенглаша олади. 2️⃣ Тўлиқ аутсорсинг: Нанокорпорация фақат "интеллектуал марказ" (стратегия ва бренд)ни ўзида сақлаб қолади. Қолган барча жараёнларни (ишлаб чиқариш, логистика, сотув) ташқи ҳамкорларга (аутсорсинг) топширади. 3️⃣ Рақамли асос: Бундай компаниялар юқори даражада рақамлаштирилган бўлади. Биз ишлаб чиқаётган "Mega Control" каби тизимлар нанокорпорацияларнинг "юраги" ҳисобланади, чунки кам сонли одам катта жараёнларни фақат тўғри қурилган IT-тизим орқали бошқара олади. Хулоса: Нанокорпорация — бу келажакнинг бизнес модели бўлиб, унда каттa бинолар ёки минглаб ишчилар эмас, балки кучли алгоритмлар, интеллектуал мулк ва аниқ бошқарув тизими асосий актив ҳисобланади. @QudratAbdurahimov - Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

Open in Telegram
Views1,340+156%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—