Account
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Username
@dralgorithm
Category
Technologies
Country
UzbekistanUzbekistan
Created
, 4 years
Subscribers4,753+38 in 1 day
Avg views per post, 7d2,185−38.7% vs prev 7d
ERR45.98%last 7 days

Subscribers, 30 days

Nov 15 – Nov 16+38 (+0.8%)

Show as table
DateSubscribers
Nov 15, 20264,715
Nov 16, 20264,753

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Oct 20, 20262,840
Oct 21, 20263,051
Oct 27, 20264,561
Oct 30, 20263,838
Nov 2, 20263,938
Nov 3, 20263,867
Nov 6, 20263,262
Nov 9, 20262,101
Nov 11, 20263,062
Nov 12, 20261,541
Nov 13, 20261,332
Nov 15, 20262,015

Most viewed this month

  1. 01
    Views5.74K
    Forwards18
    Reactions105
    Comments3
  2. 02

    Maktabdagi informatika darsi yoxud zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Informatika fani qiziq fan. Bir tomondan zamonaviy texnologiyalarni o‘qitsa, boshqa tomondan orqada qolib yuradi. Keling shu gapimni solishtirish usulida aytib bersam. Men maktabda o‘qib yurgan paytlarim Informatika fani 8 sinfda boshlar edi. Algoritm nima ekanini tushuntirilgan dars hali ham esimda. Choy damlash algoritmi. 1. Chovgumga suv olamiz. 2. Qaynatish uchun gazga qo‘yamiz. 3. Suv qaynab chiqqach, choynakka biroz qaynoq suv solamiz. 4. Choynakni chayib tashlaymiz. 5. Choynakka quruq choy solamiz. 6. Choynakka qaynagan suv solamiz. 7. Yetilishini 3 daqiqa kutamiz. Bir qaraganda juda sodda 7 qadam. Lekin aynan shu usul ham hayotiy masalani ko‘rsatib beradi, ham o‘sha zamonda dasturlash tillani qanday bo‘lganini. Avvallari dasturlash tillari ketma-ket amallar bilan qilinar edi. Hatto 2 daqiqa kutish uchun For sikl yozar edik. Vaqt o‘tdi, choy damlash ham o‘zgardi. Unga mos dasturlash tillari ham. Hozir choyni qanday damlaysiz? 1. Chovgumga suv olamiz. 2. Qaynashi uchun tugma bosamiz. Qaynaganda o‘zi o‘chadi. Qaytib kelib, 1. Choynakka qaynagan suv quyamiz. 2. Chayib tashlaymiz. 3. Quruq choy solamiz. 4. Qaynoq suv bilan to‘ldiramiz. 5. 2 daqidqa dam beramiz. 7 = 2 + 5 Yoki yana biri 1. Chovgumga suv solamiz. 2. Qaynashi uchun gazga qo‘yamiz. Qaynaganda hushtak chalib, ovoz beradi. 7 = 2 + 5 Qiziq. Natija o‘zgarmadi, shundaymi? Aslo, hamma narsa, choynak sizga suv tayyor bo‘lishini aytishida. Sizni chaqiradi, yoki o‘zi bilib o‘chadi. Endi siz avvalgidek chovgum tepasida kutib o‘tirmaysiz. Borib boshqa ishingizni qila olasiz. Aylanib qaytib kelib, davom eta olasiz. Dasturlashda-chi? Dasturlash ham o‘zgardi. Callback, webhook kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Ishini tugatsa, o‘zi aytadi. Lekin, Callback muammolari ham bor. Ko‘payib ketgan Callback jarayonni to‘xtashiga sabab bo‘la oladi. Hayotda-chi? 1. Choy damlash uchun suv qo‘ydingiz, qaynasa to‘ldirish kerak. 2. Kir yuvish uchun avtomat moshina ishlab turibdi, to‘xtada kir yoyish kerak. 3. Pechga narsa qo‘ygansiz, tugasa olish kerak. 4. Mikroto‘lqinga ovqat qo‘ygansiz, chaqirsa suzish kerak. Endi shu hammasi bir vaqtda tugasa nima qilasiz? Adashib ketmaslikka, qaysi biri muhim ajratishga qodirmisiz? Kir yoyguncha qaynagan suv solib qolmaydimi? Zamon ham, dasturlash ham o‘zgardi. Lekin informatika darsligi qayerga ketmoqda? Odamlar MS Word o‘rniga Google Spreadsheet ishlatishni boshlagan vaqtda, biz hali ham Wordda ishlashni o‘rgatmayapmizmi? SI yordamida agent yasab yurilgan vaqt... nimani o‘rgatamiz? Afsuski bitta yangi kitob yozish 3-4 yil vaqt talab qiladi. SI davrida esa bu juda katta vaqt. 1 yil oldin Prompt Engineering, System Prompt o‘rganib yurganlar zamonaviy SIda yarmini ham ishlatmasa kerak. O‘ylab qovomman-de, xaritada 2 ta nuqta orasida yo‘lni O(n!) dan O(n^2) ga tushirishni hisoblab o‘tirganingizda, farzandingiz Yandexga kirib O(1) vaqtda javobini etib tursa, bu qo‘rqinchli emasmi? Bizga yaxshi ustozlar kerak, Ko‘p kerak, Ularni biz o‘qitishimiz kerak, Har bir Informatika o‘qituvchisi "Python"ni bilishi kerak. Senior dasturchiman deganlar yordam qilishi kerak. Bugungi ekkan daraxtimiz, ertaga o‘zimizga soya beradi. Izoh: Bugun kun bo‘yi shuni o‘yladim. Lekin qanday qilib o‘qituvchilarni ko‘paytirish g‘oyasi yechimini topa olmadim. * Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘samizmi? O‘stiramizmi? * Harakat qilmoqchi bo‘lganlarga yordam beramizmi? Qanday qilib? Albatta, xalal bermaslik ham yordam, lekin... Siz nima deb o‘ylaysiz? 11.11.2026 London @DrAlgorithm

    Photo
    Views4.47K
    Forwards42
    Reactions37
    Comments7
  3. 03
    Views3.94K
    Forwards6
    Reactions40
    Comments15
  4. 04
    Views3.87K
    Forwards31
    Reactions163
    Comments19
  5. 05
    Views3.84K
    Forwards11
    Reactions18
    Comments5

Latest posts

#1243Photo

Microsoft muammosi UKda qanday nishonlandi? Kun bo‘yi ko‘pchilik Microsoft Outlook ishlamagani haqida gapirib keldi. Juda qiziq, ba’zida falokatli voqealar ham bo‘lgan. Ba’zilari bilan o‘rtoqlashgim keldi. * Odamlar taqvim (Calendar) bilan ishlaydi. Ish boshlashda kunlik rejalarini qarab olib, ketma-ket bajarishni boshlashadi. Kecha unday bo‘lmadi. Chunki taqvim ishlamadi. Kimning oldiga soat nechaga borishni bilishmadi. Eng qizig‘i, har ikki tomonda ham shunday bo‘lgan. - Uzr, man kech qoldim. Siz bilan uchrashuv ertalab ekanini taqvimdan qaray olmadim. - Hechqisi yo‘q, asosiysi keldingiz. Man kim kim qachon kelishini bilmay, kutib o‘tiribman. * Polis (Ichki ishlar xodimlari) talafot joyiga borish uchun ham MS taqvimdan foydalangan. - Bitta joyga 2-3 marta kelishgan. - Boshqasiga umuman borishmagan - Qayerga borildi, qayerga borilmadi, hech kim bilmaydi. * Eng qizig‘i Katta to‘rtlik (Big4) oldida bo‘lgan. Xodimlar ish to‘xtab qolgani uchun pastga, oshxonalarga tushib, suhbatlashib o‘tirishgan. Ertalab 9:00da ish boshlagan bo‘lsa, 17:00gacha ishlashi kerak. soat 15:00gacha kafeda choyxona qilishgan. Buni bir TV muxbiri tasvirga olib, yoritib turgan. Shu vaqt, soat 15:00da Outlook ishlashni boshladi. Odamlarga ishxonaga qaytish so‘ralgan. Muxbir ularning fikrini bilganida: - Man endi ish xonaga qaytmayman. Kun bo‘yicha o‘tirdim, yana 2 soat o‘tirib, uyga ketaman, - deyishgan, shirakayf holatga. ~~~ Eng asosiy mavzu, bu holat qaytarilmasligi uchun nima qishda. Albatta, katta korxonalarda ham xatolar bo‘ladi. Ularning ustidan kulib, hazil qilsa yarashadi. Lekin to‘g‘ri ish emas. 1. Barcha tuxumlarni bitta savatga solmaslik. Agar korxona juda katta bo‘lsa, alohida AT jamoa tuzib, parallel tizimlar o‘rnatish va nazoratni yo‘lga qo‘ygan yaxshi. Masalan, Microsoft Outlook emaillarini ichki email tizimida ham saqlash mumkin. (MS Exchange for backup). Ortiqcha xarajat, lekin 1 kun ishlamasa ko‘riladigan ziyon oldida kichik xarajat bo‘lishi mumkin. 2. SLA tizimini puxta qilish. Agar biror tizim ishlamay qolsa, xodimlar nima qilishi kerak? Qachon qilishi kerak? Katta korxona 1 kun ishlamasligi faqat o‘zining ziyoniga bo‘lsa, marhamat, xodimlari choy ichgani chiqib ketsa bo‘ladi. Lekin shifoxona, polis, olov o‘chirish kabi tashkilotlar qo‘shimcha chora ko‘rishi shart. 1 soat ishlamasa nima qilishini, qanday chora ko‘rishni barcha xodimlar bilishi kerak. 3. Kichik biznes katta zarar ko‘rdi. Kunlik savdo hisobiga yashaydigan korxonalar yangi buyurtma ola olmagan. Bu esa ularning bir necha kunlik faoliyatiga ta’sir qilgan. Bir Banner chiqaruvchi tashkilot xodimi aytadi: - Biz tayyor bo‘lgan mahsulotlarni yubora oldik. Ammo yangi buyurtma kelmadi. Odamlar tadbirga deb banner qildiradi. Biz chiqarib bermasak, tadbir ham buziladi. Bizning ishga ham ziyon yetadi. Bu zanjir. Bitta uzilish ko‘pchiligimiz uchun ta’sir qildi. ~~~ Biror talafot bo‘lishidan oldin, har bir jarayon uchun Ehtiyot chorasi (Backup plan, Exit plan) tayyorlab qo‘ying. Xodimlarga ko‘rsating va o‘rgating, yilda 1 marta eslatib, imtihon qilib tursangiz ham bo‘ladi. Muhim ma’lumotlarni (kimga qo‘ng‘iroq qilish kerak, qayerga borish kerak) qog‘ozga chiqarib, hamma ko‘radigan joyga yopishtirib qo‘ying. Oddiy oq qog‘oz 100 so‘m turadi. Lekin 1 yilda 1 marta bo‘lsa ham millionlab pulingizni tejaydi. Bu ma’lumotlarni siz bilasiz. Man faqat eslatib o‘tgin keldi. Dam olish kuningiz barakali o‘tsin. 15.11.2026 London @DrAlgorithm

Open in Telegram
Views2,015−34%vs avg
Forwards10
Reactions30
Comments4
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h1,665
19 h2,015
  1. After 6 hours1,665
  2. After 24 hours2,015
  3. Total to date2,015
#1242Videoedited
Views1,332−57%vs avg
Forwards54
Reactions34
Comments6
#1239Link preview
Views1,655−46%vs avg
Forwards7
Reactions12
Comments1
#1238Photo

Maktabdagi informatika darsi yoxud zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Informatika fani qiziq fan. Bir tomondan zamonaviy texnologiyalarni o‘qitsa, boshqa tomondan orqada qolib yuradi. Keling shu gapimni solishtirish usulida aytib bersam. Men maktabda o‘qib yurgan paytlarim Informatika fani 8 sinfda boshlar edi. Algoritm nima ekanini tushuntirilgan dars hali ham esimda. Choy damlash algoritmi. 1. Chovgumga suv olamiz. 2. Qaynatish uchun gazga qo‘yamiz. 3. Suv qaynab chiqqach, choynakka biroz qaynoq suv solamiz. 4. Choynakni chayib tashlaymiz. 5. Choynakka quruq choy solamiz. 6. Choynakka qaynagan suv solamiz. 7. Yetilishini 3 daqiqa kutamiz. Bir qaraganda juda sodda 7 qadam. Lekin aynan shu usul ham hayotiy masalani ko‘rsatib beradi, ham o‘sha zamonda dasturlash tillani qanday bo‘lganini. Avvallari dasturlash tillari ketma-ket amallar bilan qilinar edi. Hatto 2 daqiqa kutish uchun For sikl yozar edik. Vaqt o‘tdi, choy damlash ham o‘zgardi. Unga mos dasturlash tillari ham. Hozir choyni qanday damlaysiz? 1. Chovgumga suv olamiz. 2. Qaynashi uchun tugma bosamiz. Qaynaganda o‘zi o‘chadi. Qaytib kelib, 1. Choynakka qaynagan suv quyamiz. 2. Chayib tashlaymiz. 3. Quruq choy solamiz. 4. Qaynoq suv bilan to‘ldiramiz. 5. 2 daqidqa dam beramiz. 7 = 2 + 5 Yoki yana biri 1. Chovgumga suv solamiz. 2. Qaynashi uchun gazga qo‘yamiz. Qaynaganda hushtak chalib, ovoz beradi. 7 = 2 + 5 Qiziq. Natija o‘zgarmadi, shundaymi? Aslo, hamma narsa, choynak sizga suv tayyor bo‘lishini aytishida. Sizni chaqiradi, yoki o‘zi bilib o‘chadi. Endi siz avvalgidek chovgum tepasida kutib o‘tirmaysiz. Borib boshqa ishingizni qila olasiz. Aylanib qaytib kelib, davom eta olasiz. Dasturlashda-chi? Dasturlash ham o‘zgardi. Callback, webhook kabi tushunchalar paydo bo‘ldi. Ishini tugatsa, o‘zi aytadi. Lekin, Callback muammolari ham bor. Ko‘payib ketgan Callback jarayonni to‘xtashiga sabab bo‘la oladi. Hayotda-chi? 1. Choy damlash uchun suv qo‘ydingiz, qaynasa to‘ldirish kerak. 2. Kir yuvish uchun avtomat moshina ishlab turibdi, to‘xtada kir yoyish kerak. 3. Pechga narsa qo‘ygansiz, tugasa olish kerak. 4. Mikroto‘lqinga ovqat qo‘ygansiz, chaqirsa suzish kerak. Endi shu hammasi bir vaqtda tugasa nima qilasiz? Adashib ketmaslikka, qaysi biri muhim ajratishga qodirmisiz? Kir yoyguncha qaynagan suv solib qolmaydimi? Zamon ham, dasturlash ham o‘zgardi. Lekin informatika darsligi qayerga ketmoqda? Odamlar MS Word o‘rniga Google Spreadsheet ishlatishni boshlagan vaqtda, biz hali ham Wordda ishlashni o‘rgatmayapmizmi? SI yordamida agent yasab yurilgan vaqt... nimani o‘rgatamiz? Afsuski bitta yangi kitob yozish 3-4 yil vaqt talab qiladi. SI davrida esa bu juda katta vaqt. 1 yil oldin Prompt Engineering, System Prompt o‘rganib yurganlar zamonaviy SIda yarmini ham ishlatmasa kerak. O‘ylab qovomman-de, xaritada 2 ta nuqta orasida yo‘lni O(n!) dan O(n^2) ga tushirishni hisoblab o‘tirganingizda, farzandingiz Yandexga kirib O(1) vaqtda javobini etib tursa, bu qo‘rqinchli emasmi? Bizga yaxshi ustozlar kerak, Ko‘p kerak, Ularni biz o‘qitishimiz kerak, Har bir Informatika o‘qituvchisi "Python"ni bilishi kerak. Senior dasturchiman deganlar yordam qilishi kerak. Bugungi ekkan daraxtimiz, ertaga o‘zimizga soya beradi. Izoh: Bugun kun bo‘yi shuni o‘yladim. Lekin qanday qilib o‘qituvchilarni ko‘paytirish g‘oyasi yechimini topa olmadim. * Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘samizmi? O‘stiramizmi? * Harakat qilmoqchi bo‘lganlarga yordam beramizmi? Qanday qilib? Albatta, xalal bermaslik ham yordam, lekin... Siz nima deb o‘ylaysiz? 11.11.2026 London @DrAlgorithm

Open in Telegram
Views4,468+45%vs avg
Forwards42
Reactions37
Comments7
#1237Photo

Avtobus bekatidagi g‘oya. Uzoq muddat GPS sohasida ishlaganman. Qurilmadan signalni qabul qilib olishdan tortib, avtobus vaqtida yurishigacha, Afrosiyob tezligini nazorat qilishdan, dalada traktor hosil yig‘ishigacha. Shu sababli bir vaqtlar ko‘rgan og‘riqlarim uchun sodda yechim ko‘rsam, yozib boraman. Bir vaqtlar Toshkent shahri bekatlariga Televizor qo‘yib, avtobus necha daqiqada kelishini ko‘rsatish urf bo‘lgan edi. Bizdan esa shu ma’lumotni yetkazib berish so‘ralgan. UIni o‘rganish uchun internetdan Ovrupo davlatlarida bu qanday qilingani haqida izlaganman. Hamma joyda yoki qog‘oz jadval (rasmdagidek) yoki 3 qatorli sodda tablolar chiqardi. Hech qayerda TV topa olmaganman. Qog‘oz - g‘alati tuyulgan. Odamlar qanday qilib biladi qanchadan keyin avtobus kelishini? O‘sha vaqtlar o‘yimga yeta olmaganman. Keyin o‘zimiz bir dizayn yasab, TVga moslagan edik. Kecha esa yana bir ajoyib ish bo‘ldi. Bir bekatda turgan edim. Manzilimga borishni reja qilib, bekatga qaysi raqamli avtobus kelishini kuzatdim. 2 dona avtobus 301 va 401 kelar ekan. Raqami o‘xshash bo‘lgani uchun men boradigan joygacha bir xil harakat qilsa kerak deb o‘yladim. Tekshirish uchun Google Maps orqali borish manzilimni chizdim. - 301 avtobus, 6 daqiqada, - deb ko‘rsatdi. Bekatni topish uchun qog‘ozga barmog‘imni qo‘ygan edim, 6 degan raqam ustiga bordi (rasm-yashil). Keyin "tepib qoldi-ku", keyin bunga e’tibor berdim. Turgan bekatimdan boradigan bekatimga avtobus necha daqiqada borishi yozilgan ekan. 🤯 Bu qog‘oz jadvalda avtobus kelish vaqtlari yozilganini ko‘rgan edim. Lekin keyingi bekatga qanchada borishi ham yozilganini bilmagan ekanman. Juda sodda narsa, lekin rosa foydali. Ba’zida juda qiyin tizimlar quramiz. Ko‘p tomonlarini hisobga olib, ekranga "6 daqiqa" degan yozuv chiqarish uchun ko‘p hisob-kitob qildiramiz. Lekin tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, na TV va na maxsus hisoblash dasturlari kerak emasligini tushunamiz. Balki shunga bo‘lsa kerak, Toshkentda ham ko‘p joylardan o‘sha TVlar olib tashlandi. Hozir hammaning qo‘lida telefon. Yetmaganida siz nafaqat avtobus qachon kelishini ko‘ra olasiz, balki avtobusda keta turib, uni qayerda ketayotganini ham aytib borasiz. (win-win) Ajoyib davrda yashayapmiz-a? 09.11.2026 London @DrAlgorithm

Open in Telegram
Views2,101−32%vs avg
Forwards12
Reactions39
Comments4
#1234Photo
Views3,938+28%vs avg
Forwards6
Reactions40
Comments15
#1233Photo
Views3,838+25%vs avg
Forwards11
Reactions18
Comments5

All posts

Connections